Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

19-tur, 28 dekabr, soat 19:05. Bosh hakam: Entoni Teylor

SAUTGEMPTON

Sadio Mane (17)

1 : 1

CHELSI

Eden Azar (45+1)
JAMOALAR TARKIBI
23.Freyzer Forster (D)
06.Joze Fonte
03.Mayya Yoshida
33.Mett Tarjet
17.Tobi Alderveyreld
04.Morgan Shnayderlen
11.Dushan Tadich
08.Stiven Devis
10.Sadio Mane
12.Viktor Vanyama
19.Grasiano Pelle
  13.Tibo Kurtua (D)
24.Geri Kexill
26.Jon Terri
03.Filipe Luis
02.Branislav Ivanovich
14.Andre Shyurrle
04.Sesk Fabregas
10.Eden Azar
12.Jon Obi Mikel
21.Nemanya Matich
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
01.Kelvin Devis (D)
05.Florin Gardosh
32.Jayson MkKarti
28.Xarrison Rid
16.Jeyms Uord-Prous
27.Lloid Isgruv
07.Sheyn Long
  01.Petr Chex (D)
28.Sesar Aspilikueta
05.Kurt Zuma
22.Villian
07.Ramires
11.Didye Drogba
18.Loik Remi
SARIQ KARTOCHKA
Morgan Shnayderlen (71)
 
Nemanya Matich (31)
Sesk Fabregas (55)
QIZIL KARTOCHKA
Morgan Shnayderlen (88)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Endi terma jamoamizning Iroq bilan o‘yiniga ahamiyat qaratamiz
90+5'
Jarima to‘pini himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Hakam bu safar imkoniyat bermadi va o‘yinni yakunladi
90+5'
Jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi. Ivanovich to‘pni egallab oldinga o‘tayotganida Long uni yiqitdi. Yana jarima zarbasi
90+4'
Grasiano Pelle chap qanotda Felipe Luisni chalib yiqitdi
90+3'
Felipe Luis chap qanotdan havolatib uzatgan to‘piga hech kim yeta olmadi
90+2'
O‘ng qanotdan Ivanovich to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p rekoshet holatida darvozabonning qo‘liga borib tushdi
90+1'
Vuuuuuuh! Bu safar shu qanotdan xuddi shunaqa uzatmani Febregas uzatdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama qarshi qanotga o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Eden Azer jarima maydonchasi ichida — o‘ng qanotda to‘pni yerlatib uzatdi. "Chelsi" futbolchilari zarba bera olishmadi
89'
"Chelsi"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Loik Remi o‘yinni yakunlab qo‘yadi
88'
Maydon markazida qoida buzdi va sariq kartochka oldi. Ikkinchi sariq qizilga aylandi va u maydonni tark etdi
88'
"Avliyolar" yana bir burchak to‘pini ishlashdi
86'
Sheyn Long birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo jamoadoshi unga to‘pni yetkazishda biroz kech qoldi. Natijada ofsayd
86'
BUrchakdan yetkazilgan to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi. Darvoza tomon yo‘llangan zarba ancha noaniq bo‘ldi.
85'
Mezbonlar kutilmaganda hujumga o‘tishdi va burchak to‘pi ishlashdi
83'
"Sautgempton"ning 11 nafar futbolchisi jarima maydonchasi ichida! To‘p esa jarima maydonchasi atrofida aylanmoqda...
81'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, to‘p qaytarildi. Fabregas to‘pni yana qaynoq zonaga qaytari. Himoyachilar ishonchli o‘ynashmoqda
78'
Felipe Luis chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga aylantirdi. Drogba to‘pga sakradi. To‘p biroz yuqoridan o‘tib ketdi, Forster mushti bilan to‘pni urib yubordi
77'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Stiven Devis o‘rniga Sheyn Long tushdi
77'
Bu safar to‘p o‘tdi, ammo Diyego Kostaning o‘zi yiqilib tushdi, to‘pni yo‘qotdi
76'
Jarima maydonchasi ichida Kovta tomon uzatilgan to‘p himoyachidan o‘tmay qoldi
74'
"Chelsi"da o‘zgarish: Jon Obi Mikel maydonni tark etdi. Drogba tushirildi
74'
Ivanovich olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
72'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni "avliyolar" darvozaboni Forster egalladi
71'
Morgan Shnayderlen ogohlantirish oldi
68'
Mourinyo shogirdlari bosimni oshirib, mezbonlarni jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘yishdi.
65'
Burchakdan to‘p yetkazilganidan keyin hujum davom etdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
65'
Deigo Kosta jarima maydonchasi ichida uzatmani amalga oshirdi, burchak to‘pi
62'
Ivanovich jarima maydonchasi ichidp to‘pni qabul qilib, yakkama yakka vaziyatga chiqayotgandi, ammo ofsaydda qoldi
62'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Yoshida o‘rniga Florin Gardosh tushirildi
60'
Uhhhhh! Azar jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va darhol zarba berdi! To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
58'
Mezbonlarda o‘zgarish: Tadich o‘rniga Uord-Prous tushirildi
57'
Endi "Sautgempton" himoyachisi Mayya Yoshida ogohlantirildi
55'
Sesk Fabregas ogohlantirish oldi. "Chelsi"ning hujumi paytida Villian tomonidan berilgan zarba himoyachiga tegib qaytdi. Ivanovich bosh bilan to‘pni jarima maydonchasi turga Seskka uzatdi. Fabregas himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilashi ham mumkin edi, ammo simulyasiya uchun sariq kartochka!
52'
"Sautgempton" futbolchisi chap qanotdan to‘pni darvozabon hududiga uzatdi. Kurtua to‘pni muammosiz egalladi
51'
Fabregas jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni posbon egallab oldi
49'
Maydon markazidan Diyego Kosta tomon yetkazilgan to‘pni darvozabon Forster egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sautgempton" - "Chelsi" - 1:1. Tanaffus.
45+1'
GOOOOOOOOOLL! Eden Azar, 1:1! Barcha ishni belgiyalik futbolchining o‘zi bajardi. Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va ikki himoyachini aldab, olis burchakka to‘pni aniq joylab qo‘ydi!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Yoshida chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi. To‘pni egallagan Pelle 14 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
43'
So‘nggi daqiqalarga kelib, "avliyolar" ancha faollashib qolishdi. Ular faqat himoyada "yotishayotgani" yo‘q. Shu bilan birga ikkala darvoza oldida xavfli vaziyatar yuzaga kelmayapti
35'
Qanotlardan yetkazilayotgan to‘plarni "Sautgempton" himoyachilari bartaraf etishmoqda
33'
Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi epchillik qilib, to‘pni qaytarishga ulgurdi
32'
Jarima zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi
32'
Burchakka yaqin joyda Azar Maneni yiqitdi. Jarima to‘pi
31'
Nemanya Matich sariq kartochka oldi
30'
Fabregas jarima zarbasini darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Ikkinchi hujum xavfli bo‘ldi. Ammo mezbonlar jarima maydonchasi ichida Diyego Kosta, Fabregas va boshqalarga zarba berish imkoniyatini berishmadi
28'
"Chelsi" katta bosim o‘tkazmoqda, "avliyolar" ishonchli himoyalanishmoqda
25'
Fabregas chap qanotdan so‘nggi chiziq bo‘ylab darvozabon maydonchasigacha yaqinlashib keldi va to‘pni uzatdi. To‘p narigi qanotga o‘tib ketdi
21'
"Chelsi" burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Samara chiqmadi
19'
Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini Tadich jarima maydonchasiga yetkazildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy berilgan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
17'
GOOOOOOL! Mane! 1:0! Maydon markazidan to‘p himoyachilarning ustidan oshirildi va Mane birga bir vaziyatga qochib ketib, Kurtuaning ustidan to‘pni o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi!
13'
Vuuuuh! Jon Terri jamoasini muqarrar goldan qutqardi! To‘p burchakdan yetkazilganidan bosh bilan olis ustun tomon urildi va u yerda turgan futbolchi to‘pni bosh bilan yaqin ustunga qaytardi. Terri to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormaganida "Sautgempton" futbolchisi darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qilardi!
11'
Maydon markazidan yetkazilgan uzatmadan keyin Shyurrle jarima maydonchasiga kirib keldi. Darvozabondan oldinroq zarba berdi, ammo bu zarba darvozaga aniq bo‘lmadi
9'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni "aristokratlar"dan biri bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘pni darvozabon qaytardi
8'
Burchak to‘pni mezbonlar qaytarishdi, ammo takroriy tashkil etilgan hujum xavfli bo‘ldi. To‘p yana maydon tashqarisiga chiqarildi
7'
Diyego Kosta jarima maydonchasiga chap qanotdan kirib keldi va to‘pni darvoza maydonchasiga uzatishga harakat qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
5'
"Chelsi" tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilmoqda
1'
Dastlabki zarba "Sautgempton" futbolchisi Tadich tomonidan yo‘llandi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
1'
O‘yin boshlandi. Ketdik!
'
"Sautgempton" - "Chelsi", yana boshqacha aytganda, Kuman-Mourinyo to‘qnashuvi
'
Barchaga yana bir marta assalomu alaykum
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.