Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

16-tur, 13 dekabr, soat 22:30

ARSENAL

Jiru (15, 58)
Santi Kasorla (54, 88-pen.)

4 : 1

NYUKASL

Ayoze Peres (63)
JAMOALAR TARKIBI
01.Voysex Shensni (D)
03.Kiran Gibbs
39.Ektor Bellerin
02.Matyo Debyushi
04.Per Mertezaker
20.Matye Flamini
19.Santi Kasorla
15.Aleks
23.Danni Uelbek
12.Olivye Jiru
17.Aleksis Sanches
  31.Jek Alnvik (D)
36.Pol Dammett
22.Deril Yanmat
06.Mayk Uilyamson
02.Fibrisio Kolochchini
24.Sheyk Tiote
14.Jek Kolbek
28.Semmi Ameobi
09.Papiss Sisse
11.Yoan Guffran
17.Ayoze Peres
SARIQ KARTOCHKA
Ektor Bellerin (37)
Aleks Oksleyd-Chemberlen (57)
 
Tiote Sheyk (59)
Deril Yanmat (82)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" - "Nyukasl" - 4:1.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Ohohoho! Santi Kasorlo "Zidancha" parashyut uslubida darvozani ishg‘ol qildi. Darvozabon o‘zidan chap tomonga tashlanib, yerda yotib qolgandi
88'
Penalti! "Nyukasl" darvozasiga! Jarima maydonchasi tashqarisidan to‘p o‘ng qanotdan ichkariga kirgan Uelbekka uzatildi. Uzun oyoqli Uelbek himoyachidan deyarli o‘tib ketdi, ammo himoyachi uning yiqilishiga sababchi bo‘ldi.
86'
"Arsenal"da o‘zgarish: Aleksis Sanches o‘rniga Fransis Koklen tushirildi
86'
"Nyukasl" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Zarba ancha noaniq bo‘ldi
82'
Deril Yanmat ogohlantirish oldi
78'
Ehhhh! Sanches va Uelbek ikki kishi bo‘lib bir himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Aleksis Danniga to‘pni berdi, ammo Uelbek to‘pni o‘zida birozgina uzoqlashtirdi va himoyachi xavfni bartaraf etdi
77'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Sanches jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi, to‘p maydonni tark etdi
74'
Burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasi tashqarisiga chiqqan to‘pga mehmonlar futbolchisi zarba yo‘llashga ulgurmadi
73'
"Nyukasl" burchak zarbasi ishladi
69'
Ehhheeee, "Nyukasl" himoyasining qo‘pol xatosidan keyin mezbonlar jarima maydonchasi ichida bir necha marta zarba yo‘llashdi. Kiran Gabbs tomonidan yo‘llangan so‘nggi zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!
67'
Bellerin o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, bir himoyachini aldab, to‘pni darvozabon maydonchasida turgan Uelbek tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
63'
GOOOOOL! Ayoze Peres, 3:1! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Ayoze Peres 10 metrlar masofadan bosh bilan zarba yo‘lladi va darvozaning olis burchagini ishg‘ol qildi!
60'
Sanches jarima zarbasini tepdi, jonli devorga tegib qaytdi
59'
Sheyk Toite jarima maydonchasi oldida Chemberlen ochiqchasiga chalib yiqitdi. Sariq kartochka
58'
GOOOOOOL! Jiruuuuu, 3:0! Oksleyd-Chemberlen jarima maydonchasining o‘ng tomoni ichidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Jiru to‘pga shunday oyoq qo‘ydiki, to‘p yuqoriga ko‘tarilib, darvoza to‘siniga tegib, keyin to‘rga borib tushdi!
54'
GOOOOOOOL! Santi Kasorlaaaa! 2:0! Qisqa paslar natijasida Kasorla himoyachining oyog‘i ustidan to‘pni olib o‘tdi va o‘tkir burchak ostida darvozabonning ustidan to‘pni o‘tkazib, darvozaga joyladi. Texnik jihatdan murakkab zarba edi!
50'
Mezbonlar yuqori tezlikda qisqa paslar bilan jarima maydonchasiga kirib borishayotgandi, to‘pni oldirib qo‘yishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Burchak zarbasini Sanches uzatdi. Hujum qaytarildi
43'
Aleksis chap qanotdan uzatgan to‘pga Jiru bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
39'
Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi
39'
Sanches to‘pni jarima maydonchasiga emas, uning tashqarisida turgan Kasorlaga yetkazdi. Santining zarbasi yengil rekoshet holatida darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
38'
Mayk Uilyamson jarima maydonchasining o‘ng tomondagi chizig‘i oldida Sanchesni turib yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi
37'
Ektor Bellerin ogohlantirish oldi
34'
Vuuuuuuh! Qanotdan yetkazilgan to‘pga "Nyukasl" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘pni darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga Papiss Sisse 3 metrdan zarba yo‘lladi. Bu safar mezbon futbolchisi zarbani qaytardi!
33'
Qanotdan yetkazilgan to‘pni Uelbek o‘z jarima maydonchasi ichida bosh bilan qaytarmoqchi bo‘lgandi, to‘p uning boshiga tegmay qoldi va qo‘liga kelib tegdi. Hakam penalti belgilamadi
31'
Vuuuuuuuh, Uelbeeeek! Jarima maydoncha tashqarisida turgan futbolchi himoyachining ustidan oshirib Uelbekka uzatdi. Denni deyarli birga bir vaziyatda to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga tepdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
27'
"Arsenal" burchakdan 2 marta to‘pni o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
15'
O‘yinning 15-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Sanches o‘ng burchakka yaqin joydan to‘pni havolatib yetkazdi. Jiru bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi
1'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. "Arsenal" va "Nyukasl" o‘rtasidagi APLning markaziy o‘yinidan onlayn translyasiyani biroz kechikib bo‘lsa-da e’tiboringizga havola qilishni boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.