Angliya Premyer-ligasi
| 18-tur, 26 dekabr, soat 17:45. Bosh hakam: Maykl Oliver | ||
CHELSIJon Terri (31)
Diyego Kosta (62) |
2 : 0 |
VEST XEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 02.Branislav Ivanovich 28.Sesar Aspilikueta 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 22.Villian 08.Oskar 10.Eden Azar 04.Sesk Fabregas 21.Nemanya Matich 19.Diyego Kosta |
13.Adrian (D) 19.Jeyms Kollinz 18.Karl Jenkinson 02.Uinston Rid 03.Aaron Kressvell 08.Sheyxu Kuyyate 11.Styuart Dauning 16.Mark Noubl 04.Kevin Nolan 09.Endi Kerroll 31.Enner Valensiya |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Petr Chex (D) 03.Filipe Luis 14.Andre Shyurrle 05.Kurt Zuma 07.Ramires 12.Jon Obi Mikel 11.Didye Drogba |
22.Yussi Yaaskelaynen (D) 07.Metyu Jarvis 30.Aleks Song 17.Joy O Brayen 21.Morgan Amalfitano 24.Kerlton Koul 15.Dyafra Sako |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Jeyms Kollinz (29)
Uinston Rid (58) |
||
Matn
| ' | ![]() |
"Chelsi" - "Vest Xem" - 2:0. Mourinyo shogirdlari Boksing deyni g‘alaba bilan boshlashdi va peshqadamlik qilishda davom etishadi |
| 90+3' | ![]() |
Uchrashuv tugadi |
| 90+2' | ![]() |
Sesk Fabregas olis masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Drogba jarima maydonchasining chap burchagidan zarba yo‘lladi. Zarba yuqorilab ketdi |
| 88' | ![]() |
Uhhhhh, to‘p "Chelsi" darvozasi ustuniga tegib qaytdi!!! Maydon makrazidan yetkazilgan chiroyli uzatma natijasida Morgan Amalfitano jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Afsuski, to‘p darvoza ustunidan qaytdi |
| 87' | ![]() |
Markaz bo‘ylab "Chelsi" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga hujumchi bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 86' | ![]() |
"Chelsi"da uchinchi o‘zgarish: Villian o‘rniga Ramires o‘yinni davom ettiradi |
| 85' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan jarima zarbasi ishlashdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni "ko‘klar" qaytarishdi |
| 82' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Didye Drogba, Oskar o‘rniga Jon Obi Mikel tushirildi |
| 81' | ![]() |
"Chelsi" to‘pni nazorat qilgan holda, Boksing deyning qolgan o‘yinlari uchun kuchni saqlashga urinayotgandek. |
| 79' | ![]() |
"Vest Xem" futbolchisi jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi, zarba aniq chiqmadi |
| 77' | ![]() |
"Chelsi" o‘ng tomondan hujum tashkil qildi va to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Fabregasga uzatildi. Sesk zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi |
| 74' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish: Dauning o‘rniga Morgan Amalfitano tushirildi |
| 73' | ![]() |
"Vest Xem" olis masofadan zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 71' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egalladi va ikki himoyachi orasidan o‘tkazib, Oskarga pas berdi. Braziliyalik futbolchining zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 69' | ![]() |
Villian maydon markazida to‘pni egalladi va to‘pni darhol Diyego Kostaga uzatdi. Ammo u birozgina ofsaydda qolgan ekan |
| 67' | ![]() |
Burchak zarbasi xavfli bo‘ldi, mehmonlar bir amallab xavfni bartaraf etishdi |
| 66' | ![]() |
Fabregas yo‘llagan jarima zarbasi xavfli chiqdi. Yuqori burchakka kirib borayotgan to‘pni Adrian maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 65' | ![]() |
Ivanovich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. Diyego Kosta zarba yo‘lladi. To‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi"! |
| 62' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Diyego Kosta, 2:0! Azar maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va darhol Diyego Kostaga uzatdi. Ispaniya terma jamoasi hujumchisi jarima maydonchasi chizig‘i atrofida 3 nafar himoyachini chalg‘itib, zarba berdi va darvozaning olis burchagini nishonga oldi! Kosta yaxshi formaga kirib borayotgan yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Haqiqiy hujumchi! |
| 58' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Diyego Kosta biroz yeta olmadi |
| 58' | ![]() |
Uinston Rid sariq kartochka oldi |
| 55' | ![]() |
Villianning jarimadan zarbasi aniq bo‘lmadi |
| 54' | ![]() |
Rid jarima maydonchasi ostonasida Azarni yiqitdi. Jarima zarbasi. Darvozagacha 23,5 metr masofa bor |
| 52' | ![]() |
Villian jarima maydonchasiga yaqinlashib borib, chap tomonda ochilgan Azarga uzatma berdi. Eden bir himoyachini chalg‘itib, o‘ng oyoqda kuchli zarba berdi. Adrian zarbani qaytardi! |
| 49' | ![]() |
Mehmonlar yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Chelsi" himoyada mustahkam o‘ynadi |
| 47' | ![]() |
"Vest Xem" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin mezbonlar jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Xavf bartaraf etildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Tarkiblarda o‘zgarishlar yo‘q | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Vest Xem" - 1:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Himoyachi jarima maydonchasi ichida Ivanovichga qo‘lini tekkizdi va Branislav yiqildi. Hakam penalti belgilamadi, to‘g‘ri qildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 42' | ![]() |
Ohoho! Kosta! Azar jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ng tomonda ochilgan Ivanovichga uzatdi. Branislav to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga qaytardi. Diyego Kosta yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 39' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Adrian egallab oldi |
| 38' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib, maydonni tark etdi! |
| 34' | ![]() |
Vuuuuuuh, Matiiiich! 20 metrlardan to‘pni olis burchakka aylantirdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Jon Terri, 1:0! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Diyego Kosta bosh bilan zarba berdi. Jon Terri bir metr masofadan to‘pga oyoq qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 31' | ![]() |
Chiroyli hujum, chiroyli hujum! Azar o‘ng qanotda avval Villian, keyin Fabregas bilan "devor" o‘ynab, darvozabon maydonchasiga yaqinlashib keldi, so‘nggi damda himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi! |
| 30' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘lmadi, ammo keyingi hujum paytida Villian 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 29' | ![]() |
Jeyms Kollinz ogohlantirish oldi. U birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Diyego Kostani ortdan yiqitdi. |
| 27' | ![]() |
Oskar 22 metrlardan belgilangan jarima zarbasini olis burchak tomon aylantirishga harakat qildi. Ammo o‘ng oyoqda berilgan zarba natijasida to‘p darvoza ustunida 1-2 metr naridan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Vuuuuuh! Fabregas o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida ochilgan Kexillga uzatdi. Geri yaqin masofadan zarba berdi. Darvozabon mushtlari bilan zarbani qaytardi! |
| 21' | ![]() |
Burchak to‘pi mehmonlar uchun xavfli bo‘lmadi, ammo "Chelsi" bosim o‘tkazishda davom etmoqda |
| 20' | ![]() |
Fabregas himoyachining ustidan to‘pni uzatib, Azarga to‘pni yetkazdi. Azar zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tegib yubordi |
| 18' | ![]() |
"Vest Xem" burchak to‘pi ishladi. Dauning uzatgan to‘p Ivanovichga tegib, maydonni tark etdi |
| 16' | ![]() |
"Chelsi" futbolchilari pressing evaziga to‘pni egallashdi va Diyego Kosta jarima maydonchasiga chap tomondan kirib, Oskarga uzatma berdi. Yarim himoyachi zarba berishga ulgurmadi |
| 14' | ![]() |
Azar Uinston Rid oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirayotganida himoyachining o‘ziga urilib yiqildi, hakam o‘yinni davom ettirish mumkinligiga ishora qildi |
| 13' | ![]() |
Fabregas maydon markazidan to‘pni raqib jarima maydonchasi yaqiniga uzatdi. Azar to‘pga biroz yeta olmadi — Adrian egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Kexill bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 8' | ![]() |
Ivanovich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga aniq yetkaza olmadi! |
| 4' | ![]() |
Ehhhhh Oskaaaar! Villian jarima maydonchasining o‘ng burchagidan to‘pni nariga qanotga uzatdi. To‘p Azardan o‘tib ketdi va Oskarga kelib tushdi. Braziliyalik yarim himoyachi 6-7 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! O‘ta qulay imkoniyat, bunday vaziyatlardan gol urish shart! |
| 3' | O‘yin boshida odatdagi holat — razvedkasifat o‘yin | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Vest Xem" boshlab berdi |
| ' | Jamoalar maydonda saf tortishgan | |
| ' | Angliya Boxing Day boshlanmoqda. 18-turni "Chelsi" va "Vest Xem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlab beradi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|