Osiyo kubogi-2015, 09.01.2015
| . Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
AVSTRALIYaTim Keyxil (33)
Massimo Luongo (45) Mayl Yedinak (62-pen.) Troisi (90+2) |
4 : 1 |
QUVAYTHusayn Fozil (8)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.M.Rayan 2.I.Franjich 6.M.Spiranovich 13.A.Bexich 20.T.Seysberri 4.T.Keyxil 7.M.LekiYE 10.R.Kruz 15.M.Edinak 21.M.Luongo 14.YA.Troisi |
23.Hamid Yusuf 4.Hussayn Fozil 6.Xolid ll-Qahtoniy 12.Sulton al-Enaziy 13.Musa al-Enaziy 21.Ali al-Maqsud 5.Fahad ll-Hajiriy 8.Solih ash-Sheyx 10.Abdulaziz al-Mishan 11.Fahad al-Ansoriy 16.Faysal Zayd al-Harbiy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Husayn Fozil (19)
Faysal Zayd al-Harbiy (47) |
||
Matn
| ' | O‘yinni yaxshi boshqarib borgan hakamlarimizga esa minnatdorchilik bildiramiz | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! Avstraliya - Kuvayt - 4:1. Mezbonlar turnirni juda ishonchli tarzda boshlashdi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOL! Troisi, 4:1! Lekki chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachidan o‘tdi va zarba berdi. To‘p ikkinchi himoyachiga tegib, tezligini pasaytirdi hamda kutilmanada Troisi zarba yo‘lladi. Darvozabon yaqin burchagidan to‘pni o‘tkazib yubordi! |
| 90+1' | ![]() |
Ehhh, uning yoshi o‘tib qolgani bois tezligi pasaygan shekilli. Aks holda darvozabon bilan birga bir vaziyatda to‘pni egallaganida gol urishi mumkin edi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Kuvayt 20 metrlardan yaxshi zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Chap qanotdan kuchli tarzda yetkazilgan to‘pni Hamid Yusuf egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Kuvayt yarim himoyachisining chap qanotdan uzatmasini hech kim egallay olmadi |
| 85' | ![]() |
Vuuuuuh! Avstraliya qisqa vaqt ichida ikkita hujum uyushtirdi va 3 marta zarba yo‘lladi. Uchala zarbani Kuvayt darvozaboni qaytardi. Ayniqsa, uchinchi zarba paytida Avstraliya hujumchisi birga-bir vaziyatda yaqin masofadan zarba yo‘llagandi! |
| 84' | ![]() |
Avstraliyada o‘zgarish: Massimo Luongo o‘rniga Mark Breshiano tushirildi |
| 83' | ![]() |
Kuvayt jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 82' | ![]() |
Kuvayt chap tomondan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasi ichidagi hujumchiga uzatma berildi. Futbolchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 79' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Mutavaaaaa! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi, to‘p yana uning o‘ziga keldi. Badr yana zarba bersa bo‘lardi, ammo u pas berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 78' | O‘yin juda chiroyli va yuqori sur’atda davom etmoqda. | |
| 77' | ![]() |
Kuvayt burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kengurular to‘pni egallab oldinga o‘tishgandi, ammo to‘pni yo‘qotishdi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuuuuh! O‘yinda uchinchi marta darvoza to‘sini zarbani o‘ziga qabul qildi. Chap qanotdan havolatib uzatilgan to‘pga Natan Byorns bosh bian zarba bergandi!.. |
| 74' | ![]() |
Kuvaytda o‘zgarish bo‘ldi: Xolid al-Qahtoniy maydonni tark etdi. Tajribali Badr al-Mutava tushirildi |
| 72' | ![]() |
Avstraliyada o‘zgarish: Robbi Kruz o‘rniga Natan Byorns tushirildi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuuuhhh! Kuvaytning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi. Takroriy hujum paytida Ansoriyning 18 metrdan yo‘llagan zarbasi to‘singa tegdi... |
| 68' | ![]() |
Uhhhhhh, Avstraliya qarshi hujumga o‘tdi va Kruz birga bir vaziyatga chiqarildi. Robbi jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pga oyoq cho‘zib, to‘pni yon tomonga tepdi, Kruz esa uning oyog‘iga tegib yiqildi. Tabiiyki, bunday pallada penalti berilmaydi, penalti yo‘q |
| 65' | ![]() |
Avstraliyada dastlabki o‘zgarish: Tim Keyxill o‘rniga Tomi Jurich tushirildi! |
| 64' | ![]() |
Uuuhhhh! Kuvayt futbolchisi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Rayan zarbani qaytardi |
| 63' | ![]() |
Kuvaytda o‘zgarish: Adulaziz al-Mish’an o‘rniga Yusuf Nossir maydonga tushdi. |
| 62' | ![]() |
GOOOOL! Mayl Yedinak, 3:1! Darvozabonni alday oldi! |
| 61' | ![]() |
Penalti! Kuvayt darvozasiga! Kruz chalib yiqitildi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Lekkining zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Metyu o‘ng qanotda jarima maydoncha ichida to‘pni qabul qildi va chap oyoqda kuchli zarba yo‘llagandi! Hamid bu safar zarbani qaytarmadi, to‘pni to‘sin qaytardi! |
| 59' | ![]() |
VUuuuh, Hamid Yusuf! Avstraliya futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo to‘p Keyxillga kelib tushdi. U 14 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni darvozabon qaytardi! |
| 59' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni sodir etmadi, ammo Kuvayt ham hujumga o‘tib keta olmadi |
| 58' | ![]() |
Kuvaytda o‘zgarish bo‘ldi. Husayn Fozil o‘rniga Amir al-Fozil tushirildi |
| 57' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 54' | ![]() |
Avstraliyalik futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kira olmadi. himoyachi podkat uslubida to‘pni olib qoldi |
| 52' | ![]() |
Lekki tomon yetkazilgan to‘pga futbolchi yeta olmadi |
| 50' | ![]() |
Kuvaytlik futbolchi jarohat olib, maydonda cho‘zilib yotibdi. Husaynni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketishlari kerak |
| 48' | ![]() |
Troisi jarima zarbasini shunday yo‘naltirdiki, u na pas bo‘ldi, na aniq zarba. To‘p darvoza to‘sini va ustuni kesishgan joy yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 47' | ![]() |
Faysal Zayd al-Harbiy ogohlantirildi. U o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirayotgan hujumchini ortidan chalib yiqitdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Hozircha Avstraliya-Kuvayt - 2:1. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga Ermatov 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOOL! Massimo Luongo! 2:1! O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni futbolchi bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 44' | ![]() |
Maydon markazidan Kruz tomon uzatma berildi. Darvozabon oldinga chiqdi va to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilanidan so‘ng Yedinak va Kuvayt himoyachisi to‘qnashib ketishdi. Mayl qoida buzdi deb topildi |
| 41' | ![]() |
Avstraliya burchak zarbasi ishladi |
| 36' | ![]() |
Avstraliyaliklar jarima maydonchasi ichida ikki marta yiqilishdi. Har ikkala vaziyatda Ermatov penalti yo‘q deya hisobladi |
| 33' | ![]() |
GOOOOOOOL! Tim Keyxil, 1:1! Avstraliyaliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borishdi va qulay vaziyatda turgan Keyxilga uzatma berishdi. Tim yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi |
| 32' | ![]() |
Avstraliya jarima maydonchasi ichida zarba berishga harakat qildi. Zich o‘ynagan kuvaytliklar bunga imkon berishmadi. Himoyachi to‘pni tepib yuborayotganida mezbon jamoa futbolchisiga tegib, ofsaydda turgan Kruzga borib tushdi |
| 30' | ![]() |
Kuvayt futbolchisi Hajriy jarohat olganini ma’lum qilmoqda. Tibbiy yordam maydon tashqarisida ko‘rsatiladi |
| 27' | ![]() |
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng "sokkeruz" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 26' | ![]() |
Metyu Lekki jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan qochib ketayotganida so‘nggi pallada himoyachi to‘pga oyoq cho‘zdi va uning yo‘nalishini o‘zgartirdi. Lekki yiqildi. Penalti emas! Ermatov xato qilmadi |
| 25' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga berilgan zarba aniq chiqmadi |
| 24' | ![]() |
Avstraliya burchak zarbasini tepadi |
| 23' | ![]() |
Maydon markaziga yaqin joydan to‘p jarima maydonchasi ichidagi Keyxil tomon yetkazildi. Hamid Yusuf o‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni kuvaytliklar qaytarib yuborishdi |
| 20' | ![]() |
Mayl Yedinak zarbani yaqin "to‘qqizlik"ka tomon yo‘lladi. To‘p jonli devordagilardan biriga tegib, maydonni tark etdi! |
| 19' | ![]() |
Ermatov uchun qaltis vaziyat yuzaga keldi. Robbi Kruz to‘pni himoyachidan o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirayotganida gol muallifi Husayn Fozil uni chalib yiqitdi. Hujumchi ichkariga kirib yiqildi, ammo himoyachi uni tashqarida chalgandi. Ermatov yaxshi pozisiya tanlagani unga qo‘l keldi. Fozil "sariq" oldi |
| 18' | ![]() |
Hakamlar bugun och ko‘k yashilsifat futbolka, qora shortikda maydonga tushishgan! |
| 17' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi, kuvaytliklar to‘pni qaytarishdi. Kuvayt himoyaviy taktika tanlagan |
| 15' | ![]() |
Kuvayt futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egalladi |
| 13' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pga mezbonlardan biri bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, darvozabon to‘pni egalladi |
| 12' | ![]() |
Kuvaytning chap qanot himoyachisi o‘zidan o‘tib ketayotgan mezbon futbolchisini chalib yiqitdi. Abduhamidullo Rasulov bayroqchasini ko‘tarib, fol bo‘lganini ko‘rsatdi |
| 8' | ![]() |
GOOOOOOOL! Husayn Fozil! 0:1! Burchak to‘pi deyarli yerlatib amalga oshirildi. Sakrab kelgan to‘pni yaqin ustunda turgan ikki himoyachi o‘tkazib yuborishdi. Ularni kuvaytlik futbolchi chalg‘itdi. Darvozabon maydonchasiga yaqinlashib kelgan Husayn Fozil yotgan holda bosh bilan darvozaning yaqin burchagina ishg‘ol qildi! |
| 7' | ![]() |
Kuvayt yarim himoyachisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo uzatma himoyachiga tegib, maydonn tark etdi. Burchak to‘pi |
| 4' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘sha qanot bo‘ylab biroz orqaroqqa uzatilib, shundan so‘ng darvozabon maydonchasiga uzatildi. Hujumchilardan biri bosh bilan zarba berdi. HImoyachi to‘pni yon tomon qaytardi |
| 4' | ![]() |
O‘yindagi ilk burchak to‘pini Avstraliya o‘yinga kiritadi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chikarib yubordi |
| 3' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. |
| 1' | Avstraliya sariq-yashil, Kuvayt esa ko‘k rangli formada maydonga tushishgan! | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Bugungi uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi boshqarib boradi. Unga Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi |
| ' | Demak, Avstraliya va Kuvayt terma jamoalari maydonda saf tortishdi. Har ikkala mamlakat madhiyalari yangradi! | |
| ' | BARCHANGIZNI OSIYo KUBOGI-2015 MUSOBAQASI BOSHLANAYOTGANI BILAN TABRIKLAYMIZ! | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|