Angliya Premyer-ligasi
| 17-tur, 21 dekabr, soat 21:00. Bosh hakam: Maykl Oliver | ||
LIVERPULKoutinyo (45)
Martin Shkrtel (90+7) |
2 : 2 |
ARSENALMatyo Debyushi (45+1)
Olivye Jiru (64) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Bred Jons (D) 04.Kolo Ture 37.Martin Shkrtel 17.Mamadu Sako 10.Filippe Koutinyo 14.Jordan Xenderson 31.Rahim Sterling 21.Lukas Leyva 20.Adam Lallana 08.Stiven Jerrard 50.Lazar Markovich |
01.Voysex Shensni (D) 03.Kiran Gibbs 02.Matyo Debyushi 21.Kalum Chambers 04.Per Mertezaker 19.Santi Kasorla 20.Matye Flamini 15.Aleks 23.Danni Uelbek 12.Olivye Jiru 17.Aleksis Sanches |
|
| ZAHIRA | ||
|
22.Simon Minyole (D) 03.Xose Enrike 23.Emre Jan 19.Xavi Mankilyo 18.Alberto Moreno 09.Riki Lambert 29.Fabio Borini |
26.Damyen Martines (D) 18.Nacho Monreal 20.Fransis Koklen 09.Lukas Podolski 62.Aynsli Maytland-Nayls 28.Xoel Kembell 14.Teo Uolkott |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Fabio Borini (90)
|
||
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Fabio Borini (90+2)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+10' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" - "Arsenal" - 2:2! O‘yinga mos hisob |
| 90+10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘p qaytarildi |
| 99+10' | ![]() |
Vuuuuuh, "Arsenal" qarshi hujumda xavfli vaziyat yaratdi! Mezbon himoyachilari va darvozaboni bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi! |
| 90+7' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Martin Shkrteeeeeeel, 2:2! Burchakdan yetkazilgan to‘pga himoyachi bint bilan o‘ralgan boshi bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! Qoyil! Dahshatli o‘yin! |
| 90+6' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 90+5' | ![]() |
Jerraaaaaard! Olis masofadan zarba yo‘lladi! Darvozabon bir amallab zarbani qaytardi! |
| 90+4' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Sanches o‘rniga Monreal tushirildi |
| 90+2' | ![]() |
Fabio Borini maydonni tark etdi. U raqib futbolchisiga tik oyoq bilan o‘ynadi |
| 90+1' | ![]() |
Rahim chap qanotdan kuchli zarba yo‘lladi! Shchensni to‘pni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 9 daqiqa (!) qo‘shib berildi. Shkrtelga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 5 daqiqa ketgandi... |
| 90' | ![]() |
Fabio Borini ogohlantirish oldi. |
| 88' | ![]() |
Borini tomonidan o‘tkir burchak ostida berilgan zarba posbonga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 87' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Shkrtel bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuuh, Shchensni jamoasini qutqardi! Sterling chap qanotdan uzatgan to‘pni Borini bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Voysex to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 84' | ![]() |
Koutinyo jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Zarba aniq bo‘lmadi |
| 82' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Jiru o‘rniga Koklen tushirildi |
| 81' | ![]() |
Rodjers tavakkal qilishga majbur. U himoyachi Kolo Tureni maydondan olib, Riki Lambertni maydonga tashladi |
| 76' | ![]() |
Ehhhh Jerrard! Chap qanotdan Saxo to‘pni jarima maydonchasiga yetkazganidan keyin himoyachi to‘pni Jerrard tomon qaytardi. Stiven 16 metrdan kuchli zarba yo‘llay olmadi. Posbon to‘pni egalladi |
| 75' | ![]() |
Ohohohohoho!!! Xenderson chap qanotdan to‘pni yerlatib Leyvaga uzatdi. Lukas 12 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p deyarli darvoza ustunini silab o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Lazar Markovich o‘rniga Fabio Borini tushirildi |
| 73' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Shchensni egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Koutinyo o‘ng qanotdan to‘pni chap qanotga uzatdi. Lallana to‘pni to‘xtata olmadi. Hujum davom etdi. Jerrard 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida darvozabonning qo‘liga kelib tushdi |
| 65' | ![]() |
Bu safar chap qanotdan "Liverpul" hujum tashkil qildi. Koutinyo zarba berish chog‘ida to‘p uning oyog‘iga o‘tirmadi |
| 64' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Olivye Jiruuuuu, 1:2! "Arsenal" chap qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Uelbek maydonning so‘nggi chizig‘i oldidan to‘pni darvozabon maydonchasida turgan Jiruga uzatdi. Olivye yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! To‘p darvozabon oyoqlari orasidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Sterling birga-bir vaziyatga chiqib, oldinga yugurib chiqqan Shchensni aldab chap tomonga o‘tdi. Rahim to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga kelgan Jerrardga uzatdi. Jamoa sardorining bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 60' | ![]() |
Ehhh, Lukas Leyva... 16 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 59' | ![]() |
Chap burchak yonida Shkrtel Jiruni chalib yiqitdi. Aleksis Sanchayes dastlab jarima to‘pini, keyin burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 58' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shkrtel o‘yinni davom ettirmoqda |
| 57' | ![]() |
Shkrtel maydon chetiga chiqdi. Nazarimizda u formasini ham almashtirishi kerak. Formasiga qon tekkandi. O‘yin davom etadi |
| 56' | Tibbiy yordam ko‘rsatilayotganiga 4 daqiqa bo‘ldi. Shkrtelning boshiga bint bog‘landi. Uning ustidan qora material o‘ralmoqda | |
| 54' | Shkrtelga maydonning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. | |
| 52' | ![]() |
Oyyyyy..... Jiru o‘zi bilmagan holda Shkrtelning boshini bosib o‘tib ketdi. Himoyachining boshi yirtildi. Qon oqmoqda... |
| 49' | ![]() |
Kasorla jarima maydonchasi yoniga bordi va 2-3 himoyachidan o‘tib markaz tomon surildi va zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
Jerrard yetkazgan to‘pni himoyachi qaytardi. Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 47' | ![]() |
Debyushi jarima maydonchasining chap tomondagi chizig‘i yonida Sterlingga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Liverpul" - "Arsenal" - 1:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Matyo Debyushi, 1:1! "Arsenal" tezda hisobni tenglashtirdi. Ular o‘ng qanotdan jarima zarbasini qo‘lga kiritishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni mezbonlar qaytarishdi. Flamini bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatdi. Matyo Debyushi bosh bilan yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOL! Koutinyo! Xenderson o‘ng qanotda to‘pni egallab, biroz markaz tomon yurdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Koutinyoga berdi. Yarim himoyachi biroz o‘ng tomonga surildi va zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 41' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar uzatni qaytarishdi |
| 39' | ![]() |
Ehhhhh, Markovich! Sterling yetkazib bergan to‘pga Lazar jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi! Ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 36' | ![]() |
Endi "Arsenal" futbolchilari Jiruni Shchensni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi, jarima maydonini o‘z vaqtida tark etgan Voysex to‘pni tepib yuborishga ulgurdi! |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! "Liverpul" hisobni ochishi shart edi! Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni bosh bilan qaytarish chog‘ida "Arsenal" himoyachisi to‘pni Markovichga berib qo‘ydi. Lazar bir himoyachidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi! Bred Jons oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 30' | ![]() |
Koutinyo 25 metrlardan yerlatib zarba berdi. Bred Jons to‘pni egalladi |
| 29' | ![]() |
Markovich markaziy himoyachilarning ustidan oshirib, to‘pni Sterlingga uzatdi. Darvozabon to‘pga ega chiqdi |
| 27' | ![]() |
Ustunlik mezbonlar tomonida. Rodjers shogirdlarining tezkor gol urish rejasi amalga oshmadi |
| 23' | ![]() |
"Arsenal" dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Qizillar" uzatmani maydon qaytarishdi |
| 22' | ![]() |
Mezbonlarning dastlabki daqiqalardagi bosimini bartaraf etgan "kanonirlar" asta-sekin o‘zlari ham oldinga o‘tishmoqda. Uelbek jarima maydonchasiga kirish chog‘ida to‘pni yo‘qotgan bo‘lsa, Jiru tomonidan berilgan zarba muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 19' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Saxo bosh bilan zarba berdi. Zarba darvozaga aniq bormadi |
| 18' | ![]() |
Lallana jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 14' | ![]() |
Jerrard burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p havoda chiziqni kesib o‘tdi |
| 12' | ![]() |
Oho! Chap qanotdan Markovich Lallanaga to‘pni uzatdi va Adam jarima maydonchasiga kira solib zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
Sterling chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi, mehmon himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 8' | ![]() |
Kasorla yetkazgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 8' | ![]() |
"Arsenal" chap qanotda jarima zarbasi ishladi |
| 3' | ![]() |
Uh! Jerrard yo‘llagan zarba darvoza to‘sini va ustuni kesishgan joydan biroz yuqoridan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Mertezaker jarima maydonchasi doirasi chizig‘i oldida Koutinyoni chalib yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Brendan Rodjers shogirdlari o‘tgan yili o‘z maydonlarida "Arsenal"ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgandi... |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | "Liverpul" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda. | |
| ' | Angliya Premyer-ligasi 17-turi doirasidagi markaziy uchrashuvni biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|