Ispaniya La ligasi
| 16-tur, 20 dekabr, soat 20:00 | ||
BARSELONAPedro (2)
Luis Suares (53) Jerar Pike (80) Lionel Messi (82, 90+2) |
5 : 0 |
KORDOBA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Klaudio Bravo Martin Montoyya Xerard Pike Xavyer Maskerano Xordi Alba Serxio Buskets Ivan Rakitich Andres Inyesta Pedro Rodriges Lionel Messi Luis Suares |
Xuan Karlos Edu Kampabadal Inigo Lopes Aleksandar Pantich Xose Anxel Krespo Deyvid Luzo Patrik Ekeng Borxa Garsiya Federiko Kartabiya Nabil Gilya |
|
| ZAHIRA | ||
|
Mark-Andre ter Shtegen Jeremi MatYE Adriano Korreyya Rafinya Xavi Neymar Munir el-Haddodiy |
Mikel Sayzar Daniel Pinilyos Fidel Xose Mariya Lopes Silva Abel Gomes Fausto Rossi Florin Andone |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Buskets (66)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun 00:30da boshlanadigan "Real Madrid" va "San Lorenso" o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi JCh finalidan uyushtiriladigan onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang |
| ' | ![]() |
"Barselona"ning 2014 yildagi so‘nggi goli baribir Messining hisobiga yozildi. Lionel La liganing ushbu mavsumidagi gollari sonini 15taga yetkazdi. La liga tarixidagi gollar soni esa oshib bormoqda. Har bitta gol rekord ekanini yaxshi bilasiz |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Barselona" - "Kordoba" - 5:0! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOLLL! Lionel Messsssiii! 5:0! Rafinya chap qanotdan jarima maydochnasiga kirdi va to‘pni yuqoridan markazroqqa uzatdi. To‘p himoyachining boshidan o‘ng qanotda turgan Messiga kelib tushdi. Leo noqulay holatda to‘pni chiroyli tarzda o‘ziga bo‘ysundirdi va o‘ng oyoqda (!) darhol zarba berib, yaqin burchakni aniq nishonga oldi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Kartabiya jarima maydonchasining chap burchagidan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 89' | Mazkur turdan keyin La liga jamoalari 2 haftalik tanaffusga chiqishadi. O‘yinda boshqa urilmasa, "Barsa"ning 2014 yildagi so‘nggi golini Messi urgan hisoblanadi | |
| 86' | ![]() |
Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Messi jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bormoqchi bo‘lganida to‘pni yo‘qotdi |
| 85' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng tomonida mezbonlar himoyachisi Maskerano "Kordoba" futbolchisiga nisbatan xavfli o‘yin namoyish qildi |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel Messiiii! 4:0! BUrchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachi qaytaraman deb Messiga to‘g‘rilab berdi. Leo 11 metrli nuqta ustidan o‘ng oyoqda to‘sin ostiga to‘pni yo‘lladi! 14-gol |
| 82' | ![]() |
Suares burchak to‘pi ishladi |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Pike, 3:0! Mezbonlar o‘ng burchakka yaqin joyda Albaga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Xavi yetkazib bergan to‘pni Pike bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 78' | ![]() |
Pedro o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Suares to‘pga oyoq cho‘zdi, ammo biroz yeta olmadi |
| 76' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Rafinya tushirildi |
| 75' | ![]() |
"Kordoba"da o‘zgarish: Borxa Garsiya o‘rniga Xose Mariya Lopes Silva tushirildi |
| 73' | ![]() |
Xavi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi! Posbon to‘pni egalladi |
| 71' | ![]() |
"Kordoba"da o‘zgarish yuz berdi. Luzo o‘rniga Rossi tushdi |
| 69' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima zarbasini tepishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 66' | ![]() |
Buskets sariq kartochka oldi. Hujum o‘tayotgan raqib futbolchisini ataylab yiqitgani uchun |
| 65' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Xavi tushirildi |
| 64' | ![]() |
Kartabiya yo‘llagan zarba jonli devorga tegdi |
| 62' | ![]() |
Pedro o‘z jarima maydonchasi yaqinida raqibga nisbatan fol ishlatdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin |
| 60' | ![]() |
"Kordoba"da o‘zgarish: Inyego Lopes o‘rniga Pinilyos tushdi |
| 59' | ![]() |
Messi ikki marta hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 56' | ![]() |
Ohohoho! Ivan Rakitich tomonidan 20 metr masofadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p ustunga tegdi va yon tomonga qarab ketdi! |
| 55' | ![]() |
Luis Suares La liga doirasida "Barselona"dagi o‘zining dastlabki golini urdi! |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Luis Suareessss! 2:0! Messi-Inyesta-Pedro kombinasiyasidan so‘ng Suares to‘pni qabul qilib oldi va darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi va hisobni 2:0ga yetkazdi! |
| 49' | ![]() |
Messi bir necha himoyachilardan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | O‘yinning debyutidayoq gol urib olgan Enrike shogirdlari keyin daqiqalarda biroz xotirjamlikka berilishdi. Bundan foydalangan mehmonlar 1-2 marta "Barsa"ni xushyor tortishga majbur qilishdi. Hisob qaltis ekanini his qilgan mezbonlar yana bosim uyushtirishdi, ammo tanaffusga qadar boshqa gol ura olishmadi | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Barselona" - "Kordoba" - 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘p ortga qaytib, mezbonlar yana hujum tashkil qilishdi. Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. Xuan Karlos to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Alba chap qanotdan ikki himoyachidan o‘tib ketdi va darvoza ustuniga juda yaqin keldi. Uning zarbasi darvozabonga tegib, maydonni tark etdi! |
| 40' | ![]() |
Bo‘lim so‘ngigi kelib kataloniyaliklar bosimni oshirishdi. |
| 36' | ![]() |
Pedro 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
Inyesta to‘pni Pedroga uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi. Pedro tavani bilan himoyachining oyoqlari orasidan o‘tkazib, chiroyli tarzda unga yetkazib berdi. Inyesta darvozabon maydonchasiga borib, Suares tomon uzatma berayotganida to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 31' | ![]() |
Alba chap qanotdan kirib keldi va darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 27' | ![]() |
Montoyya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va oyog‘i qayrilib yiqildi. Raqib unga xalal bermagandi |
| 26' | ![]() |
"Kordoba" futbolchisi o‘ng qanotdan darvoza tomon zarba yo‘lladi! Bravo to‘pni qaytardi, ammo ushlab qola olmadi, ammo ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Inyesta raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab oldi va Messiga uzatdi. Leo himoyachilar qurshovida tezkor qaror qabul qila olmadi |
| 22' | ![]() |
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va biroz orqaroqda turgan Rakitichga to‘pni uzatdi. Ivanning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh, mehmonlarda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi! 14-raqamli futbolchi o‘ng tomonda Maskeranodan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 18' | ![]() |
O‘yin birmuncha sokin o‘tmoqda. Mezbonlarning u qadar bosim o‘tkazmayotganidan foydalanib, "Kordoba" ham hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda |
| 14' | ![]() |
Maydon markazidan boshlangan Messi-Inyesta-Suares uzatmasidan keyin Luis to‘pni Pedro tomon uzatmoqchi bo‘lgandi, to‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan Xordi Alba yetkazib bergan to‘pni Suares 7-8 metr masofadan darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi! |
| 10' | ![]() |
"Barsa" to‘pni xotirjam nazorat qilyapti |
| 7' | ![]() |
Inyesta chap qanotda bir futbolchini aldab, jarima maydonchasi kirar-kirmas zarba yo‘lladi. Xuan Karlos to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Neymar jarohat olgani bois asosiy tarkibdan joy olayotgan Pedro yaxshi formada ekanini namoyish qilmoqda. U Ispaniya kubogi doirasida "Ueska" darvozasiga 3ta gol urgandi |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOL! Pedro, 1:0! Juda tezkor gol! 1 daqiqayu 12-soniyada gol urildi! Rakitich chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. Pedro himoyachilar ortidan chiqib kelib bir harakat bilan to‘pni to‘xtatdi va ikkinsi harakat bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Posbon reaksiya ko‘rsatishga ham ulgurmadi... |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! "Barselona" o‘zining ko‘k-anorrang, "Kordoba" esa yashil-oq yo‘l-yo‘l formada maydonga tushgan. Ketdik! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. O‘yin boshlanishi uchun barcha shay |
| ' | Neymar La liganing 1ta, kubokning bitta o‘yinini o‘tkazib yubordi. U jarohatidan to‘la forig‘ bo‘ldi. Ammo u bugun zaxirada qoldi. Katta ehtimol bilan u ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilsa kerak | |
| ' | Ispaniya La ligasining 16-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Kordoba" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|