Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

20-tur, 2015 yil 1 yanvar, soat 17:45

STOK SITI

Rayan Shoukross (2)

1 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Radamel Falkao (26)
JAMOALAR TARKIBI
01.Asmir Begovich (D)
17.Rayan Shoukross
05.Muniyesa
03.Erik Piters
20.Jeff Kemeron
06.Glenn Uilan
15.Stiven N Zonzi
10.Marko Arnautovich
19.Jonatan Uolters
18.Mame Diuf
25.Piter Krauch
  01.David de Xea (D)
12.Kris Smolling
06.Jonni Evans
03.Lyuk Shou
04.Fil Jons
08.Xuan Mata
16.Maykl Kerrik
18.Eshli Yang
10.Ueyn Runi
20.Robin van Persi
09.Radamel Falkao
ZAHIRA
22.Jek Batland (D)
02.Fil Bardsli
04.Robert Xut
12.Mark Uilson
34.Oliver Shenton
16.Charli Adam
24.Ussama Assaydi
  13.Anders Lindegor (D)
42.Tayler Blekett
02.Rafael
21.Ander Errera
11.Adnan Yanuzay
24.Darren Fletcher
49.Jeyms Uilson

Matn

'
"Stok Siti" - "Manchester Yunayted" - 1:1. Manchesterliklar yana ochko yo‘qotishdi. APLning 20-turidan bugun tashkil qilinadigan yana 2ta onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
90+3'
"Stok" xavfni bartaraf etdi. Hakamning final xushtagi yangradi.
90+2'
Yanuzayning chap qanotdan uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi. "MYu" uchun so‘nggi imkoniyat
90+2'
Mezbonlar himoyadan yaxshi chiqib ketib, xavfli hujum tashkil qilishdi. Diuf maydon markazida to‘pni egalladi, biroz pauza qildi va o‘ng tomondan oldinga o‘tgan Assaydiga uzatdi. Ussama jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. De Xea zarbani egalladi
90+1'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga mehmonlar zarba bera olishmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"MYu" yaxshi hujum tashkil qildi. Yanuzay chap qanotdan havolatib bergan uzatmani Runi bosh bilan o‘ngroqda ochilgan Rafaelga uzatdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
88'
Ikkinchi bo‘limda mutlaqo tengma-teng o‘yin kechmoqda
86'
Kerrik maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Mataga uzatdi. Xuan to‘pni to‘xtata olmadi
81'
Uilan tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pini Evans maydon markazi tomon qaytardi
81'
"Stok"da o‘zgarish: Arnautovich o‘rniga Ussama Assaydi tushirildi
80'
Mame Diuf raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘p uchun kurash olib bordi va "MYu" himoyachisini qoida buzishga majbur qildi. Xavfli jarima to‘pi bo‘lishi mumkin
79'
Yanuzay chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Van Persi to‘pga oyoq qo‘ydi, ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
77'
Uchinchi burchak to‘pidan keyin ham ish zarbagacha yetib bormadi.
76'
Arnautovich ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
74'
Yaxshiyam "Manchester Yunayted"da bitta o‘zgarish bor edi. Eshli o‘ng o‘rniga Rafael maydonga tushdi
73'
Eshli Yang o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotganida sonining orqa tomonini ushlab yotib qoldi. To‘qnashuv bo‘lmagandi, shunga qaramay, u jarohat olgan ko‘rinadi
73'
"Stok Siti" - "MYu" o‘yini teletranslyasiyasida uzilish yuzaga keldi
70'
Burchak to‘p ham xavfli chiqdi. Ikki marta bosh bilan birilgan zarbadan keyin to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Diufga kelib tushdi va Mane to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p rekoshet holatida darvoza yonidan o‘tib ketdi. Ushbu vaziyatlarda Van Gal shogirdlariga omad kulib boqdi
69'
Vuuuuuuuuuh! Kraaauuuuch! Ustuuuun! "Stok" chap qanotda jarima zarbasini ishladi va Arnautovich to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Piter bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Himoyachilar bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi!
67'
Vuuuuuuuuh! Runining uzatmasini Van Persi jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi va yerga tushirmasdan "parashyut" uslubida zarba berdi. Hammasi to‘g‘ri bajarildi, to‘p darvozabonning ustida o‘tdi, ammo darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
65'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng Krauch bosh bilan zarba berdi. Smolling to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Vaziyatga yaqin turgan hakam penalti belgilamadi. U Krauch va Smolling orasida masofada juda ham qisqaligini inobatga olib, himoyachi ataylab o‘ynamadi degan qarorga keldi shekilli
64'
"MYu"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Falkao va Lyuk Shou o‘rniga Yanuzay va Errera tushirildi
62'
Burchak to‘pi mezbonlar uchun xavfli bo‘lmadi
62'
"MYu"ning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan boshlangan hujum jarima maydonchasi oldida turgan Falkao orqali chap qanotga ko‘chirildi. Lyuk Shouning uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
61'
Yana o‘sha o‘ng qanotda, sal orqaroqdan belgilangan jarima to‘pini Mata jarima maydonchasiga yetkazdi. Fil Jons bosh bila zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi
60'
Mata jarima zarbasini darvozabon maydonchasiga aylantirdi. Begovich musht bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi. To‘pni himoyachi egallab, xavfni bartaraf etdi
59'
"Stok" jarima maydonchasining o‘ng burchagida Falkaoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
57'
"Stok" futbolchisi chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
53'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Asmir Begovich egallab oldi
51'
Oldinga chiziqqa uzatilgan to‘p uchun Jons va Arnautovich kurash olib borishdi. Fil to‘pni maydon chetiga tepib yubordi
48'
Maydon markazida Falkao to‘pni egallab, biroz oldinga yurdi. O‘ng qanotda Yang ochilganini ko‘rdi, ammo unga to‘pni uzatishga ulgurmadi, himoyachi to‘pga oyoq qo‘yib, xavfni bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Stok Siti" - "Manchester Yunayted" - 1:1. Tanaffus
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Burchakdan yetkazilgan uzatma mehmonlar uchun tahlikali bo‘lmadi
45'
Xavfli-xavfli. Kutilmaganda "Stok" futbolchisi chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. Tezkor Diuf darvozabon maydonchasiga yaqin joyda to‘pni qabul qilayotganida Lyuk Shou to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi
43'
Darvozabon Begovich va hujumchi Van Persi o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Asmir egallab oldi va o‘zi tomon yugurib kelayotgan Van Persiga oyog‘ini ko‘tardi. Bu holat Robinga yoqmadi va u posbonga "dilidagilarni" aytib oldi
40'
Arnautovich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo darvoza yaqiniga aniq pas bera olmadi. To‘p maydonni tark etdi
38'
Maydon markazida Krauchga nisbatan o‘yin qoidasi buzilishi natijasida belgilangan jarima to‘p oldingi chiziqqa yetkazildi. Himoyachilar bilan bir chiziqdan oldinga ochilib, to‘pni qabul qilgan Mame Diuf darvozabon bilan yuzma yuz qolgandi. Ammo u biroz ofsayddan chiqib kelgan ekan
35'
Burchakdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng to‘p Krauchga kelib tushdi. To‘p Piterning oyog‘iga "o‘tirmadi"
34'
Stiven N'Zonzi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachidan o‘tkir burchak tomonga qochib, darvoza oldiga pas berayotganida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi
33'
Burchak to‘pidan keyin Lui van Gal shogirdlari to‘pni egallab oldinga o‘tishayotganida mezbonlar o‘yin qoidasini buzish evaziga qarshi hujumni to‘xtatishdi. Hakam sariq kartochka bermadi
33'
Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Lyuk Shou qiyinchilik bilan darvoza ustidan o‘tkazib yubordi. Burchak to‘pi
28'
Mezbonlar bir marta burchakdan, bir marta qanotda belgilangan jarimadan to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Mankunianliklar xavfni bartaraf etishdi
26'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Radamel Falkao, 1:1! Runi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Kerrik boshi bilan to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirgani aksariyat himoyachilarni chalg‘itdi, Falkao darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Begovich va qolgan himoyachilar zarbani qaytara olishmadi
26'
Van Persi burchak to‘pi ishladi
24'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Stok" xavfni bartaraf etdi. Ular yaxshi himoyalanishda davom etishmoqda. "MYu" hali xavfli vaziyat yarata olmadi
23'
Oldinga uzatilgan to‘pga havoda kurash olib borgan Krauch Fil Jonsga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Bugun Piter mehmonlarga anchagina muammo keltirmoqda
22'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga Falkao darvozaga yaqin masofadan zarba berishga ulgurmadi. To‘pni Begovich egallab oldi
19'
Ohohohoho! Mezbonlar o‘z himoyalaridan to‘pni oldinga tepishdi. Mame Diuf avvaliga Jonni Evansdan to‘pni olib qo‘ydi, so‘ngra uni aldab o‘tdi va jarima maydonchasi ichida posbon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Chap oyoqda olis burchakka to‘pni aylantirdi, ammo to‘p darvozaga aniq bormadi...
18'
Runiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. 25-26 metrlardan zarbasi Ueynning o‘zi yo‘lladi. Kuchli, ammo darvoza ustidan o‘tib ketdi
15'
So‘nggi 4-5 daqiqadan beri mezbonlar o‘yin tempini tushirishga harakat qilishmoqda
10'
Falkao maydon markazida to‘pni egallab oldi, bir futbolchidan o‘tdi va o‘ng tomondan oldinga o‘tayotgan Runi tomon uzatgandi, so‘nggi himoyachi uzatmani to‘xtatib qoldi
9'
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Asmir Begovich to‘pni havotda egallab oldi
6'
Hujum paytida to‘p chap qanotdan oldinga o‘tgan Lyuk Shouga uzatildi. Himoyachining bosh bilan jarima maydonchasi tomon uzatmasi "Stok" himoyachisining qo‘liga tekkandek bo‘ldi. O‘yin to‘xtatilmadi
5'
Hisobni ochib olib, o‘z darvozasi oldiga ikki qavatli "avtobus" qo‘yadigan mezbonlarning himoyasini "Man Yunayted" yorib o‘ta olarmikin? Kuzatishda davom etamiz
2'
GOOOOOOOOOOOO! Rayan Shoukross, 1:0! Hozirgina ta’kidlaganimizdek, burchak to‘pi Krauch tomon yetkazildi. Piter 14 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Mezbonlar sardori Rayan Shoukross yaqin masofadan to‘pni darvozaga burib yubordi! Tezkor gol, yangi yildagi ilk gol!
2'
"Stok Siti" burchak to‘pi ishladi. Tarkibda Krauch bor...
1'
Yangi yildagi ilk mantli onlayn translyasiyani biz bilan kuzatishga qaror qilganingiz uchun rahmat. Angliya Premyer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Stok Siti" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi. Ketdik!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Kirib kelgan yangi 2015 yil bilan yana bir marta tabriklaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.