Ispaniya La ligasi
| 17-tur, 4 yanvar, soat 01:00. Bosh hakam: Karlos Del Serro | ||
REAL SOSYEDADXordi Alba (2-avtogol)
|
1 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Xeronimo Ruli (D) 15.Ion Ansotegi 06.Inigo Martines 24.Alberto de la Belya 02.Karlos Martines 08.Esteban Granero 10.Xabi Priyeto 16.Serxio Kanales 18.Chori Kastro 05.Markel Bergara 11.Karlos Vela |
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matyo 18.Xordi Alba 02.Martin Montoyya 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 06.Xavi Ernandes 31.Munir el-Haddodiy 09.Luis Suares 07.Pedro Rodriges |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Enyaut Zubikaray (D) 34.Ariz Elustondo 19.Yuri Berchiche 23.Jon Gastanyaga 14.Ruben Pardo 29.Pablo Ervias 07.Alvred Finnbogason |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 04.Ivan Rakitich 12.Rafinya 10.Lionel Messi 11.Neymar |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Karlos Vela (39)
Karlos Martines (43) Esteban Granero (51) |
Jeremi Matyo (34)
Dani Alves (76) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi! "Real"ning ketidan "Barselona" ham yutqazdi! "Real Sosyedad"ni esa tabriklaymiz! Ular ushbu mavsumda o‘z maydonlarida "Real", "Atletiko" va "Barselona"ni mag‘lub etishdi |
| 90+3' | ![]() |
Mezbonlar darvozaboni qo‘lda ushlab, to‘pni o‘yinga kiritmoqchi bo‘lganida Neymar oyog‘ini cho‘zib, undan to‘pni olib qo‘ydi. Natijada braziliyalik hujumchi sariq kartochka oldi |
| 90+2' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘p yon tomonga qaytarildi. Alba uni yana darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Yana qaytarildi |
| 90+2' | ![]() |
Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Sosyedad"da o‘zgarish: Karlos Vela o‘rniga Ruben Pardo tushirildi. |
| 89' | ![]() |
Karlos Vela Albani ataylab chalgani uchun, Alba esa unga keskin e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirish olishdi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va XAvi to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Suares bosh bilan kuchli zarba berdi. Argentinalik darvozabon zarbani qaytardi! |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuh! Suares birga bir vaziyatda darvozabonnni aldab o‘ta olmadi! |
| 85' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi ichida Suaresdan pas qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 84' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 84' | ![]() |
Albaning chap qanotdan uzatmasidan keyin mezbonlar to‘pni ataylab maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 83' | ![]() |
Burchak to‘pi taxlikali chiqdi, ammo mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 82' | ![]() |
"Real Sosyedad" burchak zarbasini qo‘lga kiritdi |
| 79' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisida deyarli barcha himoyachilarni aldab o‘tdi, ammo sheriklariga to‘pni aniq yetkaza olmadi |
| 78' | ![]() |
Qarshi hujumda Neymar oldinga o‘tdi va to‘pni Messiga uzatdi. Lionel ikki himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 76' | ![]() |
Dani Alves sariq kartochka oldi |
| 75' | ![]() |
"Barsa"ning "shturm"lari endi boshlanmoqda! Neymar chap qanotdan deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Alvesning o‘ng tomondan yo‘llagan zarbasini himoyachilar qaytarishdi |
| 71' | ![]() |
"Barsa" chiroyli hujum tashkil qildi. Messi maydon markazidan to‘pni chap qanotga yetkazdi. Suares jarima maydonchasi chizig‘i ustida Albadan kelgan to‘pni Messiga qoldirdi. To‘p sakrayotgani uchun Leoning zarbasi aniq chimadi |
| 70' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Jeremi Matyo o‘rniga Dani Alves tushirildi. |
| 69' | ![]() |
Neymar chap qanotda bir himoyachidan o‘tib, Suares orqali "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi. Biroq to‘pni Ruli egallab oldi |
| 67' | ![]() |
Uh! Xavi to‘pni chap qanotga uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga kirdi. Alba uzatgan to‘pni 12 metrlardan darvozaga yo‘lladi. Zarba kuchli chiqmadi va mezbonlar darvozaboni to‘pni egalladi |
| 66' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Chori Kastro o‘rniga Alvred Finnbogason tushirildi |
| 65' | ![]() |
Messining zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Neymarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 63' | ![]() |
Oho! Suaresdan to‘pni qabul qilgan Messi jarima maydonchasiga kirib bordi, faqat 11 metrli nuqta ustida zarba berishga ulgurmadi! |
| 61' | ![]() |
Uhhh! Chap qanotdan uzatilgan to‘pga chiqishda Bravo xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning baxtiga Xabi Priyetoning bosh bilan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi |
| 59' | ![]() |
Inyesta 20 metrdan zarba yo‘llashga qaror qildi. Kuchli, ammo noaniq |
| 58' | ![]() |
"Barsa"da ikkinchi o‘zgarish qilindi. Pedro o‘rniga Neymar tushirildi |
| 57' | ![]() |
Burchak zarbasi to‘g‘ri jarima maydonchasiga emas, 2-3ta pas orqali jarima maydonchasi tashqarisiga yetkazildi. Yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
"Sosyedad" qarshi hujum paytida burchak zarbasi ishladi |
| 54' | ![]() |
Suares 17 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 51' | ![]() |
Matyo maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi. Biroq hakam kechiktirilgan fol uchun Esteban Graneroga sariq kartochka berdi. |
| 50' | ![]() |
Barcha hujumlar Messi orqali o‘ynala boshlandi |
| 49' | ![]() |
Neymar ham maydon chetida mashg‘ulot o‘tamoqda |
| 48' | ![]() |
Suares jarima maydonchasi burchagidan to‘pni darvoza tomon aylantirdi. To‘p Rulining qo‘liga borib tushdi |
| 46' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasidagi Suares tomon pas berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni posbon egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
Lionel Messi maydonga tushmoqda. Munir el-Haddodiy maydonni tark etdi |
| ' | "Real Sosyedad" himoyada juda ham ideal o‘ynayotgani yo‘q. Ularda ham xatolar ko‘p. Faqat "Barsa" bosim uyushtira olmadi | |
| ' | Neymar va Messi tanaffusdan barchadan keyin qaytishdi. Ular hali 90 daqiqa o‘ynashga tayyor bo‘lmasalar kerak. Ularga ko‘proq ta’tilga berishga qaror qilgan murabbiylar shtabi xato qilgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi taym barchasini ko‘rsatib beradi | |
| ' | Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob o‘yinga mos. Mezbonlar avtogol evaziga hisobni ochishgan bo‘lsalar-da, xavfli vaziyatni "Barsa"ga nisbatan ko‘proq yaratishdi. Devid Moyes shogirdlari hisobdagi farqni oshirishlari ham mumkin edi. Kataloniyaliklarning o‘yini birinchi bo‘limda mutlaqo qovushmadi. Juda sust o‘yin. | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga kompensasiya vaqti qo‘shilmadi, tanaffus |
| 44' | ![]() |
Buskets olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi! Ruli zarbani qaytardi, qaytgan to‘pga mehmonlar yugurishmadi |
| 43' | ![]() |
Esteban Granero Karlos Martinesga sariq kartochka berildi |
| 41' | ![]() |
Messi mashg‘ulotni boshlab yubordi. Usiz jamoaning o‘yini qovushmayapti. Ikkinchi bo‘lim boshida Leo o‘yinga tushsa kerak |
| 39' | ![]() |
Xabi Priyeto simulyasiya uchun sariq kartochka oldi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Kanales chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va Montoyyani chiroyli tarzda aldab, o‘tkir burchak ostida birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Bravo zarbani qaytardi! |
| 34' | ![]() |
Jeremi Matyo ogohlantirish oldi. Taktik fol uchun |
| 33' | ![]() |
Vuuuh! "Sosyedad" yarim himoyachisi chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Xabi Priyeto qoida buzish evaziga bo‘lsa-da Albadan ustun keldi va to‘pga oyoq cho‘zdi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 31' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Pedro chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. To‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Hakam penalti bermadi |
| 30' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni san-sebastyanliklar qaytarishdi |
| 28' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Inyesta jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida maydonni tark etdi. Yana bir burchak to‘pi hech narsani taqdim etmadi |
| 27' | ![]() |
Oho! "Barsa"da ilk xavfli vaziyat. Inyesta-Suares-Montoyya kombinasiyasidan so‘ng himoyachi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasidagi Munirga pas berdi. Haddodiy zarba bera olmadi, to‘p maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
"Barselona" maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va qarshi hujumga o‘tdi. Suares jarima maydonchasiga to‘p bilan borib, chap qanotdan ichkariga kirgan Pedroga berdi. Yarim himoyachining o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 22' | ![]() |
Darvozabon Xeronimo o‘ziga uzatilgan to‘pni qanot himoyachisiga uzatayotganida Munir uni egallab olishiga sal qoldi! |
| 21' | ![]() |
Xavi tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
Mezbonlar jarima maydonchasi yaqinida Montoyyaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 22-23 metr masofa |
| 20' | ![]() |
O‘yin tempi yuqori emas. "Barsa" to‘pni nazoratda ushlab turibdi, ammo xavfli vaziyat yarata olmayapti |
| 17' | ![]() |
Munir o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan unchalik uzoqqa urmadi. Xavining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi samarasiz chiqdi |
| 14' | ![]() |
Montoyya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Suares tomon uzatma berdi. Ruli to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi |
| 13' | ![]() |
Xavining uzatmasini Pedro jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 12' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilish yo‘llarini qidirmoqda |
| 10' | ![]() |
Alba tomonidan yetkazilgan to‘pni "Sosyedad" darvozaboni egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Mezbon himoyachilari kataloniyaliklarning hujumini bir amallab bartaraf etishdi. Mehmonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirishga urinishdi |
| 8' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatilgan to‘pga Bravo ega chiqdi |
| 8' | ![]() |
Suares hujumda fol ishlatdi |
| 7' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin kataloniyaliklar to‘pga egalik qilishda davom etishdi, Montoyya o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Alba burchak to‘pi ishladi |
| 5' | ![]() |
"Barselona" 2007 yildan beri ushbu stadionda g‘alaba qozona olmay kelmoqda... |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Alba, avtogol! 1:0! Ohohohoo! "Sosyedad" juda tez hisobni ochdi! O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Xordi Alba bosh bilan o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi! |
| 2' | ![]() |
"Sosyedad" to‘pni o‘yinga kiritdi. Ular bu ishni yana bir marta bajarishadi |
| 1' | ![]() |
Xavi maydon markazidan to‘pni oldingi chiziqqa yetkazdi. Himoyachi jarima maydonchasi chizig‘i oldida to‘pni uzoqlashtirdi. Suares to‘pga biroz yeta olmadi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritishdi |
| ' | "Real-Sosyedad" oq-ko‘k yo‘l-yo‘l rangli formada, "Barselona" esa o‘zining ko‘k-anorrangli formada o‘ynashadi | |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | ![]() |
"Real" yutqazdi, demak, bugun "Barselona"da 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyati bor. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi boshlang‘ich tarkibga Messi va Neymarni kiritmadi. Ular zaxirada qolishgan. Shuningdek, Alves va Pike ham zaxirada. Qisqa qilib aytganda, "Barsa"ning boshlang‘ich tarkibiga nisbatan zaxira tarkibi yulduzliroq. |
| ' | ![]() |
Uxlamasdan saytimizda o‘tirgan, "Real Sosyedad" - "Barselona" o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani kutib o‘tirgan muxlislarga alohida salom! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|