Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

13-tur, 29 noyabr, soat 22:30

SANDERLEND

0 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
01.Kostel Pantilimon
27.Santyago Vergini
15.Antoni Reveyer
05.Ues Braun
16.Jon O'Shi
11.Adam Djonson
08.Djek Roduell
07.Sebastyan Larsson
06.Li Kattermol
09.Stiven Fletcher
10.Konnor Uikxem
  13.Tibo Kurtua
24.Geri Kexill
26.Djon Terri
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
04.Sesk Fabregas
22.Villian
08.Oskar
10.Eden Azar
21.Nemanya Matich
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
25.Vito Mannone
22.Sebastyan Koates
30.Vilyam Bakli
04.Liam Bridkatt
14.Xordi Gomes
20.Rikardo Alvarez
17.Jozi Altidor
  01.Petr Chex
03.Filipe Luis
05.Kurt Zuma
12.Djon Obi Mikel
14.Andre Shyurrle
18.Loik Remi
11.Didye Drogba
SARIQ KARTOCHKA
Diyego Kosta, 55
Nemanya Matich, 86
 
Jon O`Shi, 76
Santyago Vergini, 89

Matn

'
Shu bilan matnli translyasiyani tugatamiz, xayr, sog‘ bo‘ling!
90+3'
Uchrashuv yakunlandi.0:0!
90+3'
Drogba o‘yin qahramoni bo‘lishi mumkin edi!!! Uning boshi bilan bergan zarbasi, afsuski darvozaga borib tushmadi!
90'
Ikki daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Fabregas jarima to‘pini darvozaning uzoq burchagiga yo‘llagandi, Pantilimon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
89'
Vergini jarima maydoni oldida Drogbaga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
86'
Maydon markazida Uikhemga yeta olmagan Matich uni yiqitib to‘tatdi, bu unga sariq kartochka olib keldi.
85'
Chelsida o‘zgarish: Villian o‘rniga Andre Shyurrle tushdi.
82'
Altidor hisobni ochishi mumkin edi! Jozi Uikxemdan kelib tushgan to‘pni jarima maydonchasi ichida yiqila turib zarba berishga ulgurdi, ammo to‘p darvozadan joy olmadi, darvozabon yiqilgan bo‘lsada, ikki himoyachi bor edi.
77'
Sheriklari tezda Drogbani o‘yinga qo‘shib oldilar, Azar chap qanotdan Didyeni to‘p bilan taminladi, ammo uning zarbasi pastlab to‘g‘ri Pantilimonning qo‘liga borib tushdi.
76'
Nihoyai Chelsida o‘zgarish: Oskar o‘rniga Didye Drogba tushdi.
76'
O`Shi qarshi hujumga otlangan Diyego Kostani to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.
75'
Burchak to‘pi qaytarildi.
74'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlab olishdi.
71'
Mezbonlar hujumi. Uikhemning xafli zarbasini Kurtua xotirjam bartaraf qildi.
70'
Braun va Larsson chap qanotda Diyego Kostdadan to‘pni olib qo‘yishdi.
67'
Matich 22 metrdan Pantilimonning hushyorligini sinab ko‘rdi. Zarba juda kuchli edi, ammo posbon yaxshi pozisiya tanlagan edi.
63'
Chelsining navbatdagi hujumi hech narsa bermadi, Sanderlend himoyachilari raqib hujumchilariga himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tishga yo‘l bermadilar.
62'
Sanderlendda birdaniga ikki o‘zgarish: Roduell o‘rniga Xordi Gomes tushdi, Fletcher o‘rniga Jozi Altidor tushdi.
59'
Mezbonlar chap qanotdan Chelsi jarima maydoniga to‘p oshirdilar, to‘p mezbonlardan birining boshidan Terrining ko‘kragiga tegdi. Sanderlend o‘yinchilari hakamdan penalti so‘ramoqdallar.
58'
Matich Fabregasga to‘p oshirdi, Sesk to‘pni to‘ppa-to‘g‘ri Pantilimonning qo‘liga topshirdi.
55'
Diyego Kosta sariq kartochka ishlab oldi. To‘p uchun kurashda Braunga qarshi qo‘pol o‘ynadi.
53'
O‘yin xotirjam kechmoqda.
50'
Faregas Villinni to‘p bilan taminladi, Villian "to‘qqizlik"ni noshoonga olmoqchi bo‘ldi. Noaniq.
49'
Villianning bu galgi burchak to‘pi ham xavf tug‘dirmadi.
48'
Villian burchak to‘pini oshirdi, to‘p qatarildi, takroriy hujumda Azar to‘pni Villinga oshirdi.Ammo Larsson to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana burchak to‘pi.
47'
Azarning hatti-harakatlari evaziga Chelsi burcha to‘pi tepadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! Jamoalar safida o‘zgarishlar bo‘lmaganga o‘xshayapti.
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib berilmadi.Tanaffus.
44'
Diyego Kosta ishtirokida kichik janjal, u raqib bilan masalaga oydinlik kiritmoqchi. Hakam uni tinchlantirmoqda.
41'
Chelsining hujumi, Pantilimon chaqqonroq harakat qildi va to‘pga ega chiqdi.
40'
Mezbonlarning burchak to‘pi xavli chiqmadi.
37'
Xotirjam o‘yin ketmoqda. Chelsi oldinga borishag uncha urinmay qo‘ydi.
35'
Villian o‘ng qanotda uzoq masofadan darvozaga noaniq zarba berdi.
30'
Hakam "Sanderlend"ning yordamchi murabbiylaridanbirini zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi.
29'
Sanderlendning xavfli hujumi! Uikhem chap qanotda Ivanovichdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga oshirdi. To‘pga chiqqan Kurtua uni qo‘ldan chiqarib yubordi. Adam Jonson to‘p uchunkurashda qo‘l bilan o‘ynadi.
29'
Fabregas burchak to‘pini amalga oshirdi, to‘pni Matich eaglladi va Fabregasga oshirdi, Sesk to‘pga yetib kela olmadi. Aut.
27'
O‘ng qanotda Aspilikueta Jonsonga qarshi qo‘pol o‘ynadi, ammo hakam jim.
22'
Fabregas markazda Diyego Kostaga ajoyib to‘p oshirdi,hujumchi JM iiga krib ulgurdi, ammo O Shi va Braunlar chaqqonroq harakat qilishdi.
19'
Burchakddan oshirilgan to‘p chap qanotdagi Azarga kelib tushdi va uMatichga oshirdi, Nemanya ning zarbasi himoyailardan qatib Oskarga tushdi, u 18 metrdan zarba bergan edi, to‘p Ivanovichga tegdi.
18'
Chelsi burchak to‘pi tepadi.
17'
Villianning zarbasi darvoza ustuniga tegib chiqib ketdi!!!
16'
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi va raqibga oldirib qo‘yishdi.
15'
Jek Roduell chap qanotda Villiandan qochib ketdi, Ivanovich uni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi.
13'
Oskar ham 24 metrdan darvozani darvozani nishonga oldi, Pantilimion o‘z o‘rnida.
11'
Azar uzoq masofadan noaniq zarba berdi.
9'
Takroriy hujumga himoyachi Reveyer ham yetib keldi. Antoni 28 metrdan kuchli zarba bilan darvozani nishonga olmoqchi bo‘ldi. Noaniq.
9'
Terri o‘z jarima maydonchasi oldida xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘pni Jonsonga sovg‘a qildi. Adam to‘pni qabul qilib, o‘ziga to‘g‘rilmoqchi bo‘ldi va chiroyli yiqildi.
7'
Chelsining burchak to‘pi unchalik xavf tug‘dirmadi. Bir-iiki to‘p oshirishlardan so‘ng Diyego Kostaga kelib tushdi, ammo unga himoyachilar halaqit berishdi.
3'
To‘p bilan asosan "ko‘klar" muomala qilmoqda, goh o‘z zonasida,mana endi raqib zonasida.
2'
Chelsi raqib hujumini qaytarib, o‘zi qarshi hujumga o‘tdi. Ivanovich o‘ng qanotdan o‘tib jarima maydonchasi ichga to‘p oshirdi. Rikoshet bo‘lib maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘ni Pantilimon ushlab oldi.
1'
Uchrashuv boshlandi! To‘pni mezbonlar o‘yinga kiritishdi.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Angliya chempionatining 13-turi doirasidan o‘rin olgan Sanderlend-Chelsi uchrashuvidan matnli translyasiyani boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.