Angliya Premyer-ligasi
| 12-tur, 23 noyabr, soat 18:30 | ||
KRISTAL PELASDuayt Xeyl (17)
Jo Ledli (78) Mayl Yedinak (81) |
3 : 1 |
LIVERPULRiki Lambert (2)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Xulian Speroni 34.Martin Kelli 2.Joel Uord 6.Skott Dann 27.Demyen Dileyni 42.Jeyson Pancheon 7.Yannik Bollazi 28.Jo Ledli 15.Mayl Yedinak 16.Duayt Xeyl 29.Maruan Shamax |
22.Simon Minyole 2.Glen Jonson 6.Deyan Lovren 37.Martin Shkrtel 20.Adam Lallana 19.Xavi Mankilyo 24.Jo Allen 10.Filippe Koutinyo 8.Stiven Jerrard 31.Rahim Sterling 9.Riki Lambert |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Ueyn Xenessi 4.Brede Xangeland 18.Jeyms MakArtur 25.Barri Bennan 11.Uilfred Zaxa 17.Endryu Jonson 10.Freyzer Kempbell |
1.Bred Jons 4.Kolo Ture 23.Emre Jan 18.Alberto Moreno 21.Lukas Leyva 29.Fabio Borini 50.Lazar Markovich |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xangeland (84)
|
Shkrtel (52)
Mankilyo (61) |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
"Liverpul" ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lmoqda. "Kristal Pelas" esa ketma-ket beshta o‘yindan keyin ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Natijada bu turnir jadvali tubidan biroz ko‘tariladigan bo‘ldi |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Kristal Pelas" - "Liverpul" - 3:1! |
| 90+1' | ![]() |
O‘yinning so‘nggi daqiqalarini mezbonlar faol o‘tkazishmoqda. Ledlining zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Lambert tomon to‘p yuqorida uzatildi. Xulian Speroni to‘pga ega chiqdi |
| 88' | ![]() |
Vuuuh! Burchak to‘pidan keyin Shkrtel bosh bilan zarba berdi. Fabio Borini yaqin masofadan to‘pni yuqoriga tepib yubordi! |
| 86' | ![]() |
Bollazi o‘rniga Ueyn Xyonessi tushdi |
| 85' | ![]() |
Ehhhh, Jerrard darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p to‘sindan yarim metr yuqoridan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
Xangeland sariq kartochka oldi. "Liverpul" 18 metrdan jarima to‘pi tepadi |
| 83' | ![]() |
"Liverpul" ikkinchi bo‘limda hujum qildi-qildi, "Kristal Pelas" esa 3 daqiqa ichida o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi! Ammo bu APL, hali o‘yin tugagani yo‘q! |
| 81' | ![]() |
Darvozagacha 27 metrlardan jarima zarbasi belgilandi. Mayl Yedinak dahshatli zarba bilan to‘pni darvozaning yuqori burchagiga joylab qo‘ydi! |
| 81' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Mayl Yedinak, 3:1!!! |
| 78' | ![]() |
Barchasini Bollazi bajardi! U o‘ng qanotda to‘pni himoyachining ustidan oshirgan holda o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, 11 metrli nuqta atrofida ochilgan Ledliga to‘pni oshirdi. Jo Ledlining zarbasidan keyin darvozabonning oyoqlari ostidan o‘tib, to‘rga borib tushdi! |
| 78' | ![]() |
GOOOOOOOOL, Jo Ledli, 2:1! |
| 76' | ![]() |
"KP"da o‘zgarish: Pancheon o‘rniga Jeyms MakArtur tushdi |
| 74' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Jo Allen o‘rniga Emre Jan tushirildi. |
| 73' | ![]() |
Endi Sterlingning o‘zi o‘sha joydan sheriklariga to‘pni aniq yetkaza olmadi. Himoyachi qaytarib qoldi |
| 71' | ![]() |
Koutinyo jarima maydonchasi ichida turgan Sterlingga to‘pni ohista yetkazdi va Rahim hujumni o‘ng tomonda ochilgan Mankilyo tomon ko‘chirdi. Xavi juda qulay pozisiyadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi |
| 70' | ![]() |
Jerrardning to‘pni yo‘qotishidan keyin mezbonlar oldinga o‘tishdi. Xeyl o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni Minyole egallab oldi |
| 69' | ![]() |
"Liverpul" futbolchisi jarima maydonchasi ichida - chap qanotdan darvozabon maydonasiga to‘pni uzatdi. Darvozabon qaytardi, ammo ushlab olmadi. Lambert to‘pni darvozaga yo‘llashga ulgurmadi |
| 69' | ![]() |
Koutinyo jarima maydonchasiga kirib borayotgan Lambert tomon to‘pni uzatdi. Himoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Sterling 15 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 67' | ![]() |
"Pelas" tashabbusni o‘z qo‘liga olmoqda. Shamax jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, chap qanotdagi Bollaziga kelib tushdi. Uning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 65' | ![]() |
Edinak jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Jo Allen zarba yo‘liga g‘oq bo‘ldi |
| 62' | ![]() |
Burchak to‘pi amalga oshirilgan paytda mezbon futbolchisi fol ishlatdi |
| 62' | ![]() |
Jarima zarbasini Yedinak tepdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
Mankilyo ogohlantirildi. U shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida raqib hujumchisini tortib yiqitdi. |
| 60' | ![]() |
Jonson o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazji. Bollazi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 59' | ![]() |
"Kristal Pelas" tartibli himolanmoqda va mehmonlarga imkoniyat bermayapti |
| 56' | ![]() |
Jerrard burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Shkrtel yaqin masofadan darvozaga zarba bera olmadi |
| 54' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limdagi ustunlik "Liverpul" tomonida. Mankilyo o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Lambert zarba berishga ulgurmadi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 52' | ![]() |
O‘yindagi ilk sariq kartochka. Maydon markazidagi fol uchun Shkrtel ogohlantirish oldi |
| 51' | ![]() |
Lallana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Kristal Pelas" - "Liverpul" - 1:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Bollazi jarima maydonchasiga chap qanotdan kirib keldi, uzatmani qabul qildi va zarba berdi. To‘p yana darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Mezbonlar Jerrardning uzatmasidan keyin to‘pni qaytarishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Bollazi sherigi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘ladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Koutinyoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 27 metrlar bor |
| 38' | ![]() |
Jerrard 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 36' | ![]() |
"Kristal Pelas"da o‘yin almashdi. Maydonga Brede Xangeland tushirildi |
| 34' | ![]() |
Allen jarima maydonchasining chap qanotidan to‘pni Lambert tomon uzatdi. Riki bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘pni darvoza tomon aniq bura olmadi |
| 33' | ![]() |
Koutinyo to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Lallanaga uzatdi. Adam to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Hakamlar ofsaydni qayd etishdi. Aslida o‘yindan tashqari holat yo‘q edi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuh! Bolazi 18 metrlardan to‘pni olis burchak tomon aylantirdi! Minyole to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi! |
| 28' | ![]() |
Jerrard tomonidan yetkazilgan jarima to‘piga Lambert bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Sterling jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Lambertga to‘pni yuqoridan uzatdi. Riki bosh bilan to‘pni ortga urdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| ' | Hujum tashkil qilish borasida har ikkala jamoada muammolar bor. Jamoalar tez-tez to‘pni yo‘qotishmoqda | |
| 24' | ![]() |
Formasini almashtirgan Jo Allen raqamsiz va familiyasi yozilmagan futbolkada o‘yinni davom ettirmoqda |
| 23' | Stadion uzra yomg‘ir yog‘moqda | |
| 22' | ![]() |
Xeyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, ammo ofsaydda qoldi |
| 20' | Jamoalar bittadan xavfli vaziyat yaratishdi va imkoniyatdan to‘liq foydalanishdi | |
| 17' | ![]() |
Mersisaydliklar tayanch va himoya zonasi bo‘sh o‘ynadi. Bollazi to‘pni egallab oldi va biroz oldinga intilib, 25 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Barchadan avval to‘pga yetib kelgan Xeyl darvozani ishg‘ol qildi! |
| 17' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Duayt Xeyl, 1:1! |
| 14' | ![]() |
Yana maydon markazidan jarima maydonchasi tomon uzatma amalga oshirildi. Jonson to‘pga yeta olmadi |
| 12' | ![]() |
Allen maydonga qaytdi. Mehmonlar to‘p bilan muomalada qilishda biroz faolroq |
| 8' | ![]() |
Jo Allen boshidan jarohat oldi. Uning boshidan oqqan qon kiyimigacha tushibdi. Formani almashtirish kerak |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pidan keyin ikki marta hujum tashkil qilishdi. Xavf bartaraf etildi |
| 5' | ![]() |
"Kristal Pelas" burchak to‘pi ishladi |
| 3' | ![]() |
Diqqat! Ushbu mavsumda "Liverpul" hujumchisi dastlabki golni urdi. Shu paytgacha mersisaydliklarning gollarini yarim himoyachi va himoyachilar urib kelishayotgandi! |
| 2' | ![]() |
Lallana maydon markazidan jarima maydonchasi tomon to‘pni uzatdi. Yosh Lambert himoyachining orqasidan chiqib kelib to‘pni bitta urinishda o‘ziga bo‘ysundirdi, ikkinchi urinishda darvozani ishg‘ol qildi! (birga bir vaziyatda) |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOL! Riki Lambert, 0:1! |
| 2' | "Kristal Pelas" ko‘k-qizil yo‘l-yo‘l kiyimda, "Liverpul" esa sariq formada o‘ynashmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | Jamoalar allaqachon maydonga chiqib kelishgan. | |
| ' | "Liverpul" bugun "Kristal Pelas" mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuvni biz bilan birgalikda kuzatib boring | |
| ' | Angliya Premyer-ligasining 12-tur o‘yinlari davom etadi. | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|