Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

18-tur, 26 dekabr, soat 20:00

MAN.YUNAYTED

Ueyn Runi (23, 36)
Robin van Persi (53)

3 : 1

NYUKASL

Papiss Sisse (87-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
04.Fil Jons
06.Jonni Evans
51.Patrik MakNeyr
16.Maykl Kerrik
25.Antonio Valensiya
18.Eshli Yang
08.Xuan Mata
20.Robin van Persi
10.Ueyn Runi
09.Radamel Falkao
  31.Jek Alnvik (D)
22.Deril Yanmat
02.Fibrisio Kolochchini
36.Pol Dammett
27.Stiven Teylor
07.Mussa Sissoko
08.Vurnon Anita
14.Jek Kolbek
32.Adam Armstrong
17.Ayoze Peres
11.Yoan Guffran
ZAHIRA
13.Anders Lindegor (D)
42.Tayler Blekett
02.Rafael
12.Kris Smolling
24.Darren Fletcher
44.Andreas Pereyra
49.Jeyms Uilson
  41.Frederik Vudman (D)
06.Mayk Uilyamson
37.Lyubomir Satka
20.Remi Kabellya
23.Xaris Vuchkich
09.Papiss Sisse
29.Emmanuel River

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Nyukasl" - 3:1.
90+3'
Mehmonlar mag‘lubiyatni tan olishdi, xavfli vaziyatlar yarata olishmayapti
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
87'
GOOOOL! Papiss Sisse, 3:1. O‘zidan chap tomonga yuqoriga burchakka to‘pni yo‘lladi. De Xea o‘sha tomonga tashlandi, ammo zarbani qaytara olmadi
86'
PENALTI! "MYu" darvozasiga!
84'
"MYu" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi
82'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Ayoze Peres o‘rniga Xaris Vuchkich tushirildi
79'
Vuuuuuh! "Nyukasl" futbolchisi Ayoze Peres chap qanotdan ikki futbolchidan o‘tdi va yaqin masofada, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi! De Xea darvozani goldan qutqardi
78'
To‘p o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatildi. Runiga nisbatan himoyachi chaqqonlik qildi va to‘pni bosh bilan qaytardi. Vaziyat yaqin turgan Van Persi zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo to‘p yoning oyog‘iga tegmay qoldi!
74'
Valensiya o‘ng qanotdan oldinga o‘tgandi, ofsaydda qolgan ekan
70'
Mehmonlar bosimni oshirishmoqda. "MYu" ortiqcha muammosiz xavfni bartaraf etmoqda
66'
Van Persi maydon markazida raqibni chalib yiqitdi. Maydon xo‘l, Robin sirpanib borib, raqibni juda yomon yiqitdi. Sariq kartochka
63'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Pol Dammet o‘rniga Remi Kabellya tushirildi
62'
Runi tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
61'
Mussa Sissoko sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi yarim doirasi chizig‘i ustida Matani chalib yiqitdi!
60'
Falkaoning uzatmasidan keyin Runi jarima maydonchasi ichida yerlatib zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
58'
Olis ustun tomon yetkazilgan to‘pni Runi bosh bilan qaytardi. Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Zarbani aniq chiqmadi
57'
"Nyukasl" o‘ng qanotdan jarima zarbasi ishladi.
53'
GOOOOOOOOOOOOOOOL! Robin van Persi, 3:0! Van Persi qo‘lini ko‘tardi, Runi buni ko‘rdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Robin 7-8 metrlarda bosh bilan zarba berib, darvozaning olis burchagini nishonga oldi!
51'
Manchesterda yog‘ayotgan yomg‘ir ostida o‘tmoqda o‘yin
48'
"Nyukasl" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi
45'
Birinchi bO‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
40'
"MYu" hujum tashkil qilganiga qaramay, hujum tashkil qilishda davom etmoqda
36'
GOOOOOOOOL! Ueyn Runi, 2:0! Mehmonlar himoyachi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni yo‘qotishdi. Mata 2-3 nafar himoyachi ta’qibi ostida to‘pni jarima maydonchasiga kirib borgan Runiga uzatdi. Ueyn birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
35'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Van Persi yeta olmadi
27'
Falkao himoyada yaxshi o‘ynadi. RAqib hujumchisining o‘zida o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymadi
24'
"Nyukasl" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon mushti bilan tshpni urib yubordi
25'
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Falkao 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
23'
GOOOOOOOOOL! Runi, 1:0! Mata yuqoridan to‘pni Falkaoga uzatdi. Radamel yotgan holda to‘pni darvoza to‘g‘risida turgan Runiga uzatdi. Ueyn darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qildi!
19'
Vuuuuuuh, De Xea jamoani qutqarmoqda! Mehmonlar futbolchisi maydon markazidan to‘p bilan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va kuchli zarba yo‘lladi! Posbon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
16'
Vuuuuh! Maydon markazidan to‘p yetkazilganidan keyin Van Persi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, o‘tkir burchak ostida to‘pni posbonning yonidan o‘tkazib yo‘lladi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi
13'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga yugurayotgan "Nyukasl" futbolchisi mezbon himoyachisining oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilamadi. Ammo belgilash uchun asos bor edi
12'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga mehmonlar futbolchisi bosh bilan zarba bera olmadi
8'
"Nyukasl" futbolchisi chap tomonidan mezbonlarning birdaniga 3-4 nafar futbolchisini aldab, jarima maydonchasiga kirayotganida so‘nggi himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi
7'
Evans chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon uzatmani amalga oshirdi. To‘pga Van Persi yeta olmadi, himoyachi qaytardi
7'
Mezbonlar to‘pni to‘la nazorat qilishmoqda
3'
Mata yetkazib bergan to‘pga Runi darvozagacha 8-9 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni bir amallab qaytardi. Qanot hakami bayroqchasini ko‘tarib, Runi ofsaydda qolganini qayd etdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"MYu" qizil, "Nyukasl" esa o‘zining safar-formasi — kulrang-ko‘kish rangli formada harakat qiladi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Radamel Falkao bugun "MYu"ning boshlang‘ich tarkibiga kiritilganini eslatib o‘tamiz
'
"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Nyukasl"ni qabul qilmoqda. Bahsni biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasidan matnli onlayn translyasiyani davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.