Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya Premyer-ligasi

14-tur, 6 dekabr, 23:59. Bosh hakam: Undiano Malyenko

REAL MADRID

Ronaldu (36-pen., 65, 81)

3 : 0

SELTA

JAMOALAR TARKIBI
01.Iker Kasilyas
04.Serxio Ramos
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
03.Pepe
11.Garet Beyl
08.Toni Kroos
24.Asyer Ilyaramendi
10.Xames Rodriges
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  01.Serxio Alvares
02.Ugo Malyo
22.Gustavo Kabral
19.Jonni
06.Nemanya Radoxa
23.Mikayel Kron-Deli
03.Andreu Fontas
05.Pedro Ernandes
14.Fabian Orelyana
11.Xoakin Larrivey
10.Nolito
ZAHIRA
13.Keylor Navas
18.Nacho Fernandes
02.Rafayel Varan
05.Fabiu Kuentrau
17.Alvaro Arbeloa
26.Alvaro Medran
14.Xavyer Ernandes
  13.Ruben Blanko
21.Karses Planas
20.Serxi Gomes
24.Augusto Fernandes
08.Aleks Lopes
09.Charlz
07.Santi Minya
SARIQ KARTOCHKA
Xames Rodriges (38)
Karvaxal (75)
Arbeloa (79)
 
Gustavo Kabral (11)
Pedro Ernandes (77)

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. "Real" - "Selta" - 3:0. Karlo Anchelotti "Real"i ketma-ket 18-g‘alabani qo‘lga kiritdi va Raykard davridagi "Barselona" rekordini takrorladi
90+1'
Zarba yana jonli devorga tegdi
90+1'
"Selta" 18 metrdan jarima zarbasini tepadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
88'
Larrivey jarima maydonchasi ichida qaychi uslubida zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi, uning oyog‘i Ramosning boshiga tegib ketdi
87'
Asyer Ilyarramendi sariq kartochka oldi
85'
"Real"da o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Xavyer Ernandes tushirildi
81'
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu! Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari oldida to‘pni yo‘qotishdi. To‘pni egallagan Beyl chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Marseloga yetkazdi. Braziliyalik himoyachi o‘z vaqtida Ronalduni to‘p bilan ta’minladi va Krishtianu darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! Xet-trik! MAvsumdagi 23-gol. Uning La ligadagi gollari soni 200taga yetdi
80'
Nolitoning zarbasi xavfli bo‘ldi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib urildi!
79'
Arbeloa sariq kartochka oldi
79'
Vuuuuh! Kroos jarima to‘pini darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Beyl bosh bilan to‘pni ortga qarab urdi. Olis "to‘qqizlik"ka yo‘l olayotgan to‘pni Alvares egallab oldi
77'
Pedro Ernandes ogohlantirildi
76'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani "Selta" hujumchisi raqib darvozabon maydonchasi yaqinida ko‘kragi bilan qayta ishlamoqchi bo‘ldi, biroq to‘p Kasilyas tomon ketib qoldi
75'
Karvaxal hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi. Biroz avval unga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun MAlyenko o‘yinni to‘xtatmagandi
74'
Vuuuuh! Benzema birga bir vaziyatda darvozabonni alday olmadi. Karim to‘pni posbonning qo‘liga tutqazib qo‘ydi
73'
Oho! To‘p "Real" jarima maydonchasiga yetkazildi. Hujumchi bosh bilan to‘pni Fernandes tomon uzatdi. Bu yerda Kasilyas chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi
73'
Qarshi hujum paytida Ronaldu ofsaydda qoldi
72'
Burchak to‘pi paytida to‘p uchun sakragan Ramos "Selta" futbolchisining oyog‘ining ortidan bosib oldi. Futbolchi jarohat oldi
71'
Nolito jonli devor ustidan oshirib, Kasilyas uchun olis burchak tomon to‘pni yo‘llagandi. To‘p jonli devordagi Beylning boshidan maydonni tark etdi
70'
"Selta"da o‘zgarish bo‘ldi. Orelyana o‘rniga Augusto Fernandes tushirildi
69'
"Real" darvoza tomon 18 metrdan jarima zarbasi belgilandi. Darvozaning to‘g‘risidan
65'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Kroos jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni Ronalduga uzatayotganida himoyachining oyog‘iga tepgan to‘p yuqoriga ko‘tarildi va Krishtianu zarba berishi uchun qulay holatga keldi. Hujumchi yaqin masofadan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi
62'
Qarshi hujumda Ronaldu-Benzema-Beyl kombinasiyasidan so‘ng Garet jarima maydonchasining chap tomonidan, darvozaga 13 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Alvares jamoasini qutqardi!
62'
"Selta" burchak to‘pini maydonga kiritib, qisqa paslar bilan jarima maydonchasiga kirib borayotganida to‘pni yo‘qotdi
60'
"Selta" hujumchisi Larrivey jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi. Ramos "podkat"da to‘pni qaytardi va to‘p hujumchining oyoig‘idan maydonni tark etdi
59'
Beyl chap qanotdan ikki marta to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
56'
O‘ng qanotdan uzatma bilan Beyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarildi. Garet darvozani ishg‘ol qila olmadi. Hakamlar esa ofsayd qayd etishdi, ammo o‘yindan tashqari holat yo‘q edi
55'
Beyl chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga aylantirdi. To‘p himoyachidan o‘tganida Benzema zarba berishga tayyor edi
53'
Xames Rodriges jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Arbeloa tushirildi
51'
Benzema himoyachilarning ustidan oshirib, to‘pni jarima maydonchasida turgan Ronalduga uzatdi. Ammo Krishtianu ofsaydda qolgandi
46'
Vuuuuh! "Selta" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi! Fabian Orelyana 15 metrdan olis burchakka to‘pni aylantirishga harakat qildi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
Hozircha "Real" - "Selta" - 0:1. Krishtianu Ronaldu tomonidan ishlangan shubhali penalti (himoyachi Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisida ushlab, keyin qo‘yib yuborgan ekan. Ronaldu ichkariga kirib yiqildi)dan urilgan gol tufayli madridliklar g‘alaba qozonishmoqda. Tanaffus
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi
45+1'
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba ancha noaniq bo‘ldi
44'
Karvaxal himoyaning o‘ng qanotida qoida buzdi.
41'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvoza ustuniga juda qin keldi. To‘pni o‘ng qanotda ochilayotgan Benzemaga uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi
39'
Uuuuh! Xames Rodriges 18 metrdan zarba yo‘lladi. Alvares to‘pni maydon tashqarisidan chiqarib yubordi
38'
Xames Rodriges ogohlantirish oldi
36'
GOOOOOL! Ronalduning o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi. U mavsumda yettinchi marta penaltidan gol urmoqda
35'
O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga kirayotgan Ronaldu tomon yetkazildi. Xonni Krishtianuni ortida ushladi va darhol qo‘yib yubordi. Buni sezgan Ronaldu darhol o‘zini yerga tashladi. Shubhaliroq penalti
35'
Nolito ogohlantirish oldi
35'
PENALTI! "Selta" darvozasiga! Ronaldu ishladi!
33'
Ammo "Real" to‘pni egallashi bilan qarshi hujumda juda tez harakat qilmoqda. Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasida turgan Xames aniq uzatma berdi. Rodriges 12 metrlardan to‘pni darvoza burchagi tomon yo‘lladi. Alvares to‘pni egallab oldi
32'
To‘p nazorati yana "Selta" tomonida. Ular o‘yin haroratini pasaytirishga harakat qilishmoqda
29'
"Real" futbolchisi maydon markazida to‘pni yo‘qotdi, mehmonlar ko‘pchilib bo‘lib qarshi hujumga o‘tishdi. Ilyaramendi o‘z jarima maydonchasi ostonasida to‘pni egallab olib, jamoasining qarshi hujumiga asos soldi. "Selta" to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish orqali xavfni bartaraf etdi
27'
Zarbaaaa! Marseloning uzatmasidan keyin Ronaldu to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida qabul qildi va ichkariga kirib, bir himoyachi ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Alvares yaqin burchagini yopdi, to‘p maydonni tark etdi
26'
"Qirollik klubi"ning dastlabki daqiqalaridagi bosimini bartaraf etgan vigoliklar to‘pni nazorat qilishga, hujum tashkil qilishga harakat qilishmoqda
24'
Beylning jarimadan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
23'
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 27 metrlar bor
21'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Benzemaning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to‘p ancha yuqoriga ketib qoldi
20'
Vuh! Agar Marselo so‘nggi uzatmani qaytarib qolmaganida, "Selta" futbolchisi jarima maydonchasi ichida Kasilyas bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi
18'
Vuuuuuh, Ronaldu!!! Ilyaramendi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. 11 metrli nuqtadan 3-4 metr chaproqda Krishtianu qaychi uslubida zarba berdi! To‘p darvoza to‘sini ustidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi!
17'
"Selta" qisqa paslar bilan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo so‘ngi uzatma kuchli bo‘ldi va to‘p maydonnni tark etdi
13'
VUuuuuuh! Rodriges jarima maydonchasiga chap qanotdan kirib keldi va o‘ng tomonda ochilayotgan Ronalduga to‘pni uzatdi. Krishtianu zarba berishga chog‘alanayotganida Xonni oyog‘ining uchi bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurib qoldi.
11'
Gustavo Kabralga sariq kartochka. Maydon markazida Xamesga nisbatan xavfli o‘yin qildi
10'
VUuuuuh! Ramos yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Krishtianu bosh bilan zarba berdi. Darvozabondan qaytgan to‘pni Serxio Ramos 4 metrdan darvozaga yo‘llay olmadi!
9'
Benzema-Karvaxal kombinasiyasidan keyin to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Ronaldu zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
8'
"Selta"ning hujumi paytida mehmonlar ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Faqat o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p vigoliklardan hech biriga nasib etmadi
7'
Beyl jarima maydonchasining o‘ng qanotidan to‘pni yerlatib darvozabon maydonchasiga uzatdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
5'
Ronaldu o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Benzema to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
2'
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni narigi qanotga uzatdi. Uzatma kuchli chiqdi va to‘p yon tomondagi chiziqni tark etdi
2'
"Real" oq, "Selta" yashil rangli formalarda harakat qilishmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Uchrashuv boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi
'
Barchangizni La ligaga taklif etamiz. "Real" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.