Angliya Premyer-ligasi
| 14-tur, 04 dekabr, 00:45. Bosh hakam: Mayk Din | ||
CHELSIEden Azar (19)
Didye Drogba (22) Loik Remi (73) |
3 : 0 |
TOTTENXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua 2.Sezar Aspilikueta 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 2.Branislav Ivanovich 16.Oskar 22.Villian 4.Sesk Fabregas 21.Nemanya Matich 10.Eden Azar 11.Didye Drogba |
1.Ugo Lyoris 5.Yan Vertongen 21.Federiko Fasio 6.Vlad Kirikesh 33.Ben Devis 18.Xarri Keyn 7.Aaron Lennon 42.Nabil Bentaleb 38.Rayan Meyson 23.Kristian Eriksen 11.Erik Lamela |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Nemanya Matich (50)
|
Vlad Kirikesh (48)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Tottenxem" - 3:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 84' | ![]() |
Burchak to‘pini Mourinyo shogirdlari qaytarishdi |
| 83' | ![]() |
Aspilikueta jarima maydonchasi ichida yiqildi. Himoyachi uning ortidan itarib yubordi. Ammo hakam penalti belgilamadi |
| 80' | ![]() |
Kirikesh posbon Kurtuaning oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va o‘ng qanotda darvoza tomon zarba yo‘lladi. Tibo to‘pni egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Fabregas maydonni tark etdi. O‘rniga Obi Mikel tushdi |
| 74' | ![]() |
Vuuuh! Oskar 15 metrdan noaniq zarba yo‘lladi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOOL! Loik Remi, 3:0! Azar chap qanotdan birgina pas bilan hujumchin jarima maydonchasiga boshladi. Remi Vertongendan o‘tib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 72' | ![]() |
"Tottenxem" mezbonlarning zich himoyasini yorib o‘tishga qiynalmoqda |
| 68' | ![]() |
Kirikesh o‘ng qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Kuchliroq chiqdi bu uzatma |
| 67' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Drogba o‘rniga Loik Remi tushdi |
| 64' | ![]() |
"Parashyut" uslubida yetkazilgan to‘pni Kurtua egallab olayotgandi, Shodli unga urildi. Tibo ikkinchi urinishda to‘pni ushlab oldi |
| 63' | ![]() |
"Shporlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Yan Vertongen bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 60' | ![]() |
Azar chap qanotdan to‘pni qabul qilib, Oskarga berdi. OSkar esa darvozabon maydonchasi yaqinida turgan Drogba tomon uzatdi. Didyening oyog‘iga to‘p o‘tirmadi. Takroriy zarba esa himoyachidan maydonni tark etdi |
| 57' | ![]() |
"Tottenxem"da ikkita o‘zgarish yuz berdi. Lennon va Meyson o‘rniga Shodli va Paulinyo tushirildi |
| 51' | ![]() |
Keyn jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni chap tomondagi Lennonga uzatdi. Aaron bir himoyachini aldash chog‘da to‘pni yo‘qotdi |
| 51' | ![]() |
"Tottenxem" futbolchisi 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
Endi Nemanya Matich ogohlantirish oldi |
| 48' | ![]() |
Kirikesh sariq kartochka oldi. Eden Azarning formasidan tortib to‘xtatgani uchun |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Tottenxem" - 2:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Vuuh! "Chelsi" hisobni birinchi bo‘limning o‘zidayoq yirik ko‘rinishga keltirishi mumkin edi. Oskar burchakdagi bayroqcha yonida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga kirib borib, biroz orqaroqda turgan Villianga uzatma berdi. Villianning kuchli zarbasini Lyoris egallab oldi |
| 44' | ![]() |
"Chelsi" futbolchilari to‘pni yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazishdi. Raqib xavfni bartaraf etdi |
| 41' | ![]() |
Chap qanotdan tashkil qilingan hujum markazga ko‘chdi va Villian 18 metrlardan zarba yo‘llad. Lyoris to‘pni egalladi |
| 40' | ![]() |
Keyn jarima maydonchasiga kirib borib, birga bir vaziyatda yo‘llagan zarbasini Kurtua bartaraf etdi, ammo Xarri ofsaydda qolgan ekan |
| 38' | ![]() |
Ivanovich yetkazib bergan to‘pga Drogba jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Ammo Didye ofsaydda qolgandi |
| 37' | ![]() |
Drogba jarima zarbasini amalga oshirdi. Aaaaancha noaniq |
| 33' | ![]() |
Rayan Meyson jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Kurtua muammosiz to‘pni egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Lennon sheriklari orqali qisqa pas o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bormoqchi bo‘ldi. Mezbon jamoa himoyachilari to‘pni qaytarishdi |
| 25' | ![]() |
O‘yin boshidan mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishlari kerak edi, endi esa Mourinyo shogirdlari hisobni mustahkamlab olishdi. Buning nomini "klass" yoki mahorat deyishadi |
| 22' | ![]() |
GOOOOOOOL! Didye Drogba, 2:0! "Tottenxem" darvozaboni Ugo Lyoris qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U to‘pni uzoqlashtirish chog‘ida Azarga to‘pni berib qo‘ydi. Eden jarima maydonchasiga kirib borayotgan Drogbaga uzatma berdi. Didye birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 21' | ![]() |
Bentalab 30 metrlardan zarba yo‘lladi. noaniq |
| 19' | ![]() |
GOOOOOOOL! Eden Azar, 1:0! Belgiyalik futbolchi jarima maydonchasi ichida turgan Drogba bilan "devor" o‘ynadi va deyarli birga bir vaziyatga chiqib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi! |
| 17' | ![]() |
Vuuuh! Villian chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Drogbaga to‘pni uzatdi. Didye uni Fabregasga to‘xtatib berdi va Sesk 17 metrdan zarba yo‘lladi. Ugo Lyoris zarbani qaytardi |
| 14' | ![]() |
"Tottenxem" ancha dadil o‘ynamoqda. "Shporlar" 2 marta hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Xarri Keyn "Chelsi"ni yana bir marta kechirmoqda! U Ivanovichdan to‘pni olib qo‘ydi, jarima maydonchasiga kirib keldi, Aspilikuetadan ham o‘tdi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
Fabregas chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi uni qaytardi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Chelsi"ni darvoza to‘sini goldan qutqarmoqda! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Xarri Keyn bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pga yeta olmadi. To‘p darvoza to‘sinidan maydonga qaytdi |
| 3' | ![]() |
Jarima to‘pi hech kimga tegmay, jarima maydonchasining narigi qanotiga o‘tib, to‘p jarima maydonchasiga qaytarildi. Vertongen bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Jarima maydonchasining chap qanotida "Tottenxem" futbolchisiga nisbatan Ivanovich o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortishdi. O‘yin boshlanish arafasida |
| ' | "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi APLning 14-tur bahsini kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|