Italiya «A» seriyasi
| 12-tur, 24 noyabr, soat 00:45 | ||
MILANJeremi Menez (23)
|
1 : 1 |
INTERJoyel Obi (60)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Diyego Lopes 02.Mattia De Shilyo 13.Odil Rami 17.Kristian Sapata 05.Filipp Mekses 15.Maykl Essyen 04.Salli Muntariy 28.Jakomo Bonaventura 07.Jeremi Menez 92.Stefan ash-Sha’roviy 09.Fernando Torres |
01.Samir Xandanovich 22.Dodo 55.Yuto Nagatomo 23.Andrea Ranokkiya 05.Juan Jezus 13.Freddi Guarin 17.Zdravko Kuzmanovich 20.Joel Obi 10.Mateo Kovachich 09.Mauro Ikardi 08.Rodrigo Palasio |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mikael Agassi 32.Kristian Abbyati 81.Kristian Dzakkardo 14.Mikelanjelo 27.Pablo Armero 18.Rikardo Montolivo 10.Keysuke Xonda 28.Marko van Ginkel 16.Andrea Poli 08.Rikardo Saponara 19.M Baye Nyang 11.Janpaolo Passini |
30.Xuan Karriso 46.Tommazo Berni 06.Marko Andreolli 14.Ugo Kampanyaro 15.Nemanya Vidich 33.Danilo D Ambrozio 44.Rene Krxin 54.Isaak Donkor 88.Ernanes 90.Yann Mvila 97.Federiko Bonassoli 07.Pablo Osvaldo |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Filipp Mekses (28)
Boneventura (66) |
Joyel Obi (32)
Juan Jesus (69) |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | 1:1 - o‘yinga xos va mos natija bo‘ldi | |
| ' | ![]() |
Nima ham derdik. Maydonda derbiga xos kurash kechdi, ammo jamoalar turnir jadvalida o‘zlari egallab turgan o‘ringa mos - o‘rtamiyona o‘yin namoyish qilishdi |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Milan" - "Inter" - 1:1. |
| 90+5' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin darvoza tomon zarba berildi. Noaniq |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuuh! "Milan" g‘alabani ilib ketishi mumkin edi! Odil Rami o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. HImoyachilarga tekkan to‘p Andrea Poliga kelib tushdi. U zarba berdi. Himoyachining oyog‘iga tekka to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 90+1' | ![]() |
To‘p yon chiziqdan o‘yinga kiritilganidan keyin darvozaga yaqin joyda turgan Osvaldoga yetib keldi. Ammo u to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Freddi Guarin Sapatadan o‘tib keta olmadi, aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borardi |
| 89' | ![]() |
"Inter"da o‘zgarish: Ikardi o‘rniga Padlo Osvaldo tushirildi |
| 88' | ![]() |
Ikkinchi burchak to‘pini Xandanovich egallab oldi |
| 88' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
"Milan" burchak zarbasini qo‘lga kiritdi |
| 86' | ![]() |
Jarima zarbasini mehmonlar qaytarishdi |
| 85' | ![]() |
Jarima maydonchasining chap qanotida Sha’roviyga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 83' | ![]() |
Ehhhhh, "Milan" shundoq hujumni ko‘kka sovurdiya! Xonda maydon markazidan hujumni boshladi va Boneventura chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasidagi Sha’roviyni to‘p bilan ta’minladi. Stefan qolgan ishni qoyillatmadi |
| 79' | ![]() |
Vuuuuh, bu safar Ikardining zarbasi darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! Nagatomo o‘ng qanotdan himoyachidan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Guaringa uzatdi. Freddi ichkariga kirib, so‘ngra Ikardiga to‘pni uzatgandi. Mauro 10 metrlardan zarba berdi! |
| 77' | ![]() |
Vuuuh! Xonda o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba berdi. Xandanovich to‘pni egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Ehhhhhhhhh! Sha’roviy! Darvozabon bila birga-bir vaziyatga chiqib bordi va Xandanovichning ustidan to‘pni oshirib, darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 74' | ![]() |
Xonda Yaponiya terma jamoasi safida 14 va 18 noyabr kunlari o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib qaytgani bois, bugun zaxiradan tushdi |
| 73' | ![]() |
"Milan"da o‘zgarish: Farnendo Torres o‘rniga Keysuke Xonda tushdi |
| 72' | ![]() |
"Inter"da o‘zgarish: Joyel Obi o‘rniga Ernanes tushirildi |
| 71' | ![]() |
Mekses o‘z jarima maydonchasi oldidan to‘pni Menez tomon uzatdi. Jeremi to‘pni to‘xtata olmadi, Xandanovich to‘pni egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Menez jarima zarbasini ancha muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi |
| 69' | ![]() |
Juan Jesus ogohlantirish oldi. U jarima maydonchasi yaqinida Boneventurani chalib yiqitdi |
| 66' | ![]() |
Boneventura ogohlantirish oldi. U Palasioga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 65' | ![]() |
Palasio o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Mekseks xavfni bartaraf qildi |
| 61' | ![]() |
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Sapata qaytardi. Joyel Obi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni egalladi va darvozaning burchagiga to‘pni joyladi! |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Joyel Obi, 1:1! |
| 59' | ![]() |
To‘p Sha’roviyga o‘z vaqtida yetkazilmadi. Natijada Stefan ofsaydda qoldi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuuh! Omad "Milan" tomonida bo‘ldi hozir! Burchak to‘pidan keyin Palasio darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Uning uzatmasini darvozabon qaytardi, keyingi zarba himoyachilarga tegib, olis ustun tomonda turgan 3 nafar mehmon futbolchisi tomon bordi. Ular negadir zarba bera olishmadi. Mezbonlar to‘pni uzoqlashtirishdi. 15 metrdan yana zarba berildi. Noaniq! |
| 54' | ![]() |
Yuta Nagatomo jarima maydonchasining o‘ng tomonida kuchli zarbasi Meksesga tegib, maydonni tark etdi |
| 53' | ![]() |
Mezbonlarning burchak to‘plari Manchini shogirdlariga qiyinchilik tug‘dirmayapti |
| 52' | ![]() |
Vuuuuuuh! Boneventura jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va bir himoyachi ta’qibidan qochib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi! Xavfli bo‘ldi zarba! Burchak to‘pi |
| 51' | ![]() |
Jarima maydonchasiga uzatilayotgan to‘plarning barchasini Diyego Lopes egallab olmoqda |
| 50' | ![]() |
Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 49' | ![]() |
"Milan" qarshi hudum tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kelgan Boneventuraga yetkazildi. Ammo uning so‘nggi uzatmasi aniq chiqmadi, bor-yo‘g‘i burchak to‘pi ishlandi |
| 47' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Lopes egallab oldi |
| 46' | ![]() |
"Inter" burchak to‘pi ishladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Inter" boshlab berdi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Hozircha "Milan" - "Inter" - 1:0. Tanaffus | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
"Inter" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Juda muvaffaqiyatsiz - to‘p nariga qanotdagi yon chiziqni kesib o‘tdi |
| 42' | ![]() |
Palasio o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Lopes to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Sha’roviy jarima maydonchasi ostonasida yiqildi, hakam unga ishonmadi |
| 35' | O‘yin asosan maydon markazida. Har bir qarich yer uchun keskin kurash kechmoqda | |
| 32' | ![]() |
Joyel Obi sariq kartochka oldi. Odil Ramini qo‘pol tarzda yiqildi |
| 31' | ![]() |
"Inter" burchak zarbasini amalga oshirdi. "Milan" xavfni bartaraf etdi |
| 30' | ![]() |
Odil Rami o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Mehmon himoyachilari to‘pni qaytarishdi |
| 28' | ![]() |
"Milan" himoyachisi Filipp Mekses sariq kartochka oldi. Maydon markazida Guarinni chalib yiqitdi |
| 27' | ![]() |
"Milan" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hozircha Indzagi shogirdlarining burchak to‘plari xavfli bo‘lmayapti |
| 26' | ![]() |
Qarshi hujumla o‘ynayotgan "Milan" hisobni ochib oldi. Endi tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tdi |
| 23' | ![]() |
Ash-Sha’roviy o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Jeremi Menez to‘pga shundoqqina oyoq qo‘ydi va to‘p darvozaning olis burchagiga borib tushdi! |
| 23' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jeremi Menez, 1:0! |
| 21' | ![]() |
De Shilyo olis masofadan zarba yo‘lladi. Buni zarba deyishga ham til bormaydi... |
| 20' | ![]() |
Guarin o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi, to‘p darvozabonniki |
| 18' | ![]() |
Menez to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p yuqorilab ketdi |
| 17' | ![]() |
Esyenga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 30 metrlar... |
| 16' | ![]() |
O‘yin davom etmoqda. "Milan" himoyada o‘ynamoqda yoki shunga majbur bo‘lmoqda. |
| 13' | ![]() |
Oy-oy-oyyy... "Inter yarim himoyachisi Dodoningyuzidan qon oqmoqda. U katta tezlikda kelib, Muntariyning qo‘liga urildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 11' | ![]() |
Himoyadagi qo‘pol xato tufayli yuzaga kelgan xavfli vaziyatdan keyin ustunlik "Inter" tomoniga o‘tdi. Guarin 25 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Lopes ikkinchi urinishda uni egallab oldi! |
| 10' | ![]() |
Avval Nagatomo, keyin Palasio o‘ng qanotdan to‘pni "Milan" jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 8' | ![]() |
Uuhhhhhhhhhhhhhh! Muntariy himoyada to‘pni Ikardiga sovg‘a qildi va Mauro darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va jarima maydonchasi ichida zarba berdi! Diyego Lopes oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi!!! |
| 7' | ![]() |
Burchak to‘pi "Inter"ga xavf tug‘dirmadi |
| 6' | ![]() |
"Milan" burchak to‘pi ishladi! |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh! Endi jarima maydonchasi Maykl Esyenga Jesusning qo‘li tegib ketdi va futbolchi yiqildi! BU safar ham penalti yo‘q! |
| 1' | ![]() |
Dastlabki xavfli vaziyatga o‘xshash vaziyat "Milan" darvozasi oldida sodir bo‘ldi. Olis masofadan uzatilgan to‘pni Palasi bosh bilan jarima maydonchasiga kirayotgan Ikardiga uzatishga harakat qildi. "Milan" himoyachisi hujumchini yelkasidan tortgan holda to‘pni olib qo‘ydi. "Inter" a’zosi qo‘llarini yuqoriga ko‘targancha o‘rnidan turdi. O‘yin davom etadi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Milan" qizil-qora, "Inter" ko‘k-qora yo‘l-yo‘l rangli futbolkalarda o‘ynashadi |
| ' | ![]() |
Jamoalar allaqachon maydonda saf tortishgan! |
| ' | Jamoalar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Ular bilan tanishib ulgurgan bo‘lsangiz kerak. | |
| ' | ![]() |
"Milan" bugun o‘z maydonida "Inter"ni qabul qiladi. "Neradzurri" bugun shunchaki rasmiy jihatdan mehmon. Aslida har ikkala jamoa o‘zining uy o‘yinlarini bitta stadion - "San-Siro" (yoki Juzeppe Measse)da o‘tkazishidan xabaringiz bor albatta |
| ' | Dunyodagi eng qiziqarli derbilardan birini bugun e’tiboringizga havola qilamiz. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|