Angliya Premyer-ligasi
| 16-tur, 14 dekabr, soat 18:30. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya) | ||
MANCHESTER YUNAYTEDUeyn Runi (12)
Xuan Mata (40) Robin van Persi (71) |
3 : 0 |
LIVERPUL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 06.Jonni Evans 04.Fil Jons 25.Antonio Valensiya 16.Maykl Kerrik 18.Eshli Yang 31.Maruan Fellayni 08.Xuan Mata 10.Ueyn Runi 20.Robin van Persi 49.Jeyms Uilson |
01.Bred Jons (D) 02.Glen Jonson 06.Deyan Lovren 37.Martin Shkrtel 31.Rahim Sterling 24.Jo Allen 10.Filippe Koutinyo 18.Alberto Moreno 08.Stiven Jerrard 14.Jordan Xenderson 20.Adam Lallana |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Anders Lindegor (D) 51.Patrik MakNeyr 42.Tayler Blekett 24.Darren Fletcher 11.Adnan Yanuzay 21.Ander Errera 09.Radamel Falkao |
22.Simon Minyole (D) 21.Lukas Leyva 23.Emre Jan 09.Riki Lambert 50.Lazar Markovich 45.Mario Balotelli |
|
Matn
| ' | "Qizil iblislar" chempionlik kurashiga qo‘shilishdi. MYu" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklaymiz! | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" - 3:0. Hisob o‘yinga mos emasdek. De Xea o‘yin qahramoni! |
| 90+3' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni De Xea egallab oldi |
| 90+3' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Falkao jarima zarbasini yo‘lladi, to‘p jonli devorga tegib qaytdi, yana zarba berdi, himoyachiga tegdi bu safar |
| 89' | ![]() |
"MYu"da uchinchi o‘zgarish: Fil Jons maydonni tark etdi. MakNeyr tushirildi |
| 88' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yaqin joyda Kolo Ture Errerani yiqitdi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Van Persi jarima maydonchasi chizig‘i oldida bir himoyachini aldadi va kuchli zarba berdi. To‘p Jonsning qo‘lidan maydonni tark etdi! |
| 85' | ![]() |
De Xeaaaaa! Fantastika! Balotelli darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi, zarba yo‘lladi! Darvozabon to‘pni oyoqlari bilan qaytardi!!! |
| 84' | ![]() |
Vuuuuh, Balotelli 24 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustunidan yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
Mehmonlarning hujumidan so‘ng Falkao bosh bilan zarba berdi. Jons to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
Vuuuuuh, yana de Xea!!! O‘ng qanotdan to‘p yetkazilganidan keyin himoyachining oyog‘idan Balotelliga keldi, Mario yaqin masofadan zarba yo‘lladi. David egallab oldi! |
| 81' | ![]() |
Van Persi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi, posbon to‘pni egalladi |
| 78' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Runi o‘rniga Falkao tushirildi |
| 73' | ![]() |
Mario Balotelli ogohlantirish oldi |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Robin van Persi, 3:0!!! Mehmonlarning hujumga berilib ketganidan foydalangan mankunianliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Runi chap qanotdan oldinga o‘tib, qarama-qarshi qanotdagi Van Persi tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallagan Mata darhol to‘pni Van Persiga uzatdi. Robin darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qildi! |
| 71' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Uilson o‘rniga Ander Errera tushdi |
| 68' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "Liverpul" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan bosh bilan zarba berdi. Darvozabon maydonchasining chap tomonida turgan Balotelli akrobatik uslubda zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi, to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 67' | ![]() |
VUuuuuuh, bugun "MYu" darvozasiga to‘p kirmayapti, kirishni istamayapti! Sterling jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda himoyachilardan ustun keldi va to‘pni Balotelliga yetkazdi. Mario 10-11 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p De Xeaning qo‘liga tegib, darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 66' | ![]() |
Yang chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi va bu to‘p posbonga nasib qildi |
| 65' | ![]() |
Balotelli jarima maydonchasiga kirib borgan Sterlingga pas berdi, ammo Rahim yana to‘pni yo‘qotdi |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! Valensiya o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib kuchli zarba bilan jarima maydonchasiga yetkazdi. Van Persi to‘pga oyoq qo‘ydi, ammo u darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi... |
| 59' | ![]() |
Sterling yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi |
| 57' | ![]() |
Balotelli jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 52' | ![]() |
Van Persi 15 metr masofadan zarba yo‘lladi. Bred Jons to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Ehhhhhh, Sterliiiiiiing! Bugun Rahim uchinchi marta De Xea bilan yakkama-yakka vaziyatda mag‘lub bo‘lmoqda! Himoyaning qo‘pol xatosidan keyin Sterling darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi, De Xeani aldab o‘tib, zara berdi. Ammo David oyog‘ini cho‘zib, zarbani qaytardi |
| 49' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Mehmonlar qaytarishdi |
| 47' | ![]() |
Sterling chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Xendersonning bosh bilan zarba berishga hech kim xalal bera olmadi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Brendan Rodjers maydonga Balotellini tashladi. Adam Lallana tanaffusdan keyin maydonga qaytmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "MYu" - "Liverpul" - 2:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pi ishladi |
| 42' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga 11 metrli nuqta atrofida turgan Sterling bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni ushlab oldi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Xuan Mata, 2:0!!! Eshli Yang chap qanotdan to‘pni o‘ng oyodq jarima maydonchasiga aylantirdi. To‘pga van Persi sakradi, ammo uning boshiga to‘p tekkan-tegmaganini aniqlab bo‘lmadi. Olis ustun yonida ochiq turgan Mata bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Agar Robinning boshiga to‘p tekkan bo‘lsa, Mata ofsaydda edi |
| 36' | ![]() |
Jonni Evans ogohlantirish oldi |
| 35' | ![]() |
Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilganidan keyin jarima maydonchasi tashqarisidagi Allenga yetkazildi. Jo zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 34' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatmadan keyin Alberto Moreno jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq ortdan yetib kelgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 30' | ![]() |
Xuan Mata tomonidan yetkazilgan to‘pni liverpulliklar qaytarishdi |
| 29' | ![]() |
Jo Allen sariq kartochka oldi. U Valensiyani qoidaga xilof ravishda to‘xtatdi |
| 28' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo to‘pni himoyachilar egallab, uni posbonga uzatishdi va De Xea to‘pni maydon markaziga tepib yubordi |
| 26' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish bo‘ldi: Glen Jonson o‘rniga Kolo Ture tushirildi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuuuh! Yana Sterling! Rahim jarima maydonchasi ichida — chap tomonda bir himoyachidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi! To‘p De Xeadan maydonni tark etdi |
| 22' | ![]() |
"Liverpul" vaziyatni o‘nglash uchun hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda, ammo hozircha bundan foyda bo‘layotgani yo‘q |
| 17' | ![]() |
Endi "Liverpul" qarshi hujumga o‘tdi. Xenderson Sterlingni birga bir vaziyatga chiqarayotganidan uzatma markaziy himoyachidan o‘tmadi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Ueyn Runi, 1:0!!! "Liverpul"ning hujumidan keyin oradan 30 soniya o‘tib "MYu" gol urdi. Valensiya o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Runiga uzatdi. Jamoa aniq zarba bilan hisobni ochdi! |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuhhhh! Lallana chiroyli pas bilan Sterlingni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Rahim yaqin masofadan darvozabonni dog‘da qoldira olmadi. De Xea oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 11' | ![]() |
Koutinyo chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Sterlingga pas berdi. Rahim to‘pga yeta olmadi |
| 9' | ![]() |
Valensiya o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. To‘pni mehmonlar qaytarishdi |
| 7' | "Liverpul" pressing uyushtirib, raqibiga hujum tashkil qilishga imkon bermayapti hozircha | |
| 5' | ![]() |
Fellayni chap qanotda qoida buzdi. Jerrard to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 4' | ![]() |
"MYu" o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni yo‘qotdi va tezda yana xavfning oldini oldi |
| 2' | ![]() |
Liverpulliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p 3 marta jarima maydonchasiga yetkazildi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 2' | "MYu" qizil, "Liverpul" sariq rangli formada maydonga tushgan | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortib bo‘lishgan. Uchrashuv boshlanish arafasida. |
| ' | ![]() |
Bugun Angliya klassikosi. Premyer-ligada eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan ikki jamoa — "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari orzular teatri — "Old Trafford"da to‘qnash kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|