Ispaniya La ligasi
| 12-tur, 22 noyabr, soat 23:59 | ||
BARSELONAMessi (21, 72, 78)
Neymar (49) Ivan Rakitich (65) |
5 : 1 |
SEVILYaAlba (47-avtogol)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo 3.Jerar Pike 24.Jeremi Matye 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 5.Serxio Buskets 4.Ivan Rakitich 6.Xavi Ernandes 9.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Neymar |
13.Beto 21.Nikolas Parexa 6.Daniel Karrisu 5.Diogu Figeyrash 23.Koke 22.Aleyks Vidal 17.Denis Suares 20.Vitolo 19.Ever Banega 4.Gjegoj Krixovyak 9.Karlos Bakka |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Mark-Andre ter Shtegen 15.Mark Bartra 21.Adriano 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 31.Munir El-Haddodiy 7.Pedro Rodriges |
29.Serxio Riko 15.Timote Kolodzeychak 10.Xose Reyes 25.Stefan Mbia 14.Yago Aspas 7.Kevin Gameyro 18.Jerar Delofeu |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Jeremi Matyo (56)
|
Koke (36)
Nikolas Parexa (48) |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Barselona" keyingi turda "Valensiya" maydoniga safar qiladi. Buguncha esa siz bilan xayrlashamiz. E’tiboringiz uchun rahmat! |
| ' | "Barselona" kuchsiz bo‘lmagan raqib ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi xet-trikka erishdi va La-liganing yaqqol to‘purari bo‘lib oldi. Endi uning hisobida 253ta gol bor. Hali beri uning rekordini o‘zidan boshqa hech kim yangilay olmasa kerak | |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Ohohoho deyishga arziydigan vaziyat bo‘ldi! Neymar tavani bilan to‘pni aylantirib, Messi uzatdi. Lionelning zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 88' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, narigi qanotdan maydonni tark etdi |
| 86' | ![]() |
Ohohoho! Messi poker qilmoqchi shekilli. Ikki himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo uyog‘iga to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi |
| 85' | ![]() |
Buyog‘iga endi mezbonlar o‘yinni yakunlab qo‘yish uchun o‘ynashmoqda. Neymarning 18 metrdan yo‘llagan zarbasini posbon egallab oldi |
| 81' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Alba o‘rniga Adriano tushirildi |
| 81' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 78' | ![]() |
Mana endi 253-gol! Messi jarima maydonchasi tashqarisi himoyachilar orasidan to‘pni Neymarga uzatib, qayta qabul qildi va 16 metrdan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 78' | ![]() |
GOOOOOOOL! Messsiiii, 5:1! |
| 77' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Jamoa sardori Xavi maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Rafinya tushdi |
| 75' | ![]() |
Messi La-ligadagi 252-golini urdi va mutlaq rekordchiga aylandi! "Barsa" futbolchilar maydonni o‘zida Messini osmonga otib, rekordni nishonlashdi |
| 72' | ![]() |
"Barsa" ijrosida qarshi hujum! Messi maydon markazida to‘pni qabul qildi va chap qanotda Neymar, o‘ngda Suares bilan birga 3 kishi ikki himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Messi to‘pni chapdagi Neymarga uzatdi va o‘z darvozabon maydonchasiga borib, Neymardan kelgan kelgan to‘pni darvoza yo‘lladi! Luis Suares ham "Barsa"dagi o‘zining ilk golini urishga tayyor turgandi! |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOOL!!!! Messiiii, 4:1! |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuh! Luis Suares "devor"ni bopladi! Faqat Alba jarima maydonchasi ichida darvoza aniq zarba bera olmadi! |
| 65' | ![]() |
Luis Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, so‘nggi chiziq yonida to‘pni to‘xtatdi va nariga qanotdan yetib kelgan Rakitichning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi"! Ivanning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni chiziq ortidan qaytardi. Gol bo‘lgani qayd etildi! Bu yerda "gol-layn" sistemasi shart emasdi. Gol bo‘lganini ko‘z bilan payqash mumkin edi! |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Ivan Rakitich, 3:1! |
| 63' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pi ishladi |
| 60' | ![]() |
"Sevilya"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Denis Suares va Vidal maydonni tark etdi. Keyin Gameyro va Yago Aspas maydonga tushirildi |
| 58' | ![]() |
Messi 3 nafar himoyachi orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, to‘pni yo‘qotgandek bo‘lgandi, Luis Suares to‘pni egallab, Rakitichga berdi. Yarim himoyachining zarbasi aniq chiqmadi |
| 56' | ![]() |
Jeremi Matyo sariq kartochka oldi |
| 56' | ![]() |
Alves keyingi hujum paytida darvozabon maydonchasi yaqinida ochilgan Neymarga to‘pni aniq yetkaza olmadi |
| 55' | ![]() |
Alvesning yuqorilatib uzatmasini himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 53' | ![]() |
Alvesning uzatmasidan keyin mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi. Mehmonlar standart vaziyatda xushyor o‘ynashdi |
| 51' | ![]() |
Qiziqarli o‘yin, ancha qiziqarli o‘yin bo‘lmoqda! |
| 49' | ![]() |
Mehmonlar Luis Suaresga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Xavi to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi va Neymar bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 49' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymar, 2:1! |
| 20' | ![]() |
Vitolo chap qanotdan Alves va Pikedan o‘tib ketib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Denis Suares darvozabonni chalg‘itdi, to‘p esa Albaga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi! |
| 47' | ![]() |
GOOOOOOOL! Xordi Alba to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi, 1:1! |
| 46' | ![]() |
"Kamp Nou" egalari maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor hujumga o‘tishdi. Messi to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Alves tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. | |
| ' | Hozircha "Barselona" - "Sevilya" - 1:0. Tanaffus. Biroz dam olamiz | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. |
| 45' | ![]() |
Vuuuh! BUrchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisida turgan Alvesga kelib tushdi. U 11 metrli nuqta atrofida turgan Neymarga to‘pni uzatdi va hujumchi deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Darvozani zarbani oyog‘i bilan qaytardi! |
| 45' | ![]() |
Ohohoho! Messi maydon markazidan pas berib, Albani birga-bir vaziyatga chiqardi! Alba to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazdi. HImoyachilar darvoza chizig‘i oldidan to‘pni qaytarib yuborishdi! |
| 42' | ![]() |
Vuuuuuh! Suares to‘p bilan oldinga intildi. O‘ng Messi, chapda Neymar ochilayotgandi. U Leoni tanladi, so‘nggi damda himoyachi to‘pni qaytarib qoldi! AKs holda Messi birga bir vaziyatda qolardi! |
| 38' | ![]() |
Albaning chap qanotdan uzatmasidan keyin to‘p rekoshet holatida darvoza tomon burildi. Beto to‘pni egallab oldi |
| 37' | ![]() |
Xavining jarima zarbasidan uzatmasini Beto egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Koke ogohlantirish oldi. Neymarning ortida tepgani uchun |
| 35' | ![]() |
Rakitich maydon markazidan to‘p bilan jarima maydonchasi yaqinigacha yugurib kelib, Suares bilan "devor" o‘ynadi va ichkariga kirdi. Darvozabon to‘pga ega chiqdi |
| 33' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib, jarima maydonchasiga yetkazishdi. Matyo to‘pni qaytarib yubordi |
| 32' | ![]() |
"Sevilya"ning qarshi hujumi paytida kataloniyaliklar himoyachilari o‘z vaqtida joylarini egallab, raqibga imkon berishmayapti |
| 31' | ![]() |
Alvesga nisbatan o‘ng qanotda o‘yin qoidasi buzildi. Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichida mehmonlar xushyor o‘ynashdi |
| 30' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisida turgan Suares orqali devor uslubida o‘ynamoqchi bo‘ldi. U yerda himoyachilar ko‘pchilikni tashkil qilishdi |
| 27' | ![]() |
"Sevilya" qarshi hujumga o‘tdi. Matyo jarima maydonchasiga kirib kelgan Karlos Bakkaning oyog‘i tagiga tashlandi. To‘p "Sevilya" hujumchisi oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 26' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va biroz pauza ushlab, to‘pni Leoning o‘ziga qaytardi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 24' | ![]() |
"Barsa" o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni andalusiyaliklar qaytarishdi |
| 21' | ![]() |
Darvoqe, bu Messining Ispaniya La ligasidagi 251-goli bo‘ldi va "Atletik Bilbao"ning o‘tmishdagi futbolchisi Telmo Sarraning rekordini takrorladi. Demak, yana bitta gol orqali Messi La liganing eng yaxshi to‘purariga aylanib oladi |
| 21' | ![]() |
Leo jarima zarbasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaning yuqori burchagiga "mixlab" qo‘ydi! |
| 21' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lionel Messsiiii! 1:0! |
| 20' | ![]() |
Jarima maydonchasi doirasi chizig‘i ustida Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 18' | ![]() |
Alba chap qanotda Neymar bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 17' | ![]() |
"Barsa" o‘yin boshidan yuqori temp taklif qildi va o‘yin shu sur’atda davom etmoqda |
| 14' | ![]() |
"Sevilya" qarshi hujum tashkil qilishga urindi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
"Barsa" chap qanotda Alba-Neymar-Alba-Suares-Neymar kombiniasiyasini tashkil qildi. Neymarning 16 metrdan yo‘llagan zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi! |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuh! Xavining uzatmasidan keyin Suares darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo darvozabonni alday olmadi! |
| 8' | ![]() |
Rakitichning uzatmasi himoyachilarga tegib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Messiga kelib tushdi. U chap oyoda zarba berdi. Beto to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga kelayotgandi, Krixovyak qoida buzmasdan to‘pni olib qoldi. Hujum davom etdi. jarima maydonchasi chizig‘i ustida Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xavi jarima maydonchasiga kirib borayotganini ko‘rgan hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Ammo keyingi vaziyatda "Barsa"chilar to‘pni yo‘qotishdi. Messi o‘rnidan turib, hujumga qo‘shilishga ulgurmadi |
| 5' | ![]() |
Neymarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 4' | ![]() |
Neymar o‘ng qanotda to‘pni egalladi va Messi bilan "devor" o‘ynamoqchi bo‘lgandi, Leoning uzatmasi aniq bo‘lmadi |
| 3' | ![]() |
"Barsa" to‘p nazorati o‘z qo‘liga olishga harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
"Barsa" to‘pni o‘yinga kiritdi. Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Barsa" ko‘k-anorrang, "Sevilya" esa oq rangli futbolkalarda harakat qiladi |
| ' | Turning markaziy bahsini biz bilan birga kuzatib borasiz degan umiddamiz | |
| ' | ![]() |
"Barselona" va "Sevilya" futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda. "Kamp Nou" muxlislar bilan to‘lib toshgan! |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|