Angliya Premyer-ligasi
| 20-tur, 2015 yil 1 yanvar, soat 22:00. Bosh hakam: Mayk Din | ||
TOTTENXEMHarri Keyn (30, 52)
Denni Rouz (44) Andros Taunsend (45+3-pen.) Nosir Shodli (75) |
5 : 3 |
CHELSIDiyego Kosta (18)
Eden Azar (61) Jon Terri (87) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ugo Lyoris (D) 05.Yan Vertongen 02.Kayl Uoker 21.Federiko Fasio 17.Andros Taunsend 23.Kristian Eriksen 03.Denni Rouz 22.Noser Shodli 38.Rayan Meyson 42.Nabil Bentaleb 18.Gerri Keyn |
13.Tibo Kurtua (D) 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 02.Branislav Ivanovich 24.Geri Kexill 08.Oskar 10.Eden Azar 21.Nemanya Matich 04.Sesk Fabregas 22.Villian 19.Diyego Kosta |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Mishel Vorm (D) 25.Benjamin Stambuli 33.Ben Devis 06.Vlad Kirikesh 08.Paulinyo 09.Roberto Soldado 19.Mussa Dembele |
01.Petr Chex (D) 05.Kurt Zuma 12.Jon Obi Mikel 07.Ramires 17.Muhammad Saloh 18.Loik Remi 11.Didye Drogba |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Nabil Benteleb (66)
Paulinyo (71) |
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! Saytdan uzoqlashmang! |
| ' | ![]() |
"TOTTENXEM" - "CHELSI" - 5:3! |
| 90+5' | ![]() |
UCHRASHUV YAKUNLANDI! |
| 90+4' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pi paytida to‘pni burchak yaqinida ushlab turish evaziga vaqtni cho‘zishga urinmoqda |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Endi Fabregasning o‘zi o‘ng oyog‘ining tashqi tomoni bilan o‘ng tomondan darvozaning yaqin yuqori burchagiga zarba yo‘lladi. DArvozabon to‘pni barmoqlari bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ammo hakam burchak to‘pi emas, erkin zarba belgiladi |
| 89' | ![]() |
Fabregas o‘ng qanotda ochilgan Diyego Kostaga to‘pni uzatdi. Hujumchining o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasini Lyoris qaytardi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOOL! Jon Terri, 5:3! "Chelsi" o‘ng qanotda jarima zarbasini ishladi. Mehmonlar jonli devor o‘rnatilishini kutib o‘tirmasdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Azar o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ivanovichning oyog‘iga to‘p yaxshi tegmay qoldi. Narigi ustun yoniga yetib kelgan Terri darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi. O‘yindagi sakkizinchi gol! |
| 85' | ![]() |
Ehhh, Saloh! "Chelsi" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi va Azar Muhammadni to‘p bilan taminladi. Salohning 6-7 metrdan yo‘llagan zarbasi kuchli chiqmadi. Lyoris to‘pni egalladi! |
| 84' | ![]() |
Vuuuuuh! Ramires chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi hamda darvozabon bilan birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustunni deyarli silab o‘tib ketdi! |
| 83' | ![]() |
O‘ng qanotdan berilgan uzatma Fabregas darvozabon maydonchasining chap burchagidan bosh bilan zarba berdi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Nosir Shodliiii, 5:2!!! Dahshatli o‘yin! Chap qanotdan to‘p jarima maydonchasiga kirib kelgan Shodli uzatildi. Nosir biroz o‘ngroq surildi va zarba berdi. To‘p Terrining oyoqlariga tegib, olis burchakka borib tushdi. Bugun Kurtua jamoasini qutqara olmayapti! |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Hujum o‘ng qanotdan Azar orqali chap qanotga ko‘chirildi va Aspilikueta 15 metrdan olis burchak tomon chiroyli zarba berdi. Ugo Lyoris qaytargan to‘pni himoyachilar vaziyatdan uzoqlashtirishdi! Qoyil, Lyoris! |
| 75' | ![]() |
Markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujum natijasida to‘p yuqoridan Kosta tomon uzatildi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi |
| 73' | ![]() |
Fabregas yo‘llagan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Davom ettirilgan hujum natijasida Saloh burchak to‘pi ishladi |
| 72' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Muhammad Saloh tushirildi |
| 71' | ![]() |
Paulinyo raqib futbolchisi oyog‘ini baland ko‘targani uchun sariq kartochka oldi |
| 69' | ![]() |
Azar ikki himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib borayotganida yiqildi. Himoyachi uning yelkasidan tortgan ekan. Ammo Mayk Din penalti belgilamadi. Mourinyo bunday o‘ta darg‘azab bo‘ldi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuuuh! Harri Keyn "xet-trik" rasmiylashtirishi mumkin edi: u darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda to‘pni o‘tkir burchak ostiga olib qochdi va deyarli nolinchi burchak ostida zarba/uzatma berdi. To‘p darvoza chizig‘i tomon emas, ortga qarab ketdi |
| 67' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Taunsend o‘rniga Paulinyo tushirildi |
| 66' | ![]() |
Nabil Benteleb ogohlantirish oldi |
| 65' | ![]() |
"Chelsi" yaxshi hujum tashkil qildi. Diyego Kosta to‘pni qabul qilib, Ramiresga uzatdi. Yarim himoyachi jarima maydonchasi yaqinida ochilayotgan Fabregas tomon uzatma berdi. To‘p undan o‘tib ketdi. Azar avvalroq chap qanotda yugurishni to‘xtatmaganida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 62' | ![]() |
Mana-mana, yana bir yaxshi vaziyat. Bu safar ham hujum chap qanotdan tashkil etildi. Azar to‘pni jamoadoshiga yetkazdi va uning uzatmasini "Tottenxem" himoyachilari qaytarib qolishdi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Eden Azar, 4:2! Bugun "aristokratlar" safida eng jonli o‘ynayotgani — Azar! "Chelsi" tezkor qarshi hujumga o‘tdi: Fabregas jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni Azarga yetkazdi. Belgiyalik futbolchi to‘pni egalladi va darhol zarba berib, burchakka to‘pni joyladi! O‘yin yanada qiziydi! Bunga shubha yo‘q |
| 59' | ![]() |
Fabregas to‘pni Azarga uzatib, qayta qabul qilib oldi va jarima maydonchasining chap tomonidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 58' | ![]() |
Azarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 25 metr |
| 55' | ![]() |
"Chelsi" ushbu mavsumda hali o‘z darvozasidan bitta o‘yinda 4ta gol o‘tkazmagandi! |
| 52' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Harri Keyn, 4:1!!!!! O‘ng qanotdan hujumga o‘tgan mezbonlar to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Harriga uzatishdi. U to‘p bilan 180 gradusga aylandi va olis burchak tomon kuchli bo‘lmagan, ammo aniq zarba berdi. Tibo Kurtua zarba qarshisida ojiz qoldi! Vuh, 4:1! |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuuh! Azar 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqorilab ketdi... |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda ochiq o‘yin boshlanib ketdi. To‘p u darvozadan bu darvozaga tez-tez borib kelmoqda |
| 47' | ![]() |
Mourinyo shogirdlari ushbu mavsumnig bitta bahsida o‘z darvozalaridan 3ta gol o‘tkazib yuborishgandi. O‘sha o‘yinda "Chelsi" "Everton"ni 6:3 hisobida mag‘lub etgandi |
| 46' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish bo‘ldi. Oskar o‘rniga Ramires tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Penaltidan keyin o‘yin yakunlandi. Hozircha kutilmagan natija qayd etilmoqda: "Tottenxem" - "Chelsi" - 3:1. Tanaffus! |
| 45+3' | ![]() |
GOOOOOOOL! Andros Taunsend, 3:1! Futbolchi chap oyoq bilan o‘zidan o‘ng burchakka to‘pni yo‘lladi. Kurtua yo‘nalishni topdi, ammo zarbani qaytara olmadi! |
| 45+2' | ![]() |
"Chelsi" darvozasiga penalti belgilandi! Kexill to‘pga oyoq cho‘zishda biroz kech qoldi va Harri Keynni chalib yiqitdi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Denni Rouz! 2:1! Ana endi mezbonlar "Chelsi"ni qarshi hujumda "ushlashdi"! Maydon markazida to‘pni egallab olgan futbolchi oldinga o‘tdi va Shodlini darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Nosir yerlatib zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib ortga qaytdi. O‘z vaqtida jarima maydonchasiga yetib borgan Denni Rouz darvozani ishg‘ol qildi! |
| 42' | ![]() |
Vuuuuuh, Shodli chap qanotdan darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib, maydonni tark etdi. Ammo Nosir to‘pni qabul qilayotganida ofsaydda qolgan ekan! |
| 38' | ![]() |
Azar o‘ng tomondan markaz tomon surildi va jarima maydonchasining narigi tomonida ochilgan Villianga to‘pni uzatdi. Villian 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p futbolchiga tegib, yuqoriga ko‘tarildi. Unga Azar birinchi bo‘lib yetib bordi va darvozaga yaqin joyda bosh bilan to‘pni darvoza tomon burmoqchi bo‘ldi. Ammo u o‘z maqsadiga yeta olmadi — to‘p maydonni tark etdi |
| 34' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli chiqmadi vaziyat |
| 33' | ![]() |
"Chelsi"ning goli qanchalik kutilmagan bo‘lsa, "Tottenxem"ning goli ham shunchalik kutilmagan bo‘ldi. Boisi, mezbonlar gol urgan paytda tashabbus Mourinyo shogirdlari tomonida edi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOL! Harri Keyn, 1:1! Futbolchi chap qanotda markaz tomon yurish barobarida ikki futbolchidan o‘tdi va kutilmaganda kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka kirayotgan to‘pni Tibo Kurtua qaytara olmadi! |
| 28' | ![]() |
Azar o‘ng qanotda chiziqni kesib o‘tadigandek ko‘ringan to‘pni maydonda saqlab qoldi, bir himoyachidan o‘tdi, ammo ikkinchisidan o‘tib keta olmadi. To‘p maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
"Chelsi"dan yana bir xavfli qarshi hujum. Diyego Kosta o‘ziga uzatilgan to‘pni o‘ng tomonda qabul qildi va jarima maydonchasiga kirayotgan Oskarga uzatdi. Braziliyalik yarim himoyachi raqib himoyachilari ta’qibi ostida 10 metrlardan zarba berdi. To‘p yaqin ustun oldidan o‘tib ketdi! |
| 23' | ![]() |
Markazdan chap qanotga yetkazilgan to‘pni Oskar bosh bilan darvozabon maydonchasiga uzatdi. Diyego Kosta to‘pga biroz yeta olmadi |
| 20' | ![]() |
Mezbonlar ketma-ket hujum qilishdi, ammo "Chelsi" qarshi hujumda gol urib ketdi |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Diyego Kosta! 0:1! Bu golda asosiy ishni Azar bajardi. U o‘ng qanotdagi chiziq yonida to‘pni egalladi, bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi! To‘p olis ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Oskar zarba berdi. Darvoza oldida turgan Diyego Kosta to‘pni darvozaga burib yubordi! |
| 18' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi.... |
| 16' | ![]() |
Nosir Shodli o‘tkir burchak ostida chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani qaytardi |
| 15' | ![]() |
Shodli chap qanotdan oldinga o‘tgan Taunsendga to‘pni uzatdi. Andros to‘pni ko‘rmay qoldi va to‘p maydonni tark etdi |
| 13' | ![]() |
Shodli o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo ikki himoyachidan o‘ta olmadi va xavf bartaraf etildi |
| 12' | To‘p asosan maydon markazida. Mezbonlar himoyaga yotishayotgani yo‘q | |
| 10' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ichkarida turgan himoyachining qo‘liga tegib qaytdi. Mayk Din penalti belgilash uchun asos topmadi |
| 7' | ![]() |
"Tottenxem" futbolchisi o‘ng qanotdan ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, darvozaga yaqiniga to‘pni uzatdi. To‘p mezbonlarga emas, himoyachilarga nasib qildi |
| 4' | ![]() |
Nosir Shodli 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egalladi |
| 2' | ![]() |
Diyego Kosta chap tomondan to‘pni darvozaga yaqin joyga uzatdi. Darvozabon to‘pga ega chiqdi |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Chelsi" boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Angliya Premyer-ligasining 20-turini "Tottenxem" - "Chelsi" uchrashuvi yakunlab beradi |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli muxlislar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|