Osiyo kubogi-2015
| «V» guruhi, 1-tur. 10 yanvar, soat 12:00. Bosh hakam: Navof Shukrulloh (Bahrayn) | ||
O‘ZBEKISTONIgor Sergeev (62)
|
1 : 0 |
KXDR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Ignatiy Nesterov 3.Shavkat Mullajonov 5.Anzur Ismoilov 19.Vitaliy Denisov 23.Akmal Shorahmedov 18.Temur Kapadze 17.Sanjar Tursunov 7.Aziz Haydarov 9.Odil Ahmedov 8.Server Jeparov 11.Igor Sergeev |
1.Ri Myong Guk 3.Jang Chong Xyok 4.Jong Kvang Ik 15.Jang Kuk Chol 16.Cho Jong Xyok 19.Ri Yong Gi 9.Pak Song Chol 11.Jong Il Gvan 19.Ri Yong Jik 10.Pak Kvang Ryong 17.So Xyong Uk |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. G‘alaba muborak! |
| 90+4' | ![]() |
Uuuuuuuh! Nesterov jamoamizni muqarrar goldan qutqardi! BUrchakdan yetkazilgan to‘pga koreyalik hujumchi bosh bilan zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ignat qaytardi, himoyachilarimiz esa to‘pni uzoqlashtirishdi!!! |
| 90+3' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Sanjar Tursunov o‘rniga Jamshid Iskanderov tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
Tursunov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni raqiblar bartaraf etishdi. Jamoamiz hujum qilishda davom etmoqda |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Bir daqiqa ichida 3ta xavfli vaziyat yaratdik. Rashidov zarbasini darvozabon egalladi. Temur aniq pas bera olmadi. Bahodirning zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 88' | ![]() |
Igor Sergeev o‘rniga Bahodir Nasimov tushirildi |
| 88' | ![]() |
Rashidov 20 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 87' | ![]() |
Akmal Shorahmedov ogohlantirish oldi |
| 87' | ![]() |
Ehhhhhh, vuuuuuuuhh! Urish kerak buni!!!! Jamoamiz juda kombinasiya tashkil qildi. To‘p u qanotdan bu qanotga o‘tdi, oxiri 11 metrli nuqta atrofida ochilgan Tursunovga to‘p yetkazildi. Sanjarning zarbasini darvozabon qaytardi va himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yuborishdi |
| 85' | ![]() |
Rashidov o‘ng qanotdan to‘pni 11 metrli nuqta atrofida turgan Sergeevga uzatdi. Igor orqaroqda turgan Jeparovga uzatma berdi. Serverning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. |
| 82' | ![]() |
KXDR futbolchisi 19 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p futbolchimizga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pini himoyachilarimiz maydon markaziga qaytarishdi |
| 80' | ![]() |
Sardor ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida himoyachini uni qo‘lidan tortib qoldi. Buning uchun Ri Yong Jik ogohlantirildi. Tursunov jarima to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. Bosh bilan berilgan zarbani Ri Myong Guk egalladi. |
| 78' | ![]() |
Ehhhhh, Sergeeeeev! Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi! Ammo Igorning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 75' | ![]() |
Darvozamiz oldida qaltis vaziyat! O‘ng tomondan yo‘llagan zarbani Nesterov qaytardi. Takroriy hujum paytida KXDR futbolchisi ofsaydda qoldi! |
| 75' | ![]() |
Darvozamiz oldida qaltis vaziyat! O‘ng tomondan yo‘llagan zarbani Nesterov qaytardi. Takroriy hujum paytida KXDR futbolchisi ofsaydda qoldi! |
| 74' | ![]() |
Denisov zarba yo‘lladi - qaytarildi, HAydarovning zarbasi himoyachiga tegib, darvoza tomon bordi. Sergeev to‘pga yeta olmadi |
| 72' | ![]() |
O‘zbekistonda dastlabki o‘zgarish: Odil Ahmedov o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi |
| 71' | ![]() |
Jeparov jarima maydonchasi ichiga kirayotgan sherigiga to‘pni uzatayotganida himoyachilar to‘pni olib qolishdi |
| 71' | ![]() |
Koreyaliklar maydon markazida belgilangan jarima to‘pini darvozamiz yaqiniga uzatishdi. Raqib hujumchisi ofsaydda qoldi |
| 70' | ![]() |
Kapadze jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
To‘p olis masofadan yetkazilganidan keyin markaziy himoyachilarimiz vaziyatni nazorat qilishdi va Nesterov to‘pga ega chiqdi. |
| 66' | ![]() |
Jeparov raqib himoyachisiga nisbatan bosim uyushtirib, to‘pni olib qo‘yishiga sal qoldi... |
| 65' | ![]() |
KXDRda o‘zgarish: So Xyong Uk o‘rniga Om Sol Chong maydonga tushirildi |
| 62' | ![]() |
GOOOOOOOL! GOOOOOOOL! Gooooll, gol-gol-gol!!!!!! O‘zbekiston maydon markazida to‘pni egalladi. Server chap qanotdan chiroyli uzatma bilan to‘pni Sergeevning boshiga qo‘ndirdi. Igor 12 metrlardan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!!!! |
| 61' | ![]() |
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan urib yuborishga urindi. To‘p oldinga emas, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi. Bu yerda futbolchilarimizdan hech kim yo‘q edi |
| 58' | ![]() |
Kuchli yomg‘ir natijasida maydonda suv to‘planib qolmoqda. Stadionning drenaj tizimini suvni o‘z vaqtida olib chiqib ketishga ulgurmayapti |
| 57' | ![]() |
Koreya ketma-ket uch marta hujum qildi. Qarshi hujum natijasida futolchilardan biri chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va sheriklariga to‘pni uzatdi. Denisov to‘pni qaytarib yubordi |
| 56' | ![]() |
Koreyalik futbolchi olis masofadan zarba yo‘lladi. Ignatiy to‘pni egalladi |
| 55' | ![]() |
Maydon markazida boshlangan hujumimiz Odil va Temur orqali jarima maydonchasi ichidagi Sergeev uzatildi. Igor na zarba berdi, na raqibni alday oldi. Vaziyat qo‘ldan chiqdi |
| 54' | ![]() |
Vitaliy Denisov "podkat" orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va raqibning oldinga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi |
| 53' | ![]() |
Eh, voy, qanday kilib??? Tursunov o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib uzatdi. To‘p Odildan o‘tdi, Server unga yeta olmadi, darvozabonning qo‘liga tegib, narigi tomonga ketdi, ammo u yerda vakillarimizdan hech kim yo‘q edi... |
| 52' | ![]() |
Denisooooovvv! Olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Olis burchakka borayotgan to‘pni darvozabon egalladi! |
| 47' | ![]() |
Koreyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo‘lladi! Nesterov jamoamizni qutqardi |
| 47' | ![]() |
Oohohohoo! Tursunov jarima to‘pini amalga oshirdi. Kapadze jarima maydonchasi ichida to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p birozgina darvoza ustidan o‘tib, to‘rga yuqoridan tushdi |
| 46' | ![]() |
Denisovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 22 metrlar masofa bor |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni o‘zbekistonliklar boshlab berishdi! |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - KXDR - 0:0. Tanaffus. |
| 45+3' | ![]() |
KXDR futbolchisi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 45+2' | ![]() |
Ehhhhh! Jarima maydonchasi ichida bosimni tashkil qildik. Ammo himoyachilar Odilga zarba yo‘llash imkoniyatini berishmadi |
| 45+1' | ![]() |
Odil oldinga bordi va Jeparovga pas berdi. Serverning Ahmedov tomon uzatmasi aniq bo‘lmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
So‘nggi himoyachi Ismoilov o‘ziga uzatilgan to‘pni qabul qilish jarayonida unga nisbatan raqib hujumchisi bosim uyushtirdi. Anzur zo‘rg‘a to‘pni yon tomonga tepdi. Hujumchi to‘pni egalladi va himoyachimizni aldab jarima maydonchasiga kirayotganida yiqildi. To‘p maydonni tark etdi, penalti yo‘q |
| 42' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Nesterov baland sakragancha egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Jamoamiz maydon markazida to‘pni yo‘qotishi natijasida koreyalik futbolchi chap qanotda oldinga o‘tayotganida Anzur uni chalib yiqitdi |
| 40' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Ri Myong Guk egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Denisov chap qanotdan kuchli tarzda yerlatib uzatma berdi! Himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi! |
| 38' | ![]() |
Koreyaliklar olis masofadan to‘pni jarima maydonchasiga kirgan futbolchiga uzatdi. HImoyachilarimiz unga imkon berishmadi va to‘pni egallashdi |
| 35' | ![]() |
Server burchak to‘pini sherigiga uzatib, qayta qabul qilib oldi va jarima maydonchasi burchagiga borib zarba yo‘lladi. Zarba himoyachidan uyog‘iga o‘tmadi |
| 35' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni uzoq nazorat qildi va Denisov orqali jarima maydonchasiga uzatma berildi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 33' | ![]() |
Shorahmedovni nisbatan ishlatilgan o‘yin qoidabuzarlik natijasida belgilangan jarima zarbasini Jeparov to‘g‘ri raqib darvozasi oldiga emas, o‘ng tomondan oldinga o‘tgan Tursunovga uzatdi. Uzatma kuchliroq chiqdi va Sanjar to‘pga yeta olmadi |
| 31' | ![]() |
Shimoliy koreyalik futbolchi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ikki markaziy himoyachilarimiz orasida turgan Pak Kvang Ryong bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi. Nesterov vaziyatni nazorat qilayotgandi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Serverning uzatmasidan keyin Tursunov jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Ri Myong Guk zarbani qaytardi. Sergeev qaytgan to‘p uchun kurash olib bordi, to‘pni deyarli egalladi, ammo keyin yiqilib tushdi... |
| 29' | ![]() |
Terma jamoamiz himoyada to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Kapadze raqibga to‘pni oldirib qo‘ydi va keyin fol ishlatishga majbur bo‘ldi |
| 29' | ![]() |
Stadion uzra yomg‘ir tomchilamoqda |
| 28' | ![]() |
Ahmedov 33 metrlardan zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 27' | ![]() |
Ahmedov-Shorahmedov kombinasiyasidan so‘ng Akmal o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p binikilarga emas, raqibga nasib etdi. Keyin esa Odil qoida buzdi |
| 26' | ![]() |
Koreyaliklar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchamiz ichiga havodan yetkazishdi. Nesterov to‘pni egalladi va hujumni boshlab berdi |
| 25' | ![]() |
Koreyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vakillarimiz to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 24' | ![]() |
Odil to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, ammo uning uzatmasi himoyachilardan o‘tmay qoldi |
| 23' | ![]() |
Aziz to‘pni Odilga yumalatib berdi. Ahmedovning zarbasi yo‘liga KXDR futbolchisini o‘zini tashladi va zarbani o‘ziga qabul qildi |
| 22' | ![]() |
Jeparovga nisbatan qoida buzildi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi! |
| 21' | ![]() |
Odil Ahmedov ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p raqibga tegib, yon tomonga qarab ketdi |
| 21' | ![]() |
Kapadze maydonning qoq markazida chap qanotda ochilgan Denisov tomon uzatma berdi. Vitaliy to‘pga yeta olmadi. |
| 20' | ![]() |
KXDR to‘pni nazorat qildi, hozircha davrozamiz tomon xavf tug‘dirayotgani yo‘q |
| 18' | ![]() |
Anzur himoyadan to‘pni oldinga chiziqqa uzatdi. Sergeev to‘pni egallay olmadi |
| 17' | ![]() |
Chap qanotdan Denisov-Kapadze-Jeparov kombinasiyasidan so‘ng Server jarima maydonchasiga kirishi kera edi, ammo himoyachidan to‘p o‘tmay qoldi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! Ustuuuuuun! Sergeev-Tursunov kombinasiyasi orqali to‘p o‘ng tomondan olis ustun tomon yetkazildi. Kapadze bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegdi va uni darvozabon egallab oldi! Ehhhhh! |
| 14' | ![]() |
Shorahmedov burchak to‘pini ishladi. Standartdan yetkazilgan to‘pni KXDR futbolchilari qaytarishdi. Qaytgan to‘pga Kapadze zarba berdi. Himoyachining oyog‘idan to‘p ortga qaytdi |
| 13' | ![]() |
Ahmedov o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. DAvrozabon egalladi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuh! Darvozamiz oldida taxlikali vaziyat! Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Nesterov qaytardi, keyin esa himoyachilarimiz to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi! |
| 11' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan qaytarish chog‘ida Temur Kapadze raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, hammasi joyida |
| 10' | ![]() |
Burchak to‘pini himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi, ammo Tursunov yana to‘pni yo‘qotdi va darvozamiz oldida navbatdagi burchak to‘pi |
| 9' | ![]() |
Shimoliy Koreya chap qanotdan oldinga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 8' | ![]() |
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatdi. Temur Kapadze to‘pni egallayotganida to‘p uning qo‘liga tegib ketdi |
| 6' | ![]() |
Odil Ahmedov o‘ng qanotdagi burchak yonidan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatishning uddasidan chiqdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 6' | ![]() |
Himoyachi to‘pni o‘z darvoboniga yetkazganidan keyin Sergeev darvozabonga bosim uyushtirdi. Posbon to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 4' | ![]() |
KXDR darvozasi tomon dastlabki zarba! Odil Ahmedov olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi! Zarba aniq chiqmadi! |
| 3' | ![]() |
Sanjar Tursunov kutilmaganda to‘pni raqib futbolchisiga uzatib qo‘yishi natijasida koreyaliklar oldinga o‘tishdi. Himoyachilarimiz to‘pni egallab olib, darvozabonimizga uzatishdi |
| 2' | ![]() |
To‘p O‘zbekiston terma jamoasi tomoniga o‘tdi. Hozircha to‘pni nazorat qilyapmiz |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! Uchrashuvni KXDR boshlab berdi. OLG‘A, O‘ZBEKISTON! |
| ' | ![]() |
Terma jamoalar doira hosil qilib, bahsga so‘nggi ruhiy tayyorgarlikni o‘tkazishdi |
| ' | ![]() |
TV-translyasiya jarayonida tarkiblar suratlari bilan namoyish etildi. O‘zbekiston tarkibida Mullajonovning o‘rniga Shuhrat Muhammadiyevning surati ko‘rsatildi. Kichik texnik xato |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston oq, KXDR qizil rangli formada harakat qiladi. |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi! Endi esa navbat KXDR madhiyasiga! |
| ' | ![]() |
Diqqat O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Mirjalol Qosimov dastlabki o‘yinda tajribali futbolchilarga ishonch bildirishga harakat qildi. | |
| ' | Har ikkala terma jamoa chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishmoqda | |
| ' | ![]() |
Nihoyat O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ilk o‘yini boshlanish arafasida! Guruhdagi dastlabki raqib — KXDR |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|