Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

15-tur, 13 dekabr, soat 20:00

XETAFE

0 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
25.Visente Guayta (D)
05.Naldo
20.Xuan Valera
02.Aleksis Ruano
04.Emiliano Velaskez
07.Anxel Lafita
11.Karim Yoda
14.Pedro Leon
08.Mexdi Lasen
21.Michel
22.Xuan Rodriges
  13.Klaudio Bravo (D)
18.Xordi Alba
24.Jeremi Matye
22.Dani Alves
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
06.Xavi Ernandes
05.Serxio Buskets
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
07.Pedro Rodriges
ZAHIRA
13.Xordi Kodina (D)
27.Karlos Vigaray
10.Pablo Sarabiya
06.Sammir
17.Diyego Kastro
09.Alvaro Vaskes
15.Babakar Diavara
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
21.Adriano
12.Rafinya
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
31.Munir el-Haddodiy
SARIQ KARTOCHKA
Sarabiya (65)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Stadiondan uzoqlashmang
'
O‘z navbatida "Atletiko"da "Barsa"ga yetib olish imkoniyati yuzaga keldi
'
"Xetafe" - "Barselona" - 0:0. Enrike shogirdlari o‘a muhim bo‘lgan 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi. Hozirgi "Real"ning ochko yo‘qotishini kutish mantiqsizlik. Shunday ekan, "Madrid" o‘zaro o‘yinda yutqazsa ham, chempion bo‘lishi mumkin edi. Lekin hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Masalan, 2015 yildagi ilk o‘yinda "Real" "Valensiya"ga qarshi o‘ynaydi
90+5'
Iya? Alvaro to‘pni Inyestadan olib qo‘yib, darvzabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketayotganida hakam hushtak chalib, o‘yinni yakunladi!
90+3'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni mezbonlar qaytirishdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
90+2'
Messi jarima zarbasi ishladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Oho! Mezbonlar gol urishlari mumkin edi. Ikki nafar futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Ularning o‘zaro to‘p uzatishlari paytida "Barsa" himoyachilar to‘pni egallab olishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
88'
Munir to‘pni maydonda olib qola olmadi
87'
Endi hatto Pike ham oldinga o‘tmoqda, ammo hozircha mehmonlar hech narsa qila olishmayapti
86'
Burchak to‘pini Bravo egallab oldi
85'
Kastro qanotdan yetkazgan to‘pni Pike maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
83'
Messi! Albaning uzatmasidan keyin Messi darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p Sarabiyaga tegib qaytdi!
82'
Suares ofsaydda qoldi
81'
Messi chap chanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan 2 marta zarba yo‘lladi. har ikkala safar zarba himoyachiga to‘g‘ri keldi
80'
Jarohat olgan Dani Alves o‘rniga Adriano tushirildi
77'
"Barselona"da ikkinchi o‘zgarish: Pedro o‘rniga Munir al-Haddodiy tushirildi
76'
"Xetafe"da uchinchi o‘zgarish: Yoda o‘rniga Pedro Leon tushdi
75'
Mezbonlar himoyada to‘pni istalgan tomonga tepib yuborish orqali xavfni bartaraf etishga o‘tishdi
72'
Yoda va Valera qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin edi, ammo Pike Yodani to‘xtatib qoldi.
'
"Xetafe"da ikkinchi o‘zgarish: Lafita o‘rniga Diyego Kastro tushirildi
69'
Kataloniyaliklar ikki marta to‘pni havodan Messiga uzatishdi. Lionelning birinchi zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkinchi uzatmaga u yeta olmadi
66'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Inyesta tushirildi
65'
O‘yindagi dastlabki sariq kartochka Sarabiyaga ko‘rsatildi. Leo Messiga nisbatan qoidabuzarlik uchun
63'
Xetafeda yomg‘ir yog‘ishda davom etmoqda
62'
"Xetafe"da o‘zgarish: Sammir o‘rniga Alvaro Vaskes tushirildi
57'
Messi jarimadan yana xavfli zarba yo‘lladi. Darvoza "to‘qqizligiga" yo‘llangan zarbasni Guaita bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
56'
Suaresga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. JArima zarbasi tepiladi
52'
Vuuuuuuh! Messi jonli devor ustidan o‘tkazib, darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi!!!
51'
Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘lim bo‘yicha qisqaqa xulosa: "Barselona" to‘pni nazorat qilish borasida katta ustunlikka erishmoqda. Ammo "Xetafe" mudofaasini yorib o‘tishda muammolarga duch kelmoqda. Birinchi bo‘lim statistikasi: darvoza tomon zarbalar: 2-9, aniq zarbalar: 2-4, follar: 11-3.
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi, tanaffus
44'
"Barsa"ga nimadir yetishmayapti. Yo shijoat, yo ijodkorlik, yoki Neymar. Luis shunaqa paytlarda o‘yinga chanqoq bo‘lgan Haddodiy kabi futbolchilarni maydonga tushirishi kerak, nazarimizda
41'
Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi
36'
Yuqoridagi vaziyat "Barselona"ni "uyg‘otishi" kerak. Biroq mehmonlar faqat tanaffusdan keyin boshqa ishtiyoq bilan maydonga tushsalar kerak
34'
Burchak to‘pidan keyin mezbonlar himoyachisi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
32'
Vuuuuh, "Xetafe" hisobni ochishi mumkin edi. Lafita ikki marta Alvesni aldab o‘tdi va zarba yo‘lladi. Bravo barmoqlarining uchi bilan to‘pni qaytardi. O‘yindagi eng xavfli vaziyat!
30'
O‘yinning yarim soati ortda qoldi. Hozircha "Xetafe" himoyalanish bobida muammoga duch kelmayapti
25'
Xavi 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
24'
Pike qoida buzgani uchun "Xetafe" jarima zarbasini amalga oshirdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
23'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bu holat kataloniyaliklarga muammo tug‘dirmadi
21'
Jarima maydonchasi ichida to‘p "Barselona" o‘yinchisining qo‘liga tegdi. Penalti yo‘q
20'
Rakitichning zarbasidan keyin Suares to‘pga oyoq qo‘ydi. Luis to‘pni darvozaga aniq bura olmadi
19'
"Barsa" burchak to‘pi ishladi. Kataloniyaliklar uchun burchak to‘pi hech narsani anglatmaydi
18'
Messi! Himoyachidan qaytgan to‘pni Leo jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon yo‘lladi. To‘pni darvozabon egallab oldi!
15'
Pedro ofsaydga tushib qoldi, aks holda Messi va Suares qulay vaziyatlarda ochilishgandi
13'
Darvoza tomon ilk marta zarba berildi. Ammo noaniq. Suaresning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
10'
"Barsa" tiki-taka orqali raqib himoyasini yorib o‘tish yo‘llarini qidirmoqda
9'
"Xetafe" to‘pni nazorat qilishga harakat qildi, yakunda to‘p maydonni tark etdi
7'
Messi jarima to‘pini darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi bosh bilan xavfni bartaraf etdi
6'
Suares chap qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, ammo uni yiqitishdi
5'
Mezbonlar zich himoya tashkil qilib, mudofaalanishga o‘tdi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas
2'
Pedro o‘rnidan turdi, o‘yin davom etadi
1'
O‘yin boshidanoq Pedro jarohat oldi
1'
O‘yin boshlandi
'
"Xetafe" - "Barselona" o‘yinidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.