Angliya Premyer-ligasi
| 14-tur, 03 dekabr, 00:45 | ||
MANCHESTER YUNAYTEDMaruan Fellayni (21)
Xuan Mata (59) |
2 : 1 |
STOK STIStiven N`Zonzi (39)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
De Xea Smolling Roxo Kerrik Valensiya Yang Errera Fellayni Mata Uilson van Persi. |
Begovich Bardsli Shoukross Uilson Piters Kemeron Nzonzi Ayrlend Krkich Assaidi Diuf |
|
| ZAHIRA | ||
|
Lindegor Blekkett Makneyr Fletcher Yanuzay Falkao Kin |
Batlend Munyesa Palasios Arnautovich Adam Krauch Shenton. |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xuan Mata (60)
Eshli yang (90+1) |
Fil Bardsli (41)
Erik Piters (58) Stiven Ayrlend (72) Mark Uilson (90+5) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+6' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" katta mashaqqat evaziga g‘alabani saqlab qoldi |
| 90+5' | ![]() |
Mark Uilson sariq kartochka oldi |
| 90+4' | ![]() |
Vuh, yana vuuuuuuh! Bu safar Diuf 1 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Bu kecha "MYu" faqat omad tufayligina 3 ochkoni qo‘lga kiritmoqda. To‘p chap qanotdan diagonal uzatma bilan jarima maydonchasining o‘ng qanotiga yetkazildi. Arnautovich zarba berdi. De Xea to‘pni o‘z oldiga qaytardi. Diuf qaytgan to‘pga zarba berdi. Darvoza chizig‘i ustida paydo bo‘lgan Valensiya to‘pga oyoq qo‘ydi. To‘p chiziqni kesib o‘tdi, ammo to‘liq emas. Buni kompyuter sistemasi ham tasdiqladi! |
| 90+3' | ![]() |
Vuh, De Xea jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi! Boyan Krkich chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Mame Diuf bosh bilan zarba berdi. De Xea dahshatli seyv namoyish qildi! |
| 90+2' | ![]() |
"Manchester Yunayted"da o‘zgarish: Xuana Mata o‘rniga Adnan Yanuzay maydonda paydo bo‘ldi |
| 90+1' | ![]() |
Eshli Yang sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Krkich chap qanotdan aniq pas bera olmadi. |
| 86' | ![]() |
"Manchester Yunayted" o‘zgarish: Ander Errera o‘rniga Darren Fletcher tushdi |
| 84' | ![]() |
Antonio Valensiya o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Robin van Persi bosh bilan zarba bera olmadi |
| 80' | ![]() |
"Stok Siti"da o‘zgarish. Stiven Ayrlend o‘rniga Arnautovich tushirildi |
| 79' | ![]() |
Krkich chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Jamoadoshlaridan hech biri to‘pni egallay olmadi |
| 78' | ![]() |
"Manchester Yunayted"da ham o‘zgarish6 Jeyms Uilson o‘rniga Radamel Falkao tushirildi |
| 77' | ![]() |
"Stok Siti"da o‘zgarish: Ussama Assaydi o‘rniga Piter Krauch tushirildi |
| 77' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Ander Errera yerlatib berilgan pas bilan Fellaynini to‘p bilan ta’minladi. Maruanning kuchli zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 75' | ![]() |
Mezbonlar ishonchli o‘ynab, raqibga imkoniyat berishmayapti |
| 73' | ![]() |
Eshli Yang o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib Fellayniga uzatdi. Maruan yaqin burchakka uzatma berdi. Van Persining zarbasi esa darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 72' | ![]() |
Stiven Ayrlend maydon markazida Uilsonga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh, Uilson! Jeyms maydon markazidan to‘pni egallab, jarima maydonchasi yaqinigacha yaqinlashib keldi va kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 69' | ![]() |
Boyan Krkich 30 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq |
| 68' | ![]() |
Robin Van Persi raqib jarima maydonchasi yaqinida fol ishlatdi va o‘yin to‘xtatildi |
| 66' | ![]() |
Kris Smolling o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo himoyachilarni aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi |
| 65' | ![]() |
Boyan Krkich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasida turgan Diuf tomon uzatdi. De Xea darvozani tashlab chiqdi va to‘pni egalladi |
| 62' | ![]() |
Ander Errera o‘ng qanotdan xavfli uzatmani amalga oshirdi. Fellayni qulay vaziyatga chiqayotgan paytda himoyachi Fil Bardsli biroz chaqqonroq harakat qilib, to‘pni qaytarib qoldi |
| 60' | ![]() |
Xuan Mata ogohlantirish oldi. Maydon markazidagi ochiqcha qo‘pollik uchun |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Xuan Mata, 2:1! Mata o‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini darvozabon maydonchasi tomon aylantirdi. To‘pga Markos Roxo sakradi, ammo yeta olmadi. Shunga qaramay, to‘p darvoza to‘riga borib tushdi. Darvozabon chalg‘ib qoldi |
| 58' | ![]() |
Erik Piters ogohlantirish oldi. Eshli Yangni qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun |
| 55' | ![]() |
Van Persining oyoqqa bergan zarbasidan keyin Erik Piters jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 53' | ![]() |
Eshli chap qanotdan uzatmasidan keyin mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Yang burchak to‘pin amalga oshirdi. Asmir Begovich mushtlar bilan to‘pni uzoqlashtirdi |
| 50' | ![]() |
Errera chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Yangga to‘pni uzatdi. Eshlining uzatmasi esa ancha noaniq bo‘ldi |
| 48' | ![]() |
Mataga qarshi ishlatilgan fol uchun jabrlanuvchining o‘zi jarima zarbasini amalga oshirdi. Begovich to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Hozircha "MYu" - "Stok Siti" - 1:1. Tanaffus. Ikkinchi bo‘lim qiziqroq o‘tadi degan umiddamiz | |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limni yakunlab berdi |
| 43' | ![]() |
Eshli Yang chap qanotdan zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
Eshli Yang olis ustun tomon to‘pni uzatdi. Qaytarilgan to‘pni Kris Smolling egallab oldi. Himoyachi muvaffaqiyatli zarba bera olmadi, biroq to‘p rekoshet holatida Maruan Fellayniga kelib tushdi. Yarim himoyachining yaqin masofadan bergan zarbasini Asmir Begovich qaytardi va jamoasini goldan qutqardi! |
| 41' | ![]() |
Fil Bardsli ogohlantirish oldi. U chap qanotdan hujumga o‘tgan Eshli Yangni chalib yiqitdi. Mezbona jarima zarbasi tepishadi |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOL, Stiven N`Zonzi, 1:1! Vuh, mehmonlar kutilmaganda hisobni tenglashtirishdi! Maruan Fellayni maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Boyan Krkich dribling orqali jarima maydonchasiga kirib keldi va uning zarbasidan keyin to‘p Smollingga tegib, Stiven N'Zonziga bordi. U esa kuchli zarba bilan De Xea darvozani ishg‘ol qildi. |
| 35' | ![]() |
Yana avvalgi vaziyatning "nusxasi": Yangdan uzatma, Begovich to‘pni ushlab oldi |
| 33' | ![]() |
Eo‘li Yang chap qanotdan havolatib uzatmani amalga oshirdi. Begovich to‘pni osonlik bilan egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Ussama Assaydi tomonidan burchakdan yetkazilgan to‘p tezligi yuqori bo‘ldi. U hech kimga tegmay, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmadan keyin mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 28' | ![]() |
O‘yin nazorati to‘laligacha "MYu" tomonida. "Stok Siti" himoyalanishdan boshqa chora topa olmayapti |
| 24' | ![]() |
Ussama Assaydi jarima maydonchasining chap qanotida to‘pni qabul qildi va ichkariga kirmoqchi bo‘ldi, ammo Maruan Fellayni undan to‘pni olib qo‘ydi. |
| 23' | ![]() |
Mezbonlar muhim gol urib olishdi va endi "Stok Siti" qiyin ahvolda qoldi. Ular ochilishga majbur bo‘ladilar |
| 21' | ![]() |
GOOOOOOOL! Maruan Fellayni, 1:0! Ander Errera chap qanotdan to‘pni chiroyli tarzda olis ustun tomonga uzatdi. Maruan Fellayni bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 16' | ![]() |
!!! Errera hisobni ochishi shart edi! Darvozabon Asmir Begovich o‘z jamoadoshi uo‘atgan to‘pni kutilmaganda van Persiga berib qo‘ydi. Robin o‘tkir burchak ostidan darvozabon bilan yuzma-yuzz vaziyatga yaqinlashib keldi va to‘pni markazroqda turgan Erreraga uzatdi. Ander doljen 13 metrdan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilish o‘rniga to‘pni muxlislarga sovg‘a qildi! |
| 10' | ![]() |
Ustunlik Van Gal shogirdlari tomoniga o‘tmoqda |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar futbolchisi ham chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Begovich to‘pni ushlab oldi |
| 5' | ![]() |
"Stok Siti" bitta hujum paytida to‘pni ikki marta chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatdi. Manchesterliklar xavfni bartaraf etishda |
| 3' | ![]() |
"MYu" qizil-oq, mehmonlar ko‘k rangli formada harakat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
"Manchester Yunayted" APLning 14-turi doirasida "Stok Siti"ni o‘z maydonida qabul qilmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|