Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya kubogi, nimchorak final

Dastlabki o‘yin, 8 yanvar, soat 01:00

ATLETIKO

Raul Garsiya (58-penalti)
Xose Mariya Ximenes (76)

2 : 0

REAL MADRID

JAMOALAR TARKIBI
Yan Oblak
Xesus Games
Xose Mariya Ximenes
Diyego Godin
Bernar Lukas-Fransua
Saul
Mario Suares
Gabi
Raul Garsiya
Antuan Grizmann
Fernando Torres
  Keylor Navas
Rafael Varan
Serxio Ramos
Marselo
Alvaro Arbeloa
Sami Xedira
Isko
Toni Kroos
Xames Rodriges
Garet Beyl
Karim Benzema
ZAHIRA
Migel Anxel Moyya
Xuanfran
Arda Turan
Koke
Tyagu Mendesh
Mario Mandjukich
Raul Ximenes
  Iker Kasilyas
Fabiu Koentrau
Daniel Karvaxal
Nacho
Asiyer Illyarramendi
Krishtianu Ronaldu
Xese
SARIQ KARTOCHKA
Xesus Games (61)
Antuan Grizmann (65)
Gabi (73)
Diyego Godin (87)
 
Marselo (27)
Xedira (31)
Karvaxal (89)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Diyego Simeone shogirdlari javob o‘yini oldidan juda katta ustunlikka ega bo‘lib olishdi. Javob o‘yini bir haftadan keyin "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi
90+5'
Uchrashuv yakunlandi. "Atletiko" - "Real" - 2:0!
90+4'
Ronaldu tomon yetkazilgan uzatman hujumchi egallay olmadi. To‘p maydonni tark etdi
90+3'
"Atletiko" burchak yaqinida 1 daqiqaga yaqin vaqtni yutishdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Atletiko" himoyachisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
89'
Karvaxal sariq kartochka oldi.
87'
Diyego Godin sariq kartochka oldi.
86'
Chap qanotdan havodan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Godin Ronaldudan ustun keldi. Iskoning zarbasini esa Oblak egalladi
85'
"Real"ning burchak zarbasi juda muvaffqiyatsiz chiqdi. Mezbonlar to‘pni egallashdi, qarshi hujumga o‘tishlari mumkin edi.
82'
Iskoning olis masofadan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatida o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Xesega kelib tushdi. U darvozabon maydonchasi tomon pas berdi, himoyachi tizza bilan to‘pni qaytardi
81'
Xese o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
76'
GOOOOOOOOOOL! Xose Mariya Ximenes, 2:0! Burchakdan yetkazilgan to‘pga himoyachi baland sakradi va bosh bilan olis burchakni aniq nishonga oldi! ATLETIKOOOO DE MADRIIID!!!
76'
Raul Garsiya 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p Ramosning boshiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi
75'
"Real"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Benzema o‘rniga Xese tushdi
75'
"Atletiko"da so‘nggi o‘zgarish: Grizmann maydonni tark etdi, Mario Manjukich tushirildi
74'
Ronalduning jarimadan zarbasi futbolchilar orasidan o‘tib, olis burchakdagi bayroqcha tomonga ketdi
73'
Gabi ogohlantirish oldi. U Benzemani chalib yiqitdi
72'
Marselo to‘pni yo‘qotishi natijasida "Atletiko" xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Ramos qaytarib qoldi
71'
Marselo bu safar havodan to‘pni yetkazdi. Beyl 11 metrli nuqta atrofida bosh bilan zarba yo‘lladi. Yuqoridan o‘tib ketdi
69'
Anchelotti shogirdlari to‘pni nazorat qilishdi. Marselo chap qanotdan to‘pni o‘ng qanotdagi ustun tomon yerlatib yetkazdi. Beyl to‘pga yeta olmagan bo‘lsa-da, jamoadoshiga minnatdorchilik bildirdi
68'
"Atletiko"da o‘zgarish: Saul o‘rniga Arda Turon tushirildi
65'
Antuan Grizmann ogohlantirildi. U Kroosga nisbatan xavfli o‘ynadi
63'
Krishtianu Ronaldu maydonda paydo bo‘ldi! U Xamesning o‘rniga tushdi!
62'
Kroos jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Garsiya bosh bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Benzema darvoza tomon tepdi. Himoyachi zarbani qaytardi
61'
Xesus Games sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasining burchagida Benzamani yiqitdi
58'
"Atletiko"da o‘zgarish: Torres o‘rniga Koke tushirildi
58'
GOOOOOOOOL! Raul Garsiya, 1:0! Jabrlanuvchining o‘zi darvozabonning chap tomoniga zarba berdi. Posbon to‘p yo‘nalishini topdi, ammo to‘pga yo‘llari yetmadi.
57'
PENALTI! "Real" darvozasiga! Ramos jarima maydonchasi ichida Raul Garsiyani kurash uslubida yerga yiqitdi!
56'
Vuuuuuh! Torres Ramosdan to‘pni olib qo‘ydi va mezbonlar jarima maydonchasiga kirib borishdi. JArima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni himoyachilar qaytirishdi. Qaytgan to‘pga berilgan zarba maydonni tark etdi
55'
Yana bir burchak zarbasi tepildi. Yana posbon yaxshi o‘ynadi. Qaytgan to‘pni Xames 20 metrlardan darvoza tomon tepdi. Noaniq
55'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Oblak mushti bilan to‘pni urib yubordi
52'
Xavfli vaziyat! Marselo to‘pni yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazdi. Beyl nariga ustun tomonda ochilayotgan Benzema to‘pni uzatdi. Ammo Karim to‘pga yeta olmadi, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
51'
Arbeloa o‘ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasi Beylga bordi, ammo Garet to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
51'
Grizmann 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi
50'
Ramos Torresga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
49'
To‘p jarima maydonchasidagi Mario Suaresga yetkazildi. Ammo to‘p uning qo‘liga tekkani uchun o‘yin to‘xtatildi
46'
Xames jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, chap tomonga qarab o‘tdi va zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. Laynsmen esa negadir bayrog‘ini ko‘tardi. OFsayd yo‘q edi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar katta ishtiyoq bilan o‘ynashmoqda, ammo birinchi bo‘limda golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Beyl olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
43'
Ketma-ket follar...
42'
Burchak to‘pidan keyin Torres to‘p bilan oldinga o‘tdi, biroq Marseloga nisbatan fol ishlatdi
41'
"Real" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi va Isko o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
39'
Benzema! 20 metrdan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Yan Oblak zarbani qaytardi
37'
"Atletiko" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Diyego Godin "Real" jarima maydonchasi ichida to‘p uchun sakrash chog‘ida Ramosga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
36'
Arbeloa o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmani Xedira 6-7 metrlardan bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
36'
Xames o‘ziga nisbatan ishlatilgan fol natijasida belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
34'
Burchak to‘pni "Real" uchun muammo tug‘dirmadi
33'
Vuuuuuuh! "Atletiko" chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Marselo bosh bilan qaytargan to‘p Saulga kelib tushdi. U 12 metrlardan darvozaning olis burchagi tomon zarba berdi. Marselo to‘pga oyoq qo‘ymaganida, darvozabon qaytara olmasligi mumkin edi.
31'
Xedira sariq kartochka oldi. Torresning yuzidan urgani uchun
29'
Xames Rodriges jarima maydonchasiga kirib borayotganida yiqildi, hakam qoida buzilmagan deb topdi
27'
Marselo sariq kartochka oldi. Qo‘pol harakati uchun
25'
Olis ustun tomon yetkazilgan to‘pni Saul darvozabon maydonchasiga qaytardi. Torresdan ko‘ra Navas chaqqonroq harakat qilib, to‘pni egalladi
22'
Grizmann to‘pni Varandan olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga kirib bordi. Rafaelning o‘zi ortdan kelib, "podkat" qo‘ydi. To‘p maydonni tark etdi. Hakamlar darvoza oldidan erkin zarba belgilashdi
21'
Bu safar mezbonlar Ramosga zarba berishga imkon berishmadi
20'
"Qaymoqranglilar" burchak to‘pi ishlashdi
17'
Keylor Navas to‘pni oldinga tepib yubordi. Uni ko‘kragi bilan qabul qilgan Beyl ofsaydda deb topildi
14'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan paytda Raul Garsiya Xedirani turtib yiqitdi. Fol
14'
Uuhhhhhh! Hakam ofsaydni ko‘rsatgan zahoti mezbonlar to‘pni yerga qo‘yib, darhol oldinga chiziqqa yetkazishdi. Antuan Grizman to‘pni egallab, sherigiga uzatib, yana qayta qabul qildi va 16 metrdan zarba yo‘lladi. Yaqin burchakka kirayotgan to‘pni Navas maydon tashqarisiga urib yubordi
13'
GOOOOL EMAS! Xames tomonidan yetkazilgan to‘pni Beyl bosh bilan olis burchakka joyladi! Biroq! To‘p o‘yinga kiritilayotganida Garet ofsaydga kirib ulgurgan ekan!
13'
"Real" chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritadi
11'
Torres yana ofsaydda qoldi
10'
"Real" ancha faol, raqib mudofaasini yorib o‘tish uchun turli variantlarni qidirmoqda. Ammo hozircha "matraschilar" bo‘sh kelishayotgani yo‘q
5'
Olis masofadan to‘p Torresga yetkazildi. Fernando ofsaydda qolgan ekan
3'
"Atletiko" to‘liq ikki qavatli himoyada. To‘p "Qirollik klubi"da
1'
Vuuuuuuh! Xames burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan kuchli zarba yo‘lladi. Yan Oblak ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi!
1'
Isko uzatib bergan to‘pni Benzema jarima maydonchasining chap tomonidan qabul qildi va darvozabon maydonchasiga uzatayotganida himoyachdan maydonni tark etdi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga Fernando Torres kiritib berdi!
'
Diqqat, Madridning ikki jamoasi a’zoalari maydong chiqib kelishmoqda. "Visente Valderon" esa qaynamoqda!
'
Har holda bu haqda OAVda hech qanday ma’lumot tarqatilmagandi
'
Karlo Anchelotti negadir Ronaldu zaxirada qoldirdi. Balki, mashg‘ulotda kichik jarohat olgandir
'
Qur’aga ko‘ra, Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidayoq Madridning ikki jamoasi — "Atletiko" va "Real" jamoalari to‘qnash kelib qolishdi. Boz ustiga, ushbu juftlikda g‘olib chiqqan jamoa chorak finalda "Barselona" - "Elche" juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.