Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

14-tur, 7 dekabr, soat 21:00

BARSELONA

Messi (45, 50, 81)
Pike (53)
Pedro (77)

5 : 1

ESPANYOL

Serxio Garsiya (13)
JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo
18.Xordi Alba
22.Dani Alves
3.Jerar Pike
4.Ivan Rakitich
5.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
6.Xavi Ernandes
9.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
  13.Kiko Kasilya
23.Anaits Arbilla
22.Alvaro Gonsales
32.Erik Beyli
18.Xuan Fuyentes
17.Lukas Vaskes
14.Kanyas
4.Viktor Sanches
6.Salva Sevilya
9.Serxio Garsiya
20.Felipe Kaysedo
SARIQ KARTOCHKA
 
Xuan Fuyentes (29)
Alvaro Gonsales (69)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Barselona" - "Espanyol" - 5:1. Luis Enrike jamoasi "Real"ni quvishda davom etadi
90+2'
O‘yin yakunlandi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
90'
To‘p to‘lig‘icha "Kamp Nou" egalarida.
85'
Messi navbatdagi rekordni ham xet-trik bilan qayd etdi. U Kataloniya derbisida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi!
81'
GOOOOOOOOL! Messsiiiii! 5:1! Xet-trik! Leo maydon markazida to‘pni qabul qildi va yo‘l-yo‘lakay ikki himoyachidan o‘tib, o‘ng qanotda hujumga qo‘shilgan Pedroga to‘pni uzatib, o‘ziga qaytadigan kelgan to‘pga o‘ng oyoqda kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
80'
Messi-Alves kombinasiyasidan so‘ng Danni o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Neymar to‘pga yeta olmadi
77'
GOOOOOOL! Pedro, 4:1! Alba maydonning jamoasiga tegishli qismi va qanotidan olis masofaga, narigi qanotidan to‘pni yetkazdi. Pedro darvozabon bilan birga vaziyatga chiqib bordi va darvozaning olis burchagini nishonga oldi! Unda to‘pni Messiga uzatish varianti ham bor edi..
77'
Mehmonlarning kamsonli hujumi paytida chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Maskerano qaytardi
76'
Messi-Xavi kombinasiyasidan so‘ng Inyesta darvoza tomon zarba berdi. To‘p uning oyog‘iga o‘tirmadi
74'
Messining uzatmasidan keyin jarima maydonchasi o‘ng tomondan kirib kelgan Alves bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. To‘p mezbonlarga nasib etmadi
73'
Alvesning o‘ng qanotdan bergan uzatmasidan keyin Inyesta 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
70'
Jarima zarbasini Messining o‘zi yo‘lladi. Tzp darvoza ustidan o‘tib ketdi
70'
"Barsa"da o‘zgarish: Suares o‘rniga Pedro tushdi
69'
Alvaro Gonsales ogohantirish oldi. U Messini xunuk tarzda, ochiqchasiga yiqitdi
66'
Xavining uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan yolg‘iz odinga o‘tdi va chap qanotda ochiq turgan Neymarga to‘pni uzatdi. Ammo urugvaylik hujumchi ofsaydda qolgandi
65'
"Barsa"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Andres Inyesta maydonga tushdi
64'
Rakitich 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Himoyachi zarbani qaytardi
63'
Qarshi hujum paytida Xavi yuqoridan to‘pni jarima maydonchasiga kirib kelgan Alvesga uzatdi. To‘pni darvozabon egallab oldi
58'
"Barsa"ning o‘yini ochilib ketdi. Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. Beyliga tekkan to‘p maydonni tark etdi
53'
GOOOOOOL! Pikeeee, 3:1! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Pike bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!!!
50'
GOOOOOOOOOOL! Messsssssiiii! 2:1! Neymar himoya chizig‘idan to‘pni egalladi va ikki himoyachidan o‘tib, chap qanotdan oldinga o‘tgan Suaresni oldinga boshladi. Luis to‘xtadi va markazdan jarima maydonchasi yaqinlashib kelayotgan Messini ko‘rdi va uni to‘p bilan ta’minladi. Loye bir himoyachini aldab, 16 metrdan zarba yo‘lladi va darvozani ishg‘ol qildi!
49'
Messi chiroyli uzatma bilan Neymarni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Beyli braziliyalik hujumchini yelka bilan turtib, jarima maydonchasi ichida yiqitdi, penalti yo‘q
47'
"Barsa" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavining uzatmasiga Pike yeta olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi
45'
GOOOOOOOOOOL! Messiiii, 1:1! "Barsa" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilgan Xavi uni darhol jarima maydonchasi tashqarisida turgan Messi uzatdi. U bir himoyachini chalg‘itdi va chap oyoqda o‘z uslubida darvoza burchagini aniq nishonga oldi!
43'
Burchak to‘pi uzatilganidan keyin Suares o‘yin qoidasini buzdi
42'
Vuuuuuh! "Espanyol" futbolchisi Viktor Sanches darvozabn bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtirib yuborgani uchun Bravo "podkat" orqali to‘pni qaytarishga ulgurdi!
38'
Vuuuuuuh! Messining chiroyli uzatmasidan keyin Alba 5-6 metrdan darvozaga zarba yo‘lladi. To‘p Kiko Kasilyaga tegib qaytdi va Albaning oyog‘idan tark etdi
36'
Rakitich-Xavi-Suares kombinasiyasidan keyin Luis jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
35'
Mehmonlarning hujumi paytida Serxio Garsiya chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Tzp hech kimga nasib qilmay, maydonni tark etdi
34'
Messining uzatmasidan keyin Suares ofsaydda qoldi
33'
Vuuuuh, Messi birdaniga 3 himoyachidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Zarba o‘xshamadi, darvozabon to‘pni egalladi
32'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Pike bosh bilan zarba berdi. Kiko Kasilya to‘pni egallab oldi
32'
"Barsa" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi. Rakitichning uzatmasidan keyin to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
30'
Vuuuuuh, Messsssiii! Uning jarimadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib, maydonga qaytdi! Davrozabon tomoshabinga aylangandi bu zarba oldida
29'
Xuan Fuyentes ogohlantirish oldi. U shundoqqiga jarima maydonchasi ostonasida Messini yiqitdi
28'
"Espanyol" to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasining chap qanotida yolg‘iz turgan Serxio Garsiya uzatmani qabul qildi va zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, to‘pni Bravo egalladi
27'
Messi to‘pni jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Alvesga uzatdi. Danni darvozabon maydonchasiga yaqinroq joyda turgan Suaresga uzatdi. To‘p Luisning oyog‘idan darvozabonga bordi
23'
Neymar jarima maydonchasiga kirib borgan Rakitichni to‘p bilan ta’minladi. Ivan darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda himoyachi to‘pni olib qo‘ydi
21'
Xavi 18 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
20'
Neymarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Davrozagacha 30 metr masofa bor
19'
Messi chap qanotda ochilayotgan Albaga chiroyli pas bergandi. Xordi to‘pga biroz yeta olmadi
18'
Rakitich to‘pni Messiga uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lgandi, Leoning uzatmasini darvozabon egallab oldi
13'
GOOOOOOL! Serxio Garsiya, 0:1! Serji Buskets qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Raqib futbolchisi maydon markazida uni ta’qib qilayotganiga qaramay, u to‘pni sheriklariga tezroq uzatmadi. Natijada to‘pni Keysedo undan to‘pni olib qo‘ydi. Garsiya esa to‘p bilan jarima maydonchasi yaqinlashib keldi. U Pikeni chalg‘itdi va zarba berdi. Bravo zarbani qaytara olmadi!
9'
Messi jarima maydonchasiga yaqinlashib kelayotgan Xaviga uzatdi. Yarim himoyachi bir urinishda to‘pni himoyachining yonidan o‘tkazib, o‘zi ham jarima maydonchasi ichkariga kirib borayotganida himoyachi yiqilib tushdi va XAvi ham unga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilashga jazm qilmadi
8'
Mehmonlarning xavfli hujumi. To‘p o‘ng qanotdan davrozabon maydonchasiga yetkazildi. U yerda 2 nafar "Espanyol" hujumchisi bor edi, biroq Alba to‘pni qaytarishga ulgurdi
6'
Rakitich o‘ng qanotdan olis ustunga yaqin joyda turgan Suaresga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda Suares to‘pni "tishlash"ga va gol urishga tayyor edi)
5'
Neymar chap qanotda Suares bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirmoqchi edi, Luis uzatmasi biroz noaniq chiqdi
3'
Maydon markazidan uzatilgan to‘pni Suares jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi, ammo ikki himoyachi orasida to‘pni yo‘qotdi
2'
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil qilshdi, to‘pni egallagan mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi, biroq Suares chap qanotdan ofsaydda qoldi
2'
"Barselona" o‘zining an’anaviy "ko‘k-anorrang", "Espanyol" esa oq-ko‘k rangli futbolkada harakat qilishadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Barselona" "Kamp Nou"da "Espanyol"ni qabul qilmoqda
'
Kataloniya derbisini biz bilan birga kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.