Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

21-tur, 11 yanvar, soat 18:30. Bosh hakam: Jonatan Moss

ARSENAL

Loran Koselni (6)
Aleksis Sanches (33, 49)

3 : 0

STOK SITI

JAMOALAR TARKIBI
13.David Ospina (D)
06.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
02.Matyo Debyushi
04.Per Mertezaker
15.Aleks Oksleyd-Chemberlen
07.Tomash Rosiski
34.Fransis Koklen
19.Santi Kasorla
12.Olivye Jiru
17.Aleksis Sanches
  01.Asmir Begovich (D)
26.Filipp Vollshayd
03.Erik Piters
20.Jeff Kemeron
17.Rayan Shoukross
15.Stiven N'Zonzi
06.Glenn Uilan
27.Boyan Krkich
10.Marko Arnautovich
25.Piter Krauch
19.Jonatan Uolters
ZAHIRA
01.Voysex Shchensni (D)
39.Ektor Bellerin
20.Matyo Flamini
11.Mesut O‘zil
16.Aaron Remzi
28.Xoel Kembell
14.Teo Uolkott
  22.Jek Batland (D)
05.Muniyesa
07.Stiven Ayrlend
12.Mark Uilson
16.Charli Adam
13.Viktor Mozes
21.Stiv Sidvell

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun rejalarimidan "MYu" - "Sautgempton" (21:00) va "Barselona" - "Atletiko" (01:00) o‘yinlaridan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyalar o‘rin olganini ta’kidlab o‘tamiz
90+2'
Qo‘shim berilgan daqiqalar yakunlandi. "Arsenal" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Sanches to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib borayotganida so‘nggi pallada himoyachi to‘pni qaytarib yubordi
90'
Vuuuuh, Ayrlend 14 metrlardan Ospina darvozasi tomon zarba berdi. Olis burchakka yo‘llangan zarbani David qaytardi
86'
Chap qanotda yetkazilgan to‘pni Krauch jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
85'
Aleksis o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Aniq chiqmadi zarba
80'
Ehhhh, Uolkott!!! "Arsenal" qarshi hujumga o‘tdi va Rosiski Sanchesni oldinga chorladi. Aleksis aniq uzatma bilan Teoni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Uolkott 16 metrdan zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq Vaholanki, unda oldinga borish uchun bo‘sh zona bor edi
77'
"Stok Siti" hujumchisi Kemeron gol urdi. To‘p "devor" tarzda yuqoridan darvozabon maydonchasiga uzatilayotganida hujumchi ofsaydda emasdi, ammo Krauch bosh bilan to‘pga tegindi, natijada Kemeron ofsaydda oldi
73'
"Arsenal"da e’tiborga molik o‘zgarish: Olivye Jiru o‘rniga Mesut O‘ZIL tushirildi
73'
"Stok"da o‘zgarish: Boyan Krkich o‘rniga Stiven Ayrlend tushirildi
68'
Oho! Haqiqiy arsenalcha hujum. Kasorla Sanches bilan devor o‘ynab, darvozabon maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi. To‘p darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi
64'
Piter Krauch ogohlantirish oldi. Uzun oyoqlari bilan raqib futbolchisini chalib yiqitgani uchun
63'
"Arsenal" himoyachilari qanotda to‘pni oldirib qo‘yishdi va "Stok" futbolchisi to‘pni darhol darvozabon maydonchasiga uzatdi. Krauch to‘pni oyog‘i bilan darvozaning yaqin burchagi tomon burdi, zarba birozgina noaniq bo‘ldi
61'
Kemeron sariq kartochka oldi. U Sanchesni qo‘li bilan tortib yiqitgandi.
56'
"Stok" hozircha tayinli vaziyat yarata olmayapti
49'
GOOOOOOOOOOL! Aleksis Sancheeeeesss! 3:0! Mehmonlar jarima maydonchasi ostonasida chililik futbolchini yiqitishdi! Belgilangan jarima zarbasini Sanchesning o‘zi amalga oshirdi. To‘p rekoshet holatida darvoza burchagiga kirib ketdi. Begovich egallashi mumkin bo‘lgan to‘pni o‘tkazib yubordi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+5'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Stok Siti" - 2:0. Tanaffus
45+3'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va Aleks jarima maydonchasi tashqarisidanto‘pni egallab, zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi!
45'
Birinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Aleks o‘ng qanotdan ikki himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirgan Jiruga to‘pni yetkazdi. Olivye himoyachi bilan kichik to‘qnashuvda yiqildi va hakamga yuzlandi. Penalti yo‘q
41'
Oho! Krauch o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga aylantirdi. Uolters to‘pga biroz yeta olmadi
36'
"Arsenal"da yana bir jarohat. Nacho Monrealga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning qoshi yorilgan ko‘rinadi
33'
GOOOOOOOL! Aleksis Sanches, 2:0! Sanches va Rosiski chap qanotda raqib himoyachilariga nisbatan pressing uyushtirishdi va ulardan to‘pni olib qo‘yib, o‘zaro "devor" o‘ynashdi va Aleksis jarima maydonchasiga kirib keldi, hamda bir himoyachini chalg‘itib, kutilmaganda yaqin burchakni ishg‘ol qildi! Katta individual mahorat egasi!
28'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni o‘sha burchak tomon qaytarishdi. Takroriy uzatma paytida Begovich to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ikki nafar londonliklar hujumchisi to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. Ularga himoyachilar xalal berishdi albatta
27'
"Stok" jarima maydonchasining o‘ng tomonida, deyarli chiziq ustida jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Uzatma Krauch tomonga emas, orqaroqda bo‘sh turgan Filipp Vollshayd yerlatib berildi. Ammo 15 metrdan mehmon futbolchisi to‘pni osmonga tepib yubordi
25'
Mehmonlar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi, to‘p mezbon futbolchilaridan biriga tegib, darvozaning yaqin burchagi tomon yo‘l oldi. David Ospina to‘pga tashlandi va egallab oldi!
21'
Burchak zarbasini himoyachilar ortga qaytarishdi va londonliklar Aleksni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishdi. Oksleyd-Chemberlen 16 metrdan yo‘llangan zarbasida asosiy e’tiborni kuchga qaratdi, ammo unga aniqlik yetishmadi
20'
Vuuuuuuh! Sanchas jarima maydonchasi chap tomonida to‘pni orqaroqda turgan Jiruga uzatdi va Olivye to‘g‘ridan kuchli zarba yo‘lladi. Begovich zarbani qaytardi
19'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p ortga qaytarildi. Kasorla jarima maydonchasiga kirib keldi va sheriklariga pas berdi. Himoyachilar to‘pni yana qaytarishdi
17'
Debyushi o‘rniga o‘yinni Ektor Bellerin davom ettirmoqda
17'
Matyo Debyushi maydonga qayta olmadi. Uni zambilda kiyinish xonasi tomon olib ketishmoqda. Yelkasidan jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi
16'
Vuuuuuh! Oksleyd-Chemberlen jarima maydonchasining o‘ng burchagida bir himoyachini aldadi va 16 metrdan zarba yo‘llad. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
11'
Debyushi to‘p yo‘lini to‘sib, uning maydonga chiqib ketishini nazorat qilayotganida Arnautovich himoyachini ortidan itarib yubordi. Matyo yerga juda noqulay yiqildi va jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi
10'
O‘yin biroz sokinlashdi. "Stok"ning hujumi samarasiz yakunlandi
6'
GOOOOOOOOOL! Loran Koselni, 1:0! Sanches uzatgan burchak to‘pini himoyachi bosh bilan yana uning o‘ziga qaytardi. Aleksis darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga to‘pni ko‘tardi. Koselni bosh bilan darvozani ishg‘ol qilishiga hech kim xalal bermadi! 6-raqamli Loran Koselni 6-daqiqada hisobni ochdi!
5'
Vuuuuuuuh! Tomash Rosiski jarima maydonchasi yorib kirdi va deyarli birga bir vaziyatda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi
3'
Burchak zarbasi samarasiz chiqdi
2'
Xavfli vaziyat! Aleksis Sanches jarima maydonchasi ichidan olis burchakka to‘pni aylantirdi. Begovich to‘pni qo‘li bilan maydon tashqarisiga urib yubordi.
1'
"Arsenal" qizil, "Stok" och ko‘k rangli formada harakat qilmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Uchrashuv boshlanishi uchun barcha narsa shay.
'
Angliya Premyer-ligasida 21-tur o‘yinlari davom etadi. "Arsenal" o‘z maydonida "Stok Siti"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.