Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Italiya «A» seriyasi

7 yanvar, soat 01:00

YUVENTUS

Karlos Teves (5)

1 : 1

INTER

Ikardi (64)
JAMOALAR TARKIBI
01.Janluijji Buffon (D)
26.Shtefan Lixtshtayner
19.Leonardo Bonuchchi
03.Jorjo Kyellini
33.Patris Evra
08.Klaudio Markizio
21.Andrea Pirlo
06.Pol Pogba
23.Arturo Vidal
14.Fernando Lyorente
10.Karlos Teves
  01.Samir Xandanovich (D)
18.Gari Medel
14.Ugo Kampanyaro
23.Andrea Ranokkiya
05.Juan Jezus
33.Danilo D Ambrozio
10.Mateo Kovachich
88.Ernanes
13.Freddi Guarin
17.Zdravko Kuzmanovich
09.Mauro Ikardi
ZAHIRA
30.Marko Storari (D)
34.Rubinyo (D)
05.Anjelo Ogbonna
04.Martin Kaseres
11.Kingsli Koman
20.Simone Padoin
39.Luka Marrone
07.Simone Pepe
38.Federiko Matyello
37.Roberto Pereyra
12.Sebastyan Jovinko
09.Alvaro Morata
  30.Xuan Karriso (D)
15.Nemanya Vidich
22.Dodo
06.Marko Andreolli
20.Joel Obi
54.Isaak Donkor
44.Rene Krxin
11.Lukas Podolski
90.Yann Mvila
07.Pablo Osvaldo
28.Jorj Pushkash
97.Federiko Bonassoli

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Yuventus" - "Inter" - 1:1!
90+3'
Vuuuuuuh! "Inter" bir amallab darvozani goldan saqlab qoldi. Pogba jarima maydoncha chizig‘i ustida to‘pni egallab, Pereyraga uzatdi. Uning zarbasi yo‘liga himoyach tashlandi. Shunga qaramay, to‘p yuqoriga ko‘tarildi va darvoza to‘sini ostiga yo‘l olayotganida Xandanovich to‘pni urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
87'
Mateo Kovachich maydondan chetlatildi. Raqib futbolchisiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi. "Inter" 10 kishi bo‘lib qoldi
86'
Ehhhhh, Ikardi! To‘pni ochiqchasiga qizg‘ondi! Jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi. Vaholanki Osvaldo yoki Podolski pas bersa bo‘lardi
85'
"Inter"da o‘zgarish: Ernanes o‘rniga Osvaldo tushirildi
85'
Lixshtayner o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pga "Yuve" hujumchilaridan biri chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Zarba aniq va kuchli chiqmadi
84'
Gari Medel ogohlantirildi
83'
Vuuuuuuuuuuh! Ikardi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Yaqin "to‘qqizlik"ka kirayotgan to‘pni Buffon qaytardi!
81'
Vuuuuuuuuuh! "Inter" maydon markazida to‘pni egallab oldi va gol urishiga sal qoldi! Podolski chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va narigi qanotda ochiq turgan Ikardi tomon uzatma berdi. Maura to‘pga oyoq cho‘zib, to‘pni darvozaga burishga urindi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!!!
80'
"Inter" himoyachisi Juan Jezus ogohlantirildi. U maydon markazida Pogbani qoidaga xilof tarzda yiqitdi
78'
"Yuventus"da o‘zgarish: Vidal o‘rniga Pereyra tushirildi
77'
Oho! Burchak zarbasidan keyin Pogba bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
76'
Turinliklarni durang qanoatlantirmaydi. Boisi, bugun "Roma" g‘alaba qozondi va ochkolar bo‘yicha ularga tenglashib oldi
72'
Guariin jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Aniq chiqmadi zarba
71'
Alvaro Morata sariq kartochka oldi. Simulyasiya ishlatib, jarima maydonchasi ichida yiqilgani uchun!
70'
Burchak to‘pi mezbonlar uchun samarali bo‘lmadi
69'
Vuuuuuh! Pirlo jarimadan darvozabon uchun murakkab zarba yo‘lladi. Handanovich bir amallab to‘pni qaytardi!
67'
Ranokkiya sariq kartochka oldi. U Moratani chalib yiqitdi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi
64'
GOOOOOOOL! Mauro Ikardi, 1:1! Freddi Guarin maydon markazidan Ikardi tomon pas berdi. Mauro "Yuve" himoyachisi Kyellinidan qochib ketdi va birga bir vaziyatda BUffonni dog‘da qoldirdi
63'
"Yuve"da o‘zgarish: Lyorente o‘rniga Alvaro Morata tushirildi
63'
Podolski tushganidan keyin "Inter" tashabbusni qo‘lga olishga, hujumga tashkil qilishga urinmoqda
58'
Lyorente "Inter" jarima maydonchasi ichida yerda yotgan himoyachining oyog‘iga qoqilib yiqildi, hakam penalti belgilamadi
56'
Chap qanotdan havodan yetkazilgan to‘pga Ernanes bosh bilan zarba berdi. Ancha noaniq
54'
"Inter"da o‘zgarish yuz berdi: Kuzmanovich o‘rniga Lukas Podolski tushirildi
52'
"Inter" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
47'
Shtefan Lixtshtayner o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus
44'
Taxminan bir daqiqadan beri to‘p "Yuventus" burchagida bayroqcha atrofida aylanmoqda
39'
Teves to‘pni jarima maydonchasiga kirayotgan Markizio tomon uzatdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
35'
Vuuuuuuh! Pogbaaaaa! Pol 2-3 himoyachi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib, zarba yo‘lladi! To‘p Handanovichga tegib, maydonni tark etdi!
34'
Arturo Vidal jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Handanovich zarbani qaytardi
30'
Tashabbus "Yuventus" tomoniga o‘tdi
27'
Vidal 22 metrlardan kuchi zarba yo‘lladi. Handanovich to‘pni yon tomonga urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi!
27'
"Yuve" qisqa paslar bilan jarima maydonchasiga kirib keldi, Vidal tavani bilan to‘pni sherigiga uzatmoqchi bo‘lgandi, to‘p himoyachidan o‘tmay qoldi
25'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi
24'
Teves jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
23'
Teves o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi, markaziy himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
23'
"Inter" hujumlardan samara chiqara olmayapti hozircha
18'
"Inter" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
17'
To‘p nazorati milanliklar tomonida, "Yuventus" himoyalanmoqda.
12'
Vuuuuh! "Yuve" burchak zarbasini amalga oshirganidan keyin to‘p Vidalga kelib tushdi. Uning 15 metrlardan yo‘llagan zarbasini himoyachi qaytardi.
11'
Mehmonlar to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilishga harakat qilishmoqda. Ammo hozircha raqib jarima maydonchasiga kira olishmayapti
6'
Turinliklar o‘yin boshida katta bosim uyushtirishdi va 2ta hujumdan birini gol bilan yakunlashdi
5'
GOOOOOOOL! Karlos Teves, 1:0! Vidal jarima maydonchasi ichidan — o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasidagi Tevesga uzatdi. Karlos to‘pga oyoq qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi!
2'
Vuuuuuuuh! Markizio 14 metrdan darvozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi! To‘p ustuni yonidan o‘tib ketdi. Mezbonlar o‘yinni katta ishtiyoq bilan boshlashdi!
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga turinliklar kiritib berishdi
'
Muxlislarning talabini inobatga olgan holda, Italiya chempionatiga bo‘lgan e’tiborni oshiramiz. Buning isboti sifatida "Yuventus" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin matnli onlayn translyasiya qilinadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.