Italiya «A» seriyasi
| 13-tur, 30 noyabr, soat 22:00 | ||
YUVENTUSVidal (16-pen)
Pirlo (90+3) |
2 : 1 |
TORINOPeres (22)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Marko Storari Shtefan Lixtshtayner Leonardo Bonuchchi Djordjio Kyellini Patris Evra Pol Pogba Andrea Pirlo Klaudio Markizio Arturo Vidal Karlos Teves Fernando Lyorente |
Jan-Fransua Jille Emiliano Moretti Kamil Glik Nikola Maksimovich Matteo Darmian Bruno Peres Omar El-Kadduri Djuzeppe Vives Alessandro Gassi Fabio Kvalyarella Amauri |
|
| ZAHIRA | ||
|
Fernando Rubinyo Emil Audero Andjelo Ogbonna Federiko Matyello Roberto Pereyra Kingsli Koman Simone Pepe Sebastyan Djovinko Alvaro Morata |
Zapasnie: Luka Kastellassi Daniele Padelli Chezare Bovo Gaston Silva Kristian Molinaro Pontus Yansson Marko Benassi Sanches Minyo Ruben Peres Aleksandr Farnerud Marselo Larrondo Xose Martines |
|
Matn
| ' | Shuning bilan matnli translyasiyamizni yakunlaymiz, xayr, sog‘ bo‘ling! | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! 2:1. |
| 90+2' | ![]() |
Torinoda o‘zgarish? El Kadduri o‘rniga Sanches Mino tushdi. |
| 90+3' | ![]() |
Gooooool! Pirlo! 2:1! |
| 90+3' | ![]() |
Yuventusning so‘nggi hujumi... |
| 90+1' | ![]() |
Maydon markazida Pirloga nisbatan qo‘pol o‘ynagan Moretti ogohlantirildi. |
| 90' | ![]() |
Uch daqiqa vaqt qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi tepishdi, Evra raqib maydonchasi ichida qoida buzdi. |
| 86' | ![]() |
Torino yana hujumda! Ammo Peres hujumni yaxshi yakunlay olmadi. |
| 82' | ![]() |
Yuventusda so‘nggi o‘zgarish: Teves maydonni tark etdi, uning o‘rniga Ogbonna tushdi. |
| 80' | ![]() |
Torino hujumi! Avvaliga El Kadduri jarima maydonchasi ichida yiqildi, keyin Benassi to‘pni to‘xtatmasdan tepdi, to‘p himoyachilarining biriga tegdi. |
| 77' | ![]() |
Lixshtayner Torino maydonchasi oldida El Kadduriga pressing uyushtirmoqchi bo‘lib, uning oyoqlariga tashlandi! Hakam Lixshtaynerga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi! |
| 76' | ![]() |
Vidalning goli offsayddan urilganligi uchun hisoblanmadi. |
| 73' | ![]() |
Torinoda o‘zgarish: Kvalyarella o‘rniga Larrondo tshdi. |
| 71' | ![]() |
Havodagi kurashda Amauri Bonuchchining yuziga urib yuborgani uchun ogohlantirildi. |
| 70' | ![]() |
Boshi bint bilan boylangan holda maydonga qaytgan Lixshtayner hakamga e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. |
| 68' | ![]() |
Kamchilik ekanliklariga qaramy Yuventus hujumga otlanishdi, Teves jarim maydonchasi yaqinidan xavfli zarba berdi. |
| 67' | ![]() |
Bundan oldingi vaziyatda raqib futbolchilaridan biri Lixshtaynerga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Uning yuzidan qon oqyapti. |
| 66' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pi tepdilar, Lixshtayner xavfni bartaraf etdi. |
| 63' | ![]() |
Yuventusda o‘zgarish: Markizio o‘rniga Roberto Pereyra tushdi. |
| 62' | ![]() |
Peresning uzoq masofadan kuchli zarbasi darvozaga aniq yetib bormadi. |
| 60' | ![]() |
Benassi oldinga intildi, unga Pirlo qarshilik qilishga urindi va to‘pni autga chiqarib yubordi. |
| 58' | ![]() |
Pogba Maksimovichga qarshi qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi. |
| 57' | ![]() |
Yuventusda o‘zgarish:Lyorente o‘rnigaAlvaro Morata tushdi. |
| 55' | ![]() |
Torino Yuve jarima maydoni yaqinida jarima to‘pi ishladi, Peres Amauriga to‘p oshirdi,uning bosh bilan bergan zarbasi Storarining qo‘liga kelib tushdi. |
| 54' | ![]() |
Torinoda o‘zgarish: Vives o‘rniga Marko Benassi tushdi. |
| 52' | ![]() |
Lixshtaynerga qarshi El Kadduri yaxshi o‘ynadi. |
| 49' | ![]() |
Mehmonlar Pogbani qoidaga zid ravishda to‘tatib qolishdi. |
| 48' | ![]() |
Vidalning boshbilan bergan zarbasi darvoza to‘sini ustida o‘tib ketdi.Ancha xavfli vaziyat! |
| 47' | ![]() |
Gassi Tevesga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus. |
| 42' | ![]() |
Jarim to‘pini Pirlo o‘yinga kiritdi, Bonuchchi uzoq masofadan zarbaberdi, burchak to‘pi. |
| 41' | ![]() |
Chap tomonda Vives Tevesga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 40' | ![]() |
Teves jarima maydonchasi ichida chiroyli yiqilib, hakamdan penalti talab qilmoqda. |
| 38' | ![]() |
Burchak to‘pidan so‘ng, Teves Morettiga qarshi qo‘pollik qildi. |
| 37' | ![]() |
Yuventusning yangi hujumi Markizioning uzoqdan bergan zarbasi bilan tugadi, to‘p El Kadduriga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi. |
| 34' | ![]() |
Yuventusning xavfli qarshi hujumi! Evra ap qanotda Tevesga to‘p oshirdi, Karlosning 12 metrdan berga zarbasi darvozadan biroz chaproqdan o‘tib ketdi! |
| 32' | ![]() |
Yuventus jarima maydonchasi chaprog‘ida Darmian to‘pni yerga tushirmasda zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo muvaffaqqiyatsiz. |
| 30' | ![]() |
Peres o‘ngdan Vives bilan hujum tashkillashtirmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni Pirlo egallab oldi. |
| 29' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi! Moretti chapda Darmian bilan o‘ynadi, u Yuve jarima maydonchasi yaqinida aut ishlab oldi. |
| 28' | ![]() |
Maksimovich maydon markazidan Amauriga to‘p uzatmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pga Bonuchchi ega chiqdi. |
| 26' | ![]() |
Pogba jarima maydonchasi ichiga Tevesga to‘p uzatdi, Karlos to‘p uchun kurashda Maksimovichga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 25' | ![]() |
Torino Yuve jarima maydonchasining o‘ngrog‘idan jarim to‘pi ishladi. Peres sheriklari bilan to‘pni o‘yinga kiritdi va bu safar uning harakatlari samrasiz yakunlandi. |
| 22' | ![]() |
Bruno Peres fantastik gol urdi. O‘z jarima maydonida to‘pni qabul qilib olgan Bruno maydon bo‘ylab yurish qildi, unga Evra ham, Vidal ham halaqit bera olmadilar, darvozaga 18 metr qolganda Peres kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. |
| 22' | ![]() |
Gooooll! Bruno Peres! 1:1! |
| 19' | ![]() |
Bruno Peres o‘ng qanotdan driblingini ishga solib to‘pni Yuve jarima maydonchasiga uzatdi.To‘p autga chiqib ketdi. |
| 17' | ![]() |
Vidalga qarshi qo‘pol o‘ynagan Glik ogohlantirildi. |
| 16' | ![]() |
Vidalning birinchi zarbasi ham gol bo‘lgan edi, ammo hakam penaltini qayta tepish kerakligini ko‘rsatdi. Vidal ikkinchi zarbada ham adashmadi! |
| 15' | ![]() |
Gooool! Arturo Vidal penaltini aniq bajardi 1:0! |
| 14' | ![]() |
Pirlo jarima zarbasidan "jonli devor"ni nishonga oldi, to‘p devorda turgan futbolilarning birining qo‘liga tegdi. Penalti! |
| 3' | Maydonni qoplagan tuman asta-sekin tarqalmoqda, Turinda yomg‘ir yog‘a boshladi. | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi. |
| ' | Barchaga xayrli kech! Birozdan so‘ng "Yuventus"-"Torino" uchrashuviga start beriladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|