Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

17-tur, 23 dekabr, soat 01:00

STOK SITI

0 : 2

CHELSI

Jon Terri (2)
Sesk Fabregas (78)
JAMOALAR TARKIBI
Asmir Begovich
Fillip Bardsli
Rayan Shoukross
Mark Munisa
Erik Piters
Jeff Kameron
Stiven N`Zonzi
Jonatan Uolters
Boyan Krkich
Marko Arnautovich
Piter Krauch
  Tibo Kurtua
Branislav Ivanovich
Gari Kexill
Jon Terri
Sesar Aspilikueta
Jon Obi Mikel
Nemanya Matich
Villian
Sesk Fabregas
Eden Azar
Diyego Kosta
ZAHIRA
Jek Batlend
Robert Xut
Glenn Uilan
Mark Uilson
Charli Adam
Mame Biram Diuf
Usama Assaidi
  Petr Chex
Kurt Zuma
Felipe
Oskar
Natan Ake
Andre Shyurrle
Didye Drogba
SARIQ KARTOCHKA
Fillip Bardsli (18)
Erik Piters (53)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+5'
O‘yin tugadi. "Chelsi" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va peshqadamlik qilishda davom etadi
90+5'
Boyan Krkich 20 metrlardan yaxshi zarba berdi. To‘p ustun yonidan bir necha santimetr masofadan o‘tib ketdi!
90+4'
Mezbonlar so‘nggi daqiqalarda hujumga o‘tib ketishdi, "Chelsi" qarshi hujumda raqibni jazolashi mumkin edi, ammo Shyurrle tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba kuchsiz chiqdi
90+1'
Chap qanotda belgilangan jarima zarbasini Drogba darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Posbon to‘pga ega chiqdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Maydon markaziga yaqin joyda Drogbaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
84'
"Chelsi"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Didye Drogba tushirildi
83'
Ehhh, Diyego Kosta! Shyurrlening uzatmasidan keyin Kosta darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi! Uning zarbasini Asmir Begovich qaytardi!
81'
Jarima to‘pidan keyin mezbonlar "Chelsi" darvozasi oldida taxlikali vaziyatni yuzaga keltirishdi, ammo ular darvozaga zarba berishga ulgurishmadi!
80'
"Stok" chap qanotda jarima zarbasi ishladi
78'
GOOOOOOOOL! Sesk Fabregas, 0:2! Azarning uzatmasini 11 metrli nuqta atrofida qabul qilgan Fabregas unchalik kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
72'
CHArli Adamning uzatmasidan so‘ng "Stok" futbolchilaridan biri to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Ammo u darvozaga na aniq zarba berdi, na sherigini to‘p bilan ta’minladi
70'
Vuuuuuh! Hozirgina maydonga tushgan Charli Adam 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
67'
Mezbonlar ikkinchi bo‘limda nisbatan faol o‘ynashmoqda, ammo hozircha raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltira olishmayapti
64'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Begovich to‘pni egalladi
63'
Mezbonlar yarim himoyachisi o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
62'
"Stok Siti"da birinchi o‘zgarish: Piter Krauch o‘rniga Mame Biram Diuf tushdi
61'
Villian zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi
60'
MAtichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Davrozagacha 22 metr
54'
Azar jarima maydonchasining chap tomonida himoyachilarni chalg‘itib, to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Diyego Kostaning zarbasi kuchli chiqmadi, Asmir to‘pni egallab oldi
53'
Erik Piters ogohlantirish oldi
52'
Kosta tomonidan berilgan zarbani Begovich egallab oldi!
50'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p hech kimga tegmay, narigi qanotdan maydonni tark etdi
47'
"Stok" ikkinchi bo‘limni faol boshladi. Qanotdan yetkazilgan to‘pga Krauch bosh bilan zarba berdi. noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
45+2'
Fabregas maydon markazidan Kosta to‘p bilan ta’minladi. Diyego bir himoyachidan o‘tdi, jarima maydonchasiga kirayotgan paytda ikkinchi himoyachi to‘pni tepib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
42'
To‘p nazorati londonliklar tomonida
37'
Boyan Krkich maydon markazida belgilangan jarima zarbasi jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Kurtua musht bilan to‘pni urib yubordi, boz ustiga, Tiboga nisbatan qoida buzildi deb topildi
34'
Bardsli jarohat olgani bois, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
31'
Ehhhhhh, Kostaaaaaa! Qarshi hujum paytida Fabregas maydon markazidan pas berib, Diyego Kostani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi! Hujumchining zarbasi darvozabonning yonidan o‘tdi, ammo olis ustun yonidan ham o‘itb ketdi!
27'
"Stok" futbolchisi chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi. Takroriy uzatmani Kurtua egalladi
24'
Azar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Begovich to‘pni egallab oldi
22'
Mezbonlar 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mourinyo shogirdlari to‘pni egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tishayotganida, maydon markazida to‘p hakamga tegib qoldi va xavf yo‘qqa chiqdi...
20'
"Stok" futbolchisi jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Jon Terrining oyog‘iga tegib, yaqin burchakka yo‘l olayotganida Kurtua zarbani qaytardi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
18'
Oy-oy-oyyyy! Fillip Bardsli maydon chetida chiziq tashqarisi bo‘ylab o‘zidan o‘tib ketayotgan Eden Azarni ochiqchasiga tepib yiqitdi. Qizil bersa ham bo‘lardi, ammo hakam sariq kartochka bilan cheklandi
18'
Ushbu standartda xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
17'
Diyego Kosta burchak to‘pi ishladi
12'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda
7'
Ivanovich bu safar yuqoridan uzatma berdi, Diyego Kosta olis ustun tomondan to‘pni bosh bilan 11 metrla nuqta atrofiga qaytardi. Ammo zarba yo‘llaydigan futbolchi yo‘q edi
6'
Ivanovich o‘ng tomondan yerlatib uzatma berdi, Azar to‘pni o‘tkazib yubordi. Diyego Kosta 17 metrdan zarba yo‘lladi. Noaniq
2'
GOOOOOOOOL! Jon Terri, 0:1! Burchakdan uzatilgan to‘pni jamoa sardori bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! O‘ta tezkor gol!
1'
Londonliklar burchak to‘pi ishlashdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Ushbu turda "Siti" g‘alaba qozondi va ochkolar bo‘yicha "Chelsi"ga yetib oldi. Demak, Mourinyo shogirdlari o‘z ortdlarida bosimni his qilishmoqda. Bugungi o‘yinda ochko yo‘qotishga haqli emaslar. Ammo "Stok Siti" osonlikcha ochko berib qo‘ymaydi
'
"Stok Siti" - "Chelsi" o‘yini bilan Angliya Premyer-ligasining 17-tur bahslariga yakun yasaladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.