Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

O‘rtoqlik uchrashuvi

25 dekabr, soat 21:00

O‘ZBEKISTON

Jamshid Iskanderov (13-pen.)

1 : 0

IROQ

JAMOALAR TARKIBI
Eldor Suyunov
Egor Krimes
Shavkat Mullajonov
Akmal Shorahmedov
Vitaliy Denisov
Aziz Haydarov
Jamshid Iskanderov
Sanjar Tursunov
Timur Kapadze
Jasur Hasanov
Igor Sergeev
 
SARIQ KARTOCHKA
Akmal Shorahmedov (20)
 

Matn

'
O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari 28 dekabr kuni yana bir marta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi
90+3'
Burchak to‘pi qaytarildi va o‘yin tugadi. O‘zbekiston-Iroq - 1:0. G‘alaba muborak bo‘lsin!
90+2'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Terma jamoamizda so‘nggi (oltinchi) o‘zgarish bo‘ldi: Akmal Shorahmedov o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev tushirildi
86'
Sardor Rashidovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
85'
Iroq futbolchisi Mahdi Karim ogohlantirish oldi. U Jamshid Iskandarovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Jamshidga tibbiy yordam maydon tashqarisida ko‘rsatildi
84'
Yunus Mahmud 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘pni Eldorbek Suyunov egalladi
83'
O‘yin sur’ati tenglashdi. Endi terma jamoamiz ham to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda.
82'
Vuuuuuh, Nasimoooov! Bahodir o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va zarba berdi. Darvozabon qiyinchilik bilan zarbani qaytardi!
81'
Iroqda o‘zgarish: Sa’d Abdul Amir o‘rniga A’lo Abdulzaxro tushdi
76'
Iroq to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lmoqda. Jamoamiz raqibga xavfli vaziyat yaratish imkoniyatini bermayapti
75'
O‘zbekistonda beshinchi o‘zgarish: Sanjar Tursunov o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi
71'
O‘zbekistonda to‘rtinchi o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Bahodir Nasimov tushirildi
68'
So‘nggi daqiqalarda raqibimiz to‘pni ko‘proq nazorat qilib, hujum tashkil qilmoqda
65'
Uhhhhhhh! Iroq juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Qanotdan yetkazilgan to‘pni Iroq futbolchisi darvozaga yo‘lladi. Suyunov ham bu vaziyatda ilojsiz qolib, tomoshabin vazifasini o‘tagandi. To‘p ustun bilan "salom"lashib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi!!!
62'
O‘zbekistonda navbatdagi o‘zgarish: Vitaliy Denisov o‘rniga Farrux Sayfiyev tushirildi
59'
Denisov to‘pni jarima maydonchasiga oshirdi. Lutfulla oyog‘ini tekkizib qo‘ysa, gol bo‘ladigan vaziyatda To‘rayevning oyog‘i kaltalik qildi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
56'
Iroqda o‘zgarish: Humam Toriq o‘rniga Ahmad Yosin tushirildi
55'
Denisov haqiqiy jangchi ekanini namoyish qilmoqda. Aynan uning faolligi evaziga darvozamiz atrofida yuzaga kelayotgan xavfli vaziyatlar yo‘qqa chiqarilmoqda
54'
Iroq terma jamoasi biroz tezlikni oshirganiga futbolchilarimiz shoshib qolishyapti, to‘p oshirishda xatolar soni ko‘paydi
53'
Iroqning o‘ta xavfli hujumi! Bir himoyachimiz va darvozabonimizni aldab o‘tgan raqib hujumchisi darvozamizni ishg‘ol qilishiga Denisov yo‘l qo‘ymadi. Vitaliy epchillik qilib, to‘pni tepib yuborishshga ulgurdi!
52'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda
47'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Eldorbek Suyunov egallab oldi. Darvoqe, "Nasaf" posboni terma jamoa darvozabonlari orasida rekord o‘rnatgani haqidagi tezkor ma’lumot saytimizga qo‘yildi. O‘qib olishni unutmang
46'
Sergeev jarima maydonchamiz yaqinida raqibga nisbatan qoida buzdi. Jarima to‘pidan keyin to‘p himoyachilarimizdan maydonni tark etdi
46'
Terma jamoamizdan Aziz Haydarov va Temur Kapadze ikkinchi bo‘limda maydonga qaytishmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Terma jamoamiz safida ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Javlon Ibrohimov va Lutfulla To‘rayevlar ikkinchi bo‘lim boshidan maydondan harakat qilishadi
'
Jamoalar maydonga qaytishyapti
'
Hozircha O‘zbekiston - Iroq - 1:0. Tanaffus
45+2'
Shu paytda hakam birinchi bo‘limni yakunlab berdi
45+1'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Hasanovning navbatdagi uzatmasidan keyin Jamshid to‘pni o‘tkazib yubordi. To‘p Tursunovga kelib tushdi, ammo uning zarbasi aniq chiqmadi
40'
Vakillarimiz xavfli hujum tashkil qilishdi. Iskanderovdan to‘pni qabul qilgan Kapadze jarima maydonchasiga uzatma berdi. O‘ng qanotdan kirib kelgan Shorahmedov bosh bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni egalladi
39'
Jamshid maydon markaziga yaqin joyda qo‘pol o‘ynadi, raqib foydasiga jarima zarbasi
32'
Oho!!! Baxjat Ali yo‘llagan zarba darvoza ustuniga tegib, yon tomonga ketdi! Omad biz tomonda bo‘ldi! Hisob o‘zgarmay qoldi: O‘zbekiston - Iroq - 1:0!
32'
Penalti! O‘zbekiston darvozasiga! Shavkat Mullajonov jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini yiqitdi
30'
Terma jamoamiz yaxshi kombinasiya orqali xavfli vaziyat sodir etdi. Qisqa paslar orqali to‘p chap qanotdagi Jasurga uzatildi. Hasanov jarima maydonchasi tomon yetkazgan to‘pni 3 himoyachidan o‘tib, Kapadzega kelib tushdi. Temur to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi, aks holda darvozani ishg‘ol qilish uchun qulay vaziyat edi!
29'
Jasur Hasanovning faolligi evaziga burchak to‘pi ishladik
28'
Iroqliklar burchak to‘pini bartaraf etib, qarshi hujumga o‘tishdi, himoyachilarimiz yaxshi o‘ynashdi
27'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni iroqliklar yana maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Takroran burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz
26'
O‘zbekiston burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
23'
Hozircha iroqliklar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda. Jamoamiz himoyalanmoqda
20'
Akmal Shorahmedov ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun
18'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz xavfni bartaraf etishdi
17'
Iroq hujumchisi Toriq jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
13'
GOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Iskanderov! 1:0! Penaltidan unumli foydalandi!
13'
PENALTI! Iroq darvozasi tomon! Sergeev jarima maydonchasi yaqinida himoyachini xato qilishga majbur qildi va to‘pni olib qo‘ydi. Raqibning ikki himoyachisi uni yiqitishdi
12'
Igor Sergeev maydon markazida raqib sardorini yiqitdi. Iroqning hujumi bartaraf etildi!
10'
Uchrashuvning 10-daqiqasi o‘tib bormoqda. Jamoalar navbati bilan to‘pga egalik qilib, bir-birlarini o‘rganishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Biroz kechikib bo‘lsa-da, O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.