O‘rtoqlik uchrashuvi
| 28 dekabr, soat 21:00 | ||
O‘ZBEKISTON |
0 : 0 |
IROQ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Ignatiy Nesterov Anzur Ismoilov Shavkat Mullajonov Vitaliy Denisov Shuhrat Muhammadiyev Aziz Haydarov Temur Kapadze Server Jeparov Odil Ahmedov Sardor Rashidov Vohid Shodiyev |
||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Aziz Haydarov (59)
Anzur Ismoilov (69) |
Samix Sayid (79)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
O‘zbekiston - Iroq - 0:0. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Haydarovning olis masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini darvozabon Hassan qiyinchilik bilan qaytardi. Burchak zarbasi |
| 87' | ![]() |
O‘ng qanotda Muhammadiyevdan uzatmani qabul qilgan Tursunov jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachiga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 86' | ![]() |
Ayni daqiqalarda to‘p nazorati bizda. Haydarov Alimovni oldinga boshladi. Iroqlik futbolchi to‘pni tomonga tepib yubordi |
| 85' | ![]() |
Shuhrat Muhammadiyev hali maydonga qaytmadi, jaroxati jiddiy shekilli. Bizda futbolchi almashtirish uchun imkoniyat qolmagan |
| 85' | ![]() |
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. 17-raqamli futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 83' | ![]() |
Jamshid maydonga tushganidan keyin o‘yinimizda biroz jonlanish kuzatildi. |
| 82' | ![]() |
Shuhrat Muhammadiyev to‘qnashuvda jarohat oldi |
| 82' | ![]() |
Ayni daqiqalarda o‘yinning birinchi bo‘limi "Sport" kanali orqali namoyish etilmoqda |
| 81' | ![]() |
Sanjar Tursunov chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib, zarba berdi. Zarba aniq bo‘ldi, darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 80' | ![]() |
O‘zbekistonda so‘nggi oltinchi o‘zgarish: Vohid Shodiyev o‘rniga Navruz Alimov tushirildi |
| 79' | ![]() |
Samix Sayid ogohlantirish oldi. U Tursunovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 79' | Osiyo kubogi boshlanishiga 10 kun vaqt qolganida bu darajada nursiz o‘ynayotganimiz, yumshoq qilib aytganda, yaxshi emas. Iroqning oddiy pressingiga dosh bera olmayapmiz | |
| 77' | ![]() |
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfni bartaraf etdik |
| 76' | ![]() |
O‘zbekistonda yana ikki o‘zgarish: Kapadze va Denisov maydonni tark etishdi. Ularning o‘rniga Jamshid Iskanderov va Farrux Sayfiyev tushirildi |
| 76' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz mutlaqo qovushmayapti. Xatolar ko‘p, kombinasiyalar o‘xshamayapti |
| 75' | ![]() |
Iroqlik futbolchi ofsaydda qoldi. Ofsaydar bo‘yicha hisob - 4:0. Iroq foydasiga |
| 74' | ![]() |
Ustunlik iroqliklar tomonida. Ular birinchi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun alam olishni niyat qilishgani ko‘rinib turibdi |
| 72' | ![]() |
Iroqliklar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchamizga uzatishdi. Aziz Haydarov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 70' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pi jarima maydonchamizga yetkazildi. To‘pni qaytardik |
| 69' | ![]() |
Ismoilov oddiy vaziyatda to‘pni oldirib qo‘ydi, iroqlik hujumchi yakkama-yakka vaziyat chiqib ketayotganida Anzur uni chalishga majbur bo‘ldi. Sariq kartochka. |
| 66' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Yunus Mahmud maydonni tark etdi. Uning o‘rniga 25-raqamli hujumchi tushirildi |
| 65' | ![]() |
Iroqda xavfli xujum, 15-raqamli Durg‘om Ismoil jarima maydonchamizga yorib kirdi, biroq to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 62' | ![]() |
Vitaliy Denisov jarohat oldi. Raqib uning qo‘lini bosib oldi. Himoyachimiz maydonga qaytdi |
| 60' | ![]() |
O‘zbekistonda birdaniga 3ta o‘zgarish bo‘ldi. Odil Ahmedov — Lutfulla To‘rayev, Server Jeparov — Sanjar Tursunov va Shavkat Mullajonov — Yegor Krimes. |
| 59' | ![]() |
Aziz Haydarov sariq kartochka oldi. |
| 58' | ![]() |
Ahmad Yosinning xavfli zarbasini himoyachilarimiz to‘sib qolishdi |
| 56' | Qosimov futbolchi almashtirishga chog‘lanmoqda | |
| 55' | ![]() |
To‘rt-besh daqiqadan beri to‘p biz tomonda bo‘lmoqda. Iroq butun jamoa bo‘lib hisoblanmoqda |
| 53' | ![]() |
Server burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 52' | ![]() |
Odil Ahmedoooov! Jeparov Odilni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. O‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbani darvozabon oyog‘i bilan qaytarishga ulgurdi! |
| 52' | ![]() |
Bosh murabbiyimiz shogirdlarini oldinga o‘tishga chorlamoqda |
| 50' | Hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Xatolar va mayda follar ko‘p. To‘p maydon markazida | |
| 47' | Stadionga har ikkala terma jamoa muxlislari tashrif buyurishgan. Iroq muxlislari ko‘proq | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Darvoqe, Sardor Rashidov maydon markazidan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qila olmaganini ta’kidlab o‘tish lozim | |
| ' | Birinchi bo‘limning 30 daqiqasida O‘zbekiston, qolgan 15 daqiqa davomida Iroq katta ustunlikka ega bo‘ldi. Tanaffus | |
| ' | ![]() |
Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi. Vaholanki Jeparov penaltidan hisobni ochgandi, ammo hakam 11 metrli nuqta jarima zarbasini qaytadan tepish kerakligini ko‘rsatdi. Takroriy zarbani darvozabon bartaraf etdi |
| 45+1' | ![]() |
Iroqliklar to‘pni jarima maydonchasiga emas, orqaroqqa uzatishdi. Hakam birinchi bo‘limni yakunlab berdi |
| 45+1' | ![]() |
Jeparov chap qanotdan fol ishlatdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Jarima zarbasi olis ustun tomon uzatildi. Iroq futbolchisi bosh bilan to‘pni orqaroqda turgan sherigiga uzatdi. Uning bosh bilan zarbasi darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Vitaliy Denisov o‘z qanotida raqib futbolchisini chalib yiqitdi va keyin o‘zi uni o‘rnidan turishga yordam berdi |
| 43' | ![]() |
Iroqning yana bir xavfli zarbasi! O‘ng qanotdan yetkazilganidan uzatmadan keyin to‘p rekoshet holatida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va raqib futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
Uhhhhhh! Usama Rashid to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, jarima maydonchasiga kirib bordi va 12 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachimizga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
Dastlabki yarim soatda ustunlik terma jamoamizda bo‘lgandi, 10 daqiqadan beri iroqlik to‘pni nazorat qilib, hujumlar tashkil qilishmoqda |
| 38' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni jamoamiz bartaraf etdi |
| 37' | ![]() |
Uhhhhhhh! Ahmad Yosin 18 metrlardan darvozamiz tomon kuchli zarba yo‘lladi. Nesterov mushtlari bilan to‘pni qaytardi! |
| 35' | ![]() |
Yunus Mahmud ofsaydda qolib ketdi |
| 34' | ![]() |
Temur Kapadze raqibga nisbatan fol ishlatdi. Jarimadan yo‘llangan zarbani himoyachilarimiz qaytarishdi |
| 33' | ![]() |
Iroqning hujumidan so‘ng Nesterovni to‘pga egalladi. Ammo to‘pni maydon markazi tomon tepishda xatoga yo‘l qo‘ydi va maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 32' | ![]() |
Iroqliklar jarima maydonchamizga kirgan Yunus Mahmud tomon uzatma berishdi. Anzur podkat uslubida uzatmani qaytardi |
| 29' | ![]() |
Sardorning jarima maydonchasiga kirayotganini ko‘rgan Jeparov yuqoridan uzatma berdi. Darvozabon chaqqonlik qilib, to‘pni egalladi |
| 27' | ![]() |
Maydon markazida Rashidovga nisbatan qoida buzildi |
| 25' | ![]() |
To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin himoyachi bosh bilan yuqoriga urdi, Odil Ahmedov 17 metrdan to‘pga zarba berdi, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Sardor Rashidov chap qanotdan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 23' | ![]() |
Muhammadiyev o‘ng qanotdan uzatgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 22' | ![]() |
Shu holatga e’tibor qaratish lozim: futbolchilarimiz penalti tepilayotganidan muddatidan avval ichkariga kirishlari kerak emas! |
| 21' | ![]() |
Jeparov bu safar o‘zidan chap burchakka zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytardi... |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOOOOL emas! Server Jeparov! Zidancha uslubda darvoza ishg‘ol qildi. Ammo hakam golni bekor qildi. Futbolchilarimiz hali zarba berilmasidan avval jarima maydonchasiga kirib kelishibdi! Qaytadan tepiladi |
| 19' | ![]() |
PENALTI! Iroq darvozasiga! Muhammadiyev o‘ng qanotdan 3 nafar himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo uni chalib yiqitishdi |
| 18' | ![]() |
Jeparov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 16' | ![]() |
Sardor Rashidov chap tomondan ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirib borayotganida himoyachilardan biri "podkat" orqali to‘pni qaytarib qoldi |
| 16' | ![]() |
Shodiyev jarima maydonchasi tashqarisida turib o‘ziga uzatilgan to‘pni ichkariga olib kirdi, ammo to‘p yon tomonga ketib qolgani uchun darvozabon egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Jeparov chap qanotda to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Shodiyevga uzatdi. Vohid to‘pni egallab, zarba berdi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 12' | ![]() |
Iroq futbolchisi chap qanotdan to‘pni jarima maydonchamizga uzatdi. Anzur bosh bilan qaytardi |
| 11' | ![]() |
Aziz Haydarov terma jamoamiz hujumini chap qanotga ko‘chirdi. Kapadze to‘pni egallab, biroz oldinroqqa o‘tayotgan Jeparov tomon uzatdi. Server to‘pga yeta olmadi |
| 10' | ![]() |
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. HImoyachimiz bosh bilan to‘pni qaytardi. Jarima maydonchasiga qaytarilgan to‘pni Ignat egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Aziz Haydarov qo‘polligi evaziga belgilangan jarima to‘pi amalga oshirildi. Nesterov to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Odil Ahmedoooovvv! 7 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Iroq darvozaboni ajoyib seyv namoyish qilib, zarbani qaytardi! |
| 6' | ![]() |
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi |
| 6' | ![]() |
O‘zbekiston ko‘k, Iroq oq rangli futbolkalarda o‘ynamoqda. Jamoalar sardorlari — Server Jeparov va Yunus Mahmud |
| 5' | ![]() |
Iroq futbolchisi ofsaydda qoldi. |
| 1' | ![]() |
O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|