Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa ligasi

«N» guruhi, 5-tur. 27 oktyabr, soat 22:00

KRASNODAR

Ari (35)

1 : 1

LILL

Nolan Ru (79)
JAMOALAR TARKIBI
31.Andrey Dikan
17.Vitaliy Kaleshin
05.Artur Yenjeychik
27.Ragnar Sigurdsson
33.Maurisio Pereyra
98.Sergey Petrov
22.Joaozinyo
07.Pavel Mamayev
08.Yuriy Gazinskiy
11.Marat Izmaylov
09.Ari
  01.Vensan Enyama
25.Marko Basha
02.Sebastyan Korshya
18.Frank Berya
22.David Rozegnal
10.Marvin Martin
05.Idrissa Geye
04.Floran Balmon
06.Jonatan Delapleys
11.Maykl Frey
26.Nolan Ru
ZAHIRA
88.Andrey Sinisin
64.Oleg Lanin
04.Aleksandr Martinovich
20.Ruslan Ajinjal
21.Rikardo Laborde
14.Vanderson
19.Nikita Burmistrov
  16.Stiv Elana
13.Adama Sumaoro
23.Pap Suare
12.Sualixo Meyte
24.Rio Mavuba
20.Rayan Mendesh
09.Ronni Rodlen
SARIQ KARTOCHKA
Maurisio Perreyra (56)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Krasnodar" va "Lill" bir-birlarini Yevropa ligasining guruh bosqichida olib qolishdi.
90+4'
O‘yin tugadi. "Krasnodar" - "Lill" - 1:1
90+3'
Vanderson ogohlantirildi
90+3'
Mezbonlar jarima zarbasini tepishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
90+2'
Burchak zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi
90+1'
Vanderson jarima zarbasini darvoza burchagiga aylantirdi! Enyama to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Rikardo Laborde ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida Basha qo‘li bilan to‘xtatishga urindi. Sariq kartochka unga
89'
Pereyra tomonidan uzatilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi
88'
Labordega nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha ancha olis
86'
Sergey Petrov ogohlantirish oldi. Tik oyoq bilan o‘ynagani uchun
85'
Vuuuuh! Mendesh chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, to‘pni o‘ngroqqa oldi va o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi! Dikan to‘pni qaytardi!
84'
Nolar Ru ogohlantirish oldi, hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun
83'
Laborde bir himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi yarim doirasi chizig‘idan zarba yo‘lladi. Noaniq chiqdi bu zarba
82'
"Krasnodar"da o‘zgarish: Pavel Mamayev o‘rniga Vanderson tushirildi
80'
"Lill"da o‘zgarish: Frey o‘rniga Rayan Mendesh tushirildi!
79'
Balmon o‘ng qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tdi va to‘pni chiroyli aylanma tarzda jarima maydonchasiga uzatdi. Nolan Ru bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
78'
GOOOOOL! Nolan Ru, 1:1!
77'
Burchak to‘pi bartaraf etildi
76'
"Lill" futbolchisi Balmon jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni mehmon futbolchilaridan biri zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
76'
"Krasnodar" o‘yin sur’atini tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi
74'
Maydonda ko‘plab qoidabuzarliklar ro‘y bermoqda. Muhimi futbolchilar jarohat olishayotgani yo‘q
69'
Maykl Frey ofsaydda qoldi
68'
"Lill" bosh murabbiyi hujumkorlikni oshirish maqsadida zaxiradan yangi kuchlarni tushirdi. Tashabbus to‘laligicha mehmonlar tomonida
67'
"Lill"da o‘zgarish: Marvin Martin o‘rniga Ronni Rodlen tushirildi
65'
"Lill" futbolchisi Idrissa Geye ogohlantirish oldi.
63'
"Lill"da o‘zgarish: Delapleys o‘rniga Rio Mavuba tushirildi
59'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Nolan Ru qaychi uslubida darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
57'
Chap qanotdan to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Ariga uzatildi. To‘p uning oyog‘idan qochib ketdi va xavf yo‘qqa chiqdi
56'
Maurisio Perreyra sariq kartochka oldi.
50'
"Lill" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
49'
Ari chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
48'
Laborde jarima maydonchasiga kirib borayoganida himoyachiga urilib yiqildi. Ammo hakam penalti belgilamadi
48'
Burchak to‘pidan keyin Marko Basha bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Biroq undan avval u o‘z oldidagi "Krasnodar" hujumchisini itarib yuborgani bois gol inobatga olinmadi
47'
"Lill" futbolchisi Marvin Martin chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Fransuzlardan biri 12 metrdan kuchli zarba yo‘lladi! Dikan jamoani goldan qutqardi
46'
"Krasnodar"da ikkinchi o‘zgarish yuz berdi: Marat Izmaylov o‘rniga Rikardo Laborde tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Bugun "Volfsburg" - "Everton" o‘yinida durang qayd etilsa, bu jamoalar muddatidan avval pley-offga chiqib bo‘lishadi. "Krasnodar" uchun 8 ochkoga ega bo‘lib turgan "Everton" g‘alaba qozonishi shart. Nemislar hisobida 7 ochko bor. Shunda Kononov shogirdlari so‘nggi turda yana "Volfsburg"ning ochko yo‘qotishiga umid qilib, "Everton" maydonida g‘alaba qozonishga harakat qilib ko‘radi. Xullas, imkoniyat juda past
'
"Krasnodar" bugungi o‘yindan oldin 2 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Ular bugungi o‘yinda g‘alabani ushlab qolishsa ham, keyingi bosqichga chiqish o‘z qo‘llarida bo‘lmaydi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+2'
"Krasnodar" futbolchisi Yenjeychik jarohat oldi va uni zambildan maydondan olib chiqib ketildi. Uning o‘rniga Martinovich tushirildi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
42'
Fransuzlar bosimni oshirishmoqda. Hozircha rossiyaliklar himoyada mustahkam o‘ynashmoqda
40'
Mehmonlar o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatishdi. Himoyachi bir amallab to‘pni bosh bilan qaytarib qoldi. Aks holda uning ortida raqib hujumchisi turgandi
37'
Nolan Ru jarima maydonchasining chap burchagidan "Krasnodar" darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Dikan to‘pni yon tomonga burib yubordi
35'
Izmaylov jarima maydonchasi yaqinida turgan Mamayevga to‘pni uzatdi va Pavel to‘pni to‘xtatmasdan Ariga berdi. Hujumchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni uning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qildi!
35'
GOOOOOOOOL! Ari, 1:0!
30'
Ehhhh, Joazinyo. Sheriklari uni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishdi. Hujumchi chap qanotdan tezroq harakat qilib, o‘zi darvoza tomon zarba bersa ham bo‘lardi, ammo jamoadoshlarining kelishini kutdi va to‘pni uzatdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
28'
"Krasnodar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Enyama ikkinchi urinishda to‘pni egalladi
24'
Endi "Lill" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dikan to‘pni egallab oldi
23'
"Krasnodar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Lill" darvozaboni to‘pni mushti bilan urib yubordi va mehmonlar hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani Dikan egallab oldi
20'
Lill" futbolchilari hujum tashkil qilishdi. Yuqoridan uzatilgan to‘p hech kimga tegmay, narigi qanotga o‘tib ketdi
17'
Joazinyo himoyachining ustidan to‘pni oshirib, Arini jarima maydonchasi ichiga boshladi. Hujumchini ta’qib qilayotgan futbolchi to‘pni qaytarib qoldi
16'
Oleg Kononov shogirdlari ancha faol o‘ynashmoqda
15'
Ari 11 metrli nuqta atrofidan to‘pni to‘xtata olmadi, aks holda zarba berish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardi
10'
Arining uzatmasidan keyin Mamayev jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
9'
"Krasnodar" bugungi o‘yinda uchinchi marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi
6'
"Krasnodar" futbolchisi Perreyra "Lill" darvozasini ishg‘ol qildi. Maydon markazidan to‘p uzatilgan paytda u himoyachilar bilan bir chiziqda turganda. Unda ofsaydda yo‘q edi. Ofsaydda turgan Ari to‘pga harakat qilmadim, ammo Perreyra tomon intilayotgan himoyachiga xalaqit qilgani uchun gol inobatga olinmadi!
3'
Dastlab fransuzlar raqib jarima maydonchasi kirib kelishdi. Chap qanotdan to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Ammo krasnodarlar xavfni bartaraf etishdi
2'
Bugun Odil Ahmedov maydonga tusha olmaydi. U hozirgi kunda SSKA bilan o‘yinda olgan jarohatini davolash bilan band. U 2-3 haftadan keyin maydonga qayta oladi
1'
Evropa ligasi, 5-tur. "Krasnodar" va "Lill" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.