Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

20-tur, 2015 yil 1 yanvar, soat 20:00

SAUTGEMPTON

Sadio Mane (34)
Dushan Tadich (56)

2 : 0

ARSENAL

JAMOALAR TARKIBI
23.Freyzer Forster (D)
21.Rayan Bertran
05.Florin Gardosh
17.Tobi Alderveyreld
06.Joze Fonte
10.Sadio Mane
08.Stiven Devis
12.Viktor Vanyama
16.Jeyms Uord-Prous
11.Dushan Tadich
19.Grasiano Pelle
  01.Voysex Shchensni (D)
03.Kiran Gibbs
21.Kalum Chambers
02.Matyo Debyushi
04.Per Mertezaker
06.Loran Koselni
07.Tomash Rosiski
34.Fransis Koklen
15.Aleks
19.Santi Kasorla
17.Aleksis Sanches
ZAHIRA
01.Kelvin Devis (D)
03.Mayya Yoshida
32.Jayson MkKarti
33.Mett Tarjet
28.Xarrison Rid
27.Lloid Isgruv
07.Sheyn Long
  26.Damyen Martines (D)
39.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
62.Aynsli Maytland-Nayls
38.Chuba Akpom
28.Xoel Kembell
14.Teo Uolkott
SARIQ KARTOCHKA
Viktor Vanyama (23)
Florin Gardosh (68)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. 22:30da boshlanadigan London derbisi - "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yinini o‘tkazib yubormang.
'
"Sautgempton"ga ham qoyil qolish kerak. Orada ketma-ket 4tma mag‘lubiyatdan keyin jamoa navbatdagi 4ta o‘yinda 3ta g‘alaba va bitta durang ("Chelsi" bilan) natija ko‘rsatishmoqda. Jamoa hisobidagi ochkolar 36taga yetdi va ular 4-o‘ringi ko‘tarilib olishdi. 3-o‘rinda borayotgan "MYu"da 1 ochko ortda borishmoqda
90+4'
Uchrashuv yakunlandi. "Sautgempton" - "Arsenal" - 2:0.
90+3'
"Kanonirlar" hujum tashkil qilishmoqda, ammo "avliyolar" juda ishonchli himoyalanishda davom etishmoqda
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Maydonga muxlis yugurib tushdi, uni ushlab darhol olib chiqib ketishdi
87'
Kasorla 19 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq
85'
"Sautgempton"da ham o‘zgarish bo‘ldi: Tadich o‘rniga Sheyn Long o‘yinni davom ettiradi
84'
"Arsenal"da o‘zgarish: Debyushi o‘rniga Chubo Akpom tushirildi
83'
Kuman shogirdlari juda ishonchli o‘ynashmoqda. Ular bugun g‘alabani qo‘ldan chiqarib yuborishmasa keragov
79'
"Sautgempton" futbolchilari Devis va Uord-Prous bir-birlarini tushunib, yaxshi o‘ynashdi. Biroq Jeyms so‘nggi damda 7-8 metrdan zarba yo‘llashga ulgurmadi!
78'
Mehmonlar o‘yinchisi 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Forster to‘pni muammosiz egallab oldi
77'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar ishonchli o‘ynashdi
72'
O‘ng qanotdan chap oyoqda darvozabon maydonchasiga aylantirilgan to‘pga Sanches birozgina yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi
71'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Gardosh o‘rniga Mayya Yoshida tushirildi
70'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Pelle bosh bilan darvozaga burdi. Shchensni egallab oldi to‘pni
69'
Vuuuh! Aleksis Sanches jonli devordan to‘pni yaqin burchak tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan ooozgina yuqoridan o‘tib ketdi.
68'
Aleksis Sanches birga bir vaziyatga qochib ketayotganida Gardosh jarima maydonchasi ostonasida uni chalib yiqitdi. "Qizil"ga tortadigan vaziyat edi. Ammo bor-yo‘g‘i "sariq"
67'
"Sautgemton" qarshi hujumda yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi. Alderveyrld o‘ng qanotda to‘pni qabul qildi, ammo na aniq zarba berdi, na sheriklariga aniq pas berdi
65'
Ehhh Grasiano, ehhhh Pelleeee! Bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Darvozada yolg‘iz turgan Debyushi zarbani boshi bilan qaytardi!!!
63'
Sanchesdan uzatmani qabul qilgan Gibbs chap tomondan jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba yo‘lladi. Zarba qovushmadi
61'
Vuuuuuuuh! "Sautgempton" nimalar qilmoqda!!!! Chap qanotdan hujum tashkil qilgan mezbonlar to‘pni darvozabon maydonchasi tomon yetkazishdi. Pelle zarba berdi va to‘pni darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni egallagan "Sautgempton" futbolchisi 7-8 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi!
60'
"Arsenal"da o‘zgarish: Kalum Chambers o‘rniga Teo Uolkott tushirildi
58'
Oho! Tadich o‘yin taqdirini butunlay hal qilishiga oz qoldi! Maydon markazidan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustidan qaytargan Dushan olis burchak tomon zarba berdi. To‘p darvozani yonidan o‘tib ketdi
56'
GOOOOOOOOOOOOOOLLL! Dushan Tadich, 2:0! Stiven Devis o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Debyushi to‘pni qaytardi, darvozabon to‘pni qo‘li bilan ushlashi mumkin edi, boisi bu pas emasdi. Ammo Voysex yotgan holatda to‘pni oyog‘i bilan tepib yuborishga qaror qildi. O‘sha joyga yetib kelgan Tadich to‘pni egalladi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
55'
Vuuuuuuuh! Okslend-Chemberleyn o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi va to‘p Sanchesga kelib tushdi. Aleksis bir himoyachini chalg‘itib 10 metrlardan zarba yo‘lladi. Forster ikkinchi urinishda to‘pni egalladi!
54'
Ikkinchi burchak to‘pini hech kimga tegmay, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi
53'
Sanches burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Aleksis bu ishni yana o‘sha burchakdan amalga oshiradi
52'
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazishdi. Shchensni to‘pni egalladi
49'
Santi Kasorla ikki marta to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. "Standart"da Kuman shogirdlari yaxshi himoyalanishmoqda
48'
Aleks o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sautgempton" - "Arsenal" - 1:0. Tanaffus.
45+1'
Mehmonlar chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi va hujumni davom ettirishdi. Aleksis jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
41'
Gol muallifi jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xarrison Rid tushirildi
40'
Vuuuuuh! "Arsenal" o‘z darvozasidan ikkinchi golni o‘tkazib yuborishiga bir bahya qoldi. O‘ng qanotdan Mane jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga pas berdi. Gardosh zarba berdi, Shchensni oyog‘ining uchi bilan zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pga darvoza oldida turgan Uord-Prous chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
40'
"Avliyolar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vaziyat tahlikali bo‘ldi.
38'
Debyushi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar uni qaytarishdi
34'
GOOOOOOOOOOOOOOL! Sadio Mane, 1:0! Olis masofadan mehmonlar jarima maydonchasining o‘ng tarafiga uzatma berildi. Vaziyatni himoyachi nazorat qilayotgandek edi, ammo Mane undan o‘tib ketdi, to‘pni to‘xtatdi. Voysex Shchensni ham o‘sh tomonga borgandi. Sadio judayam o‘tkir burchak ostidan to‘pni aylantirib, darvozaga joyladi! Hujumchi avvalgi o‘yinda ham gol urgani yodingizda bo‘lsa kerak
30'
Sanches 22 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Forster to‘pni muammosiz egalladi
28'
"Avliyolar" futbolchisi o‘ng tomonda jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasi tomon kuchli tarzda uzatma berdi. To‘p "kanonirlar" himoyachisiga tegib, qaytdi
27'
Kasorla o‘ng qanotdan uzatmani jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Okslend-Chemberlenga berdi. Aleksning zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
23'
Viktor Vanyama sariq kartochka oldi. U Sanchesni chalib yiqitdi
20'
O‘ng qanotda Sanchesdan to‘pni qabul qilgan Rosiski jarima maydonchasiga yerlatib zarba berdi. Santi Kasorla aynan 11 metrli nuqta atrofida zarba yo‘lladi. Ammo bu "penalti"ni Forster qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
18'
Burchak to‘pidan keyin "Sautgempton" futbolchisi 7-8 metrlardan zarba yo‘lladi, ammo to‘p darvozaga aniq bormadi
17'
Mezbonlarning hujumi paytida chap qanotida yetkazilgan to‘p darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi. Hakam biroz to‘xtalish qilganidan so‘ng burchak to‘pi belgiladi.
16'
To‘p asosan maydon markazida. Darvozalar tomon bosim bo‘layotgani yo‘q
12'
"Arsenal" yaxshi hujum tashkil qildi. Sanches jarima maydonchasi oldida to‘pni chap qanotda ochilgan jamoadoshiga uzatdi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni mezbonlar qaytarishdi. Debyushi 16 metrdan to‘pni darvoza tomon tepdi. Forster to‘pni egallab oldi
9'
Mezbonlar o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib darvozabon maydonchasiga yetkazishdi. "Kanonirlar" mudofaa vakili to‘pni egallab oldi
8'
Aleksis Sanches 20 metrlardan darvoza tomon yerlatib zarba berdi! Shchensni to‘pni yon tomonga qaytardi, himoyachi xavfni bartaraf etdi
7'
Vuuuuuh! To‘p qanotdan o‘yinga kiritilganidan keyin Tadich deyarli so‘nggi chiziq ustidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Grasiano Pelle havodagi to‘p uchun kurashda ustun keldi va bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!
4'
Burchak to‘pi xavfli bo‘lishiga mezbonlar yo‘l qo‘yishmadi
3'
"Arsenal" burchak to‘pi ishladi. Debyushi o‘ng qanotdan yerlatib bergan uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
1'
"Sautgempton" o‘zining oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Arsenal" esa sariq rangli mehmon formasida o‘ynamoqdalar
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Jamoalar allaqachon maydonda. O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay
'
Bugungi o‘yin oldidan har ikkala jamoa 33 ochkodan jamg‘arib, jadvalda 4 va 5-o‘rinlarni egallab turishibdi
'
"Sautgempton" - "Arsenal". Bu o‘yinga nisbatan bemalol "ECHL yo‘llanmasini beradigan o‘rin uchun kurash" ta’rifini bersak bo‘ladi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.