Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi

«F» guruhi, 6-tur. 11 dekabr, soat 00:45. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

BARSELONA

Messi (18)
Neymar (42)
Suares (78)

3 : 1

PSJ

Zlatan Ibrohimovich (14)
JAMOALAR TARKIBI
Mark-Andre ter Shtegen
Xavyer Maskerano
Mark Bartra
Xerard Pike
Jeremi MatYE
Serxio Buskets
Andres Iniyesta
Pedro Rodriges
Neymar
Lionel Messi
Luis Suares
  Salvatore Sirigu
Gregori van der Vil
David Luis
Tyago Silva
Maksvell
Tyago Motta
Blez Matyuidi
Lukas Moura
Marko Verratti
Edinson Kavani
Zlatan Ibrohimovich
ZAHIRA
Klaudio Bravo
Xordi Alba
Adriano Korreyya
Serxi Roberto
Xavi Ernandes
Ivan Rakitich
Munir el-Haddodiy
  Nikolya Dushez
Markinyos
Lyuka Din
Yoan Kabay
Adriyen Rabyo
Xavyer Pastore
Ezekiel Lavessi
SARIQ KARTOCHKA
 
Edinson Kavani (57)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Barselona" birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun "PSJ"dan alamini oldi va guruhda 1-o‘rinni egalladi
90+3'
O‘yin tugadi.
90+2'
"Barselona"da o‘zgarish: Mark Bartra o‘rniga Adriano tushirildi
90+2'
Ibrohimovich 22 metrlardan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
88'
Zlatanning uzatmasidan keyin ikki nafar mehmonlar futbolchisi ikki himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Pike chiroyli uslubda to‘pni olib qo‘ydi
86'
Messi jarima maydonchasiga kirib keldi va markazroqqa to‘pni yetkazdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
82'
Mezbonlar qarshi hujumi paytida Messi markazdan to‘pni chap qanotga yetkazdi. To‘pni Xavi ushlab qoldi, u o‘tkazib yuborganida Neymar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi
81'
PSJ burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
78'
GGOOOOOOOOOL! Luis Suareeeees, 3:1! Ushbu hujumda mezbonlarning yarim jamoasi ishtirok etdi. Suares-Messi-Xavi-Neymar... Neymarning zarbasini posbon qaytardi, Suares qaytganto‘pni darvozaga yo‘lladi!
76'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
75'
"PSJ"da o‘zgarish: Matyuidi o‘rniga Lavessi tushirildi
73'
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushirildi. Sardorlik bog‘ichi ham unisidan bunisiga o‘tdi
68'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
68'
"Barsa"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi
67'
Parijliklar bosimni oshirishga harakat qilishmoqda. "Barselona" hozircha to‘pni nazorat qilib, ularning shashtini biroz pasaytirishga erishmoqda
62'
Oho! PSJ futbolchisi o‘ng qanotdan to‘pni davrozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Jarima maydonchasi ustida yolg‘iz turgan futbolchi zarba yo‘llashga urindi, ammo to‘p uning oyog‘iga o‘tirmadi!
57'
Kavaniyaga sariq kartochka. Edison qo‘li bilan Neymarni yiqitdi
53'
Vuuuuuuuh! PSJ juda qulay vaziyatdan gol ura olmadi! Matyuidi o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Zarbani posbon qaytardi. Kavani 3 metrdan yana zarba berdi. Bu zarbani himoyachi bartaraf etdi!
52'
Ehhh, Pedro... "Barselona" maydon markazida to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tdi. Messi jarima maydonchasigacha kelib o‘ng qanotda ochilgan Pedroga uzatma berdi. Ammo Pedro na aniq zarba berdi, na aniq uzatma....
49'
PSJ burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ibrohimovich bosh bilan zarba berdi. Aniq chiqmadi
46'
Neymar jarima maydonchasiga yaqin joyda to‘pni egallab, o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasi tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - PSJ" - 2:1. Tanaffus
44'
Inyesta Neymar bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bormoqchi bo‘ldi, to‘pni himoyachilar egallab olishdi
42'
GOOOOOOOOL! Neymar, 2:1! Ibrohimovich maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi. Inyesta to‘pni Neymarga uzatdi. Braziliyalik hujumchi jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, 22 metrlardan to‘pni olis burchakka aylantirgan holda "mixlab" qo‘ydi!
37'
Vuuuuuh, Suareeeees! Messi-Pedro kombinasiyasidan keyin o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, to‘xtab qoldi. Luis kuchli zarba berdi. Sirigu zarbani qaytardi!
35'
Matyodan to‘pni qabul qilgan Neymar qap qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
31'
"PSJ"da yana bir golga tortadigan vaziyat! Matyuidi jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirib keldi va orqaroqda ochiq turgan Kavanini to‘p bilan ta’minladi. Urugvaylik hujumchining zarbasini Ter Shtegen egallab oldi!
29'
Uhhhh, PSJ yana hisobda oldinga o‘tib olishiga bir bahya qoldi! Matyuidi chap qanotdan yetkazib bergan to‘pga Lukas Moura 7-8 metrdan zarba berdi, ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
25'
Serxio Buskets kutilmaganda olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
23'
Messi uch futbolchini aldab markaz tomon surildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
18'
GOOOOOOOL! Messssiii, 1:1! Maskerano to‘pni yuqoridan Neymarga uzatdi va braziliyalik futbolchi bosh bilan narigi ustun tomon to‘pni yetkazdi. Messi esa xotirjamlik bilan darvozani ishg‘ol qildi! Bu Leoning YECHLning ushbu mavsumidagi 8-goli bo‘ldi
14'
GOOOOOOOOOL! Ibrohimoviiiiich! 0:1! Zlatan o‘zi boshlagan hujumni o‘zi yakuniga yetkazdi. To‘p o‘ng qanotdagi futbolchi orqali jarima maydonchasida turgan Matyuidiga yetkazildi va u to‘pni Ibraga to‘xtatib berdi. Shvesiyalik hujumchi chap oyoqda zarba berib, darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi! Ter Shtegen jamoasini goldan qutqara olmadi
13'
Kataloniyaliklar chap qanotdan qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi, ammo Neymarning uzatmasi noaniq chiqdi va xavf yo‘qqa chiqdi
11'
Maydon markazidan jarima maydonchasi tomon intilayotgan Ibrohimovich tomon to‘p yuqoridan yetkazildi. Zlatan uzatmaga yeta olmadi
6'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. Parijliklar ko‘p fol ishlatishga majbur bo‘lishmoqda
4'
Messi tomonidan yaqin burchakka yo‘llangan jarima zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
3'
Buskets markazdan to‘pni o‘ng qanotdagi Pedroga uzatdi. Matyuidi uni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi
'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangradi
'
So‘nggi tur oldidan "PSJ" 13, "Barselona" 12 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Bugungi o‘yin guruh g‘olibini aniqlab beradi. Guruh g‘olibi bo‘lish esa qur’ada kuchli va noqulay raqibga tushib qolishning oldini olishini yaxshi bilasiz
'
Bugungi o‘yinlardan keyin barcha guruhlardan pley-offga chiqadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi. Ushbu haftada nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
'
Bugungi o‘yinlardan keyin Yevropa chempionlar ligasi bilan bahorgacha xayrlashamiz
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.