Ispaniya kubogi, nimchorak final
| Dastlabki o‘yin, 9 yanvar, soat 02:00. Bosh hakam: Fernandes Borbalan | ||
BARSELONANeymar (35, 60)
Luis Suares (40) Lionel Messi (45+1) Xordi Alba (56) |
5 : 0 |
ELCHE |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Mark-Andre ter Shtegen 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 3.Jerar Pike 15.Mark Bartra 4.Ivan Rakitich 14.Xavyer Maskerano 20.Serxi Roberto 9.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Neymar |
25.Pshemislav Titon 2.Damian Suares 3.Enso Roko 18.Serxio Pelegrin 21.Edu Albakar 8.Adrian Gonsales 20.Faykal Fayr 24.Mario Pashalich 9.Kristian Errera 17.Viktor Rodriges 10.Koro |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Damian Suares (43)
Enso Roko (45) Koro (59) Pelegrin (78) |
||
Matn
| 90+1' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Elche" - 5:0. Kataloniyaliklar birinchi o‘yinning o‘zida chorak final taqdirini hal qilib qo‘ydi. Bir haftadan keyin o‘tadigan javob o‘yini shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Messi Suares bilan "devor" o‘ynadi. Luis tavani bilan Lionelga to‘pni aniq yetkazdi. Messi 7-8 metrdan zarba berishga ulgurmadi... |
| 85' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Adriano darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni posbonning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qildi, ammo himoyachi ofsaydda qolgandi |
| 82' | ![]() |
Ehhhh, Pedro! Suares uni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Chiroyli gol urgisi kelgan Pedro "parashyut" uslubini tanladi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 79' | ![]() |
Messining kuchli zarbasini Titon katta mahorat evaziga qaytardi. Alves to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 78' | ![]() |
"Elche" himoyachisi sariq kartochka evaziga Messini to‘xtatdi. Jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi tepiladi |
| 76' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Jerar Pike o‘rniga Serxi Samper tushirildi |
| 72' | ![]() |
"Barsa" o‘yin tempini biroz tushirdi |
| 69' | ![]() |
"Elche" maydon markazidan jarima to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Xonatas bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 67' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: O‘yinda dublga erishgan Neymar o‘rniga Pedro maydonga tushirildi |
| 63' | ![]() |
"Elche"da ham ikkita o‘zgarish yuz berdi |
| 62' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Adriano chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga tomon uzatdi. To‘p yuqoridan maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Alba o‘rniga Adriano tushirildi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymar! Juda chiroyli gol! Zarba 18 metrlardan yo‘llandi. To‘p "to‘qqizlik"ka darvoza to‘siniga tekkan holda kirdi! 5:0! Neymarga to‘pni Messi uzatgandi |
| 59' | ![]() |
Koro sariq kartochka oldi. Messini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOL! Xordi Alba! Messi chiroyli pas bilan uni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Qanot himoyachisi imkoniyatni ko‘kka sovurmadi! 4:0! |
| 54' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares 16 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
"Barsa" ikki marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. "Elche" zarba berishga imkon qoldirmadi |
| 51' | ![]() |
Eh, eh, eh! Messinng uzatmasidan keyin Neymar posbon bilan randevuga chiqib bordi. Ammo u biroz bo‘sh harakat qildi, imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 49' | ![]() |
Suares chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 48' | ![]() |
"Barselona" ikkinchi bo‘limni ham katta bosim ostida boshladi. Neymar jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berishga chog‘lanib, Suares tomon pas berishga qaror qildi. To‘p darvozabon tomon ketib qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi. To‘p nazorati: 60% - 40%; zarbalar 10-0; aniq zarbalar 6-0; burchak zarbalari 2-0; ofsaydlar 2-0; follar 4-6. |
| ' | ![]() |
Kataloniyaliklar birinchi bo‘limning o‘zida raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishdi. Hisob esa yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Hozircha "Barsa"ning hujumdagi yulduzli uchligi o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Elche" - 3:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
GOOOOOOL! Messsiii! 3:0! Kuchli zarba bilan penaltidan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 45' | ![]() |
PENALTI! "Elche" darvozasiga! Neymarga jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Himoyachi sariq kartochka oldi |
| 43' | ![]() |
Messsi! U Alvesning uzatmasidan keyin darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, to‘rga borib tushdi. Ammo hakam Messini ofsaydda deb topdi. Takroriy lavhada ofsayd yo‘qligi ko‘rindi |
| 41' | ![]() |
Ehhhh, Neymar! Suaresning uzatmasini qaytarish chog‘ida "Elche" himoyachisi yiqilib tushishi oqibatida Neymar birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOOLLLLLLL! Luiiis Suareeees! 2:0! Urugvaylik hujumchi individual mahorati evaziga himoyachidan qochib ketdi, ikkinchi himoyachini chalg‘itib, darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi! |
| 39' | ![]() |
Ehhhhh, Suareees! "Barsa" futbolchilarining pressinggi va "Elche" himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng Luis darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi! To‘pni uning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Titon qo‘llarining uchi bilan to‘pni qaytarib qoldi... |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Mana o‘sha gol! Neyyymmaaaar! 1:0! "Elche" jarima maydonchasining o‘ng tomonida Messi raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, markaz tomon surildi va Robertoga pas berdi. Serxi-Suares-Neymar kombinasiyasi gol bilan yakunladi. Braziliya terma jamoasi sardori yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 34' | ![]() |
Mezbonalr "Elche"ni jarima maydonchasi ichiga qamal qilishgan. Faqat gol yetishmayapti |
| 32' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyat taqdim etmadi |
| 31' | ![]() |
Alves jarima maydonchasi ichida turgan Neymerni to‘p bilan ta’minladi va 11-raqamli hujumchi bosh bilan to‘pni Messiga qoldirdi. Leoning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi! |
| 28' | ![]() |
Ehhhhh, Neymaaaaar! Messining chiroyli pasidan keyin braziliyalik hujumchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, to‘pni posbonning ustidan oshirib yo‘llashga harakat qildi, ammo zarba aniq chiqmadi! |
| 26' | ![]() |
Maydonning "Barsa" tarafiga uzatilgan to‘p uchun Ter Shtegen yugurib chiqdi, uni ko‘kragi bilan to‘xtatdi va maydon tashqarisiga tepib yubordi. Uni mehmonlar hujumchisi pressing ostiga olgandi |
| 24' | ![]() |
Rakitich 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ofsaydda turgan Suaresga tegib qaytdi |
| 20' | ![]() |
Messi 17 metrdan chap oyoqda yuqorilatib zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi! |
| 19' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jarima maydonchasining o‘ng burchagidan belgilangan jarima zarbasini Messi darvozabon maydonchasiga aylantirdi. Titon mushtlari bilan to‘pni urib yubordi, Alves jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Darvoza bo‘sh qolgandi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 17' | ![]() |
To‘p nazorati to‘la-to‘kis "Barsa" tomonida. Jamoa jarima maydonchasi atrofida ancha xavfli o‘ynamoqda. Faqat so‘nggi pas aniq bo‘lmayapti yoki himoyachilar xushyor o‘ynashmoqda |
| 13' | ![]() |
Alba chap qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo jamoadoshlariga aniq pas bera olmadi |
| 11' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisida 2 himoyachidan o‘tib, o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p posbonning o‘ziga bordi |
| 10' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi ichida sherigiga to‘pni uzatib, o‘zi qulay joyga ochilayotganida himoyachiga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilamadi |
| 7' | ![]() |
Messi o‘z uslubida to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Suares to‘pni uzatib, o‘zi ichkariga kirdi, ammo yuqoridan uzatilgan to‘pni himoyachi bosh bilan qaytarib qoldi! |
| 6' | ![]() |
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Titon to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Oho! "Barsa" gol urishga juda yaqin keldi! Neymar jamoadoshi Suares bilan "devor" o‘ynab, o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Darvozabonning narigi tomoniga to‘pni uzatayotganida himoyachi to‘pni qaytardi. Rakitich to‘p uchun kurash olib bordi. Ikkinchi himoyachi to‘pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Takroriy hujum paytida Alba chap qanotdan jarima maydonchasi kirib keldi. BUrchak to‘pi |
| 2' | ![]() |
"Elche" maydon markaziga yaqin joyda jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p bosh bilan darvozabon maydonchasiga yetkazildi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Elche" boshlab berdi! |
| ' | ![]() |
Messi bugun jamoa sardori! "Barsa" o‘zining ko‘k-anorrang, "Elche" esa oq rangli formada maydonga tushgan |
| ' | "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda zaxirada qolgan Neymar va Messi bugun boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishdi | |
| ' | Jamoalar maydong chiqib kelishdi. Kameralar Messiga qaratilgan | |
| ' | ![]() |
Ispaniya kubogi, nimchorak final dastlabki o‘yinlar ichida bitta bahs qoldi. "Barselona" o‘z maydonida "Elche"ni qabul qilmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|