Angliya Premyer-ligasi
| 15-tur, 9 dekabr, soat 01:00 | ||
SAUTGEMPTONGrasiano Pelle (31)
|
1 : 2 |
MANCHESTER YUNAYTEDRobin van Persi (12, 71)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Freyzer Forster 06.Joze Fonte 03.Mayya Yoshida 02.Nataniel Klayn 21.Rayan Bertran 11.Dushan Tadich 10.Sadio Mane 12.Viktor Vanyama 08.Stiven Devis 07.Sheyn Long 19.Grasiano Pelle |
01.David de Xea 51.Patrik MakNeyr 12.Kris Smolling 05.Markos Roxo 16.Maykl Kerrik 25.Antonio Valensiya 18.Eshli Yang 08.Xuan Mata 31.Maruan Fellayni 10.Ueyn Runi 20.Robin van Persi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Kelvin Devis 33.Mett Tarjet 05.Florin Gardosh 27.Lloid Isgruv 28.Xarrison Rid 24.Emmanuel Mayuka |
13.Anders Lindegor 06.Jonni Evans 21.Ander Errera 11.Adnan Yanuzay 24.Darren Fletcher 49.Jeyms Uilson 09.Radamel Falkao |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Sautgempton" - "MYu" - 1:2 |
| 90+3' | ![]() |
Erreraga nisbatan Fonte hujumda fol ishlatdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Sadio Mane ogohlantirish oldi. U bayroqcha yonida Van Persini qo‘pollik bilan yiqitdi |
| 88' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Darren Fletcher tushirildi |
| 87' | ![]() |
Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 86' | ![]() |
Bertran chap qanotdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. |
| 85' | ![]() |
"Avliyolar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p jarima maydonchasi tashqarisida turgan Klaynga yetkazildi. HImoyachining zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
Jarima maydonchasi tomon yetkazilgan jarima zarbasini himoyachilar qaytarishdi, takroriy uzatmani darvozabon egalladi |
| 81' | ![]() |
Pelle tomon olis masofadn yetkazilgan to‘p o‘tib ketdi va uni De Xea egallab oldi |
| 79' | ![]() |
"Sautgempton"da o‘zgarish: Sheyn Long o‘rniga Emmanuel Mayuka tushirildi |
| 77' | ![]() |
Vuuuuuh! De Xea jamoasini goldan qutqardi! Mane chap qanotdan yaqinlashib keldi va jarima maydonchasi ichida ochilgan Pellega uzatma berdi. Uning zarbasini De Xea qaytardi |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Robin van Persi, 1:2! Runi o‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini darvozaning olis ustuniga aylantirdi. Himoyachilarning ortidan chiqib kelgan Van Persi chap oyoqda bir amallab to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. To‘p darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi! |
| 70' | ![]() |
"Sautgempton"da o‘zgarish: Dushan Tadich o‘rniga Jeyk Xesket tushdi |
| 68' | O‘yin tenglashdi. Jamoalar navbatma-navbat hujum tashkil qilishmoqda, ammo xavfl vaziyatlar hozircha yo‘q | |
| 62' | ![]() |
Chap qanotdan yerlatib uzatmadan keyin "MYu" himoyachisi to‘pni qaytardi. Uning ortida Long turgandi |
| 61' | ![]() |
Runi burchak to‘pini o‘yinga kiritayotganida qiziq vaziyat yuzaga keldi. Ueyn yugurib kelib, chap oyog‘ini tayanch shaklida to‘p yaqiniga qo‘ymoqchi bo‘lganida, uning chap oyog‘i to‘pga tegib ketdi va yerdan biroz ko‘tarildi. O‘ng oyoqda berilgan zarba natijasida to‘p maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
Eshli Yang chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga aylantirdi. To‘p himoyachining boshidan maydonni tark etdi. |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuuh, Pelleeeee! "MYu" himoyachisi Markos Roxoning to‘p yo‘qotishidan keyin Tadich jarima maydonchasiga kirib kelgan Pellega to‘pni uzatdi. Grasiano bir himoyachi ta’qibi ostida kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi |
| 55' | ![]() |
Runi yaxshi vaziyatga chiqdi. U jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi. Uning o‘zi bir himoyachini aldab, chap tomondan ichkariiga kirishi ham mumkin edi, ammo u o‘ng tomondan yaqinlashib kelgan sherigiga to‘pni uzatishga qaror qildi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 54' | ![]() |
Manchesterliklar ikki marta hujum tashkil qilishdi. Mezbon himoyachilari yaxshi himoyalanishdi |
| 52' | ![]() |
Vuuuuuuh! CHAp qanotdan yetkazilgan to‘pga Sheyn Long 7-8 metrdan bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachilar vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda ham faollik va ustunlik Kuman jamoasi tomonida |
| 47' | ![]() |
Vuh, Mayya Yoshida o‘ng tomondan uzatilgan to‘pni qabul qilib, Matani aldab o‘tdi, ammo uning zarbasi ikkinchi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Hakam negadir burchak to‘pi bermadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Hozircha "Sautgempton" - "MYu" - 1:1. Tanaffus. | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+2' | ![]() |
Van Persi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Xavfli-xavfli, mezbonlar hujumi xavfli. Yana o‘sha qisqa paslar orqali jarima maydonchasi kirildi, ammo Long tomon uzatilgan pas uzun bo‘lib ketdi. De Xea to‘pni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Kuman shogirdlari qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Yang burchak to‘pi evaziga xavfni bartaraf etdi |
| 44' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Sadio Mane bosh bilan zarba berishga urindi. Biroq past bo‘yli futbolchi to‘pga biroz yeta olmadi |
| 41' | ![]() |
Yangning uzatmasi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 40' | ![]() |
Mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida darvozaga teskari turgan holda to‘pni qabul qildi va o‘ng qanotdan yetib kelgan sherigiga to‘pni tavani bilan uzatdi. Ammo u uzatmadan biroz avvalroq u joydan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: MakNeyr o‘rniga Ander Errera tushirildi |
| 35' | ![]() |
Vuuuuh, "MYu" omad tufayli navbatdagi goldan qutulib qoldi. Yana o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Vanyama bosh bilan zarba berdi. MakNeyr to‘pni qaytarish chog‘ida uni Sheyn Longga sovg‘a qilib qo‘ydi. Long sakrab turgan to‘pga 7-8 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Grasiano Pelle, 1:1! "Sautgempton" markaz bo‘ylab hujum tashkil qildi va to‘p himoyachining oyog‘idan o‘ng tomonga ketdi. Yarim himoyachi to‘pni darhol 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. To‘pni egallab olgan Tadich zarba yo‘lladi. To‘p "MYu" himoyachisining oyog‘iga tegib, uning ortida turgan Pellega tushdi. Hujum yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 27' | ![]() |
"Sautgempton" yaxshi hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilgan Pelle yaqin burchakka zarba yo‘lladi. De Xea zarbani qaytardi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuh, Sadio Mane jarima maydonchasi ichida 3 nafar himoyachini aldab o‘tdi, ammo darvozabon bilan yolg‘iz qolganida yiqilib tushdi va to‘pni yo‘qotdi! |
| 24' | ![]() |
"MYu" qarshi hujumda o‘ynamoqda |
| 21' | ![]() |
Yang chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga aylantirdi, himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 18' | ![]() |
Mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Van Persi, 0:1! Runi chap qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi, ammo ikkinchi himoyachi to‘pni egallab oldi. O‘sha zahoti Van Persi darvoza tomon yugura boshladi. Himoyachi buni ko‘rmay qoldi va to‘pni darvozabonga yetkazgan paytda Robin to‘pni egallab, birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 10' | ![]() |
"Sautgempton" bu safar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. De Xea to‘pni egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Hozircha mezbonlar biroz faolroqdek |
| 4' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yetkazishdi. Bosh bilan berilgan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Mezbnlar oq-qizil yo‘l-yo‘l rangli formada, "MYu" esa ko‘k rangli futbolkada harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
"Sautgempton" - "MYu" uchrashuvi boshlanish arafasida. Siz bilan birgalikda ushbu o‘yinni birgalikda kuzatib boramiz. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|