Angliya Premyer-ligasi
| 12-tur, 29 noyabr, soat 17:45 | ||
VEST BROMVICh |
0 : 1 |
ARSENALUelbek (60)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ben Foster 25.Kreyg Douson 06.Djoleon Leskott 02.Andre Uisdom 15.Sebastyen Pokonyoli 29.Stefan Sessenyon 11.Kris Brant 17.Grexem Dorrans 21.Yussuf Mulumbu 08.Kreyg Gardner 18.Saydo Beraino |
26.Damyen Martines 06.Loran Koselni 18.Nacho Monreal 21.Kalum Chambers 04.Per Mertezaker 20.Matye Flamini 16.Aaron Remzi 19.Santi Kasorla 17.Aleksis Sanches 23.Danni Uelbek 12.Olivye Jiru |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Boaz Mayxill 16.Kristian Gamboa 23.Garet MakAuli 04.Kris Beyrd 30.Georgios Samaras 09.Ideye Braun 10.Viktor Anichebe |
43.Rayan Xaddart 03.Kiran Gibbs 39.Ektor Bellerin 09.Lukas Podolski 07.Tomash Rosiski 15.Aleks 28.Xoel Kembell |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+3' | ![]() |
Aleks Oksleyd-Chemberleyn ogohlantirildi |
| 90+3' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvozabon Foster ham jarima maydonchasiga yetib keldi. To‘pni "Arsenal" futbolchilari egallashdi va o‘z jarima maydonchalari oldida bo‘sh qolgan darvoza tomon tepishdi. Himoya o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni egalladi |
| 90+1' | ![]() |
Samaras chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Martines to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 89' | ![]() |
"Vest Bromvich" futbolchisi Gardner 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p posbonning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi! |
| 85' | ![]() |
"Arsenal" hisobni ushlab qolish uchun o‘ynamoqda: himoyalanmoqda, to‘pni ko‘proq ushlab turishga harakat qilmoqda |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Arsenal"ni darvoza to‘sini goldan qutqarmoqda! Dastlab "Vest Bromvich" futbolchisi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. To‘pni egallagan mezbonlar o‘ng qanotdan hujumni rivojlantirib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatishdi. Berahino bosh bilan bergan zarba darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 78' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Jiru o‘rniga Aleks Oksleyd-Chemberleyn tushirildi |
| 76' | ![]() |
"Bromvich"da uchinchi o‘zgarish: Sessenyoli o‘rniga Georgios Samaras tushirildi |
| 74' | ![]() |
"Vest Bromvich" tarkibida yana bir o‘zgarish bo‘ldi |
| 69' | ![]() |
Uelbek jarima maydonchasi chizig‘i ustida himoyachining yonidan to‘pni o‘tkazi, o‘zi uni aylanib o‘tayotganida boshqa bir himoyachi kelib qoldi va Dannining oyog‘i unga tegdi va hujumchini yiqitdi. Bu vaziyatda penalti bo‘lmasa, jarima maydonchasi chizig‘i ustida jarima zarbasi belgilanishi kerak edi. Ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 68' | ![]() |
Kasorla o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi darvozabon maydonchasi tomon yerlatib uzatma berdi. To‘p barchadan o‘tib ketdi, ammo Jiruning oldida turgan himoyachiga uni qaytardi |
| 67' | ![]() |
Remzi 25 metrdan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq |
| 65' | ![]() |
"Bromvich"da o‘zgarish: Yusuf Mulumbu o‘rnga Viktor Anichebe tushirildi |
| 62' | ![]() |
"Vest Bromvich Albion" jarima to‘pini amalga oshirdi. Qanot hakami ofsaydni qayd etishda yana xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 60' | ![]() |
Kasorla chap qanotdan bir himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni yumshoq qilib, darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatdi. Uelbek 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘rga borib tegdi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOOOOOLLLL! Danni Uelbek, 0:1! |
| 59' | ![]() |
Mezbon jamoa futbolchisi to‘pni qanotdan uzatdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etayotgandek edi, ammo Martinez baland sakrab, uni egallab oldi. Qanot hakami to‘p maydonni tark etganini ko‘rsatdi |
| 55' | ![]() |
"Arsenal" bu safar ham hujumni chap qanotdan tashkil qildi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Sanches bosh bilan zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni qaytardi |
| 54' | ![]() |
Endi mezbonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Saydo Berahino jarima maydonchasiga yorib kirdi va yaqin masofadan zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga tashqi tomondan kelib tegdi |
| 53' | ![]() |
Ehhhh, Mertezaker! Jarima zarbasi darvozabon qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘pni egallagan "Arsenal" futbolchisi uni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Mertezakerga uzatdi. Per bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi |
| 53' | ![]() |
"Vest Bromvich" futbolchisi Grexem Dorrans ogohlantirish oldi |
| 52' | ![]() |
Uelbek chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni markazroqda turgan Remziga uzatdi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi |
| 49' | ![]() |
Takroriy vaziyat ko‘rsatdiki, "Vest Bromvich" futbolchisida ofsayd yo‘q ekan. Hakamlar mezbon jamoani yaxshi vaziyatdan mahrum qilishdi |
| 46' | ![]() |
"Vest Bromvich" futbolchisi ofsaydda qoldi, aks holda darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazishdi. "Arsenal" xavfni bartaraf etib, o‘z hujumga o‘tayotganida, hakam xushtagini chaldi va birinchi bo‘limni yakunlab berdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 40' | ![]() |
Mehmonlarning bosimini bartaraf etgan "Vest Bromvich" futbolchilar endi o‘zlari hujumga o‘tishmoqda. |
| 37' | ![]() |
Vuuuuh! Himoyachilarning xatosidan so‘ng "kanonirlar" raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olishdi va Remzi 14 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 34' | ![]() |
Uelbek jarima maydonchasi kirmoqchi bo‘lganida himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 32' | ![]() |
Kasorla jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba yo‘lladi. To‘pni posbon egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Uchrashuvda bitta golga tortadigan vaziyat bo‘ldi. Vest Bromvich darvozaonining qo‘pol xatosidan so‘ng "Arsenal" hujumchisi to‘pni egallab oldi. Ammo o‘tkir burchak ostida bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 30' | ![]() |
"Vest Bromvich" - "Arsenal" uchrashuvining 30-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha hisob ochilmadi |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|