Klublar o‘rtasida Jahon chempionati
| Final, 21 dekabr, soat 00:45 | ||
REAL MADRIDSerxio Ramos (37)
Garet Beyl (51) |
2 : 0 |
SAN-LORENSO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Iker Kasilyas Pepe Serxio Ramos Marselo Daniel Karvaxal Isko Toni Kroos Xames Rodriges Garet Beyl Krishtianu Ronaldu Karim Benzema |
Sebastyan Torriko Mario Yepes Valter Kannemann Emmanuel Mas Xuan Ignasio MersYE Xulio Buffarini Nestor Ortigosa Enso Kalinski Pablo Barryentos Gonsalo Veron Martin Kauteruchcho |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Serxio Ramos (22)
Karvaxal (30) |
Pablo Barryentos (16)
Xulio Buffarini (56) Valter Kannemann (85) |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Real" klublar o‘rtasidagi JChning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi! Tabriklaymiz! |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Oho! Koentrau chap qanotdan havolatib uzatgan to‘piga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. Torriko to‘pni ushlab oldi |
| 88' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Serxio Ramos o‘rniga Varan tushdi |
| 87' | ![]() |
Xulio Buffarini jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Aniq chiqmadi bu zarba |
| 86' | ![]() |
"San Lorenso" futbolchilari maydon markazida to‘pni egallab olishdi. Marsiyes jarima maydonchasi yaqinigacha keldi va kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 85' | ![]() |
Valter Kannemann ogohlantirish oldi |
| 84' | ![]() |
Kasilyas darvozasi tomon xavfli zarba yo‘llandi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi! |
| 82' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi ichida sherigiga to‘ni uzatmoqchi bo‘lganida Torriko to‘pni egalladi |
| 78' | ![]() |
Evropaliklarning hujumini "SAn Lorenso" futbolchilari jarima maydonchasi ostonasida qaytarib qolishdi |
| 73' | ![]() |
Vuuuuuh, Kariiiim! Beyl o‘ng qanotdan to‘pni unga uzatdi. Benzema juda yaqin masofadan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi! |
| 68' | ![]() |
Martin Kauteruchcho maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Mauro Matos tushirildi |
| 64' | ![]() |
"Real" o‘zining "firmenniy" qarshi hujumini tashkil qildi. Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va to‘pni yuqoridan darvozabon maydonchasiga uzatdi! To‘p yuqoridan darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi |
| 62' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 60' | ![]() |
Qisqa vaqt ichida argentinaliklar bosh murabbiyi ikkita o‘zgarish qildi |
| 57' | ![]() |
"Madrid" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "San Lorenso" katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi |
| 56' | ![]() |
Xulio Buffarini ogohlantirish oldi. U Beylni qoidaga xilof tarzda to‘xtatdi |
| 54' | ![]() |
Vuuuh! Enso Kalinskiy jarima maydonchasi ostonasida sakrab turgan to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p biroz darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:0! Uelslik futbolchi jarima maydonchasi ichida Iskodan to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. Kuchli bo‘lmagan zarbani argentinalik darvozabon qo‘llarining tagidan o‘tkazib yubordi |
| 49' | ![]() |
Ronaldu chap tomondagi Benzemaga to‘pni uzatib, o‘zi jarima maydonchasi ichida qayta qabul qildi, ammo himoyachilar unga zarba yo‘llash imkoniyatini berishmadi |
| 47' | ![]() |
"San Lorenso" ikki marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Ikkinchi uzatmaga Yepes bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga qaytishyapti |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "San-Lorenso" - 1:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Ronaldu yo‘llagan zarba uning yaqinida — jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan futbolchining qo‘liga tegadi. Nazarimizda penalti yo‘q edi, boisi masofa juda qisqa edi, himoyachi qo‘lini olib qochishga ulgurmasdi. Hakam ham o‘yinni to‘xtatmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Maydon markaziga yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini madridliklar amalga oshirishdi. Ramos jarima maydonchasi ichida oyoq bilan zarba berishga harakat qildi. Zarba kuchli chiqmadi, Torriko to‘pni egalladi |
| 43' | ![]() |
Marselo jarohat oldi shekilli, uning o‘rniga Koentrau tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| 40' | ![]() |
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 37' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Serxio Ramoooos, 1:0! Burchakdan Kroosning uzatmasini markaziy himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi! Turnirdagi ikkinchi o‘yindagi Ramosdan ikkinchi gol! |
| 36' | ![]() |
"Realchilar" jarima maydonchasi atrofida, ichida paydo bo‘layotganida janubiy amerikaliklar katta shijoat evaziga xavfni bartaraf etib turishibdi. Ronaldu o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasini Torriko maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 31' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni madridliklar qaytarishdi |
| 30' | ![]() |
Karvaxal juda qo‘pollik bilan raqibni tepib yiqitdi. Ogohlantirish oldi |
| 29' | ![]() |
Marselo chap qanotdan darvozabon maydonchasiga havolatib pas berdi. Posbon to‘pni egalladi |
| 28' | ![]() |
Ronalduning pasidan so‘ng Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba yo‘lladi. Torriko ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Qiziq vaziyat yuz berdi. Pepe yon chiziqdan to‘pni Ramosga uloqtirayotganida to‘p qo‘lidan chiqib ketib, o‘z oldiga tushdi va sakrayotgan to‘pni bosh bilan Serxioga uzatdi:). O‘yin to‘xtatildi albatta |
| 25' | ![]() |
Kauteruchcho maydon markazida Ramosga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 24' | ![]() |
Benzema burchak to‘pi ishladi |
| 22' | ![]() |
Serxio Ramosga sariq kartochka. Kerakmas joyda raqib oyog‘iga tepdi |
| 21' | ![]() |
Beyl nisbatan yana fol ishlatildi |
| 18' | ![]() |
"San Lorenso" futbolchilari o‘z darvozalari tomon belgilangan har qanday standart vaziyatda juda xushyor o‘ynashmoqda. |
| 17' | ![]() |
Ronalduning zarbasi jonli devordagilarga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 16' | ![]() |
Hakam bilan tortishgan Pablo Barryentosga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 16' | ![]() |
Beylga nisbatan darvoza ro‘parasida o‘yin qoidasi buzildi |
| 13' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 13' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi |
| 12' | ![]() |
O‘yin ancha ehtiroslar ostida davom etmoqda. Futbochlilar o‘zini ham, raqibni ham ayashmayapti |
| 10' | ![]() |
Argentinaliklar o‘ng qanot bo‘ylab hujum tashkil qilishdi. Kauteruchcho to‘pni maydondan chiqarib yubordi |
| 5' | ![]() |
Krishtianu 30 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jonli devordagi futbolchiga tegib, darvozabonga kelib tushdi |
| 1' | ![]() |
"Real" hisobni ochishi mumkin edi! Toni Kroos raqib jarima maydonchasiga uzoq bo‘lmagan joyda to‘pni argentinalik futbolchidan olib qo‘ydi va tezda chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu o‘ng tomonda ochilgan Benzemaga uzatdi. Karim to‘pga yeta olmadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | Klublar o‘rtasida jahon chempionati. Final. "Real" (Ispaniya) - "San-Lorenso" (Argentina) | |
| ' | ![]() |
Yana bir marta assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|