Ispaniya La ligasi
| 18-tur, 10 yanvar, soat 20:00. Bosh hakam: David Fernandes Borbalan | ||
REAL MADRIDXames Rodriges (12)
Garet Beyl (28) Nacho (77) |
3 : 0 |
ESPANYOL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Iker Kasilyas (D) 03.Pepe 02.Rafayel Varan 05.Fabiu Kuentrau 17.Alvaro Arbeloa 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 23.Isko 08.Toni Kroos 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
13.Kiko Kasilya (D) 19.Diyego Kolotto 22.Alvaro Gonsales 18.Xuan Fuyentes 23.Anaits Arbilla 26.Joan Jordan 04.Viktor Sanches 24.Pako Montanyes 14.Kanyas 09.Serxio Garsiya 20.Felipe Kaysedo |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 18.Nacho Fernandes 12.Marselo 24.Asyer Ilyaramendi 06.Sami Xedira 20.Xese 14.Xavyer Ernandes |
25.Pau Lopez (D) 15.Ektor Moreno 10.Abraxam Gonsales 07.Aleks Fernandes 16.Xavi Lopec 32.Xulian Luke 08.Kristian Stuani |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Krishtianu Ronaldu (53)
|
Xuan Fuyentes (27)
Viktor Sanches (58) Anaits Arbilya (70) Pako Montanyes (76) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Fabiu Kuentrau (53)
|
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. "Real" - "Espanyol" - 3:0. E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+2' | ![]() |
"Espanyol" jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p Pepening qo‘liga tegdi, ammo hakam biroz avval himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgan deb topdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Espanyol" o‘yinchisi o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Varan bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 85' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p Ronaldugacha yetib kelmadi... |
| 81' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Kroos o‘rniga Xedira tushdi |
| 81' | ![]() |
Beyl-Ronaldu-Arbeloa-Isko uzatmalar ketma-ketligidan Isko 19 metrdan zarba yo‘lladi. Kasilya katta qiyinchilik evaziga to‘pni maydondan chiqarib yubordi |
| 80' | ![]() |
"Real" qarshi hujumga o‘tdi, ammo Nacho Ronalduga aniq pas bera olmadi. Krishtianu gol urgisi kelyapti |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOL! Nacho! Isko-Arbeloa-Nacho kombinasiyasidan keyin himoyachi deyarli birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! 3:0! |
| 76' | ![]() |
Pako Montanyes maydon markazida Toni Kroosni tortib qolgani uchun ogohlantirildi |
| 75' | ![]() |
"Real" kamchilikda o‘ynayotganiga qaramay, o‘yin to‘laligicha nazorat qilmoqda |
| 72' | ![]() |
Ehhhhh, Beyllll!!! Garet (to‘p bilan) va Ronaldu darvozabonga qarshi ikki kishi bo‘lib yuzma-yuz vaziyatga borishdi. Beyl to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazib yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan yumalab o‘tib ketdi! O‘ziga pas bermagani uchun Krishtianuning jahli chiqdi! |
| 71' | ![]() |
Nacho o‘ng qanotdan yerlatib jarima maydonchasi ichida turgan Beylga pas berdi. Garet oldida turgan himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 70' | ![]() |
Anaits Arbilya ogohlantirildi, Beylni chalib yiqitgani uchun |
| 69' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Beyl bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. Zarba aniq chiqmadi |
| 66' | ![]() |
Nacho o‘ng qanotda himoyachilardan qochdi va darvozabon maydonchasiga tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga Varan bosh bilan zarba berdi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 63' | ![]() |
Benzema o‘rniga Ilyaramendi tushdi |
| 61' | ![]() |
"Madrid"dan ajoyib qarshi hujum! Beyl-Benzema-Ronaldu uzatmalaridan keyin Krishtianu jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi! BUrchak to‘pi |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
Kasilyas to‘pni egallaganidan keyin unga hujum qilgani uchun Viktor Sanches ogohlantirish oldi |
| 56' | ![]() |
"Real" qarshi hujumga o‘tdi va jarima maydonchasining o‘ng tomonidan ichkariga kirgan Ronalduga to‘p yetkazildi. Krishtianu qarshisida turgan himoyachidan to‘pni o‘ngroqqa oldi va zarba berishga harakat qildi. Himoyachi to‘pga oyoq qo‘ydi |
| 55' | ![]() |
Isko o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qaytarish chog‘ida sirpanib yiqilib tushdi va to‘p uning qo‘liga tegdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 54' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Xames o‘rniga Nacho tushdi |
| 53' | ![]() |
Hakamga e’tiroz bildirgan Krishtianu Ronalduga sariq kartochka berildi |
| 53' | ![]() |
Fabiu Koentrau maydondan chetlatildi. Raqibga nisbatan o‘ta xavfli o‘ynagani uchun |
| 50' | ![]() |
Xames burchak zarbasini tepdi. Kasilya to‘pni egalladi |
| 47' | ![]() |
Kataloniyalik futbolchi o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi. Kasilyas muammosiz to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
O‘ng qanotdan "Espanyol" futbolchilari jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Kaysedo 11 metrli nuqta ustida to‘pni egallay olmadi, aks holda Kasilyas bilan yuzma-yuz holatda qolgan bo‘lardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Espanyol" - 2:0 |
| 44' | ![]() |
Chap qanotda olis masofadan yetkazilgan to‘pni Ronaldu jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi. Bir himoyachi ta’qibi ostida o‘ng tomonga biroz surildi va tavani bilan to‘pni orqaga uzatdi. Darvoza to‘pni egalladi. Madridliklar Krishtianuning bunday o‘ynashini kutishmagandi |
| 41' | ![]() |
"Espanyol" burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Yaqin ustun oldiga yetkazilgan to‘pni madridliklar qaytarishdi |
| 38' | ![]() |
Xamesdan to‘pni qabul qilgan Ronaldu chap qanotdan 2 himoyachidan qochdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytardi |
| 37' | ![]() |
Chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Varan qaytardi. Qaytgan to‘pni mehmonlar egallab, yana zarba berishdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi esa samarali chiqmadi |
| 34' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Kiko Kasilya mushtlari bilan urib yubordi. Uning mushtlari himoyachining boshiga tegib ketdi |
| 33' | ![]() |
Arbeloa uzatgan to‘pga Ronaldu sakradi, ammo to‘p himoyachining boshidan qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi. Takroriy uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p maydonni tark etdi |
| 30' | ![]() |
"Espanyol" futbolchisi olis masofadan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni qaytardi, ammo egallay olmadi. Serxio Garsiya to‘pga yetib olishiga sal qoldi. Iker takroriy urinish bilan to‘pni egalladi |
| 28' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Fantastik gol! Beyl, 2:0! Darvozagacha 25 metrlardan yo‘llangan darvoza ustuniga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi! |
| 25' | ![]() |
"Real" qarshi hujumga o‘tdi. Benzema to‘pni jarima maydonchasining chap qanotida ochilgan Xames uzatdi. Yarim himoyachining darvozabon maydonchasi tomon uzatmasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak yetkazilgan to‘pga Varan bosh bilan zarba berdi. Davrozabon to‘pni egalladi! |
| 22' | ![]() |
Krishtianuning bu safarga uzatmasini yaxshi chiqdi, ammo Beylga nisbatan himoyachi chaqqonroq o‘ynab, xavfni baratarf etishdi |
| 21' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan oldinga o‘tdi va burchakka yaqin joydan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. Uzatma muvaffaqiyatsiz chiqdi, to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 16' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi |
| 15' | ![]() |
Benzema chap qanotda burchak zarbasi ishladi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOL! Xameesss Rodrigeeeees, 1:0! Beyl o‘ng tomonda olis masofadan to‘pni jarima maydonchasining chap qanotida ochilgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu to‘pni to‘xtatmasdan biroz orqaroqda ichkariga kirayotgan Xamesga qoldirdi. Rodriges to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Davrozabon qo‘llarining ostidan to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 11' | ![]() |
Ronalduning zarbasi himoyachining oyog‘idan tezligini yo‘qotdi va Kasilya to‘pni egalladi |
| 10' | ![]() |
Uuuuuuh!!! Chap qanotdan jarima to‘pi darvoza oldiga uzatildi. Himoyachi qaytargan to‘p o‘ng qanotda turgan Benzamaga bordi. Karim 14 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustunga tegib, yon tomonga ketdi |
| 9' | ![]() |
Oho! Yaxshi imkoniyat. Ronaldu chap qanotda Benzemaning uzatmasidan keyin darvozagacha 10 metrlardan zarba yo‘lladi! Himoyachi hujumchi oyog‘i ostiga o‘zini tashladi va zarbani qaytardi! |
| 8' | ![]() |
Arbeloa jarima maydonchasi uzatmani amalga oshirdi. Benzemani to‘pni qaytarish chog‘ida to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi va Kiko Kasilya to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Beylning o‘zi bosh bilan zarba berdi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 4' | ![]() |
Mezbonlarning dastlabki hujumi Isko yetkazgan to‘pni Beyl jarima maydonchasi ichida egalladi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 2' | ![]() |
Kasilyas darvozasi tomon yana bir zarba! Serxio Garsiya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Iker to‘pni egalladi |
| 1' | ![]() |
Ilk xavfli vaziyat "Real" darvozasi oldida yuzaga keldi. Hujumchi chap qanotda Koentraudan o‘tib ketdi, jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta oldidan himoyachi ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 1' | "Real" oq, "Espanyol" ko‘k rangli formada maydonga tushgan | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | "Madrid" kuchli tarkibda maydonga tushgan. Ronaldu tarkibda | |
| ' | Anchelotti shogirdlari 2015 yilda 2 marta mag‘lubiyatga uchrashdi. Ular o‘z muxlislari oldida "ayb"larini yuvishlari shart | |
| ' | La liga, 18-tur. "Real" - "Espanyol. Madrid va Kataloniya jamoalari o‘rtasidagi bahs | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|