Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

13-tur, 30 noyabr, soat 18:30

SAUTGEMPTON

0 : 3

MANCHESTER SITI

Yaya Ture (51)
Frenk Lempard (80)
Gael Klishi (88)
JAMOALAR TARKIBI
23.Freyzer Forster
2.Nataniel Klayn
6.Joze Fonte
17.Tobi Alderveyreld
21.Rayan Bertran
12.Viktor Vanyama
4.Morgan Shnayderlen
11.Dushan Tadich
8.Stiven Devis
10.Sadio Mane
19.Grasiano Pelle
  1.Jo Xart
20.Elyakim Mangala
22.Gael Klishi
5.Pablo Sabaleta
4.Vensan Kompani
8.Samir Nasri
15.Xesus Navas
25.Fernandinyo
42.Yaya Ture
35.Stefan Yovetich
16.Serxio Aguero
SARIQ KARTOCHKA
Viktor Vanyama (7)
 
Serxio Aguero (9)
Elyakim Mangala (22)
Vensan Kompani (81)
QIZIL KARTOCHKA
 
Elyakim Mangala (75)

Matn

'
"Sautgempton" o‘z maydonida "Manchester Siti"ga dosh bera olmadi. "Siti" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
90+6'
O‘yin yakunlandi!
90+4'
Vuh! Jo Xart yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi. Biroq zarba yo‘llagan futbolchi ofsaydda qolgan ekan
90+1'
Kompani jarohat olib, maydonni tark etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Aslida "Sautgempton" burchak to‘pini o‘yinga kiritgandi. To‘pni mehmonlar egallab olib, Agueroga uzatishdi. Serxio jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Klishini o‘z vaqtida payqadi va to‘pni uzatdi. Gael darvozabon bilan birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
88'
GOOOOOOOL! Gael Klishi, 0:3!!!
85'
Ehhhh, "Sautgempton" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Yarim himoyachi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va markazdan ochilgan Pellega to‘pni uzatdi. Yo uzatma biroz kuchli bo‘ldi yoki Grasiano kech qoldi — to‘p qarama qarshi qanotga o‘tib ketdi. Takroriy hujum paytida Vanyama tomonidan berilgan zarbani Xart egalladi
83'
Ehhhhhh, Aguero! "Siti" yana bir qarshi huujm natijasida Serxioni birga bir vaziyatga chiqardi. Argentinalik futbolchi darvozabonni aldab, keyin zarba berdi. Forster zarbani qaytardi!
82'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Stiven Devis o‘rniga Manyuka tushirildi
81'
Kompani sariq kartochka oldi
80'
"Manchester Siti" qarshi hujumda raqibni jazoladi. Milner chap qanotdan oldingi o‘tib, to‘pni Lempardga uzatdi. Frenk 16 metrdan kuchli zarba bilan darvoza burchagini aniq nishonga oldi
80'
GOOOOOL! Frenk Lempard, 0:2!
78'
Aguero to‘pni egallab, Fernandinyoni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Uning zarbasi darvoza to‘riga tashqi tomondan kelib tegdi
76'
24 metrlardan yo‘llangan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
76'
Pellegrini maydonga darhol markaziy himoyachini tushirdi. Navas o‘rniga Demichelis tushirildi
75'
Elyakim Mangala ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi! "Sautgempton" jarima zarbasini tepadi!
73'
Vuuuuh! Xesus Navas raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab oldi va 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
71'
Ageuro jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida "Sautgempton" o‘yinchisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
68'
Vuuuuuuh! "Shaharliklar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kompani bosh bilan to‘pni ortga urib yubordi. Aguero 1 metrdan to‘pni darvozaga bura olmadi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!!!
65'
"Siti"da o‘zgarish: Samir Nasri o‘rniga Frenk Lempard tushirildi
64'
"Sautgempton" chap qanotdan jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Milner o‘z jarima maydonchasi ichida bosh bilan to‘pni qaytardi
61'
Mazkur burchak to‘pini ham mehmonlar qaytarishdi
60'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p aylanib qarama-qarshi qanotga bordi va navbatdagi uzatmadan keyin Mangala to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
56'
Mane Fernandinyodan o‘tib ketdi va 25 metrlardan zarba berdi. To‘p ancha yuqorilab ketdi
55'
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mangala bosh bilan to‘pni darvoza tomon bura olmadi
55'
"Siti"da o‘zgarish: Yovetich o‘rniga Milner tushirildi
51'
To‘p himoyachilarning orasidan jarima maydonchasidagi Agueroga uzatildi. Biroz chap qanotga qochgan to‘pni egallagan Serxio himoyachilardan o‘tib markazroqqa surildi va zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqayotgan Turega to‘pni uzatdi. Yaya 16 metrdan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Rekoshet ham yuzaga kelganini ta’kidlash lozim
51'
GOOOOOOOL! Yaya Ture, 0:1!
47'
Bertran o‘ng qanotda biroz markazga surildi va chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sautgempton" - Manchester Siti" - 0:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
41'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xart mushtlari bilan to‘pni urib yubordi. Jarima maydonchasi tashqarisidagi futbolchi to‘pni burchak to‘pini o‘yinga kiritgan jamoadoshiga uzatdi. Uning zarbasi Mangalaga tegib, maydonni tark etdi. Takroriy burchak to‘pi esa bartaraf etildi
38'
Mehmonlarning dastlabki daqiqalardagi bosimini bartaraf etgan "Sautgempton" futbolchilari endi o‘zlari ham dadil oldinga borishmoqda
36'
Mezbonlarning yana bir burchak to‘pini Xart egallab oldi
33'
"Sautgempton" burchak to‘pi ishladi va o‘yinga kiritdi. Pelle to‘pni olis burchakka burishga urindi. Darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
30'
Vuuuuuh! Yovetich jarima maydonchasiga chap qanotda kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning oyog‘iga tekkan bo‘lsa-da, unda o‘tib ketdi. Darvoza chizig‘i ustida turgan Tobi Alderveyreld to‘pni qaytarib qoldi!!!
29'
Aguero uzoq masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. "Regbicha zarba" bu
26'
Bertran chap qanotdan havolatib uzatmani amalga oshirdi. Jo to‘pga ega chiqdi
23'
Aylanma tarzda jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Xart egalladi. Hujumchi ham to‘pga sakragandi, biroz yeta olmadi
22'
Elyakim Mangala sariq kartochka oldi
21'
Vuuuuuuh! Hozir "Manchester Siti"ga omad kulib boqdi! Chap qanotdan yuqorilatib uzatmasdan keyin Pelle 6-7 metrdan zarba yo‘llay olmadi. To‘p Xartga tegib qaytdi va boshqa hujumchi zarba yo‘lladi. Xart to‘pni qaytardi. To‘pni "avliyolar"ning boshqa futbolchisi egallab oldi. Uning zarbasi posbonga tegib, maydonni tark etdi!
20'
"Siti" to‘pni nazorat qilib, mezbonlar mudofaasini yorib o‘tish yo‘llarini qidirmoqda. O‘ng qanotdan oldingi o‘tgan Sabaleta tomon to‘pni uzatgandi, Forster to‘pga ega chiqdi
16'
Vuuuuh! Yaya Ture 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. 201 sm bo‘yga ega bo‘lgan Freyzer Forster to‘pni egallab oldi!
12'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni "Sautgempton" himoyachilari qaytarishdi
9'
Serxio Aguero raqib jarima maydonchasi ichida simulyasiya ishlatgani uchun ogohlantirish oldi
7'
Viktor Vanyama ogohlantirish oldi. U jarima maydonchasiga yaqinlashayotgan Yaya Tureni ortdan chalib yiqitdi
6'
Nasri o‘ng qanotdagi burchakdagi bayroqcha yonidan jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
3'
To‘p asosan "Siti"da, mezbonlar himoyalanishmoqda
2'
"Sautgempton" qizil-oq, "Manchester siti" havorang rangli formalarda o‘ynamoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
"Sautgepton" ushbu mavsumda 7ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan. Jamoa o‘z maydonida 6ta o‘yindan 5tasida yutib, 1ta o‘yinda durang o‘ynagan. O‘z maydonidagi o‘yinlar bo‘yicha to‘plar farqi — 17-1. Ajoyib statistika
'
APLda ushbu mavsumda kashfiyotga aylanib, hozirgi paytda jadvalda 2-o‘rinni egallab turgan "Sautgempton"ning haqiqiy kuchini bugun kuzatamiz. Kuman shogirdlari o‘z maydonlarida "Manchester Siti"ni qabul qilishadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.