Evropa chempionlar ligasi
| «B» guruhi, 5-tur. 27 noyabr, soat 00:45. Bosh hakam: Milorad Majich | ||
BAZEL |
0 : 1 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (35)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Tomash Vaslik 16.Fabian Sher 17.Marek Suxi 19.Berang Safari 04.Fillip Degen 20.Fabian Fray 07.Luka Zuffi 33.Muhammad el-Nenni 11.Shkelsen Gashi 25.Derlis Gonsales 36.Breel Embolo |
13.Keylor Navas 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 05.Fabiu Kuentrau 17.Alvaro Arbeloa 10.Xames Rodriges 08.Toni Kroos 11.Garet Beyl 23.Isko 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
18.Jermano Vaylati 06.Valter Samuel 21.Marselo Dias 10.Matias Delgado 14.Yochiro Kakitani 39.David Kalla 24.Ahmad Amudiy |
01.Iker Kasilyas 12.Marselo 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 35.Lukas Torro 26.Alvaro Medran 14.Xavyer Ernandes |
|
Matn
| ' |
E’tiboringiz uchun rahmat |
|
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga yozib qo‘ydi |
| 90+4' | ![]() |
"Bazel" hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Ahmad Amudiy jarima maydonchasining o‘ng burchagida to‘pni qabul qildi va darvozaning olis burchagiga to‘pni aylantirdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madrid yaxshi himoyalandi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarishlar: Xames Rodriges o‘rniga Marselo, Luka Zuffi o‘rniga Yochiro Kakitani tushirildi. |
| 85' | ![]() |
"Bazel"da o‘zgarish. Fabiana Fray o‘rniga Marselo Dias tushirildi. |
| 83' | ![]() |
Ahmad Amudiy zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi va darvozaga kuchli zarba berdi. Zarba biroz noaniq chiqdi |
| 80' | ![]() |
"Bazel" himoyachisi Fabian Sherga ogohlantirish ko‘rsatildi. Qo‘pol o‘yin uchun |
| 77' | ![]() |
"Bazel"da o‘zgarish. Filipa Degen o‘rniga Ahmad Amudiy tushdi. |
| 77' | ![]() |
Ehhhhhh, Ronalduuuuu! Koentrau chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni o‘ngroqdagi Beylga berdi, Garet jarima maydonchasiga kirib kelgan Ronalduni darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqardi. Krishtianuning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh, Beeeyyyl! Garet Iskodan to‘pni qabul qildi, jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi va chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, yerga urildi va himoyachilar xavfni bartaraf etishdi! |
| 71' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish. Benzema o‘rniga Ilyaramendi tushdi. |
| 68' | ![]() |
Mezbonlarda yana bir xavfli vaziyat! Breel Embolo "Real" jarima maydonchasiga kirdi va darvozaning o‘ng burchagiga kuchli zarba berdi! Keylor Navas yana bir marta o‘z jamoasini goldan qutqardi. |
| 67' | ![]() |
67 "Bazel"da e’tiborga molik vaziyat! O‘ng qanotdan to‘p yuqorilatib jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatildi. Shkelsen Gashi bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 65' | ![]() |
65 Ronaldu bir himoyachini aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo ikkinchi himoyachi to‘pni tepib yubordi. |
| 63' | ![]() |
Keylor Navas yana bir marta o‘z mahoratini namoyish etishiga to‘g‘ri keldi. Shkelsen Gashi jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba yo‘lladi. Madridliklar posboni to‘pni egalladi. |
| 58' | ![]() |
Berang Safari "Real" jarima maydonchasi yaqinida to‘p uchun kurashda yutib chiqdi va darvoza tomon yerlatib kuchli zarba berdi! Keylor Navas ishonchli harakat qildi. |
| 57' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. XAvfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 54' | ![]() |
Marek Suxi qo‘pollik bilan ishlatilgan fol uchun ogohlantirildi |
| 52' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu darvozagacha 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Burchakka kirib borayotgan to‘pni darvozabon yon tomonga urib yubordi |
| 50' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Serxio Ramos bosh bilan zarba berdi. Himoyachi zarbani qaytari qoldi |
| 47' | ![]() |
Fabiu Kuentrau sariq kartochka oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Tanaffus. Hozircha "Bazel" - "Real" - 0:1. |
| 44' | ![]() |
44 Filip Degen hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi. |
| 43' | ![]() |
Serxio Ramos sariq kartochkaga munosib topildi. U raqibiga nisbatan xavfli podkat ishlatdi. |
| 41' | ![]() |
41 Ayni daqiqalarda "Real" posboniga yumush topilmoqda. Luka Zuffi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Keylor Navas ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi. |
| 40' | ![]() |
Derlis Gonsales jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Keylor Navas to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Benzema chap qanotdan bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasida ochilgan Ronalduni to‘p bilan ta’minladi. Krishtianu yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Bu "Real" hujumchisining YECHLdagi 71-goli bo‘ldi! |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! |
| 29' | ![]() |
"Bazel" xavfli vaziyat sodir qildi. Muhammad el-Nenni qulay vaziyatdan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Lekin to‘p darvoza to‘sinidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
Krishtianu yana ofsaydda! |
| 25' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 22' | ![]() |
Koentrau chap qanotdan faol o‘ynamoqda. Uning uzatmasini darvozabon egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu raqib qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozaga kuchli zarba berdi. Tomash Vaslik ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Koentrau chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasi tomon uzatma berayotganida shveysariyalik himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 16' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Beyl bosh bilan zarba berdi. "Bazel" darvozaboni to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
"Bazel" futbolchisi Filip Degen ofsaydda qoldi |
| 10' | ![]() |
Luka Zuffi jarima to‘pini yetkazib berdi. Madridliklar uni qaytarishdi |
| 9' | ![]() |
Varan mezbon futbolchisini yiqitdi. "Bazel" jarima zarbasini amalga oshiradi |
| 8' | ![]() |
O‘yin tempi yuqori emas. To‘p mehmonlarda |
| 5' | ![]() |
To‘p nazorati "qaymoqranglilar" tomonida. "Bazel" hozircha ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda. |
| 2' | ![]() |
"Real"ning qarshi hujumi paytida Beyl ofsaydda qoldi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Ronaldu bugun YECHLdagi gollar soni bo‘yicha Raulning natijasidan o‘tib ketish imkoniyatiga ega. Buning uchun Krishtianu 2ta gol urishi talab qilinadi | |
| ' | Shunga qaramay, Anchelotti maydonga jangovor tarkibni tushirishga qaror qildi. Faqat darvozada Kasilyas o‘rnini Keylor Navas egalladi. | |
| ' | ![]() |
Evropa chempionlar ligasi oqshomi davom etadi. "V" guruhida muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan "Real Madrid" safarda "Bazel" mehmoni bo‘ladi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|