Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 20-tur

19 yanvar, soat 23:00

LEVANTE

Vintra (11)

1 : 1

BARSELONA

Pike (19)
JAMOALAR TARKIBI
Navas
P.Lopes
Karabelas
Vintra
Xuanfran
Diop
El-Jar
Simao
R.Garsiya
Ivanshis
Navarro
  Valdes
Montoyya
Maskerano
Pike
Alba
Buskets
Fabregas
Pedro
Xavi
Sanches
Messi.

Matn

'
O‘yin tugadi. «Barselona» juda muhim ochkolarni yo‘qotdi.
90'
O‘yinda 4 daqiqa qo‘shib berildi.
85'
Telyo o‘ziga xos reyd bilan jarima maydonchasiga yaqinlashdi. Uning zarbasini Navas qaytardi. Burchakdan esa bu gal naf chiqmadi.
83'
«Barselona»ning himoyachilari ham hujumda. Messini qo‘pollik bilan to‘xtatgan himoyachi sariq kartochka oldi. «Barselona» katta kuch bilan hujumda.
79'
Yana o‘zgarish. Pedro o‘rniga Telyo tushdi. «Barselona» g‘alaba qozonmasa, qiynalib qolishi aniq.
75'
«Levante»ning kam sonli hujumlaridan biri. Ivanshich ustun yaqinidan zarba berdi, lekin Valdes o‘z o‘rnida.
71'
Fabregas o‘rniga Serxi Roberto tushdi.
66'
Messi hujum vaqtida qo‘polik qildi va hujum uzulib qoldi. U ham asabiylasha boshladi.
62'
«Barselona» golga yaqinlashmoqda. Messi jarima maydonchasiga yorib kirdi. Uning zarbasini Navas qaytardi. Qaygan to‘pni Xavi egallab tepdi, keyin yana Messi, lekkin darvozabon xavfni bartaraf etdi.
59'
«Barselona» hujumlarni ko‘paytirdi Messi Fabregasni qulay vaziyatga chiqarishi mumkin edi, lekin himoyachilar ofsayd chizig‘ida yaxshi o‘ynashdi.
57'
«Levante»da o‘zgarish. Al Jaar o‘rniga Anxel tushmoqda.
57'
Xavining 27 metrlardam bergan zabasini Navas qaytardi.
53'
«Barselona» burchakdan to‘p tepmoqda.
51'
Fabregas juda chiroyli pas bilan Sanchesni qulat vaziyatga chiqardi. Lekin uning zarbasini darvozabon egallab oldi.
48'
Aleksis Sanches qanotdan yorib kirdi, lekin unga himoyachilar qarshi chiqishdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
Argentinalik mutaxassis ikkinchi bo‘limda qandaydir o‘zgarishlarini kiritishi lozim. Ayniqsa, birinchi navbatda tezkorlikni oshirish lozim, agar g‘alaba qozonishni istashsa
45'
Birinchi bo‘lim tugadi.
'
Hozircha qayd etilayotgan hisob o‘yinga mos bo‘lmoqda. Martino shogirdlari maydonda raqibdan yaqqol ustunlik qilishayotgani yo‘q
'
Hozircha hisob - 1:1
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib berilmadi va bo‘lim yakunlandi. Tanaffus!
42'
Yana bir burchak to‘pidan so‘ng to‘p Pikening boshiga tegdi, ammo bu safar u to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi
39'
Fabregasning zarbasiga aniqlik yetishmadi
39'
Messi olis masofadan tshpni darvozaning burchagi tomon aylantirishga qaror qildi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi. Boz ustiga "Levante" darvozaboni to‘pga tashlanib, vaziyatni nazorat qilayotgandi
35'
«Levante»ning kam sonli hujumlaridan biri zarba bilan yakunlandi. Al Jaar tomonidan berilgan zarbani Valdes qaytarib qoldi.
34'
Xavyer Maskerano ogohlantirildi. U El-Jarni qo‘pollik bilan to‘xtatdi
30'
«Barselona» tan olish kerak hamon o‘sha-o‘sha. Maydon markazidagi monopolik to‘pni nazorat qilish. «Levante» futbolchilari asta-sekin «tika-tika» qopqoniga tushmoqda.
26'
«Barselona» hozirgacha to‘rt marta passiv ofsayd holatida qolib ayyorona zarba berdi. Darvozabon Navas har gal jamoasini qutqarib qolmoqda.
28'
O‘yin zerikarli tus ola boshladi. Valensiyaliklar so‘nggi 10 daqiqa davomida birinchi marta maydonning ikkinchi qismiga o‘tishgandi. Ammo bundan hech qanaqa naf chiqmadi
22'
«Barselona» ham burchak zarbasidan unumli foydalana olishini isbotladi. Chap burchakdan uzatilgan to‘pni Pike bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
20'
Mehmonlar ham o‘z gollarini burchak to‘pidan so‘ng raqib darvozasiga yo‘llashdi. Xavi to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi va himoyachilar Pikeni qarovsiz qoldirishdi. U esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
19'
Goooooooooooooooollll! "Barsa" baribir hisobni tez tenglashtirdi! Gol muallifi Pike!
18'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. Pike
12'
"Barsa" darhol hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Montoyya qanotdan hujumga juda yaxshi qo‘shildi. Xavi to‘pni yuqorilatib uzatganida 3 nafar kataloniyalik ofsaydd etdi, biroq Montoyya ofsaydda emasdi. Uning zarbasiga esa Navas to‘siq bo‘ldi.
12'
«Barselona» Ispaniya chempionatida joriy mavsumda 13ta gol o‘tkazib yubordi. Shundan oltitasi burchak to‘pidan keyin kuzatildi.
11'
To‘p burchakdan jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Valdes unga ulgurmadi va himoyachi imkoniyatdan unumli foydalandi.
11'
«Barselona»ning hujumlariga qaramay himoyachi Vintra hisobni ochdi.
10'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. «Levante» hisobni ochdi.
9'
Messi Sanchesdan to‘pni qabul qilib oldi. Hakamning o‘yindan tashqari holat haqidagi hushtagini eshitmadi va darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon baribir to‘pni qaytardi.
5'
Kataloniyaliklar asta-semkin to‘p nazoratini o‘z tomonlariga olishmoqda. O‘sha biz o‘rganib qolgan "debyut sistema"
4'
O‘yin hali qizib olgani yo‘q. Har ikkala jamoa hozircha sekin start oladigan mashinadek harakat qilishmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
La-ligada 3ta jamoa peshqadamlik qilishayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda "Barsa", "Real" va "Atletiko" hisobida 50tadan ochko bor. Anchelotti shogirdlari 20-tur bahsini kecha o‘tkazib bo‘lishdi. Siz bilan esa "Levante" - "Barselona" o‘yinini kuzatib boramiz
'
Endi e’tiboringizni Ispaniya chempionatiga qaratamiz
'
Xayrli oqshom, hurmatli futbol muxlislari. Yevropa futbolidan matnli onlayn translyasiyamizni davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.