Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

15-tur, 13 dekabr, soat 00:45. Bosh hakam: Alvares Iskyerdo

ALMERIYa

Verza (39)

1 : 4

REAL MADRID

Isko (34)
Beyl (42)
Ronaldu (81, 88)
JAMOALAR TARKIBI
Ruben
Michel
Ximo Navarro
Anxel Truxilyo
Fran Veles
Verza
Tomas
Edgar Mendes
Sebastyan Dubarbyer
Fernando Soryano
Tommer Xemed
  Iker Kasilyas
Daniel Karvaxal
Rafael Varan
Pepe
Marselo
Asiyer Illyarramendi
Toni Kroos
Isko
Garet Beyl
Krishtianu Ronaldu
Karim Benzema
SARIQ KARTOCHKA
Verza (11)
Fernando Soryano (52)
Fran Veles (63)
 
Beyl (24)
Varan (43)
Marselo (58)
Ilyaramendi (61)
Ronaldu (76)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Real" navbatdagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endi jamoa Marokashga yo‘l oladi.
90+2'
O‘yin yakunlandi.
90+1'
Mezbonlar katta mashaqqat evaziga o‘z darvozalariga beshinchi gol kiritilishining oldini olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Vuuuuh! Beyl jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘pni darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni posbonning ustidan oshirib darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi Garet. To‘p darvozaga kirmadi
88'
GOOOOOOOL! Ronaldu, 1:4! Bu golda barcha ishni Karvaxal bajardi. Himoyachi o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, himoyachilardan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni Ronalduga uzatdi. Hujumchi darvozaning yain burchagini aniq nishonga oldi! 25-gol!
88'
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
85'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Koentrau tushirildi
81'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu! 1:3! Beyldan to‘pni qabul qilgan Krishtianu chap qanotdan oldinga o‘tgan Benzemani darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Karim o‘zi darvozaga zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda jarima maydonchasiga kirib kelgan Ronalduga to‘pni qaytardi. Portugaliyalik hujumchi bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi! La ligadagi 24-gol!
80'
Vuuuuuh! Hozirgi hujumda Marselo juda zo‘r o‘ynadi. Avval maydon markazida "Zidancha" fint bilan himoyasidan to‘pni olib qo‘yib, qanotdagi Iskoga uzatdi. Keyin jarima maydonchasida yaxshi ochildi va to‘pni qabul qildi. Ammo darvozabon maydonchasi tomon uzatma berayotganida himoyachiga tekkan to‘p maydonni tark etdi
79'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ruben mushti bilan to‘pni urib yubordi. To‘p yana Kroosga uzatilganidan laynsmenni uni ofsaydda deb topdi
76'
Ronaldu ogohlantirish oldi. To‘pni bosh bilan urib yuborayotgan mezbonlar futbolchisiga nisbatan xavfli tarzda urildi
75'
Edgar Mendes 21 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
74'
Vuuuuuh! Qarshi hujum paytida Benzemaning uzatmasidan keyin Pepe darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi! "Almeriya" himoyachisi uning ortidan yetib kelib, jarima maydonchasi ichida to‘pni undan olib qo‘ydi. Pepe zarba yo‘llashga ulgurmadi
72'
Marselo chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni orqaroqqa — jarima maydonchasi tashqarisiga uzatdi. Ronaldu zarba berishga harakat qildi, to‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi"
70'
Ronaldu jarima maydonchasining chap burchagidan zarba yo‘lladi. Yaqin burchakka yo‘llangan zarbani Ruben egalladi
68'
Vellington o‘ng qanotdan uzatgan to‘pni Edgar Mendes darvozabon maydonchasida darvozaga aniq bura olmadi!
67'
"Almeriya"da o‘zgarish: Fernando Soryano o‘rniga Vellington da Silva tushirildi
63'
Kroosning jarimadan uzatmalari hamisha xavfli. To‘rt nafar madridlik orasida turgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
63'
Fran Veles sariq kartochka oldi. Ronalduga nisbatan xavfli o‘ynadi
62'
Vuuuuh, Kasilyas! Verzaning zarbasini Iker qaytardi! Hisob o‘zgarmadi!
61'
Penalti! "Real" darvozasiga! Marselo jarima maydonchasiga kirib borgan Dubarbyerni chalib yiqitdi!
60'
"Almeriya" ochiq o‘yin qilayotganini takrorlash lozim. "Real" yaxshi himoyalanmoqda, raqibga imkoniyat bermayapti
59'
"Almeriya"da o‘zgarish bo‘ldi
58'
Ronaldu jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo bu o‘yinda hakam unga penalti bermoqchi emas. Avvalgi o‘yindagi simulyasiyadan hakamlar xulosa chiqarishgan shekilli
57'
"Almeriya" ochiq o‘yinga o‘tdi, katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda. Natijada madridliklar katta bo‘shliqlarga ega bo‘lib, ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratishmoqda. Hozir Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng burchagida kuchli zarba yo‘lladi. Olis burchak tomon ketayotgan to‘pni Ruben egalladi
56'
Ronaldu-Isko-Benzema kombinasiyasidan keyin to‘p darvozabon maydonchasiga yaqin kelgan Krishtianuga qaytarildi. Ammo markaziy himoyachi to‘pni qaytarib yubordi
54'
Vuuuuuuh, Ehhhhhh! Qarshi hujum natijasida Beyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, narigi tomonda u bilan parallel Ronaldu yugurayotgandi, ammo Garet na o‘zi aniq zarba berdi, na Krishtianuga aniq pas berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
52'
Fernando Soryano ogohlantirish oldi. U Pepeni chalib yiqitdi
49'
Burchak to‘pi amalga oshirilayotganida Ronalduni himoyachilardan biri quchoqlab olgandi. Xavf bartaraf etildi, penalti yo‘q
48'
Qarshi hujum natijasida raqib jarima maydonchasining chap qanotida ochilgan Ronalduga yetkazildi. Krishtianu bir himoyachini aldab, chap oyoqda zarba berdi. Himoyachining oyog‘iga tekkan to‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Almeriya" - "Real" - 1:2.
43'
Varan ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisini yiqitgani uchun. Darvozagacha 20 metrdan jarima zarbasi
42'
GOOOOOOOOL! Garet Beyl, 1:2! Kroos chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Beyl bosh bilan olis burchakka to‘pni aniq yo‘lladi!
39'
GOOOOOOOOOL! Verza, 1:1! Mezbonlar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Varan bosh b bilan uni qaytardi. Verza yarim aylana chizig‘i oldidan kuchli zarba berib, darvozaning burchagini aniq nishonga oldi!
34'
GOOOOOOOL! Isko, 0:1! Ronalduning uzatmasidan keyin Benzema o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasining chap tomoniga yetkazdi. Isko to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, yerga tushirdi va biroz orqaroqqa o‘tib, kuchli aylanma zarba bilan olis burchakni aniq nishonga oldi! Chiroyli gol!
30'
Ronalduning pasidan keyin Marselo chap qanotdan darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Ruben to‘pga ega chiqdi
27'
Marselo chap qanotdan ikki himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachilardan biri to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
24'
Garet Beyl va "Almeriya" futbolchisi to‘p uchun kurash olib borib, har ikkalasi maydon tashqarisida yiqilishdi. Garet o‘rnidan turayotgan raqibini oyog‘i bilan chaldi va yana yiqitdi. Natijada ogohlantirish oldi
23'
Yana Beyl chap qanotdan narigi ustun tomon to‘pni oshirdi. Benzema bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. To‘p Ronalduga emas, himoyachilarga nasib etdi
21'
Beyl chap qanotdan uzatma berdi, Ronaldu to‘pni to‘xtata olmadi
17'
Mezbonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni uzatishdi. Marselo to‘pni qaytardi
15'
Oho! O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga "Almeriya" futbolchisi jarima maydonchasi ichida bosh bilan kuchli zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi
14'
"Madrid"da yana bir xavfli vaziyat! Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashib kelgan Benzemaga to‘pni uzatdi. Karim posbon bilan yuzma-yuz vaziyat zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi! Ronaldu to‘p uzatayotgani paytda Benzema ofsaydda qolganini laynsmen qayd etdi
13'
Vuuuuh! Burchak to‘pidan keyin Ruben mushti bilan to‘pni urib yubordi. Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilardan birining boshiga tegib, darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Ronaldu qaychi uslubida qaytgan to‘pga zarba yo‘llashga harakat qildi. U ofsaydda qolgandi
13'
Ronaldu o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Isko tomon uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
11'
Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun Verza ogohlantirish oldi
10'
Kroosning uzatmasidan keyin Ronaldu ofsaydda qoldi
8'
Kroosning jarimadan uzatmasi mezbonlar uchun taxlikali bo‘ldi. "Real" futbolchilari zarba berishga ulgurishmadi
8'
Chap qanotda Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
7'
Truxilyo 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqorilab ketdi
3'
Burchak to‘pi mehmonlarga xavf tug‘dirmadi
3'
Vuuuuuuh! Dastlabki xavfli vaziyatni mezbonlar yuzaga keltirishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni 23-raqamli futbolchi egallab oldi va zarba yo‘lladi. To‘p Pepega tegib, narigi qanotdagi turgan "Almeriya"ning boshqa futbolchisiga kelib tushdi. Uning zarbasi yo‘liga Karvaxal g‘ov bo‘ldi. Burchak to‘pi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Almeriya" oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Real" qora rangli futbolkada harakat qilishadi.
'
Darvoqe, ushbu o‘yin oldidan "Almeriya" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga yordamchisi bugungi o‘yinda jamoani boshlab tushgan
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, o‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Mini-qur’aga ko‘ra o‘yinni "Almeriya" boshlab beradigan bo‘ldi
'
Anchelotti doimgidek jangovor tarkibni maydonga tushirgan.
'
Uchrashuvdan tashkil qilayotgan matnli translyasiyani kuzatib borasiz degan umiddamiz
'
"Real" noodatiy tarzda o‘zining tur o‘yinini juma kuni o‘tkazmoqda. Bunga o‘ziga xos sabab bor albatta. Madridliklar ushbu o‘yindan keyin Marokashga — klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘l olishadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.