Evropa chempionlar ligasi
| «C» guruhi, 5-tur. 27 noyabr, soat 22:00. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
ZENITDanni (79)
|
1 : 0 |
BENFIKA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Yuriy Lodigin 06.Nikolas Lomberts 24.Esekyel Garay 02.Aleksandr Anyukov 04.Domeniko Krishito 35.Danni 05.Aleksandr Ryazansev 21.Xavi Garsiya 28.Aksel Vitsel 07.Xalk 23.Salomon Rondon |
20.Julio Sezar 33.Jardel 34.Andre Almeyda 04.Luizao 14.Maksi Pereyra 35.Enso Peres 07.Andreas Samaris 30.Talisha 10.Nikolas Gaytan 11.Lima 18.Eduardo Salvio |
|
| ZAHIRA | ||
|
16.Vyacheslav Malafeev 13.Luish Netu 19.Igor Smolnikov 17.Oleg Shatov 20.Viktor Fayzulin 44.Anatoliy Timoshchuk 10.Andrey Arshavin |
01.Artur 37.Sezar 23.Loris Benito 24.Brayan Kristante 21.Luish Pissi 09.Derley 15.Ola Jon |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Zenit" - "Benfika" - 1:0. Rossiyaliklar guruh bosqichida yana bir marta portugaliyaliklarni mag‘lub etishdi va o‘z ochkolarini 7taga yetkazib olishdi. |
| 90+3' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni jarima maydonchasiga yetkazmasdan, qanotning o‘zida o‘ynashga qaror qilishdi va to‘ni yo‘qotishdi |
| 90+2' | ![]() |
"Benfika" futbolchisi Luizao ikkinchi sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Shatovni qo‘pollik bilan yiqitdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Zenit" to‘pni burchak yaqinida saqlab, vaqtdan yutishga harakat qilmoqda |
| 88' | ![]() |
Xalk jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi o‘yin kiritildi va yana bir burchak to‘pi ishlandi |
| 82' | ![]() |
Villash-Boash shogirdlari so‘nggi 10 daqiqada tashabbusni qo‘lga olib, bir nechta hujumlar tashkil qildi va oxir-oqibat hisobni ochishdi. |
| 79' | ![]() |
Shatov o‘ng qanotda to‘pni Xalkka uzatdi. Braziliyalik yarim himoyachi darvozabon maydonchasi tomon Dannining ochilayotganini o‘z vaqtida payqadi va to‘pni unga uzatdi. Danni kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOL, Danni, 1:0! |
| 78' | ![]() |
Limaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 22 metrlardan belgilangan jarima to‘pini Ola Jon jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 75' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yaqin joyda Shatovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xalk jarima to‘pini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon yo‘llashga qaror qildi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
"Benfika" futbolchilar qarshi hujum paytida Salvioni darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqarishdi. O‘z darvozasini tashlab oldinga chiqqan Lodigin to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 71' | ![]() |
Xalk yo‘llagan zarba himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 70' | ![]() |
"Benfika"da o‘zgarish: Marinyo o‘rniga Derley tushirildi |
| 69' | ![]() |
"Zenit" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Julio Sezar to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
"Zenit"da o‘zgarish: Ryazanchev o‘rniga Oleg Shatov tushdi. |
| 63' | ![]() |
Danni jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, to‘pni ichkariga kirayotgan Xalkka uzatdi. Braziliyalik futbolchi bir futbolchidan o‘tdi, ammo ikkinchi himoyachi to‘pni qaytarib yubordi! |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jarima maydonchasining chap tomonida Anyukov to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi va "Benfika" futbolchisi to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
Xavi Garsiya o‘rniga Viktor Fayzulin tushirildi |
| 57' | ![]() |
Ustunlik mehmonlar tomonida. Ular bosim uyushtirishmoqda. "Zenit" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda. |
| 53' | ![]() |
"Zenit" futbolchisi Xavi Garsiya yugurib ketayotgan joyida sonining orqa qismini ushlagancha yiqildi. Jiddiy jarohat oldi shekilli |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh, "Benfika" yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi! Burchakdan yetkazilgan to‘pni peterburglik himoyachilar qaytarishdi, to‘p yana jarima maydonchasiga qaytarildi va Luizao darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi. Ammo u na darvozaga aniq zarba berdi, na sherigiga uzatma berdi... |
| 47' | ![]() |
"Benfika" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, ammo himoyachidan o‘tib keta olmadi. Qaytgan to‘pni egallagan boshqa bir portugaliyalik futbolchi darvoza tomon zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga "Zenit" kiritib berdi. |
| ' | Birinchi bo‘lim davomida xavf vaziyatlar juda kam bo‘ldi. Birgina eng yaxshi imkoniyati "Benfika"da bo‘ldi. "Zenit" esa yaxshi o‘ynay olmayapti. Mehmonlar ularga erkin o‘ynash imkoniyatini berishmayapti | |
| 45+3' | ![]() |
Nikola Rissolining xushtagi yangradi. Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Zenit" - "Benfika" - 0:0. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Darvozabon uzatib bergan to‘pni Xalk jarima maydonchasiga yaqin joyda to‘pni qabul qildi va ikki himoyachidan o‘tib ketib, to‘pni sherigiga uzatdi. Danni 17 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Dominiko Krishito ulgurmadi va raqib futbolchisining ortidan tepdi. Tabiiyki, sariq kartochka |
| 38' | ![]() |
Vuuuuuuh! Lodigin "Zenit"ni muqarrar goldan qutqardi! Gaytan chap qanotdan mezbon futbolchilaridan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Eduardo Salvio Krishitoning ortidan kelib, to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi. Hujumchining zarbasini "Zenit" posboni qaytardi! |
| 37' | ![]() |
Xalk raqib hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 36' | ![]() |
"Benfika" futbolchisi Luizao ogohlantirish oldi. |
| 31' | ![]() |
"Benfika" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Hakam o‘yinni to‘xtatib, mehmonlar futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini ko‘rsatdi. |
| 30' | ![]() |
Zaxiradan maydonga tushgan "Zenit" futbolchisi Luish Netu ogohlantirish oldi. |
| 26' | ![]() |
Krishito chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Sezar to‘pga ega chiqdi |
| 23' | ![]() |
"Zenit"da majburiy o‘zgarish: Lomberts o‘zida og‘riqni his qildi va o‘yinni davom ettira olmadi. Luish Netu o‘yinni davom ettiradi |
| 21' | ![]() |
Andreas Samaris ogohlantirish oldi. U Vitselning oyog‘iga tepdi |
| 6' | ![]() |
Xalk kuchli tarzda jarima zarbasini tepdi. Julio Sezar to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. O‘sha joyda turgan 2-3 nafar piterlik futbolchilar to‘pni darvozaga yo‘llay olishmadi, albatta, ularga himoyachilar qarshilik qilishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|