Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

18-tur, 26 dekabr, soat 22:30. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

ARSENAL

Aleksis Sanches (37)
Tomash Rosiski (65)

2 : 1

KPR

Charli Ostin (79-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
01.Voysex Shensni (D)
04.Per Mertezaker
18.Nacho Monreal
02.Matyo Debyushi
03.Kiran Gibbs
07.Tomash Rosiski
19.Santi Kasorla
20.Matye Flamini
17.Aleksis Sanches
23.Danni Uelbek
12.Olivye Jiru
  01.Robert Grin (D)
15.Nedum Onuoxa
14.Maurisio Isla
03.Arman Traore
04.Stiven Kolker
05.Rio Ferdinand
20.Karl Genri
17.Jordon Match
19.Niko Kranchar
09.Charli Ostin
24.Eduardo Vargas
ZAHIRA
13.David Ospina (D)
21.Kalum Chambers
39.Ektor Bellerin
20.Fransis Koklen
09.Lukas Podolski
28.Xoel Kembell
14.Teo Uolkott
  12.Aleks Makkarti (D)
06.Klint Xill
10.Leroy Fer
11.Shon Rayt-Fillips
25.Bobbi Zamora
07.Mettyu Fillips
23.Devid Xoylett
QIZIL KARTOCHKA
Olivye Jiru (53)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+5'
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" qiyin va muhim g‘alabaga erishdi
90+4'
Jarimadan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
90+4'
"Arsenal" himoyachisi ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisi fol ishlatgani uchun
90+3'
Niko Kranchar ogohlantirildi. U maydon markazida o‘zidan o‘tib ketayotgan Sanchesni yiqitdi
90+2'
"KPR" yarim himoyachisi chap qanotdan zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi
90+1'
Qaltis vaziyat yuzaga keldi. To‘p chap qanotdan "Arsenal" darvozabon maydonchasiga uzatildi. To‘pga intilayotgan Bobbi Zamora himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Atkinson penalti belgilash uchun asos topmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Burchak to‘piga mehmon futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
89'
Mehmonlar burchak zarbasi ishladi
88'
"KPR" futbolchisi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
87'
Venger shogirdlari hisobni ushlab qolish uchun o‘ynamoqdalar.
85'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Voysex Shchesni egallab oldi
81'
Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pga "KPR" futbolchilari yeta olishmadi
79'
Charli Ostin markaz bo‘ylab zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! 2:1!
78'
PENALTI! "Arsenal" darvozasiga!
76'
Mezbonlar burchak to‘pini kiritishdi. Himoyachi to‘pni tepib yuborishga chog‘lanayotganida ortdan Mertezaker to‘pga oyoq cho‘zdi. Himoyachi esa Perni tepib yiqitdi. Penalti uchun asos bor edi. Hakam bunga jur’at etmadi
75'
Mehmonlar chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazishdi. "KPR" futbolchisi himoyachini yiqitgan holda bosh bilan zarba berishga urindi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi. Hakam xushtak chalib o‘tirmadi
74'
Xuddi shunga o‘xshash kombinasiyada Uelbek aniq zarba berdi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi
73'
O‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Debyushiga to‘p uzatildi. Matyo jarima maydonchasi kirdi va to‘pni Sanchesga uzatdi. Aleksisning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
70'
Devid Xoylett sariq kartochka oldi. Darvozagacha 23 metrlar masofada u o‘yin qoidasini buzdi
69'
Maurisio Isla o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Shchesni to‘pni egalladi
65'
GOOOOOOOOL! Tomash Rosiski, 2:0! Sanches maydon markazida to‘pni egalladi va bir muddat to‘pga egalik qilib, jarima maydonchasi yaqinigacha bordi va o‘z vaqtida o‘ng tomonda ochilgan Rosiskini to‘p bilan ta’minladi. Tomash unchalik kuchli bo‘lmagan, ammo aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! "Arsenal" uchun juda kerakli gol!
62'
"KPR"da ikkita o‘zgarish amalga oshirildi
61'
Aleksis chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
59'
Gibbs chap qanotdan hujumga qo‘shildi, jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. Himoyachi uzatmani qaytarib yubordi
59'
"Arsenal" kamchilikda o‘ynayotganiga qaramay, tashabbusni o‘zida saqlab turibdi
53'
Olivye Jiruga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka! Jiru oldinga o‘zatilgan to‘pga yugurib borayotgan edi, himoyachi uni yon tomonga turib yubordi. Darvozabon to‘pni tepdi, to‘p Jiruga tegib, maydonni tark etdi (darvozaga kirishi ham mumkin edi). Jiru o‘rnida turdi va o‘zini turtib yuborgan himoyachining yuziga bosh bilan zarba berdi. Himoyachi ham shuni kutib turgandek shartta yerga yiqildi. "Arsenal" bir kishi kam bo‘lib, o‘yinni davom ettiradi
49'
Hozircha mehmonlar ko‘proq to‘pni nazorat qilishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "KPR" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
40'
Jiru ofsaydda qolib ketdi
37'
GOOOOOOL, Aleksis Sanches, 1:0! Rosiski chap tomondan hujumga qo‘shilgan Gibbsga to‘pni uzatdi. Kiron o‘z vaqtida qarama-qarshi tomon uzatma berdi va Sanches bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Aleksisni himoyachilar ko‘zdan qochirishdi
35'
11 metrli nuqta atrofida turgan Uelbekka to‘p yetkazildi. Danni to‘pni qabul qilmasdan avval yiqilib tushdi
33'
Burchakdan to‘p yetkazilganidan keyin "Arsenal" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
32'
Aleksis Sanches jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
28'
Uhhhhh, kutilmaganda zarbani Jiru amalga oshirdi. Burchakka borayotgan to‘pni Grin qaytardi!
27'
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Uelbek yiqitildi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin
23'
Sanches o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
19'
Burchak to‘pidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
19'
Rosiskining uzatmasidan keyin Uelbek chap ianotdan jarima maydonchasiga kirib bordi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
17'
Debyushi o‘ng qanotdan uzatmani juda kuchli amalga oshirdi. Unga hech kim yeta olmadi
15'
Rosiskining uzatmasidan keyin Sanches jarima maydonchasiga kirib bordi. Bu safar Traore Sanchesga nisbatan ishonchli o‘ynadi va to‘pni olib qo‘yib, xavfni bartaraf etdi
14'
O‘yin surati o‘zgarmayapti. Mezbonlar hujum qilmoqda. "KPR" himoyalanmoqda. Hozircha xavfli vaziyat yo‘q
9'
Ehhh, Sanches! Penaltidan zarbani yerlatib, unchalik kuchli bo‘lmagan zarba bilan yo‘lladi. Darvozabon Robert Grin to‘pni egallab oldi!
8'
PENALTI! "KPR" darvozasiga! Arman Traore jarima maydonchasi ichida Aleksis Sanchesni yiqitdi!
7'
Kichik ustunlik "Arsenal" tomonida. Mehmonlar ishonchli himoyalanishmoqda
3'
Aleksis Sanches jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib borayotganida to‘pni himoyachilar qaytarib qolishdi
1'
"Arsenal" futbolchisi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
1'
Qadrli futbol muxlislari! "Arsenal" va "KPR" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! Onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.