Evropa chempionlar ligasi
| «B» guruhi, 6-tur. 10 dekabr, soat 00:45 | ||
MONAKOAbdunur (63)
Fabinyo (89) |
2 : 0 |
ZENIT |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Daniyel Subashich (D) 13.Uollas 24.Andrea Radji 02.Fabinyo 05.Aymen Abdennur 28.Jeremi Tulalan 08.Joau Moutinyu 07.Nabil Dirar 17.Yannik Ferreyra 14.Timu Bakayoko 10.Dimitar Berbatov |
01.Yuriy Lodigin (D) 06.Nikolas Lomberts 24.Esekyel Garay 04.Domeniko Krishito 19.Igor Smolnikov 20.Viktor Fayzulin 35.Danni 28.Aksel Vitsel 21.Xavi Garsiya 23.Salomon Rondon 07.Xalk |
|
| ZAHIRA | ||
|
16.Marten Stekelenburg (D) 11.Lukas Okampos 15.Bernardo Silva 18.Valer Jermen 19.Lasina Traore 23.Entoni Martial |
16.Vyacheslav Malafeev (D) 13.Luish Netu 02.Aleksandr Anyukov 17.Oleg Shatov 44.Anatoliy Timoshuk 05.Aleksandr Ryazansev 10.Andrey Arshavin |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Rajji (26)
Tulalan (81) |
Lomberts (10)
Fayzulin (61) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| ' | "Monako" o‘z ochkolarini 11taga yetkazdi va guruhda 1-o‘rinni egallab, nimchorak finalga chiqdi. Guruhning yana bir bahsida "Benfika" - "Bayer" o‘yinida hisob ochilmadi. | |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. |
| 90' | ![]() |
"Monako" futbolchisi birga bir vaziyatda Lodiginni dog‘da qoldira olmadi! |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Fabinyo, 2:0! Qarshi hujum paytida Fabinyo to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni egallab, sherigiga uzatdi va o‘ng qanotda o‘zi ochildi. Sherigidan to‘pni qabul qilgan Fabinyo kuchli zarba bilan to‘pni posbonning oyoqlari orasidan o‘tkazdi va bahs taqdirini hal qildi! |
| 87' | ![]() |
"Monako" hisobni oshirishi mumkin edi! Avvaliga Martial darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba berishga ulgurmadi, to‘p bilan qanotga o‘tdi va to‘pni Rajjiga uzatdi. Lodigin to‘pni qaytardi |
| 85' | ![]() |
Xavi Garsiya Yannik Ferreyraga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 83' | ![]() |
Xalk chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi, Shatov to‘pni egalladi, ammo qarshisidan himoyachini alday olmadi |
| 81' | ![]() |
Tulalan sariq kartochka oldi |
| 79' | ![]() |
"Zenit"da o‘zgarish: Smolnikov o‘rniga Aleksandr Ryazansev tushirildi |
| 78' | ![]() |
"Zenit" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Monako" xavfni bartaraf etdi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujum natijasida Nabil Dirar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
Shatov chap qanotdan hujumga qo‘shildi va "Zenit" yaxshi hujum tashkil qildi. Oleg yetkazib bergan to‘pni Danni jarima maydonchasi ichida darvoza tomon tepishga ulgurmadi. Abdunur to‘pni qaytardi |
| 70' | ![]() |
Vuuuuuh! Xalk o‘ziga nisbatan buzilgan qoidabuzarlik uchun belgilangan jarima zarbasini kuchli tarzda darvozaga yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
"Zenit"da o‘zgarish: Viktor Fayzulin o‘rniga Oleg Shatov tushdi |
| 68' | ![]() |
Mezbonlar yana bitta gol urishgandi. Ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi |
| 66' | ![]() |
Moutinyo yuzini ushlagancha yerda dumalab yotibdi |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Abdunur, 1:0! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan jarima zarbasiga Ayman Abdunur bosh bilan zarba berib, hisobni ochdi! |
| 61' | ![]() |
Viktor Fayzulin sariq kartochka oldi. |
| 59' | ![]() |
Xalk o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni Subashich egalladi |
| 58' | ![]() |
Moutinyo burchakdan yetkazgan to‘pni Lodigin egallab oldi |
| 55' | ![]() |
Xalk o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasidagi Rondonga pas bermoqchi bo‘ldi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
Berbatov darvozagacha 10 metrlar masofadan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 51' | ![]() |
Xalkka nisbatan chap qanotda o‘yin qoidasi buzildi. Braziliyalik yarim himoyachining o‘zi to‘pni darvoza tomon aylantirdi. Peterburglik 3 nafar futbolchi to‘pga yeta olmadi. To‘pni Subashich ushlab oldi |
| 49' | ![]() |
Smolnikov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga harakat qildi. Tulalan to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishdi | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
"Monako" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 44' | ![]() |
Danni to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. Posbon to‘pga ega chiqdi |
| 43' | ![]() |
Chap qanotda Krishitoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 41' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Lomberts bosh bilan yaxshi zarba berdi. Subashich chiziq ustida to‘pni egalladi |
| 40' | ![]() |
Mehmonlar tezkor qarshi uyushtirishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Rondon jarima maydonchasi ichida egalladi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 35' | ![]() |
Tulalan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustunidan 1 metr naridan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
"Zenit" burchak to‘pi ishladi. Xalk tomonidan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 27' | ![]() |
Xalk jarima zarbasini kuchli tarzda darvozag to‘pdi. Subashich mushtlari bilan zarbani qaytardi |
| 26' | ![]() |
"Monako" himoyachisi Andrea Rajji sariq kartochka oldi. U o‘ng qanotda jarima maydonchasiga yaqinlashib kelayotgan Smolnikovni chalib yiqitdi |
| 24' | ![]() |
Danni deyarli maydon markazida belgilangan jarima zarbasi amalga oshirdi. To‘p Rondonning boshiga tegmay qoldi, uni darvozabon egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Vitsel va Danni o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Ammo Danni to‘pga yeta olmadi |
| 17' | ![]() |
"Zenit" markaz bo‘ylab yaxshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasi o‘ng tomonidan darvozabon maydonchasi tomon yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Rondon ko‘kragi bilan to‘pni Danniga qoldirdi. Migel biroz kech qoldi, himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 13' | ![]() |
O‘ng qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni Rondon 9 metrdan darvoza tomon tepdi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
Xalk chap qanotda ikki nafar raqibdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiiga to‘pni uzatdi. Ammo Rondon to‘pga yeta olmadi |
| 10' | ![]() |
"Zenit" himoyachisi Nikolas Lomberts ogohlantirish oldi |
| 8' | ![]() |
So‘nggi 2-3 daqiqa davomida to‘p mezbonlarda bo‘ldi |
| 5' | ![]() |
Villash Boash shogirdlari to‘pni egallab, hujum tashkil qilish yo‘llarini qidirishmoqda |
| 3' | ![]() |
Maydon markazidan Rondon tomonidan uzatilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 1' | "Monako" oq-qizil, "Zenit" ko‘k rangli futbolkada maydonga tushishgan | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, YECHL madhiyasi yangramoqda |
| ' | "S" guruhida "Bayer" pley-off yo‘llanmasini hal qilib bo‘ldi. Ikkinchi yo‘llanma esa "Monako" va "Zenit" o‘rtasida hal bo‘ladi. Piterliklarga faqat g‘alaba kerak. Mezbonlarni durang ham qanoatlantiradi | |
| ' | Faqat 2-3ta guruhni hisobga olmaganda, qolgan guruhlarda so‘nggi turga qadar intriga saqlanib qolmadi | |
| ' | Evropa chempionlar ligasining guruh bochqichi yakuniga yetmoqda | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|