Ispaniya La ligasi
| 13-tur, 29 noyabr, soat 23:59. Bosh hakam: Inyaki Bikandi | ||
MALAGARoke Santa Krus (90+2)
|
1 : 2 |
REAL MADRIDKarim Benzema (18)
Garet Beyl (83) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Karlos Kameni 21.Serxio Sanches 03.Veligton 19.Artur Boka 18.Roberto Rosales 29.Samuel Kastilyexo 17.Duda 14.Recio 30.Serxi Darder 07.Samu Garsiya 09.Roke Santa Kruc |
01.Iker Kasilyas 03.Pepe 04.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 23.Isko 11.Garet Beyl 10.Xames Rodriges 08.Toni Kroos 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Gilyermo Ochoa 05.Vitorino Antunesh 15.Markos Angeleri 22.Luis Alberto 28.Yunpi Anor 16.Ezekiel Reskaldani 10.Rikardo Orta |
13.Keylor Navas 02.Rafayel Varan 34.Diyego Lyorente 05.Fabiu Kuentrau 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 14.Xavyer Ernandes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Serxi Darder (30)
Veligton (90+3) |
Toni Kroos (44)
Isko (71) Marselo (80) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Isko (83)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | "Real" jadvalni boshqarishda davom etadi. | |
| ' | ![]() |
"Real" oson bo‘lmagan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bugungi o‘yinda yirik hisob qayd etilmadi. Bugun Ronaldu gol ura olmadi. Lekin unda gol urish uchun 2ta yuz foizli imkoniyat yuzaga kelgandi |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi! |
| 90+3' | ![]() |
Veligton sariq kartochka oldi |
| 90+2' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Roke Santa Krus bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOL! Roke Santa Krus, 1:2! |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh, Marselo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. Mezbonlar jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Marselo esa to‘p maydon tashqarisiga chiqarib yuborish chog‘ida qaltis harakat qildi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Chicharito tushdi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuuh! Hozir faqatgina omad tufayli to‘p "Madrid" darvozasiga borib tushmadi! Yunpi Anor jarima zarbasini shunday aylantirdiki, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Kasilyas darvozacha ichida yotgandi, "Malaga" futbochlisi 5 metrdan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llay olmadi. To‘p yuqorilab ketdi! |
| 86' | ![]() |
Isko ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. U jarima maydonchasi yaqinida o‘zidan o‘tib ketayotgan futbolchini qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 83' | ![]() |
"Real" ijrosida ajoyib qarshi hujum. Marseloning olis masofadan uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan to‘pni Beylga uzatdi. Garet jarima maydonchasiga kirar-kirmas kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 83' | ![]() |
GOOOOOOL!!! Garet Beyl, 0:2! |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Real" gol o‘tkazib yuborishiga sal qoldi. Samu Garsiya chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallay olmadi, qaytgan to‘pga "Malaga" futbolchisi birinchi bo‘lib yetib keldi, ammo u ham ikki nafar "Real" himoyachisi ta’qibi ostida yaxshi zarba bera olmadi. Kuchsiz zarbani Kasilyas qaytardi! |
| 80' | ![]() |
Marselo ogohlantirish oldi |
| 78' | ![]() |
To‘p chap qanotdan yuqorilatib jarima maydonchasiga yetkazildi. Ronaldu himoyachining ortidan baland sakrab, bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotganda, himoyachiga egilib qoldi va Krishtianu yiqildi. Qoida buzilmadi |
| 77' | ![]() |
"Malaga"da uchinchi o‘zgarish bo‘ldi. |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Ronaldu mezbonlarning "sovg‘a"sidan foydalana olmadi! Marselo chap qanotdan muvaffaqiyatsiz uzatmani amalga oshirdi. Ikki himoyachi bir biriga ishonib, dumalab kelayotgan to‘pni o‘tkazib yubordi. Ronaldu to‘pni egallab oldi va darvozagacha 9 metr masofadan zarba berdi. Kameni ushbu zarbani qaytardi! |
| 75' | ![]() |
Marselo chap qanotdan yetkazgan to‘pni Kameni egalladi |
| 73' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Ilyaramendi tushdi |
| 72' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni ximoyachilar qaytarishdi. Qaytgan to‘pga berilgan zarba noaniq bo‘ldi |
| 71' | ![]() |
Isko sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasi tepiladi |
| 69' | ![]() |
"Real" to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tdi. Ronaldu chap qanotdan to‘pni Benzemaga uzatdi. Karim jarima maydonchasiga kirayotganida to‘pni yo‘qotdi! |
| 67' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Santa Krus bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 67' | ![]() |
"Malaga"da yana bir o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Markov Angeleri tushirildi |
| 67' | ![]() |
"Malaga" burchak to‘pi ishladi |
| 65' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Duda o‘rniga Rikardo Orta tushirildi |
| 64' | ![]() |
Benzema himoyachilar orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotganida himoyachi to‘pni qoida buzmagan holda olib qoldi |
| 60' | ![]() |
"Malaga" futbolchisi 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yerga urilib, Kasalyasning ko‘kragiga tegdi. Iker ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 59' | ![]() |
Isko yaxshi harakat qilib, Ronalduni birga bir vaziyatga chiqardi. To‘pni Kameni egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatma paytida Beyl jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi. To‘p o‘ng qanotdagi Ronalduga kelib tushdi. Uning zarbasi darvozaga aniq bormadi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuuh! Iskoooo! Yarim himoyachi jarima maydonchasining o‘ng qanotida turgan Beylga to‘pni uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi. Garet jamoadoshini yaxshi vaziyatga chiqardi. Iskoning yuzma-yuz vaziyatda bergan zarbasi darvozabon ko‘kragiga tegib qaytdi. Agar Isko to‘pni o‘tkazib yuborganida Benzema yanada qulayroq vaziyatga chiqayotgandi! |
| 55' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasi ichida va atrofida taxlikali vaziyatni yuzaga keltirishdi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuh! Isko bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasining o‘ng qanotidan kirib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasining nariga qanotida ochilgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu qaychi uslubida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib, maydonni tark etdi! |
| 52' | ![]() |
Beylning uzatmasidan keyin Ramos bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasining o‘ng tomonidagi chizig‘i va maydonning so‘nggi chizig‘i kesishga joyda yiqitildi. Jarima zarbasi |
| 48' | ![]() |
Xames chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Ramosning bosh bilan zarbasidan keyin Beyl to‘pni darvozaga to‘g‘irlab qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo Garet ofsaydda qolgandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Hozircha "Malaga" - "Real" - 0:1. Ronalduning uzatmasidan keyin Benzema hisobni ochdi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 44' | ![]() |
Toni Kroos ogohlantirish oldi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Kasilyasni darvoza to‘sini goldan qutqarib qoldi! Darvozaga 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasi to‘g‘ridna to‘g‘ri darvozaga yo‘llandi. To‘p darvoza to‘sinidan maydonni tark etdi! |
| 41' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Ramos himoyachining yelkasiga qo‘lini qo‘yib sakragani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 40' | ![]() |
VUuuh! Ronaldu chiroyli pas bilan Beylni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Garetning zarbasi Kameni ko‘kragidan maydonni tark etdi |
| 38' | ![]() |
"Malaga" futbolchisi jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Iker to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 36' | ![]() |
Beylning o‘ng qanotdan uzatmasi himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar hujum natijasida to‘pni chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazishdi. Ramos to‘pni qaytarib qoldi |
| 33' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni "Malaga" posboni egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Ronaldu to‘pni jonli devorning yonidan o‘tkazib, darvoza tomon yo‘lladi. Kameni to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Biroq to‘p uchun kurashga qo‘shilgan Benzma ofsaydda qolgan ekan |
| 30' | ![]() |
Serxi Darder ogohlantirildi |
| 30' | ![]() |
Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 23 metr masofa bor |
| 28' | ![]() |
Burchakdan to‘pidan keyin bosh bilan zarba natijasida to‘p darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi |
| 28' | ![]() |
Xames to‘pni jarima maydonchasi yetkazdi. Ramos to‘pga sakrash chog‘ida yiqildi, to‘pni o‘ng tomondagi Benzema egalladi. Karimning uzatmasidan keyin to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 27' | ![]() |
Marselo chap qanotdan yiqitildi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 25' | ![]() |
"Malaga" futbolchisi ofsaydda bo‘lmaganida yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi... |
| 23' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Real"ni darvoza ustuni goldan qutqarib qoldi! Chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatma oshirildi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi. "Malaga" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p Kasilyasning qo‘lidan chiqib ketdi va darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi |
| 21' | ![]() |
Mourinyo ofsaydda qoldi |
| 18' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng tomonida bir himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Karim o‘zini ta’qib qilayotgan himoyachidan qochib ketdi darvozani ishg‘ol qildi! |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOL! Benzema, 0:1! |
| 17' | ![]() |
Beyl to‘pni bosh bilan Ronalduga uzatib, qayta qabul qildi va 12 metrdan zarba berdi. Krishtianu ofsaydda qolgandi |
| 15' | ![]() |
"Malaga" himoyadan tezda chiqib ketdi va ko‘pchilik bo‘lib oldinga intildi. Olis masofadan to‘p o‘ng qanotda ochilgan hujumchiga ochildi. Ammo zarba kuchlirok bo‘lganiu uchun to‘p maydonni tark etdi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! Samu Garsiya chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Roke Santa Krus bosh bilan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni darvoza to‘sini ustidan oshirib yubordi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Ronalduuuu! Kameniiii! Beylning yaqin masofadan Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu darvozagacha 6 metr masofadan zarba berdi. Karlos Kameni to‘pni qaytardi!!! Qoyil! |
| 10' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Benzemaga kelib tushdi, ammo Karimga zarba berish imkoniyati berilmadi |
| 10' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi. MAydon markazidan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Chap qanotdan jarima zarbasini Xames o‘yinga kiritdi. Ramos baland sakrab bosh bilan zarba berdi. Kameni to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
"Real" ijrosidagi burchak to‘pi xavfli tus olmadi |
| 6' | ![]() |
Madrid maydon markazida to‘pni egallab oldi va tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ronaldu to‘pni chap qanotdan jarima maydonchasi kelgan Xamesga uzatdi. Rodrigesning zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 2' | ![]() |
Beyl chap oyoqda darvoza tomon aniq zarba berdi. Kameni to‘pni yon tomonga urib yubordi! Bugun ushbu darvozabonga ko‘p yumush topilishini taxmin qilish qiyin emas |
| 2' | "Malaga" och ko‘k-oq, "Real" qora rangli formada o‘ynashmoqda | |
| 1' | "Malaga" dastlabki hujumni tashkil qildi. Jarima maydonchasi ostonasida turgan hujumchi bosh bilan to‘pni ortga urdi. Kasilyas to‘pni egallab oldi | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! Ketdik! |
| ' | Malaga hozirda 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa ushbu mavsumda "Barselona"dan ochko tortib olganini unutmaslik kerak. Qiziq o‘yin kutilmoqda | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. |
| ' | Karlo Anchelotti boshchilidagi madridliklar ketma-ket 15ta o‘yindan beri (La Liga, YECHL, Ispaniya kubogi) g‘alaba qozonib kelishmoqda. Bu borada italiyalik mutaxassis Joze Mourinyo va Migel Munyoz bilan tenglashib oldi. Bugungi o‘yinda g‘alaba qo‘lga kiritilsa, Anchelotti rekord o‘rnatadi | |
| ' | Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Malaga" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|