Ispaniya La ligasi
| 13-tur, 1 dekabr, soat 01:00. Bosh hakam: Fernandes Borbalan | ||
VALENSIYa |
0 : 1 |
BARSELONABuskets (90+4)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Diyego Alves 31.Xose Gayya 19.Antonio Barragan 05.Shkodran Mustafi 23.Nikolas Otamendi 10.Daniel Parexo 18.Xavi Fuego 21.Andre Gomes 08.Sofyan Feguli 07.Alvaro Negredo 17.Rodrigo |
13.Klaudio Bravo 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 24.Jeremi Matye 06.Xavi Ernandes 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 10.Lionel Messi 11.Neymar 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Rodrigo De Pol 13.Yoel 02.Joao Kanselo 06.Lukas Orban 04.Filipe 11.Pablo Pyatti 09.Pako Alkaser |
01.Mark-Andre ter Shtegen 21.Adriano 15.Mark Bartra 04.Ivan Rakitich 12.Rafinya 07.Pedro Rodriges 31.Munir el-Haddodiy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
A.Barragan (20)
SH.Mustafi (27) |
Jeremi Matyo (8)
Pike (20) Xordi Alba (29) |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Bugungi o‘yinda mezbonlar Messiga imkon berishmadi. Ammo, shunga qaramay, so‘nggi soniyalarda uning chiroyli pasidan keyin kataloniyaliklar g‘alabani ilib ketishdi | |
| ' | ![]() |
"Barselona" juda qiyin o‘yinda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va "Real"n quvishda davom etadi. |
| 90+5' | ![]() |
"Valensiya" to‘pni o‘yinga kiritishi hakam bahsni yakunlab berdi |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuuh, qanday o‘yin! "Barselona" eng so‘nggi imkoniyatdan foydalanib qoldi! Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisidagi Alvesga kelib tushdi. U jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Messiga uzatma berdi. Leo darvozabon maydonchasiga to‘pni chiroyli tarzda yetkazdi. Neymarning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasini davrozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni Buskets kuchli zarba bilan ishg‘ol qildi! |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOLLL! Buskets, 0:1! |
| 90+3' | ![]() |
"Barsa" ketma-ket uchinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritmoqda |
| 92' | ![]() |
Vuuuuh! Otamendi to‘pni qaytarish chog‘ida Messini darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib qo‘ydi. Lionelning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Albaning uzatmasi darvozabon maydonchasida turgan Pedroga aniq yetib bordi. Ammo u zarba berishga tayyor emasdi |
| 84' | ![]() |
"Valensiya"da uchinchi o‘zgarish: Parexo o‘rniga Filipe tushirildi |
| 83' | ![]() |
Chap qanotdan Messi tomon chiroyli uzatma berildi. Lionel jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘zga bo‘ysundira olmadi |
| 82' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Alvaro Negredo o‘rniga Pako Alkaser tushdi. |
| 81' | ![]() |
Neymarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan jarima zarbasini Messi amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 80' | ![]() |
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Xavi va Suares o‘rniga Rafinya va Pedro tushirildi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuh! Klaudio Bravo jamoasini qutqarmoqda! Messi maydon markazida to‘pni yo‘qotganidan keyin mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Negredo kuchli tarzda darvoza tomon yo‘lladi. Bravodan ajoyib seyv, ajoyib reaksiya! |
| 76' | ![]() |
Rakitich burchak zarbasi ishladi |
| 74' | ![]() |
Messining jarima maydonchasi ichi tomon bergan uzatmasini qabul qilgan Suares ofsaydda qolgandi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuh, "Valensiya" qarshi hujumda darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi! Sufyon Figuliy o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirib keldi 6-7 metr masofadan zarba yo‘lladi! Bravo oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 70' | ![]() |
Goool emas! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib, o‘ng qanotdan yordamga kelgan Alvesga tushdi. Uning uzatmasidan keyin Suares darvozani ishg‘ol qildi. Ammo laynsmenni ofsaydni ko‘tarib, golni bekor qildi. Takroriy lavha esa ofsayd yo‘qligini ko‘rsatdi! |
| 69' | ![]() |
"Barselona"da dastlabki o‘zgarish: Jeremi Matyo o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi. Maskerano himoya markaziga suriladi |
| 66' | ![]() |
Oho, "Valensiya" Neymarga zarba berishga qarshilik qila olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Messiga jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berish imkoniyati berilmadi |
| 64' | ![]() |
Andre Gomeshga nisbatan jarima maydonchasining chap tomonida qoida buzildi. To‘p uzitilgan paytda mezbon jamoa hujumchilari raqib himoyachilariga nisbatan qoida buzishdi va o‘yin to‘xtatildi |
| 62' | ![]() |
Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Suares chaproqda qabul qildi va sheriklarining ochilishini kutdi. Orqaroqda ochilgan Xaviga to‘p yetkazildi. Yarim himoyachining zarbasi aniq bo‘lmadi |
| 60' | ![]() |
VUuuuuuh! Pike darvoza chizig‘i ustida jamoasini goldan qutqardi! BUrchak to‘pidan keyin Rodrigo zara yo‘lladi. To‘p Bravodan o‘tib ketdi, Jerar uni qaytarib qoldi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh! Suares! Darvozabon maydonchasiga tomon berilgan uzatma himoyachi bosh bilan yon tomonga urdi. Suares to‘p uchun kurashda darvozabondan ustun keldi, ammo bir himoyachi qo‘riqlayotgan davrozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi!!! Luis biroz shoshib qoldi. Urugvaylk futbolchi o‘yindagi ikkinchi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqda |
| 57' | ![]() |
Gomeshning uzatmsidan keyin to‘pni Bravo egalladi |
| 57' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Suares bosh bilan zarba berdi. To‘p Pikega tekkan holda darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Oho! Chap qanotdan berilgan uzatmadan keyin Negredo bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 53' | ![]() |
Xavining uzatmasidan keyin Alves to‘pni qabul qilib, Messiga berdi. Leo darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi, ammo Danni ofsaydda qolgan ekan |
| 51' | ![]() |
O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumdan so‘ng Matyo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan keyin Parexo yaqin masofadan zarba yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 49' | ![]() |
Endi mezbonlar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Negredo to‘pni darvoza tomon bura olmadi |
| 48' | ![]() |
Alba chap qanot bayroqchasi yonidan to‘pni uzatdi. To‘p darvoza to‘ri ustiga kelib tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishdi | |
| ' | Dastlabki 45 daqiqalikda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, o‘yin harorati ancha yuqori. Uchrashuv qiziqarli o‘tmoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuuh, "Valensiya" gol urgan holda tanaffusga chiqib ketishi mumkin edi. Qarshi hujum natijasida Andre Gomesh chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni qabul qildi, Bravoni aldab o‘tdi va ancha o‘tkir burchak ostidan darvoza tomon zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga kirib kelgan Neymarga to‘pni uzatdi. To‘p darvozabon Diyego Alvesga nasib qildi |
| 39' | ![]() |
"Valensiya" futbolchisi chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasining narigi tomoniga uzatib berdi. Feguli bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Pike to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 38' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan to‘pni darvozabn maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 37' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va o‘ng qanotda ochilgan Busketsga berdi. Serxio to‘pni o‘sha zahoti Leoga qaytardi, ammo hujumchi to‘pni to‘xtata olmadi |
| 35' | ![]() |
VUuuuuuh! Andre Gomesh jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
"Barselona"dan yana bir xavfli hujum zarbachaga yetib bormadi. Xavi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetib kelgan Alvesga to‘pni uzatdi. Danni zarba berish o‘rniga raqib aldashga qaror qildi va to‘pni yo‘qotdi |
| 30' | ![]() |
"Valensiya" burchak tpo‘ini o‘yinga kiritdi. Parexo 6-7 metr masofadan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 29' | ![]() |
Xordi Alba sariq kartochka oldi |
| 27' | ![]() |
Xavining uzatmasi to‘g‘ridan to‘g‘ri maydonni tark etdi |
| 27' | ![]() |
Neymarni chalib yiqitgani uchun Shkodran Mustafiga ogohlantirish ko‘rsatildi |
| 21' | ![]() |
Xavi burchak to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga aylantirdi. Diyego Alves mushtlari bilan to‘pni uzoqlashtirdi |
| 20' | ![]() |
O‘yinda asabiy vaziyat yuzaga keldi. Messi jarima maydonchasi chap tomondan kirgan Neymarga to‘pni uzatdi. Himoyachi Barragan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi, Neymar uning oyog‘iga urilib yiqildi. Yerda o‘tirgan hujumchining oldiga borgan himoyachi egildi va unga nimadir dedi. "Barsa" futbolchisi boshini yengil qimirlatgandi, himoyachi yuzini ushlab, o‘zini yerga tashladi. Biroz "razbor"lardan keyin hakam "Valensiya" a’zosi Barragan va Jerar Pikega ogohlantirish berdi |
| 19' | ![]() |
"Valensiya" futbolchisi jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
VUuuuuuh! O‘yndagi eng xavfli vaziyat yuzaga keldi! BUsketsning maydon markazidan bergan uzatmasini Neymar jarima maydonchasi ichida to‘xtatdi. Uning ortidan yetib kelgan Luis Suares 11 metrli nuqta atrofida darvoza tomon zarba yo‘lladi! To‘p Diyego Alvesga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi!!! |
| 10' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. "Valensiya" himoyalanishga majbur |
| 5' | O‘yinning dastlabki daqiqalarida maydonda tengkurash kechmoqda | |
| 2' | "Valensiya" oq, "Barselona" yorqin qizil rangli formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Valensiya" - "Barselona" uchrashuvi boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|