Ispaniya La ligasi
| 17-tur, 4 yanvar, soat 21:00. Bosh hakam: Xesus Xil Mansano | ||
VALENSIYaAntonio Barragan (52)
Nikolas Otamendi (65) |
2 : 1 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (14-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Diyego Alves 6.Lukas Orban 19.Antonio Barragan 5.Shkodran Mustafi 23.Nikolas Otamendi 11.Pablo Pyatti 21.Andre Gomes 10.Daniel Parexo 15.Enso Peres 7.Alvaro Negredo 9.Pako Alkaser |
1.Iker Kasilyas 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 3.Pepe 4.Serxio Ramos 11.Garet Beyl 23.Isko 8.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 9.Karim Benzema 7.Krishtianu Ronaldu |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xose Luis Gayya (24)
Shkodran Mustafi (33) Pako Alkaser (42) Daniel Parexo (44) Lukas Orban (60) |
Serxio Ramos (15)
Daniel Karvaxal (63) |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
"Real Madrid" g‘alabalar seriyasi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnata olmaydigan bo‘ldi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi 1 ochkolik farq saqlanib qoldi ("Real"ning "Sevilya"ga qarshi qoldirilgan o‘yini bor). Kataloniyaliklar bugun g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyatiga egalar. "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. O‘yin saytimiz orqali matnli onlayn translyasiya qilinadi. O‘tkazib yubormang |
| ' | ![]() |
Dahshatli o‘yin, supero‘yin! Hissiyotlarga boy bo‘lgan o‘yin! "Valensiya" yutqaza turib, "Madrid"ni mag‘lub etish uchun o‘zida kuch topa oldi! |
| 90+4' | ![]() |
Burchak zarbasi o‘yinga kiritildi, himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi va hakam o‘sha zahoti final xushtagini chaldi! |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ajoyib kombinasiya! Xames-Isko-Marselo kombinasiyasidan keyin braziliyalik himoyachi zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘i tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!!! |
| 90+3' | ![]() |
Eng so‘nggi 60 soniya boshlandi! |
| 90+1' | ![]() |
Rodriga himoyachilarning ustidan oshirib, Alkaserni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi. Ramos to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Pepe olis masofadan zarba yo‘lladi. Yuqoridan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
Vuuuuuh, Ronalduuuuuuuu! Burchakdan yetkazilgan to‘pga bosh bilan zarba berdi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 88' | ![]() |
To‘p chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Ronalduga uzatildi. Krishtianu darvozaning yaqin ustuniga yaqin joyda ochilgan Chicharitoga yetkazildi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni maydon egalari qaytarishdi |
| 86' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni "ko‘rshapalaklar" bartaraf etishdi |
| 85' | ![]() |
Vuuuuuuh, Diyego Alveeees! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Isko 6-7 metrlardan bosh bilan zarba yo‘lladi! Darvozabon to‘pni qaytardi, keyin himoyachi to‘pni tepib yubordi! |
| 84' | ![]() |
Kroos jarima maydonchasi ichidagi Chicharito tomon uzatma berdi. Diyego Alves to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
"Mestalya" sohiblari qarshi hujumga o‘tishdi. Gayya chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Ramos to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 82' | ![]() |
Pepe jarima maydonchasi tomon uzatma berdi. To‘p darvozabonga nasib etdi, mehmonlardan hech kim to‘pga yugurmadi |
| 81' | ![]() |
"Real" bosimni oshirmoqda. "Valensiya" to‘liq mudofaada. |
| 80' | ![]() |
Ikkala jamoada o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chicharito, Negredo o‘rniga Rodrigo tushirildi |
| 79' | ![]() |
Vuuuuuuuh, Ramooosss! "Real" o‘ng burchakdan 3 marta to‘pni o‘yinga kiritdi. Uchinchisida to‘p Kroosning o‘ziga qaytarildi. Uning uzatmasidan keyin Ramos bosh bilan zarba berdi. Zarba darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Maydon egalariga omad kulib boqdi! |
| 78' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga unchalik kuchli bo‘lmagan uzatma berdi. Himoyachilar uni qaytarishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 75' | ![]() |
Madridliklar tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan urib yubordi va to‘p Benzemaga kelib tushdi. Karimning 10 metrlardan zarbasini himoyachilar qaytarishdi |
| 74' | ![]() |
"Real" chap qanotdan hujum tashkil qildi. Marselo tomonidan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pni himoyachilar qaytirishdi |
| 73' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Barragan o‘rniga Sufyon Figuli tushdi |
| 71' | ![]() |
"Real"da birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Xames va Beyl o‘rniga Sami Xedira va Xese Rodriges tushirildi |
| 70' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazdi, Isko to‘pni darvozaga burdi. Diyego Alves to‘pni egalladi |
| 68' | ![]() |
Ehhhhhhh, Barragaaaaaan! Darvozabon birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi!!! |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Nikolas Otamendi, 2:1! To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin Otamendi havodagi kurashda Ramosdan ustun keldi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Zarba kuchli chiqdi, to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Kasilyas qaytara olmadi! |
| 64' | ![]() |
Qanotda belgilangan jarimadan yetkazilgan to‘p Ramosning boshidan maydonni tark etdi |
| 63' | ![]() |
Daniel Karvaxal ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan hujumchini qo‘li bilan to‘xtatib qoldi |
| 60' | ![]() |
Lukas Orban ogohlantirish oldi. Hakam bilan tortishgani uchun |
| 59' | ![]() |
Vuuuuh, Ohohhoho, Oy-oy-oy!!! Mezbonlar maydon markazida jarima zarbasini ishlashdi. "Valensiya" futbolchilaridan bir to‘pni yarim metr nariga tepib qo‘ydi. Bu uzatma edimi yoki boshqa o‘yinchi jarima zarbasini tepish uchun tashlab qo‘ydimi — bunisi futbolchining o‘ziga bog‘liq. Ammo Benzema to‘pni darhol oldinga uzatdi va Beyl darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. U deyarli darvozabon maydonchasigacha bordi. Ortdan kelayotgan himoyachi to‘pga oyoq cho‘zdi, ammo to‘pga yeta olmadi. Beyl esa zarba berishga ulgurmadi va to‘pni darvozabon qaytardi. Undan keyin himoyachilar vaziyatdan uzoqlashtirishdi. Takroriy lavhada ortdan kelgan himoyachi Beylning yiqilishiga sabab bo‘lgandek ko‘rindi... |
| 57' | ![]() |
Chap qanotdan "Valensiya" darvozabon maydonchasi uzatma berildi. Himoyachi to‘pni qaytardi va to‘p yuqoriga ko‘tarildi. Darvozabon va Beyl to‘p uchun sakrashdi. Garet unga nisbatan o‘yin qoidasi buzdi |
| 55' | ![]() |
"Real" burchak zarbasini amalga oshirdi, Ramos bosh bilan yo‘llagan to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 52' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Antonio Barragan, 1:1! "Valensiya" chap qanot yarim himoyachisi to‘pni egalladi va markaz tomonga surildi va o‘ng qanotda ochilgan Barraganga uzatma berdi. Antonio 16 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p Pepega tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘p darvoza to‘riga borib tushdi. Avtogol desa ham bo‘ladi. Hakam qaydnomada golni kimni nomiga yozishni o‘zi biladi. |
| 50' | ![]() |
"Real" o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘yishi natijasida mezbonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Negredo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap qanotdagi jamoadoshiga yetkazdi. Uzatma muvaffaqiyatli chiqmadi va hujumchi to‘pni chiziq ustidan egallab, orqaroqdagi sherigiga uzatdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi! |
| 46' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jarima to‘pi jarima maydonchasiga yetkazib berildi. To‘p qaytarildi. Andre Gomes 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yoyoyoyonginasidan o‘tib ketdi! |
| 46' | ![]() |
Pepe chap qanotdan o‘yin qoidasini buzdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Birinchi bo‘lim juda jangovar o‘tdi. Penaltidan urilgan gol evaziga "Real" oldinda bormoqda. Ko‘rinib turibdi, "Valensiya" shunchaki taslim bo‘lmaydi. Tanaffus. Biroz dam olamiz | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Valensiya" - "Real Madrid" - 0:1. |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuuh! Qoyil, Kasilyas! Andre Gomes 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p "Real" himoyachisidan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Alkaser egalladi, Kasilyasning yugurib kelayotganini ko‘rgan Pako o‘ng qanotda ochiq turgan Negredoga pas bermoqchi bo‘ldi. Biroq Iker oyog‘i bilan to‘pni qaytardi va egallab oldi! |
| 45+1' | ![]() |
Benzema 16 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘pni Diyego Alves egalladi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Gomes 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! Davrozabon to‘pni egalladi |
| 44' | ![]() |
Kasilyas to‘pni tezlik bilan o‘yinga kiritmoqchi bo‘lganida Daniel Parexoga urilib yiqildi. "Valensiya" futbolchisi ogohlantirish oldi. Birinchi bo‘limning o‘zida 5ta "sariq" |
| 43' | ![]() |
"Valensiya" xavfli hujum tashkil qildi! Maydon markazida to‘pni egallagan mezbonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alkaserga to‘pni yetkazishdi. Pako paralel qanotga emas, uzatmani orqadan yaqinlashayotgan jamoadoshiga yetkazishga qaror qildi. Ammo uzatma juda kuchsiz chiqdi va to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Pako Alkaser maydon markazida Pepeni chalib yiqitgani uchun ogohlantirildi |
| 41' | ![]() |
Burchak zarbasini madridliklar bartaraf etishdi |
| 40' | ![]() |
"Valensiya" hujumchisi Barragan juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni egallagan Antonio jarima maydonchasiga kirdi va 14 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Pepega tegib, maydonni tark etdi |
| 39' | ![]() |
To‘p jarima maydonchasi atrofiga yetkazildi va Ronaldu unga yugurdi. Enso Peres to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 38' | ![]() |
Alkaser tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Isko jarima maydonchasi burchagida Gomesni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 35' | ![]() |
"Real" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dastlabkisini valensiyaliklar qaytarishdi. Ikkinchi burchak zarbasi paytida Serxio Ramos sakragan holda Negredoning beliga urilib ketdi. Alvaro o‘zini almashtirishlarini so‘rayapti... |
| 33' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasini tepdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 33' | ![]() |
Shkodran Mustafiy sariq kartochka oldi. Chap qanotda Ronalduni chalib yiqitgani uchun! |
| 31' | ![]() |
Alkaser jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Anchelotti shogirdlari burchak zarbasini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 25' | ![]() |
Ehhhhh, Ronalduuuu! Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasidagi Ronalduga uzatdi. Krishtianu darvozabonni aldab o‘tdi, ammo o‘tkir burchak ostida darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi! |
| 24' | ![]() |
Xose Luis Gayya maydonga tushgan zahoti sariq kartochka oldi. Muddatidan avval maydonga tushib ketdi shekilli! |
| 23' | ![]() |
"Valensiya" futbolchisi Pablo Pyatti jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xose Luis Gayya tushdi |
| 22' | ![]() |
Negredo jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni chap qanotdagi futbolchiga muvaffaqiyatsiz tarzda yetkazdi va xavfli vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 21' | ![]() |
Ronaldu zarbani yerlatib yo‘lladi. To‘p jonli devordan o‘tdi, Alves uni egalladi |
| 20' | ![]() |
"Real" jarima zarbasi tepadi. Iskoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 30 metrlar... |
| 19' | ![]() |
O‘yin boshida "ko‘rshapalaklar" bosim uyushtirishayotgandi, "Qirollik klubi" ilk xavfli vaziyatdayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Endi esa to‘p nazorati "Real" tomoniga o‘tmoqda |
| 16' | ![]() |
Vuuuuuuh! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pni qaytarishda Pepe va Kasilyas bir-birlariga xalal berishdi. DAvrozabonning musht bilan urgan to‘pi uzoqqa bormadi. Negredo 11 metrli nuqta atrofida chalqancha zarba berib, darvozani aniq nishonga ola bilmadi |
| 15' | ![]() |
Serxio Ramosga sariq kartochka ko‘rsatildi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 14' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! Darvozabon to‘p yo‘nalishini topa olmadi |
| 13' | ![]() |
PENALTI! "Valensiya" darvozasiga! Jarimadan yetkazilgan to‘p Beylning boshiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va Negredoning qo‘lga tegdi! |
| 12' | ![]() |
O‘ng qanotdagi chiziq oldida Beylga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 10' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Beyl jarima maydonchasi ichida — o‘ng tomonda egalladi. To‘pni chap oyog‘iga to‘g‘irlab zarba berdi, zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Ramos to‘pni unchalik muvaffaqiyatli qaytarmadi. Uning baxtiga to‘pni hujumchi egallay olmadi |
| 5' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan futbolchi to‘xtatmasdan ichkariga uzatdi. Hujumchidan ko‘ra Kasilyas to‘pga birinchi bo‘lib yetib oldi |
| 3' | ![]() |
"Valensiya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi. Yana jarima maydonchasiga uzatma berildi. Hujumchi olis burchakka to‘pni yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 2' | ![]() |
"Valensiya"ning o‘ng qanot himoyachisi to‘pni orqaga uzatdi. Markaziy himoyachi va darvozabon biroz bir-birlariga ishonib qolishdi. Benzema ham to‘pga qarab yugurdi. So‘nggi pallada darvozabon Diyego Alves to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 1' | ![]() |
"Ko‘rshapalaklar" chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Madridliklar to‘pni qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
"Velensiya" oq, "Real" o‘zining safar formasi — qora rangli futbolkalarda maydonga tushishgan |
| ' | Jamoalar esdalik uchun suratga tushishmoqda | |
| ' | ![]() |
"Valensiya" futbolchilari hurmat yo‘lakchasini hosil qilib, "Real" futbolchilarining maydonga chiqib kelishlarini qarsaklar bilan kutib olishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | "Real" va "Barselona" bilan tengma-teng o‘ynaydigan jamoalar La ligada kam. "Valensiya" esa shunday jamoalar toifasiga kiradi. "Barsa" eng so‘nggi soniyalardagina g‘alaba to‘pini kiritgandi. Shu bois, bugun madridliklarga jiddiy qarshilik ko‘rsatishini kutish mumkin | |
| ' | Ispaniya chemponati 2 haftalik tanaffusdan keyin yana o‘z yo‘lida davom etadi. Bugun bizni katta o‘yin kutib turibdi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|