Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Rossiya Premyer-ligasi

14-tur

LOKOMOTIV

0 : 0

UFA

JAMOALAR TARKIBI
Ilya Abayev
Renat Yanbayev
Vedran Chorluka
Yan Dyurisa
Vitaliy Denisov
Aleksandr Sheshukov
Manuel Fernandesh
Aleksandr Samedov
Mubarak Bussufa
Alan Kasayev
Baye Umar Niasse
  David Yurchenko
Aleksandr Suxov
Denis Tumasyan
Maksim Tishkin
Azamat Zaseev
Vagiz Galiulin
Maksim Semakin
Ivan Paurevich
Marsinyo
Emmanuel Frimpong
Xaris Xandjich
ZAHIRA
Gilerme
Ilya Lantratov
Nemanya Peychinovich
Roman Shishkin
Taras Mixalik
Yan Tigorev
Aleksey Miranchuk
Sergey Tkachyov
Maykon
Roman Pavlyuchenko
Dame N`Doye
  Sergey Veremko
Pavel Alikin
Dmitriy Verxovsov
Nikolay Safronidi
Nikita Bezlixotnov
Anton Kilin
Aleksandr Vasilyev
Diyego Karlos
QIZIL KARTOCHKA
Vitaliy Denisov (82)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" - "Ufa" - 0:0. Har ikkala jamoa o‘z hisoblariga bittadan ochko yozib qo‘yishdi
90+2'
"Ufa"da so‘nggi o‘zgarish: Marsinyo o‘rniga Anton Kilin tushirildi
90+1'
Semakin markaz bo‘ylab Sheshukovdan o‘tib ketdi va Marsinyoga pas berdi. U esa darvoza tomon kuchli zarba berdi. Abayev zarbani qaytardi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
"Lokomotiv"ning javob hujumi! Manuel Fernandesh chap qanotdan 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. N'doye bosh bilan zarba berdi. Yurchenko to‘pni egallab oldi!
88'
Marsinyo jarima zarbasini jonli devorga yo‘lladi
88'
Diyego mezbon himoyachilariga jiddiy boshog‘riq bo‘lmoqda! Endi u Kasayevdan qochib ketayotganida Alan uni chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan jarima zarbasi!
86'
Diyego Karlos dribling ishlatib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarba berdi. To‘p Chorlukaga tegib qaytdi!
84'
"Ufa"da ikkinchi o‘zgarish: Emmanuel Frimpong o‘rniga Diyego Karlos tushdi
82'
Ushbu jarima to‘pidan keyin "Ufa" burchak to‘pi ishladi
81'
Eh, Vitaliy, eh, Denisov! Maydondan chetlatildi. Vitya shunga majbur bo‘ldi. Moskvaliklar jarima zarbasini juda muvaffaqiyatsiz amalga oshirishdi. Mehmonlar esa to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. Xanjich darvozabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketayotganida Denisov uni ortdan chalib yiqitdi. So‘nggi umid kushandasi...
80'
Alan Kasayev jarima maydonchasiga kirdi va bergan zarbasi himoyachiga to‘g‘ri keldi. Keyinroq jarima maydonchasi tashqarisida Marsinyo Kasayevni yiqitdi. "Lokomotiv" jarima zarbasini tepadi.
80'
Bojovich so‘nggi o‘zgarishga qo‘l urdi: Muborak Bussufa o‘rnida Roman Pavlyuchenko paydo bo‘ldi
79'
"Ufa" futbolchisi Maksim Semakin ogohlantirish oldi!
78'
"Ufa"da o‘zgarish: Hamyurtimiz Vagiz Galiulin o‘rniga Nikolay Safronidi tushirildi
77'
Xandjich "Loko" jarima maydonchasi yaqinida to‘p uchun kurashda 2 himoyachidan ustun keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
75'
"Loko" biroz hujumni sustlashtirdi. Buni sezgan "Ufa" faollashmoqda
73'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Aleksandr Samedov o‘rniga maydonga Maykon tushdi
70'
Vuuuuuh, Galiulin! "Ufa" qarshi hujum tashkil qildi. Marsinyo-Frimpong-Galiuliin kombinasiyasidan keyin Vagiz olis burchak tomon kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
66'
Fernandesh jarima maydonchasining o‘ng tomoniga to‘ni uzatdi. U yerda Yanbayev Vagiz Galiulinga nisbatan fol ishlatdi.
64'
"Lokomotiva"da o‘zgarish: Baye Umar Nyasse o‘rniga Dame Ndoye tushirildi
61'
Muborak Bussufaning zarbasi jonli devorga tegdi. Oradan bir necha soniya o‘tib Denisov chap burchak bayrqchasi yonida jarima zarbasi ishladi.
60'
Manuel Fernandesh "zidancha" fint ishlatib, raqibga urildi. Hakam esa jarima zarbasi belgiladi.
55'
Burchak to‘pini ufaliklar bartaraf etishdi
54'
Vitaliy Denisov chap qanotdan to‘pni yaqin ustun tomon aylantirdi. Tumasyan to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
51'
Mehmonlar BUssufaga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Jabrlanuvchining o‘zi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
49'
"Lokomotiv"ning navbatdagi hujumi. Denisov jarima to‘pini jarima maydonchasiga uzatdi. Tumasyan so‘nggi pallada bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotgan Nyassega imkoniyati bermadi!
49'
UFAning qarshi hujumi. Tishkin o‘ng qanotdan Xanjichga oshirmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p Xanjichga yetib kelmadi.
48'
Niasse darvozabon bilan birga-bir chiqdi va juda kuchsiz zarba berdi.
47'
Fernandeshning 25-metrdan bergan zarbasi to‘g‘ri Yurchenkoning qo‘liga tushdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+1'
Bussufaga qarshi qo‘polligi uchun Tumasyan ogohlantirildi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi.
40'
Chorluka maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
37'
Erkin to‘p o‘yina kiritildi. Samedovning kuchli zarbasi jonli devorga tegib darvozaga yo‘l oldi, Yurchenko to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni Yanbaayev zarbaga aylantirmoqchi bo‘ldi, juda noaniq.
36'
UFA JM ichida erkin to‘p belgilandi, darvozagacha 5-6 metr. Yurchenko ham hakamga qarshi noroziligi uchun ogohlantirildi.
35'
Zaseev hakam qaroriga noroziligi uchun ogohlantirildi.
29'
Chorllukaning xatosidan to‘pni egallab olgan Marsinyo uzoq masofadan darvozani nishonga olmoqchi bo‘ldi, ammo zarba noaniq chiqdi.
28'
Niasse UFA JM tomonga intilib, Bussufaga tshp oshirdi, ammo Muborakning to‘p uzatishi Niasseni offsaydda qoldirdi.
24'
Ufa hujumi. Niasse Tumasyanni aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo uddalay olmadi.
23'
Samedov raqibiga qarshi kurashda oyog‘ini noqulay qo‘ydi va jarohatlandi.
21'
Bussufa chap qanotda faol.
18'
Endi Ufa futbolchilari burchak to‘pi tepishdi, Tumasyanning 10-metrlardan bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi!
17'
Samedov burchakdan oshirgan to‘pni Chorluka boshi bilan darvozani ishg‘ol qilishga urindi.
15'
Fenrnandesh uzoq masofadan zarba berdi,to‘p yerga tegib sapchidi va Yurchenko mushtlari bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
13'
Samedov jarima to‘pini Ufa maydonchasi ichiga oshirdi, darvozabon to‘pni qiyinchiliksiz ushlab oldi.
12'
Fernandesh chap qanotga Kasayevga uzatdi, Ufa futbolchisi Tishkin unga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
10'
Kasayev o‘tkir burchakdan zarba berdi, Yurchenko to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
7'
Zassevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
6'
Zaseev o‘ng qanotda hujum qilishga urindi, ammo hujum rivojlanishiga Loko himoyachilari yo‘l qo‘ymadilar.
3'
Ufaning hujumi. Chorluka to‘pni qaytardi.
1'
Mashhur xokkey murabbiyi Viktor Tixonov xotirasiga bir daqiqalik sukutdan so‘ng, mehmonlar to‘pni o‘yinga kiritishdi. Uchrashuv boshlandi.
'
Aslida bu uchrashuv Boshqirdiston poytaxtida o‘tishi kerak edi, ammo sovuq havo tufayli o‘yin Moskvaga ko‘chirildi. Ikiinchi davradagi o‘yin Ufada bo‘lib o‘tadi.
'
Biz uchun ahamiyatlisi - bugungi uchrashuvda ikki hamyurtimiz maydonda harakat qiladilar. Moskvaliklar safida Vitaliy Denisov, ufaliklarda safida Vagiz Galiullin bir-birlariga qarshi o‘ynaydilar.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari, Rossiya chempionatining 12-turi doirasida "Lokomotiv"-"Ufa" uchrashuvidan matnli translyasiyani boshlaymiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.