Angliya Premyer-ligasi, 22-tur.
| 19 yanvar, soat 21:00 | ||
CHELSIEto'O (17, 44, 49)
|
3 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDErnandez (77)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Chex David Luiz Terri Keyxill Aspilikueta Villian Ramires Ivanovich Oskar Edin Azar Eto′O |
De Xea Vidich J.Evans Jons Evra Rafael Kerrik Eshli Yang Yanuzay Valensiya Uelbek |
|
Matn
| ' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Yakuniy hisob 3:1. Eslatib o‘tamiz Eto'Oning uchta goliga Chicharito gol bilan javob berdi. |
| 90+1' | ![]() |
Asablarini tutib tura olmagan Vidich qizil kartochka bilan siylandi. Maydon markazida Azarni juda qo‘pollik bilan yiqitgan sardor aybini o‘zi tan olmoqda. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 86' | ![]() |
Villian o‘rniga Nemanya Matich tushdi. Matichning Londonga qaytgandan keyingi birinchi o‘yini. |
| 80' | ![]() |
O‘yin qahramoni bo‘lishi haqiqatga yaqin bo‘lib borayotgan Samuel Eto'O maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Torres maydonga tushdi. |
| 78' | ![]() |
Chicharito «MYu»ni o‘yinga qaytardi. Darvoza yaqiniga yetkazib berilgan to‘pni ofsayd chizig‘ida juda yaxshi o‘ynagan Ernandes hisobni qisqartirdi. |
| 77' | ![]() |
Goooooooooooooool. Chicharito. |
| 72' | ![]() |
«MYu» qanotlardan o‘ynashga harakat qilmoqda, lekin har safar to‘p uzatishlar noaniq bo‘lmoqda. |
| 69' | ![]() |
«MYu» burchakdan to‘p tepdi. Uelbekning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 68' | ![]() |
Oskar maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Jon Obi Mikel tushdi. |
| 65' | ![]() |
«Chelsi» navbatdagi burchak to‘pidan unumli foydalana olmadi. |
| 63' | ![]() |
O‘yin juda sekinlashib ketdi. |
| 60' | ![]() |
Villian hisobni sharmandali holatga keltirishi mumkin edi, lekin uning zarbasini De Xea qaytardi. |
| 57' | ![]() |
O‘yindagi birinchi o‘zgarish. Eshli Yang o‘rniga Chicharito tushdi. |
| 56' | ![]() |
O‘yinni Devid Bekxem ham kuzatib bormoqda. |
| 54' | ![]() |
Uchinchi gol «MYu»ni butunlay cho‘ktirib qo‘ydi. Futbolchilarda xohish ham qolmaganday. Ko‘zlaridan o‘yinni tezroq yakunlash istagi sezilmoqda. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. |
| 50' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni hujum bilan boshlashi kutilgan «MYu» Eto'Odan yana bir gol qabul qilib oldi. Burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Keyxil bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Qaytgan to‘pni Eto'O golga aylantirdi. U bugun xet-trikga erishdi. |
| 49' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Samuel Eto'Oning ikkita goli hozircha «Chelsi»ga g‘alaba keltirmoqda. |
| 45+1' | Buni Sameul Eto'O deyishadi. U katta o‘yinlarga qanday o‘ynash kerak ekanini biladi. Azar o‘ng qanotdan to‘pni hujumchiga yetkazib berdi va Samuel zarbada adashmadi. 2:0. | |
| 45' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 42' | ![]() |
Uxxxxxxxxxxx. «Chelsi» daxshatli hujumni amalga oshirdi. Himoyadan to‘pni qabul qilib olgan Villian maydon markazini bir o‘zi bosob o‘tdi va uni chaproqdagi Azarga uzatdi. Azar zarba berishga imkon qidirdi, lekin iloji bo‘lmagach qanotga o‘tib to‘pni Ramiresga uzatdi uning darvoza yaqiniga yetkazgan to‘pini Oskar Papen uslubida darvozaga yo‘lladi, lekin zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi. |
| 38' | ![]() |
Yanuzay xuddi bir necha daqiqa avvalgiday himoyachilarni chalg‘itgan holda to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Bu yerda UYElbek to‘pning himoyachilardan o‘tishini kutmadi va imkoniyatni boy berdi. |
| 36' | ![]() |
«Chelsi» tezkor qarshi hujumga ketayotganidan Eshli Yang Ramiresni ushlab qoldi va Fil Daut o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkani Yangga ko‘rsatdi. |
| 34' | ![]() |
Azar raqib jarima maydoniga yaqin to‘pni Valensiyadan olib qo‘ydi. Hujumni davom ettirishi mumkin edi, lekin bu uchun Valensiyani yiqitishga to‘g‘ri keldi va hakam jarima belgiladi. |
| 31' | ![]() |
Adnan Yanuzay David Luisni ajoyib tarzda aldab o‘tdi va to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berdi, lekin hujumchilardan hech kim ko‘rinmadi. Runi hamda van Persining o‘rni bilina boshladi. |
| 26' | ![]() |
Yanuzay jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘zida saqlab turdi. Zarba berishga harakat qildi, himoyachilardan qaytgan to‘pni egallab olgan Evra qanotdan turib kuchli zarba berdi, leki to‘p darvoza to‘riga orqa tomondan borib tegdi. |
| 23' | ![]() |
«Chelsi» juda tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Ramires va Eto'Olar maydon markazini ajoyib tarzda bosib o‘tishdi, lekin Ivanovich to‘pni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 21' | ![]() |
Eden Azar qanotdan ajoyib tarzda himoyachilarni ortda qoldirdi, lekin hal qiluvchi daqiqada himoyachilar yaxshi o‘ynashdi. «Chelsi» burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi. |
| 19' | ![]() |
O‘yindagi birinchi sariq kartochka David Luisga ko‘rsatildi. O‘yinga gol yetishmayotgan edi. Har ikki jamoa ham goldan keyin jonlanib qolishdi. |
| 18' | Eto'O. Samuel chap qanotdan jarima maydonchasi tomon yorib keldi va darvoza tomon zarba berdi. Yo‘l-yo‘lakay Maykl Kerrikga tekkan to‘p «MYu» darvozasidan joy oldi. | |
| 17' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooollllllll |
| 13' | Ayni vaqtlarda o‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Mourinyo bugun Devid Luisni tayanch yarim himoyasida o‘ynatmoqda. Bu esa o‘z samarasini bermoqda. | |
| 11' | ![]() |
«Chelsi» birinchi marta 10-daqiqaga kelib zarba berdi. Ramiresning jarima maydonchasi tashqarisidan turib bergan zarbasi juda kuchsiz chiqdi. |
| 9' | ![]() |
«MYu» raqibni o‘z usulida ushlamoqda. Devid Moyes jamoasi maydonning «Chelsi» o‘ynayotgan yarmidayoq pressingda. |
| 6' | ![]() |
Adnan Yanuzay juda faol o‘ynamoqda. 6-daqiqaga kelib «MYu» ikkinchi marta burchak to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi. |
| 3' | Har ikki jamoada ham hayajon bor ekani birinchi daqiqalardanoq bilinib turibdi. Hozircha aytarli taktikalar amalga oshirilmayapti. To‘p goh «Chelsi», goh «MYu» darvozasi oldida aylanmoqda. 2-daqiqaga kelib «MYu» ilk xavfli zarbani berishga muvoffaq bo‘ldi. | |
| 1' | ![]() |
Hakam hushtak chaldi va o‘yin boshlandi. |
| ' | Assalomu alaykum, Angliya futboli muxlislari. Barchangizni «Chelsi» hamda «MYu» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatib borishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|