Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Klublar o‘rtasida Jahon chempionati

Yarim final, 17 dekabr, soat 00:30. Bosh hakam: Enrike Osses

KRUS ASUL (Meksika)

0 : 4

REAL MADRID (Ispaniya)

Serxio Ramos (15)
Karim Benzema (36)
Garet Beyl (50)
Isko (72)
JAMOALAR TARKIBI
Xose Korona
Fausto Pinto
Fransisko Rodriges
Xulio Dominges
Xerardo Torrado
Mariano Pavone
Kristian Ximenes
Xoao Roxas
Xerardo Flores
Ernan Bernardelyo
Mauro Formika
  Iker Kasilyas
Pepe
Serxio Ramos
Krishtianu Ronaldu
Toni Kroos
Karim Benzema
Garet Beyl
Marselo
Daniel Karvaxal
Isko
Asiyer Illyarramendi
ZAHIRA
Gilyermo Alison
Yosgart Gutyerres
Alexandro Kastro
Pablo Barrera
Marko Fabian
Roxelio Chaves
Emanuel Loeshbor
Ismael Valades
Alexandro Vela
Pablo Gabriel Torres
Xavyer Baes
Anibal Surdo
  Keylor Navas
Fernando Pacheko
Rafael Varan
Fabiu Koentrau
Sami Xedira
Xavyer Ernandes
Alvaro Arbeloa
Nacho
Xese
Alvaro Medran
SARIQ KARTOCHKA
 
Serxio Ramos (39)

Matn

'
Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat!
'
Ikkinchi yo‘llanma sohibi ertaga bo‘ladigan "Oklend Siti" va "San Lorenso" jamoalari o‘rtasidagi bahsda ma’lum bo‘ladi
'
"Krus Asul" - "Real Madrid" - 0:4. Yevropaliklar dastlabki finalchiga aylanishdi
90+2'
O‘yin yakunlandi!
90+2'
Xese chap qanotdan markaz tomon surildi va 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘ti ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
Krishtianuning zarbasi darvozabon uchun o‘ta noqulay bo‘ldi. Korona bir amallab to‘pni qaytardi
88'
Benzemaga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 20 metr masofa. Ronalduda gol urish uchun yaxshi imkoniyat
86'
Barrera 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
86'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Valades bosh bilan darvoza tomon urdi. To‘p yuqoridan darvoza to‘riga kelib tushdi
84'
Vuuuuuuuh! Ronaldu-Xese-Xedira kombinasiyasidan keyin Sami bosh bilan zarba yo‘llab, olis ustunni nishonga oldi!
83'
Xese jarima maydonchasining chap qanotida to‘pni egallab, 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Ronaldu uzatmaga iroz yeta olmadi — himoyachi to‘pni qaytardi
77'
Bugun burchak to‘plari statistikasi bo‘yicha meksikaliklar aslo ortda qolishmadi. Bu aniq. Navbatdagi uzatmadan keyin bosh bilan zarba berildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
76'
"Krus Asul"da ham o‘zgarish: Roxas o‘rniga Ismael Valades tushdi
76'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
73'
"Real"da o‘zgarish: Kroos o‘rniga Xedira tushirildi
72'
GOOOOOOL! Iskoooo, 0:4! "Real"ning qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. Ronalduning chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Iskoga uzatdi. U ikki futbolchini aldadi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi
71'
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pga "Krus" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Kasilyas to‘pni egalladi!
70'
Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘pni Korona egalladi!
69'
Beylning zarbasi qovushmadi. Noaniq
68'
Iskoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
65'
Vuuuuuuh! Barrera! U jarima maydonchasining o‘ng tomonida Marseloni aldadi va Kasilyasning ustidan to‘pni o‘tkazib zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
65'
"Kru Asul"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Ximenes va Pavon o‘rniga Fabian va Barrera tushirildi
64'
"Real"da futbolchi almashtirish: Ramos o‘rniga Varan tushdi
63'
Vuuuuh, Ronalduuuuu! "Real" himoyadan hujumga juda tez o‘tdi. Benzemaning uzatmasidan keyin Beyl chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetib kelgan Krishtianuga yetkazdi. Hujumni to‘pni to‘xtatmasdan oyoqlarini chalishtirgancha zarba berdi. Chiroyli zarba. Yetarlicha kuchli chiqdi, faqat darvozabonning o‘ziga bordi to‘p! Qoyil!
61'
Vuuuuh! Benzema-Ronaldu-Beyl kombinasiyasidan so‘ng Krishtianu yana Garetning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi". Bu safar Beylning bosh bilan yo‘llagan zarbasini darvozabon egalladi
59'
"Krus" futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bu safar penalti yo‘q
59'
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Takroriy uzatmadan keyin Ronaldu o‘z ustidan oshirib to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘pni Korona egalladi
55'
Beyl ofsaydda qolib ketdi, aks holda jarima maydonchasiga kirib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqayotgandi
52'
Kroos chap qanotda belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
50'
GOOOOOOOOL! Beyl, 0:3! Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va qarama-qarshi qanotda himoyachining ortida turgan Beylning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi"! Garet osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi
48'
"Krus Asul" ikkinchi bo‘lim boshida "Real" jarima maydonchasi atrofida to‘pni aylantirdi, ammo xavfli vaziyat yarata olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
"Real" bo‘lim davomida katta ustunlikka erishdi va 2ta imkoniyatni golga aylantirdi. Meksikaliklar yomon o‘ynashmayapti. Himoyada harakat qilayotgan bo‘lsalar-da, hujumga o‘tganda dadil harakat qilshmoqda. Ular penaltidan foydalana olishmadi. Hozircha "Krus Asul" - "Real" - 0:2. Tanaffus
45+1'
Kompensasiya vaqti "Real"ning hujumlari bilan o‘tdi. Hakam xushtagini chaldi.
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Benzema jarima maydonchasiga kirib borayotgan Ronalduga to‘pni uzatib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishi mumkin edi, ammo to‘p himoyachiga tegib qoldi
43'
Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Krishtianuning o‘zi jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
41'
Meksikaliklar 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madridliklar mudofaani mustahkam saqlashdi
40'
Vuuuuuuh! Kasilyas!!! Xerardo Torradoning zarbasini qaytardi. To‘p darvozabondan o‘ng burchakka yo‘naltirilgandi. Ikerdan ajoyib seyv!
39'
Serxio Ramos Pavoneni qo‘li bilan tortib yiqitdi!
39'
Penalti! "Real" darvozasiga!
38'
Ximenes chap qanotdan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib qaytdi
36'
GOOOOOOOOL! Karim Benzema, 0:2! Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va so‘nggi chiziq oldidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Markaziy himoyachidan tezroq harakat qilgan Benzema 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi!
34'
Marselo chap qanotda himoyachini chalg‘itib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Korona to‘pni egalladi
32'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Isko jarima maydonchasining chap tomonida egallab, jarima maydonchasi tashqarisida tayyor turgan Kroosga yetkazdi. Tonining zarbasi aniq va kuchli chiqdi. Korona zarbani qaytardi!
31'
"Krus" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasiga ichiga birdaniga 4 nafar meksikalik futbolchilar kirib borishdi. Zarba yo‘liga Marselo g‘ov bo‘ldi
28'
Vuuuh! "Krus Asul"ning hujumi paytida to‘p jarima maydonchasi ichida o‘ng qanotda ochilgan Roxasga uzatildi. Yarim himoyachi Marseloni aldab zarba yo‘lladi. Ramos to‘pga oyoq qo‘ydi va to‘p rekoshet holatida yon tomonga ketdi
26'
"Madrid" navbatdagi burchak to‘pini tepdi. Meksikaliklar xavfni bartaraf etishdi
24'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl va himoyachi o‘rtasidagi to‘qnashuvda Garet boshidan jarohat olgani uchun hakam o‘yinni biroz muddatga to‘xtatib turdi
22'
"Krus" o‘yin sur’atini tenglashtirishga intilmoqda
20'
Burchak to‘pi Marselo orqali darvozabon maydonchasiga uzatildi. Korona to‘pni egallab oldi
19'
Ronaldu burchak to‘pi ishladi
18'
Ximenes jarima to‘pini uzatdi. Bosh bilan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pga futbolchilardan biri yetib bora olmadi
17'
Kroos Ximenesga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 28 metrlar masofa bor
15'
GOOOOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:0! Meksikaliklar raqibning o‘yin boshidagi bosimiga zo‘rg‘a dosh berayotgan edilar, ammo baribir "standart"dan gol o‘tkazib yubordi! Kroos ajoyib tarzda jarima zarbasini amalga oshirdi. Ramos bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Tezkor gol amalga oshdi
14'
O‘ng qanotda Karvaxalga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
12'
Vuh, Benzema! Jarima maydonchasi tashqarisidan ikki himoyachi orasidan zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yomon tomondan kelib tegdi!
11'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab, darvoza tomon zarba berdi. Zarba unchalik kuchli chiqmadi. Xose Korona to‘pni egalladi
9'
Vuuuuuh! "Krus Asul" hisobni ochishi mumkin edi! Roxas o‘ng qanotda Marseloni chalg‘itib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Meksikalik futbolchilardan biri to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurganida, hisob ochilardi. Ammo to‘p Kasilyasning oyog‘idan narigi qanotdan maydonni tark etdi
6'
Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, bir futbolchini aldadiyu, ikkinchisiga to‘pni oldirib qo‘ydi
5'
Endi Isko maydon markazidan belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
4'
Meksikaliklar maydon markaziga yaqin joydan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarba darvoza yonidan o‘tib ketdi
3'
Vuuuuuuuuuh! Ronalduuuuuu! Koronaaaaa!!!! Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasining chap qanotiga yetkazdi. Benzama bosh bilan darvoza qarshisida turgan Ronalduga uzatdi. To‘p uchun himoyachi ham kurash olib bordi, shunga qaramay, Krishtianu darvozaga zarba berdi. Xose Korona zarbani egallab oldi!!!
2'
"Madrid" to‘pni nazorat qildi. To‘p yon chiziqdan maydonni tark etdi
1'
Uchrashuvga start berildi
'
O‘yinni madridliklar boshlab beradigan bo‘lishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Krus Asul" - ko‘k, "Real" - oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi
'
Meksikaliklar chorak finalda OCHL g‘olibi — "Vestern Sidney" klubini qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi
'
Marokashda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi JChda yarim final bahslari bsholanmoqda. YECHLning amaldagi g‘olibi "Real Madrid" o‘z ishtirokini ushbu bosqichdan boshlaydi. Anchelotti shogirdlari "Krus Asul" jamoasiga qarshi maydonga tushadilar
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.