Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

19-tur, 28 dekabr, soat 17:00. Bosh hakam: Jonatan Moss

TOTTENXEM

0 : 0

MANCHESTER YUNAYTED

JAMOALAR TARKIBI
01.Ugo Lyoris (D)
06.Vlad Kirikesh
25.Benjamin Stambuli
33.Ben Devis
05.Yan Vertongen
21.Federiko Fasio
22.Nosir Shodli
38.Rayan Meyson
17.Andros Taunsend
23.Kristian Eriksen
18.Gerri Keyn
  01.David de Xea (D)
51.Patrik MakNeyr
04.Fil Djons
06.Jonni Evans
18.Eshli Yang
16.Maykl Kerrik
08.Xuan Mata
25.Antonio Valensiya
20.Robin van Persi
10.Ueyn Runi
09.Radamel Falkao
ZAHIRA
13.Mishel Vorm (D)
02.Kayl Uoker
15.Erik Dayer
08.Paulinyo
11.Erik Lamela
19.Mussa Dembele
09.Roberto Soldado
  13.Anders Lindegor (D)
12.Kris Smolling
02.Rafael
03.Lyuk Shou
24.Darren Fletcher
44.Andreas Pereyra
49.Jeyms Uilson

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Birozdan keyin "Sautgempton" - "Chelsi" uchrashuvidan matnli onlayn translyasiya boshlanadi
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" - 0:0.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Tottenxem" g‘alabani ko‘proq istamoqda va hujumga o‘tmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p hech kimga tegmay o‘tib ketdi
86'
Jarima to‘pini mehmonlar biroz qiyinchilik bilan bartaraf etishdi
85'
Rafael ham ogohlantirish oldi
84'
Qanotda belgilangan jarima to‘pi jarima maydonchasiga yetkazildi. "Tottenxem" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Noaniq
83'
Falkao sariq kartochka oldi.
83'
"Tottenxem" burchak to‘pini qo‘lga kiritdi. "Qizil iblislar" to‘pni qaytarishdi
82'
VUuuuuuh! Harri Keyn maydon markazida to‘pni egallab olib, jarima maydonchasi oldigacha keldi va chap qanotdan oldinga o‘tgan Meyson nozik uzatma berdi. Rayan birga ir vaziyatda zarba berdi, ammo to‘pni yuqorilab ketdi
79'
"Tottenxem"da o‘zgarish: Nosir Shodli o‘rniga Erik Lamela, Taunsend o‘rniga Mussa Dembele tushirildi
78'
Eriksen to‘pni jonli devor ustidan oshirib, yaqin burchak tomon tepdi. De Xea zarbani qaytardi
77'
"MYu" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Davrozagacha 23 metrlar...
72'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni "MYu" jarima maydonchasi mezbon jamoa futbolchisi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. De Xeani to‘pni egallab oldi
68'
Ehhhh, Mataaaaa! Valensiya o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Xuan Mata 10 metrlardan zarba yo‘llashiga hech kim xalal bermayotgandi. Ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
66'
Vuh! Taunsend ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. De Xea zarbani qaytardi
65'
"Tottenxem" o‘ng qanot yarim himoyachisi to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i tomon uzatdi. Hujumga to‘pga biroz yeta olmadi, aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borardi
62'
O‘yin tengma-teng kurashlar ostida kechmoqda Hozircha hech bir jamoani ustun ekanini ta’kidlay olmaymiz
58'
Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab olib, ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tishgandi. Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan futbolchi tomon yetkazilgan to‘p "MYu" himoyachisidan o‘tmadi
55'
Ohohoho! Rafaelning uzatmasidan keyin Mata chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi darvozabon maydonchasiga yaqinlashgan Van Persiga to‘pni uzatdi. Robin to‘pni darvozaga aniq tarzda bura olmadi — to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
52'
"MYu" to‘pni o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
52'
"Tottenxem" o‘zining dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi, ammo yana hujum tashkil qilindi. Yana burchak to‘pi
50'
Eshli Yang sariq kartochka oldi. U Nosir Shodliga nisbatan qo‘pol harakat qildi
50'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Kerrik bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachining yelkasidan maydonni tark etdi. Takroriy burchak to‘pini Lyoris egallab oldi
49'
"MYu" o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni uzatdi. Vertongen uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"MYu"da dastlabki o‘zgarish: Valensiya o‘rniga Rafael tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘yinda hisob ochilmadi hozircha
45+1'
Yangning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi. Eshli qaytgan to‘pni 14 metrlardan darvozaga yo‘llamoqchi bo‘lgandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Ugo Lyoriiiiis! "To‘qqizlik"ka yo‘llangan zarbani qaytarmoqda!!!
44'
"Tottenxem" chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Harri Keyn darvoza oldidan to‘pga sakrab yeta olmadi. To‘p biroz yuqoridan o‘tib ketdi
43'
Yang chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ueyn Runi 11 metrli nuqta ustidan bosh bilan zarba berib, to‘pni olis burchakka yo‘naltirdi. Yana Lyoris to‘pni egalladi. Qoyil yana bir marta
36'
Vuuuuuuh, Lyoris! Qoyil! Olis masofadan to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Van Persi to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘xtatdi va Ugo qarshisida yolg‘iz qoldi. Robin to‘pni yon tomonga olib, zarba bermoqchi edi, "Tottenxem" posboni o‘z vaqtida to‘pga oyoq qo‘ydi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Lyoris egallab oldi
35'
"Tottenxem" yarim himoyachisi jarima maydonchasining chap burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
34'
Mata maydon markazida to‘pni egallab oldi va Falkaoga uzatdi. Radamel chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va oldida bir himoyachi bo‘lishiga qaramay, olis burchak tomon zarba berishga ulgurdi. Lyoris to‘pni egallab oldi!
32'
"Tottenxem" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmon himoyachilari to‘pni qaytarishdi
25'
Andros Taunsend ogohlantirish oldi. U Eshli Yangni ortidan tepib yiqitdi
23'
"Tottenxem" darvozasi oldida yana bir o‘ta taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Burchak to‘pidan keyin bosh bilan bir necha marta zarba berildi. So‘nggi zarbani Runi berdi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, havoda chiziqni kesib o‘tganidan so‘ng himoyachi uni darvoza ichidan chiqarganini takroriy lavha ko‘rsatdi. Biroq laynsmen Runi ofsaydda qolganini ko‘rsatdi
22'
Vuuuuuuh! Mata tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, darvoza ustuniga urildi. Vaziyatga yaqin turgan van Persi va Falkao to‘pni darvozaga yo‘llay olishmadi. Himoyachi katta qiyinchilik evaziga darvozani goldan saqlab qoldi!
21'
Van Persi tortib yiqitildi. Fol. Darvozagacha 22 metr masofa
20'
Mezbonlarda bir daqiqa ichida 2ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Har ikkala vaziyatda Tausend yaxshi o‘ynadi. De Xea har doimgidek xushyor
19'
Oho! Mata uzatma orqali Falkaoni birga bir vaziyatga chiqardi. Radamel bir himoyachi ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Ugo Lyoris zarbani qaytardi!
18'
Yang chap qanotdan darvozabon maydonchasi uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
16'
Mezbonlar o‘yin sur’atini tenglashtirishga harakat qilishmoqda
12'
"Tottenxem" jarima maydonchasi tashqarisida Robin van Persiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgandi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
12'
Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yuqorilatib uzatilgan to‘pga Gerri Keyn yeta olmadi
11'
Runi tomonidan o‘yinga kiritilgan burchak to‘pini himoyachilar qaytarishdi
10'
Kerrik chap qanotda belgilangan jarima zarbasini olis ustun tomon yetkazdi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
6'
"Tottenxem" futbolchisi 2-3 nafar manchesterlik futbolchi orasidan eson omon chiqib ketdi va to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Keynga uzatdi. Hujumchining zarbasi kuchli chiqmadi, De Xea to‘pni egallab oldi
5'
Mezbonlar himoyavi o‘yin uslubini tanlashgan. "MYu" birinchi raqam ostida o‘ynamoqda
3'
Valensiya o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga harakat qildi. Zarba kuchliroq chiqdi va to‘p chap qanotdagi Eshli Yangga kelib tushdi. Chap qanot himoyachisi ham to‘pni jarima maydonchasiga uzatmoqchi bo‘lganida, to‘p himoyachidan so‘ng o‘ziga tegib, maydonni tark etdi
2'
"Tottenxem" oq, "MYu" qizil rangli formada harakat qilishmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
O‘yinni boshlash uchun deyarli barcha narsa shay
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Ikki kun avval "Nyukasl"ni mag‘lub etgan (3:1) "Manchester Yunayted" bugun "Tottenxem" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvdan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz
'
Angliya Premyer-ligasida "Boksing dey" davom etadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.